Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet35/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72

bo'yicha (bu yerga) kelding, ey Muso! 

 

41. Seni o'zimga (payg'ambarlik uchun) tanladim.  

 

42. (Ey, Muso,) sen o'zing va birodaring (Horun) Mening oyatlarimni (odamlarga) olib boringlar va 

Meni zikr qilishda sustlik qilmanglar! 

 

43. Ikkingiz Fir'avning oldiga boringlar, chunki u ("Men xudoman"), deb haddidan oshdi.  

 

44. Bas, unga yumshoq so'z so'zlanglar! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo'lishidan) qo'rqsa".  

 

45. Ular dedilar: "Ey, Rabbimiz! Darhaqiqat, biz (da'vat etsak) u bizga tezlik (g'azab) qilishidan yoki 

(battar) tug'yonga ketishidan qo'rqamiz".  

 

46. (Alloh) aytdi: "Qo'rqmanglar! Albatta, Men sizlar bilan birgaman - eshitaman va ko'raman.  

 

47. Bas, sizlar uning oldiga borib: "Biz Parvardigoringning elchilaridirmiz. Isroil avlodini biz bilan birga 

qo'yib yuborgin, ularni azoblamagin. (Biz) senga Rabbing (tomoni)dan hujjat keltirdik. Hidoyatga 

ergashganlarga salom (omonlik) bo'lur.  

 

48. Bizga vahiy qilindiki, (Allohning payg'ambarlarini) yolg'onchi qilgan va (imon keltirishdan) yuz 

o'girgan kimsalarga azob bo'lur", deb.  

 

49. (Fir'avnga kelib, mazkur so'zlarni aytishgach) u dedi: "Ikkingizning Rabbingiz kim, ey, Muso!" 

 

50. (Muso) aytdi: "Rabbimiz har bir narsaga o'z yaratuvchiligini ato etib (ko'rsatib), so'ngra (uni) to'g'ri 

yo'lga yo'llagan zotdir".  

 

51. (Fir'avn) dedi: "Unda, avvalgi avlodlarning holi nedir? (Rabbing ularni ham azoblaganmi?)" 

 

52. (Muso) aytdi: "Ular haqidagi ma'lumot Rabbim huzuridagi Kitob (Lavhul-Mahfuz)dadir. Rabbim 



adashmas va unutmas".  

 

53. U Yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va unda yo'llar paydo qildi hamda osmondan suv 

(yomg'ir, qor) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o'simlik navlarini undirib chiqardik.  

 

54. Sizlar (ulardan) yenglar va chorvalaringni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar 

bordir.  

 

55. Biz sizlarni undan (yerdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana 

boshqatdan undan chiqarurmiz.  

 

56. Darhaqiqat, Biz unga (Fir'avnga) hamma (to'qqizta) mo''jizalarimizni ko'rsatdik. Bas, u (ularni) 

yolg'onga chiqardi va yuz o'girdi.  

 

57. (U) dedi: "Sen o'z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey, Muso! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

205


 

58. U holda, bizlar ham senga xuddi o'shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o'zing bilan bizlarning 

o'rtamizda bir joy tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan o'rta bir joy bo'lsin".  

 

59. (Muso) aytdi: "Va'da ziynat (bayram) kunidir. Odamlar choshgohda to'planurlar".  

 

60. Bas, Fir'avn borib, o'zining makrini (sehrgarlarini) yig'di. So'ngra (va'da qilingan joyga) keldi.  

 

61. Muso ularga (sehrgarlarga) dedi: "Hollaringga voy! Sizlar Alloh sha'niga yolg'on to'qimanglar 

(mo''jizani sehr demanglar), u holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolg'on to'qiganlar noumid 

bo'lishlari aniqdir". 

  

62. Bas, ular (qiladigan) ishlarini talashib-tortishib, asta shivirlasha boshladilar.  

 

63. (So'ng bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, bu ikkovi (Muso va Horun) o'z sehrlari bilan sizlarni 

yeringizdan chiqarmoqni va yuksak yo'lingizni (diningizni) yo'qotishni istaydigan sehrgarlardir.  

 

64. Bas, makr-hiylangizni yig'ingiz, so'ng saf tortib kelingiz. Bugun ustun bo'lganlar iqbolli bo'lurlar".  

 

65. (Maslahatlari bitgach,) dedilar: "Ey, Muso, sen (qo'lingdagi asoyingni) tashlaysanmi yoki bizlar 



birinchi tashlovchi bo'laylikmi?" 

 

66. (Muso) aytdi: "Yo'q, sizlar tashlanglar" (ular qo'llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh 

iplari va asolari - sehrlari sababli - unga (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi.  

 

67. Bas, Muso ichida bir qo'rquvni his etdi.  

 

68. Biz aytdik: "Qo'rqmagin! Albatta, sen o'zing oliy (g'olib)dirsan.  

 

69. Qo'lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagani 

faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qayerda bo'lmasin zafar topmas".  

 

70. (Muso asosini tashlagach, ajdahoga aylanib, ular yasagan narsalarini yutib yubordi). Bas, sehrgarlar 

sajda qilgan hollarida (yerga) tashlanib: "Horun va Musoning Parvardigoriga imon keltirdik",- dedilar.  

 

71. (Fir'avn) aytdi: "Men izn bermay turib, unga imon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr 

o'rgatgan kattangizdir. Bas, endi (men), albatta, oyoq-qo'llaringizni qaramaqarshisiga (o'ng qo'l, chap 

oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (o'shanda) qaysimizning 

(ya'ni, meningmi yoki Musoning xudosi) azobi qattiqroq va boqiyroq ekanligini bilib olursizlar".  

 

72. Ular dedilar: "Bizlar o'zimizga kelgan hujjatlarni va bizlarni yaratgan Zotni qo'yib, sira seni 

tanlamaymiz. Bas, qiladigan hukmingni qilaver! Sen faqat shu dunyodagina hukm qilursan.  

 

73. Bizlarga esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) 

kechirishi uchun Rabbimizga imon keltirdik. Alloh (ning savobi) yaxshiroq va (azobi) boqiyroqdir".  

 

74. Haqiqatan, kimda-kim Parvardigorning huzuriga jinoyatchi (kofir) holida kelsa, albatta, uning 

uchun jahannam bor, u joyda u na o'la olur va na yashay olur.  

 

75. Kim u zotga yaxshi amallarni qilib, mo'min holida kelsa, bas, ana o'shalar uchun yuksak darajalar, 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

206


76. ostidan anhorlar oqadigan, ular doimiy qoladigan mangulik jannatlari bo'lur. Bu (shirk va kufrdan) 

pok bo'lgan kishilarning mukofotidir! 

 

77. Biz Musoga: "Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ketib, ular uchun - (ortingdan) yetib 



kelishdan xavf qilmagan va (g'arq bo'lishdan ham) qo'rqmagan holingda dengizdan quruq yo'l och", - 

deb vahiy yubordik.  

 

78. Bas, Fir'avn ularning ortidan o'z lashkarlari bilan quvgan edi, ularning dengiz o'raganicha-o'radi 

(ya'ni, g'arq bo'ldilar).  

 

79. Fir'avn o'z qavmini adashtirdi, to'g'ri yo'lga boshlamadi.  

 

80. Alloh dedi: "Ey, Isroil avlodi, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (Musoga Tavrot 

nozil qilish uchun) Tur (tog'i)ning o'ng tomonini va'dalashdik va sizlarga shirinlik va bedanalar 

yog'dirdik.  

 

81. Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglar, aks holda 

ustingizga Mening g'azabim tushar. Kimning ustiga g'azabim tushar ekan, u albatta yiqilur (halok 

bo'lur).  

 

82. Men, albatta, tavba qilgan hamda imon keltirib, ezgu ish qilgan, so'ngra to'g'ri yurgan kishilarni 

mag'firat qiluvchidirman".  

 

83."Qavmingdan nega ilgarilab ketding, ey Muso!" 

 

84. U aytdi: "Ular - ana, izimdan kelurlar. Men esa, ey, Rabbim, Sen tomon rozi bo'lishing uchun 

shoshdim. " 

 

85. (Alloh) dedi: "Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo'ldan 

ozdirdi".  

 

Izoh: Muso (a. s.) Tur vodiysiga ketish oldidan Allohdan o'zgaga sig'inmaslik haqida Isroil avlodiga qattiq 



ko'rsatma berib ketgan edilar. Biroq Somiriy ismli bir sehrgar tilladan yasagan buzoqqa sig'inib, ahdni 

buzdilar.  

 

86. Bas, Muso qavmiga g'azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib, dedi: "Ey, qavmim! 



Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etishi haqida) chiroyli va'da qilmaganmidi?! Sizlarga (kechgan) 

vaqt uzun (ko'rinib) ketdimi yoki ustingizga Rabbingiz tomonidan g'azab tushishini xohlab, menga 

bergan va'dangizni buzdingizlarmi?!" 

 

87. Ular aytdilar: "Bizlar senga bergan va'dani o'z ixtiyorimiz bilan buzganimiz yo'q. Lekin bizlar 

(Misrdan chiqib kelayotganimizda), qavm zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko'tarib chiqqan edik, 

bas, (Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So'ngra Somiriy ham (narsalarini olovga) 

tashladi.  

 

88. So'ng (Somiriy ularni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozli haykal (yasab) chiqarib berdi, 



so'ng (Somiriy va uning sheriklari): "Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, bas, (Muso) unutdi 

(va izlab boshqa yerga ketdi)", - dedilar.  

 

89. Axir, uning ularga so'z qaytara olmasligini va ziyon ham, foyda ham yetkizishga qodir emasligini 

ko'rmaydilarmi?! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

207


90. Holbuki, (buzoqqa sig'inishlaridan) oldin Horun ularga: "Ey, qavmim, sizlar bu bilan imtihon 

qilindinglar. Shubha yo'qqi, sizlarning Rabbingiz Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga 

itoat qilinglar!" - degan edi.  

 

91. Ular: "To bizga Muso qaytmagunicha, unga (ma'budaga) sig'inishdan sira tinmaymiz", - degan 

edilar.  

 

92. (Muso qaytib kelgach) dedi: "Ey, Horun, ularning adashganlarini ko'rganingda (to'xtatib qolishdan) 

seni nima to'sdi?! 

 

93. Mening ortimdan nega bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!" 

 

94. (Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! Men 

(ortingdan borsam) "Mening so'zimni kutmay, Isroil avlodini bo'lib yuboribsan" deyishingdan 

qo'rqdim".  

 

95. (So'ngra Muso Somiriyga qarab): "Bu qilig'ing nimasi, ey, Somiriy?" - dedi.  

 

96. U aytdi: "Men ular ko'rmagan narsani ko'rdim. Bas, elchi (Jabroil)ning izidan bir siqim olib, uni 

(buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim ana shunday qilishni 

menga chiroyli ko'rsatdi".  

 

Izoh: Uning ko'rgan narsasi - Jabroil farishta Muso (a. s.) oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog'i 



tekkan narsalarga jon kirgani edi.  

 

97. (Muso) dedi: "Bas, ket! Endi sen uchun hayotda "(Menga) tegish yo'q!" deyishgina qolur. Oxiratda 



esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va'da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig'inayotgan 

"ilohing" (holi)ni ko'rib qo'y! Biz, albatta, uni yondirib, so'ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz".  

 

Izoh: Ya'ni yakka moxov bo'lib qolursan.  

 

98. Ilohingiz Allohdirki, undan o'zga iloh yo'q, U barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir.  

 

99. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga o'tib ketgan (avlod)lar xabarlarini shu tarzda so'zlab berurmiz. 



Shuningdek, (Biz) Sizga o'z dargohimizdan zikr (Qur'on) keltirdik.  

 

100. Kim undan yuz o'girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko'tarur.  

 

101. Ular u yuk (osti)da mangu qolurlar. U (yuk) qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk bo'lur.  

 

102. (U) sur chalinadigan kundir. U kunda Biz jinoyatchilarni ko'zlari (qo'rquvdan) ko'k (nursiz) 

bo'lgan hollarida yig'urmiz.  

 

103. Ular o'zaro shivirlashib: "(Dunyoda) o'n kungina turdinglar" (deydilar).  

 

104. Biz ularni aytadigan so'zlarini yaxshi bilurmiz. o'shanda ularning yo'lga chechan (dono)lari: "Bir 

kungina turdinglar",- deydi(lar).  

 

105. (Ey, Muhammad,) ular sizdan tog'lar (qiyomatda nima bo'lishi) haqida so'raydilar. Bas, ayting: 

"Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur".  

 

106. So'ng (yerni) tep-tekis qilib qo'yur.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

208


 

107. Unda na egrilik (pastlik) va na balandlikni ko'rursiz.  

 

108. U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay - bukilmay (so'zsiz) ergashurlar. 

Ovozlar ham Rahmonga buyin sunur, bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz.  

 

109. U kunda shafoat (oqlov) faqat Rahmon izn bergan va so'zidan U rozi bo'lgan kishidan boshqaga 

foyda bermas.  

 

110. U ularning oldilaridagi (ya'ni, oxiratdagi) va ortlaridagi (ya'ni, dunyodagi) bor narsani bilur. Ular 

esa Uni ilm bilan ihota qila olmaslar.  

 

111. Yuzlar (insonlar) Tirik va mangu Turuvchi (Alloh)ga ta'zim qilurlar. Zulmni (shirkni) ko'tarib 

kelgan kishi, albatta, noumid bo'lur.  

 

112. Kimki mo'min bo'lgan holda ezgu ishlarni qilsa, bas, u zulmdan (qilmagan gunohlarga javob 

berishdan), kamayishdan, (savobi to'la berilmay qolishidan) ham xavf qilmas.  

 

113. Shuningdek, Biz uni arabcha Qur'on qilib tushirdik va unda qo'rqinchli va'dalarni bayon qildik. 

Shoyadki ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu va'dalar) ular uchun eslatma paydo qilsa.  

 

114. Haqqoniy Podshoh-Alloh oliy zotdir. (Ey, Muhammad,) Sizga (Qur'on) vahiysi adosidan ilgari 



qiroat qilishga shoshmang va ayting: "Ey, Rabbim, menga ilmni ziyoda et!" 

 

115. Biz ilgari Odam bilan (Jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida) ahdlashgan edik, u (ahdni) 

unutdi va Biz unda azm (qat'iyat)ni ko'rmadik.  

 

Izoh: Taqiqlangan daraxt - uzum yo anjir, yoki olma, yoxud bugdoy ekani haqida rivoyatlar bor.  

 

116. Eslang, Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar", deyishimiz bilan sajda qildilar, faqat iblis bosh 

tortdi.  

 

117. Bas, aytdik: "Ey, Odam, albatta, bu (iblis) senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u 

ikkovingizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo'lib qolursan.  

 

118. Shubhasiz, sen u joyda (jannatda) och va yalang'och qolmaysan.  

 

119. Va u joyda tashna ham bo'lmaysan, issiqda ham qolmaysan".  

 

120. So'ng shayton unga vasvasa qilib: "Ey, Odam, men senga abadiyat daraxti va chirimas (yo'q 

bo'lmas) mulkka boshlab boraymi?" - dedi.  

 

121. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat 

yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo'lib, yanglishdi.  

 

122. So'ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi.  

 

123. (Alloh) aytdi: "Undan (ya'ni, jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ba'zingiz (zurriyotingiz) ba'ziga 

dushmandir. Bas, sizlarga Men (taraf)dan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan 

ozmas va baxtsiz bo'lmas.  

 

124. Kim Mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo'lur va 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

209


Biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz".  

 

125. U: "Rabbim! Nega meni ko'r holda tiriltirding, axir (oldin) ko'ruvchi edim-ku?!" - deydi.  

 

126. (Alloh) aytur: "Shunday. (Lekin) senga Bizning oyatlarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen 



ham ana shunday "unutilursan".  

 

127. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga imon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. 

Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va boqiyroqdir.  

 

128. Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab) yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) 

halok qilganimiz ularni to'g'ri yo'lga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar bordir.  

 

129. Agar Rabbingiz (tomoni)dan (mukofot va jazolar qiyomatda bo'lishi xususida) So'z va belgilangan 

muddat bo'lmaganida edi, albatta, (ularga darhol azob berilishi) lozim edi.  

 

130. Bas, (ey, Muhammad,) ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va 

botishidan avval Rabbingizga hamd bilan (Unga) tasbeh ayting (namoz o'qing)! Kecha(ning boshi va 

oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi) taraflarida ham tasbeh ayting (namoz o'qing), 

shoyad rozilikka erishsangiz.  

 

Izoh: Bu oyatda ham besh vaqt farz namozlarining vaqtlari ko'rsatilgan.  

 

131. Siz (kofirlardan ayrim) toifalarni sinashimiz uchun bahramand qilgan dunyo hayoti go'zalliklaridan 

iborat narsalarga ko'zlaringizni termultirmang! Rabbingizning rizqi yaxshiroq va boqiyroqdir.  

 

132. Ahlingizni namoz (o'qish)ga buyuring va (o'zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo'ling! Biz 

Sizdan rizq so'ramaymiz, (aksincha), Biz sizga rizq berurmiz. Oqibat taqvo (ahli) uchundir.  

 

133. (Mushriklar: "Muhammad) Parvardigori tomonidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi", - deydilar. 

Axir, ularga ilgarigi sahifalardagi (ilohiy kitoblardagi) hujjat (Qur'on) kelmadimi?! 

 

134. Agar Biz ularni undan (Muhammad yoki Qur'ondan) ilgari biror azob bilan halok qilganimizda, 

ular, albatta: "Parvardigoro, bizlarga biror payg'ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va 

sharmanda bo'lmay Sening oyatlaringga ergashar edik", - degan bo'lur edilar.  

 

135. (Ey, Muhammad,) ayting: "Barcha(miz) kutuvchidir(miz). Bas, kutaveringlar! Yaqinda kimlar 

To'g'ri yo'l egalari va kim hidoyat topgan ekanini bilursizlar".  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

210


O’N YETTINCHI JUZ’ 

************************* 

 

ANBIYO SURASI 

 

Anbiyo - payg'ambarlar. Surada Allohning yakka-yagonaligiga aqliy dalillar, Yeru osmonlar, barcha 



mavjudotlar Allohning hikmati va qudrati bilan yaratilganligi va boshqa aqida va ibodatga doir oyatlar bayon 

etiladi. Suraning nomiga monand, unda Ibrohim, Ishoq, Ya'qub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, 

Idris, ZulKifl, Zun-nun (Yunus), Zakariyo va Iso (a. s.)lar to'g'risida ham ma'lumotlar berilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Odamlarga hisobotlari (qiyomat kuni) yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g'aflatda, (imon va amaldan) yuz 

o'giruvchidirlar.  

 

2. Ularga Parvardigorlari (tomoni)dan biror yangi eslatma (oyat) kelsa, albatta, uni o'ynab (masxaralab) 

turib tinglaydilar.  

 

3. Dillari esa g'ofildir. Zolim (kofir)lar: "Bu (Muhammad) o'zlaringizga o'xshagan bir odam-ku! Ko'rib 

turib, sehrga (aldanish uchun) kelaverasizlarmi?!" - (deb) o'zaro shivirlashdilar.  

 

4. (Shunda Muhammad) aytdi: "Rabbim osmonu zamindagi (har bir) so'zni bilur. U eshituvchi va 

biluvchidir".  

 

5. "Balki, - dedilar ular. - (Muhammad vahiy deb da'vo qilayotgan so'zlar) – alg'ov-dalg'ov tushlardir, 

balki uni o'zi to'qib olgandir, balki u shoirdir. Bas, u ham ilgari yuborilgan payg'ambarlar kabi biror 

mo''jiza keltirsin!" 

 

6. Ulardan oldin, Biz halok qilgan biror shahar (aholisi) imon keltirgan emas, bas, ular imon 

keltirarmidilar?! 

 

7. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan ilgari ham faqat erkaklarni o'zimiz vahiy qilgan holda (payg'ambar 

etib) yuborganmiz. Bas, (ey, Makka ahli,) agar bilmaydigan bo'lsangizlar, (Tavrot, Injilni biladigan) zikr 

ahlidan so'ranglar! 

 

8. Biz u (payg'ambar)larni taom yemaydigan bir jasad qilgan emasmiz va ular mangu hayot kechiruvchi 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling