Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet32/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72

Sizni "do'st" qilib olmoqchi bo'ldilar.  

 

74. Agar (Biz) Sizni (haq yo'lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo'lishingizga oz 

qolgan edi.  

 

75. U holda, albatta, Biz Sizga dunyo (azobi)ni ham, oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib tottirgan bo'lur 

edik, so'ngra Biz sari o'zingizga biror madadkor topa olmagan bo'lur edingiz.  

 

76. Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo'zg'atib yuborishlariga oz qoldi. U 

taqdirda o'zlari ham Sizdan keyin ozgina (muddat) tura olardilar, xolos (so'ngra, halok qilinur edilar).  

 

77. (Bu) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan qolgan yo'ldir. Bizning yo'limiz uchun o'zgarish 

topmaysiz.  

 

78. Quyosh og'ishidan to tun qorong'usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o'qishni 

(bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o'qish (farishtalar) hozir bo'ladigan (namoz)dir.  

 

Izoh: Ushbu oyatdan besh vaqt farz namozning vaqtlarini anglab olish mumkin. Masalan, quyosh og'ishi bilan 



peshin namozi, soya ikki barobarga yetgach, asr namozining vaqti kiradi. Qorong'i tushishi bilan, ya'ni, quyosh 

botishi bilan shom, so'ng xuftan namozlarining vaqti kiradi. Tonggi o'qish esa - bomdod namozidir.  

 

79. Tunda (bir qismida) uyg'onib o'zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o'qing! Shoyadki, Rabbingiz 



Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan) maqomda tiriltirsa.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

185


 

80. Yana aytingki: "Ey, Rabbim, meni (qabrga) sodiqlik bilan (gunohlarim kechirilgan holimda) kiritgin 

va (tiriltirganingda ham) sodiqlik (roziliging bilan) chiqargin hamda men uchun o'z dargohingdan bir 

madad beruvchi hujjat ato qilgin".  

 

81. Yana ayting: "Haqiqat (ya'ni, Islom) keldi va botil (kufr) yo'qoldi. Chunki botil yo'qoluvchi 

(narsa)dir. " 

 

82. (Biz) Qur'onda(n) mo'minlar uchun shifova rahmat bo'lgan (oyat)larni nozil qilurmiz. (Lekin bu 

oyatlar) zolim (kofir)larga faqat ziyonni orttirur.  

 

83. Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in'om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o'girib, 

o'z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag'allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo'lur.  

 

84. Ayting: "Har kim o'z ravishiga qarab amal qilur. Rabbingiz kim to'g'ri yo'lda ekanini yaxshi 

biluvchidir".  

 

85. (Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". 

Sizlarga esa oz ilm berilgandir.  

 

Izoh: Ruh to'g'risida, haqiqatan, inson oz ma'lumotga ega. Shu oz ma'lumotiga asoslanib bo'lsada, odamzot ruh 



to'g'risida ko'p asarlar bitgan. Lekin qancha urinmasin, bashariyat ruh kabi narsalarni bilishda Allohning 

ilmiga yaqin kela olmaydi.  

 

86. Qasamki, agar hohlasak, albatta, Sizga qilgan vahiy (Qur'on)ni ketkazurmiz, so'ngra o'zingizga 



(Qur'onni qaytarib olish uchun) Bizga qarshi biror vakil (homiy) topa olmassiz.  

 

87. Illo Rabbingizning marhamati bilangina (Qur'onni qaytarib olishingiz mumkin). Darhaqiqat, Sizga 

Uning fazli kattadir.  

 

88. Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, bir-

birlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar".  

 

89. Aniqki, (Biz) ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masal (ma'no)lardan bayon qildik. Lekin 

odamlarning ko'plari faqat inkornigina ixtiyor etdilar.  

 

90. Aytdilar: "Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira 

imon keltirmaymiz.  

 

91. Yo sening xurmozor, uzumzor bog'ing bo'lib, uning o'rtasidan yorib anhorlar paydo qilmasang

 

92. yoki o'zing da'vo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoki 

Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha, 

 

93. yoki sening oltindan bir uying bo'lmagunicha (senga imon keltirmaymiz). Yana bizlarga o'qiydigan 

(biror) kitob tushirmas ekansan, (osmonga) ko'tarilishingga ham sira ishonmaymiz". Ayting(Ey, 

Muhammad): "Ey, Pok Parvardigoro, men faqat payg'ambar bo'lmish bir odam edim-ku!" 

 

94. Odamlarga hidoyat kelgan paytda, faqat: "Alloh (farishtalarni emas, balki) odamzotni payg'ambar 

qilib yuboribdimi?!" - deyishlarigina ularni imon keltirishlaridan to'sdi.  

 

95. Ayting: "Agar Yerda (odamlar emas) farishtalar maskan tutib yurganlarida edi, albatta, Biz ularga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

186


osmondan payg'ambar farishtani tushirgan bo'lur edik".  

 

96. Ayting: "Men bilan sizlarning o'rtamizda Allohning o'zi yetarli guvohdir. Albatta, U bandalaridan 

ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir".  

 

97. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o'sha hidoyat topuvchidir. Kimni yo'ldan ozdirsa, bas, ular uchun 

Undan o'zga do'stlarni topa olmassiz, ularni Qiyomat kunida yuztuban hollarida ko'r, soqov, kar qilib 

tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam olovi) susaysa, ularga olovni 

lovullatib yuborurmiz.  

 

98. Bu - Bizning oyatlarimizga kofir bo'lganlari hamda: "Suyak va (chirik) murdalarga aylangan 

vaqtimizda, yangitdan yaralib, qayta tirilurmizmi?!" - deganlarining jazosidir.  

 

99. Axir, ular (kofirlar) osmonlar va Yerni yaratgan zot ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini 

ko'ra bilmadilarmi?! (Alloh) ular uchun, shubha yo'qki, bir muddatni belgilab qo'ygandir. Lekin 

zolimlar kufrdan boshqasiga ko'nmaydilar.  

 

100. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar sizlar Rabbimning rahmat (rizq) xazinalariga ega 

bo'lsangizlar, o'shanda ham (uni) ishlatishdan qo'rqib, mumsiklik (baxillik) qilgan bo'lur edingizlar". 

(Chunki) inson zoti xasis bo'lur.  

 

101. (Biz) Musoga to'qqizta aniq mo''jiza ato etdik. So'ng u (Fir'avn huzuriga) kelgan paytida, (unga): 

"Isroil avlodini (o'z yurtlari - Shomga qo'yib yuborishini, Fir'avndan) so'ragin", (deb buyurdik). Shunda 

Fir'avn unga: "Ey, Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb o'ylamoqdaman", - dedi.  

 

Izoh: Muso (a. s.)ga ato etilgan to'qqiz mo''jiza to'g'risida har xil rivoyatlar mavjud. Bir rivoyatda ular -



qo'llarining yog'dusi, asolari, to'fon, chigirtka, bit-burga, qurbaqalar, qon, tosh suvi, Tur tog'i deyilsa, 

boshqasida tosh, Tur o'rniga qahatchilik va mevasizlik deyiladi.  

 

102. (Muso) dedi: "(Ey, Fir'avn,) sen anavi mo''jiza)larni faqat osmonlar va Yerning Parvardigori hujjat 



qilib nozil qilganini aniq bilursan. Hech shuhba yo'qqi, ey, Fir'avn, men seni halok qilinuvchi deb 

bilurman".  

 

103. Shunda, (Fir'avn Muso va uning qavmini) u yerdan qo'zg'atmoqchi bo'lganida, Biz uni (Fir'avnni) 

va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini (dengizga) g'arq qildik.  

 

104. (Fir'avndan) so'ng, Isroil avlodiga: "Shu yer (Misr)ni maskan tutinglar. Endi qa chonki va'da 

qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchalaringizni bir to'p qilib keltirurmiz", - dedik.  

 

105. Biz uni (Qur'onni) haqiqat (hikmat) bilan nozil qildik va (u) haqiqat bilan nozil bo'ldi. (Ey, 

Muhammad,) Biz Sizni (mo'minlarga) faqat xushxabar beruvchi va (kofirlarni do'zax azobidan) 

ogohlantiruvchi qilib yubordik.  

 

106. Qur'onni odamlarga bardosh bilan (asta) o'qib berishingiz uchun uni bo'laklarga bo'ldik va bo'lib-

bo'lib nozil qildik.  

 

107. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xoh (unga) ishoningiz, xoh ishonmangiz, (hechqisi yo'q). Zotan, ilgari ilm 

(tavrot) berilgan kishilar (Qur'on) tilovat qilingan vaqtida, sajda qilgan hollarida iyak (yuz)lari bilan 

yiqilurlar. " (Sajda oyati. ) 

 

108. Shuningdek ular: "Rabbimizga tasbih aytamizki, beshak Rabbimizning ("Men so'nggi 

payg'ambarimni yuborurman va unga Qur'on nozil qilurman" degan) va'dasi ado etiluvchi va'dadir", - 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

187


deydilar.  

 

109. Ular, yig'lagan hollarida, yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur'on) ularning kamtarliklarini ziyoda qilur.  

 

Izoh: Hanafiyadan boshqa mazhablarda sajda.  

 

110. (Ey, Muhammad,) ayting: "Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday 

chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, Uning go'zal ismlari bordir". (Ey, Muhammad,) Siz namozingizni 

juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur'onni haqorat 

qilmasinlar) va o'ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar). 

Shularning (jahriylik bilan maxfiylik) o'rtasidagi yo'lni istang! 

 

111. "Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan 

(ya'ni, hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot - Allohga xosdir", - deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting! 

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

188


KAHF SURASI 

 

Kahf-g'or. Bu surada boshqa qissalar bilan bir qatorda ajib bir tarixiy voqea, "Ashobi kahf" voqeasi bayon 

etilgan. Unda tavhid, imon yo'lida zolim shoh zulmidan qochib borib, bir g'orga yashiringan fidoyi yigitlar 

to'g'risida gap ketadi. Surada Muso bilan Xizr (a. s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z 

ifodasini topgan. Shuningdek, boshqa suralardagi kabi ilohiy o'gitlar fasohatli oyatlar bilan bayon etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  



 

1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zot (Alloh)ga - hamd! Uni (Qur'onni 

ma'no va mazmunda) qing'ir qilmadi,  

 

2. (balki, u) to'g'ri (haq va rost)dir. Huzuridan (keluvchi) qattiq azob bilan ogohlantirish va ezgu ishlarni 

qiladigan mo'minlarga yaxshi mukofot (jannat) xushxabarini berish,  

 

3. (darvoqe, ular) u yer (jannat)da mangu qoluvchilardir;  

 

4. shuningdek, "Allohning farzandi bor" deganlarni ogohlantirish uchun (Kitobni nozilqildi).  

 

5. (Mushriklar,) zotan, uni (farzand mohiyatini) o'zlari ham, ota-bobolari ham bilmaslar. Og'izlaridan 

chiquvchi (bu) so'z og'irdir. (Ular) faqat yolg'onni so'zlayaptilar.  

 

6. (Ey, Muhammad,) ular ushbu So'zga (Qur'onga) imon keltirmasalar, ehtimol, Siz ularning ortidan, 

afsuslik bilan o'zingizni halok qiluvchidirsiz?!  

 

7. Albatta, Biz (odamlardan) qaysilari chiroyliroq amal qilishlarini sinamoq uchun Yer yuzidagi bor 

narsani unga ziynat qilib qo'ydik.  

 

8. (Biz,) shubhasiz, uning (Yerning) ustini (bezaksiz) silliq va quruq qilib qo'yuvchi hamdirmiz.  

 

9. Balki, Kahf (g'or) va Bitik (voqealari yozilgan tosh) egalarini Bizning mo''jizalarimizning eng ajoyibi

deb hisoblagandirsiz?  

 

10. Qaysiki, yigitlar g'orga panoh istab borishib: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga o'z huzuringdan rahmat ato 

etgin va bizlarning ishimizni O'zing to'g'rilagin", - dedilar.  

 

11. Bas, (o'sha) g'orda bir necha yil ularning "quloqlariga urib" (uxlatib) qo'ydik.  

 

12. So'ngra (ularning ichidagi) ikki guruhdan qaysi biri turgan muddatlarini (to'g'ri) hisoblashlarini 

bilish (sinash) uchun ularni uyg'otdik.  

 

13. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga ularning xabarini haqiqatan aytib berurmiz. Darhaqiqat, ular 

Parvardigorlariga imon keltirgan va Biz ularga hidoyatni ziyoda qilgan yigitlardir.  

 

14. Biz ularning dillari (imonlarini) quvvatlantirdik - o'shanda ular (zolim shoh qarshisida) turib 

dedilar: "Bizning Rabbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Bizlar Undan o'zga "iloh"ga sira 

iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq so'zni aytgan bo'lurmiz.  

 

15. Ana u qavmimiz esa Undan o'zgalarni "iloh" qilib oldilar. Koshki o'zlari uchun biror aniq hujjat 

keltirsalar ekan. Bas, Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!"  

 

16. "(Yigitlar!) Modomiki ulardan (mushriklardan) va Allohdan o'zga ular sig'inayotgan narsalardan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

189


yuz o'girgan ekansizlar, endi g'orga panoh izlab boringiz! Rabbingiz sizlarga O'z rahmatini keng qilur 

va ishlaringiz omadini berur".  

 

17. Quyosh chiqishida ularning g'orlarining o'ng tarafidan o'tib ketganini, botishida esa ularning chap 

tomoni bo'ylab yiroqlashib ketganini, ular esa hamon uning keng bag'rida ekanlarini ko'rasiz. Bu ham 

Allohning mo''jizalaridan (biri)dir. Kimni Alloh hidoyat etsa, bas, o'shagina hidoyat topuvchidir. Kimni 

adashtirsa, bas, uning uchun To'g'ri yo'lga soluvchi do'st topa olmassiz.  

 

18. Uxloq bo'lsalar-da, (ko'zlari ochiq bo'lgani uchun) sen ularni uyg'oq, deb o'ylaysan. Biz ularni 

(chirib ketmasligi uchun) o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turarmiz. Ularning iti esa old oyoqlarini 

ostonaga yozib yotur. Agar ularni ko'rib qolsang, dahshatga tushib, ulardan yuz o'girib qochgan bo'lur 

eding.  

 

19. O'zaro savol-javob qilishlari uchun ularni ana shunday uyg'otdik. Ulardan biri dedi: "Qancha 

turdingiz?" Ular(ning ayrimlari): "Bir kun yo yarim kun", - dedilar. (Qolganlari esa): "Qancha (uxlab) 

turganingizni Rabbingiz bilur. Endi birortangizni shu pulingiz bilan shaharga jo'natingiz, u eng pokroq 

taomlarni qarab, sizlarga undan ozuqa olib kelsin. U lutf bilan ehtiyotkorona yursin va sizlarni birortaga 

sezdirib qo'ymasin.  

 

Izoh: Bundan bir asr oldin Hindistonda chop etilgan va qorilarimiz qo'lida hozirgacha "Qori Qur'on" nomi 



bilan foydalanilib kelinayotgan Qur'on nusxalarida shu oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi Qur'oni Karimning 

qoq o'rtasi sifatida belgilangan.  

 

20. Chunki ular (shahar ahli) sizlardan ogoh bo'lib qolsalar, sizlarni toshbo'ron qilurlar yoki sizlarni o'z 



dinlariga qaytarurlar va u holda, sira najot topa olmaysizlar", - deyishdi.  

 

21. Shunday qilib, Allohning (qayta tiriltirish haqidagi) va'dasi haq ekanini va qiyomatning (kelishi) 

shaksiz ekanini bilishlari uchun (odamlarni g'or yigitlaridan) xabardor qildik. O'shanda (ular vafot 

etishgach) o'zaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Bas, (ba'zi kishilar): "Ularning ustiga 

uylar bino qilinglar. Parvardigorlari ularni yaxshi biluvchidir", - dedilar. Ularning ustida hukmron 

bo'lgan (imonli podshoh va saroy a'yonlari esa): "Albatta, biz ular (ya'ni, Ashobi Kahf qabri) uzra (g'or 

og'ziga) bir masjid qurib olurmiz", - deyishdi.  

 

22. Hali ular (Muhammadga zamondosh yahudiy, nasoro va musulmonlarning ayrimlari o'sha Ashobi 

Kahf adadini): "Uchtadir, to'rtin chilari itlaridir", desalar, (boshqalari) "beshta bo'lib, oltinchilari 

itlaridir", deb g'aybga tosh oturlar (taxminan gap soturlar). Yana: "(Ular) yettitadirlar, sakkizinchilari 

itlaridir" ham deydilar. (Ey, Muhammad,) "Ularning sanog'ini Rabbim yaxshi biluvchidir. Ularni juda 

oz kishi bilur", deng. Bas, ular xususida faqat (vahiy asosida) ochiq munozara qiling va (Ashobi Kahf) 

haqida ularning birortasidan savol so'ramang!  

 

Izoh: Ashobi Kahfning nomlari to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Madorik tafsirida Ali ibn Abi Tolib (r. a. 



)dan naql qilinishicha ularning nomlari - Yamlixo, Makshalino, Mashlino, Marnush, Dabarnush, Shoznush, 

Kashfittanus. Itlarining nomi Qitmir.  

 

23. Biror narsa haqida: "Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman", deya ko'rmang! 



 

24. Illo, "Inshoalloh, (Alloh xohlasa)" (deng. Bu so'zni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) 

Rabbingizni zikr qiling (ya'ni, "inshoalloh", deng) va: "Shoyad Rabbim meni bundan ham yaqinroq 

To'g'ri yo'lga hidoyat etsa",deng!  

 

Izoh: 23-24-oyatlar nozil bo'lishining sababi rivoyatlarga qaraganda, bir guruh yahudiy dindorlari kelib



Muhammad (a. s.) dan imtihon uchun "Ruh haqida, G'or voqeasi va Zulqarnayn" haqida so'rashgan. O'azrat: 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

190


"Javobini sizlarga ertaga aytaman", - deganlar, lekin "Inshoalloh" demaganlari uchun. Alloh taolo o'z rasulini 

hushyorlikka chaqirib, bir necha kun vahiyni to'xtatib qo'ygan. Savollarga kechroq, vahiy tushgandan keyin 

javob qilganlar.  

 

25. (Ular) g'orlarida uch yuz yil turdilar va yana to'qqiz (yil)ni ziyoda qildilar.  

 

Izoh: Ya'ni, qamariy yil hisobi bilan to'la 300 yil, shamsiy-melodiy yilga hisob qilish uchun esa, yana 9 yil 

qo'shish kerakligi uqdirilmoqda.  

 

26. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ularning qancha turganlarini Alloh yaxshi biluvchidir. Osmonlar va 



Yerning sirlari faqat Unga oiddir. U naqadar ko'ruvchi va eshituvchidir! Ular (odamlar) uchun Undan 

o'zga biror do'st yo'qdir. U (O'z) hukmida hech kimni sherik qilmas".  

 

27. (Ey, Muhammad,) Sizga vahiy qilingan Rabbingizning Kitobi (Qur'on)ni tilovat qiling! Uning 

so'zlarini o'zgartiruvchi yo'qdir. Undan o'zga sira panoh topa olmassiz.  

 

28. Siz o'zingizni ertayu kech Parvardigorlari "yuzi"ni istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga 

tuting! Dunyo hayoti ziynati uchun ulardan ko'zlaringiz chetlab o'tmasin! Va qalbini Biz zikrimizdan 

g'ofil qilib qo'ygan, havoyi nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo'lgan kimsalarga itoat 

etmang! 

 

29. Ayting: "(Bu Qur'on) Rabbingiz (tomoni)dan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon 

keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo'lsin". Aniqki, Biz zolim (kofir)lar uchun alangalari ularni qamrab 

oladigan do'zaxni tayyorlab qo'yganmiz. Agar ular (tashnalikka chidamay) yalinsalar, eritilgan 

(dog'langan) yog' kabi yuzlarni kuydiruvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy 

u!  

 

30. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishining 

mukofotini zoye qilmasmiz.  

 

31. Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlar bor bo'lib, ular u joyda oltin 

bilakuzuklar bilan beza nurlar va yashnab turuvchi shoyi liboslar kiyib, so'rilarda suyanib o'tirurlar. 

Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar go'zal joy u! 

 

32. (Ey, Muhammad, kofirlarga) ikki kishi masalini keltiring. Ulardan biri uchun ikki uzumzor bog' 

qilib, u ikkisini xurmozor bilan o'ragan va o'rtasini ekinzor qilgan edik.  

 

33. Har ikki bog' hosilini bekamu ko'st berar, ularning o'rtasidan bir anhor o'tkazgan edik. .  

 

34. Yana uning boyligi ham bor edi. Bas, u birodariga murojaat qilib: "Mening boyligim senikidan 

ko'proq va odamlarim kuchliroq", - dedi.  

 

35. O'ziga zulm qilgan holda, bog'iga kirayotib, aytdi: "Bu (bog'u boyligim) hech qachon yo'q bo'lmaydi.  

 

36. Qiyomat ham qoyim bo'lmaydi, deb o'ylayman. Qasamki, agar Rabbimga (farazan) qaytarilsam, 

(qayta tirilsam), albatta, bundan ham yaxshiroq oqibat (baxt)ni topurman".  

 

37. Birodari unga murojaat qilib, dedi: "Seni (Odamni) tuproqdan, so'ng bir tomchi "suv"dan yaratib, 

so'ngra inson qilib rostlagan zot (Alloh)ga kofir bo'ldingmi?!  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling