Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet28/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72

41. (Makka mushriklari) Biz yer(lari)ga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni (fath qilinib 

kelayotganini) ko'rmadilarmi?! Alloh hukm qilur - Uning hukmini ta'qib etuvchi bo'lmas. U tez hisob(-

kitob) qiluvchidir.  

 

42. Ulardan ilgarigi kimsalar ham (o'zlarining payg'ambarlariga nisbatan) makr qilganlar. Bas, 

makrning hammasi Allohnikidir. U har bir jonning qilayotgan ishini bilur. Yaqinda kofirlar diyor 

(oxirat) oqibati kimniki ekanini bilajaklar.  

 

Izoh: Allohga makr sifatini nisbat berish majoziy bo'lib, ularning makriga javoban beriladigan jazo yoki 



ko'riladigan tadbir deb bilmoq kerak.  

 

43. Kofir bo'lgan kimsalar (sizga): "Payg'ambar emassan", - deydilar. Ayting: "Men bilan sizlarning 



oramizda Alloh va Kitob (Qur'on) ilmidan xabardor bo'lgan kishilar guvohlikka kifoya qilur".  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

159


IBROHIM SURASI 

 

Ibrohim (a. s.)ning Qudsdan Makkaga kelishlari, u yerda qilgan duolari haqida oyatlar bo'lgani uchun suraga 



shu nom berilgan. Unda asosan - tavhid, e'tiqod, qiyomat, jannat, do'zax, hisobot, payg'ambarlarning 

yuborilishidan ko'zlangan maqsad va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.  



 

1. Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan 

nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir.  

 

2. (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan 

kofirlar holiga voy! 

 

3. Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni 

qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar.  

 

4. Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan 

(so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan 

kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.  

 

5. Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni 

zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin! 

Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir".  

 

6. O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan 



qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan 

qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir".  

 

7. Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr 

qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta, 

azobim (ham) juda qattiqdir".  

 

8. Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham 

(Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat 

va hamd egasidir".  

 

9. Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat 

Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan 

kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib 

yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(-

shubha)dadirmiz".  

 

10. Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida 

shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok 

qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan 

odamlarsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib o'tgan narsadan (sanamlarga sig'inishdan) 

to'smoqchisizlar, xolos. Bas, (agar chin payg'ambar bo'lsangizlar,) bizga aniq bir hujjat keltiringlar-

chi?!" 

 

11. Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi 



xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

160


olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar! 

 

12. Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar 

yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!" 

 

13. Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab) 

chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga ( 

payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.  

 

14. Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun) 

turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy 

yubordi.  

 

15. (So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz 

bo'lur.  

 

16. Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur.  

 

17. Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la 

olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir.  

 

18. Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib 

ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir.  

 

19. (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u 



xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur.  

 

20. Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.  

 

21. (Qiyomat kunida) barcha (xaloyiq) Allohga ro'baro' bo'lur. Bechora hol (ergashuvchi)lar 

mutakabbir kimsalarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashuvchi edik, endi sizlar bizlarni 

Allohning biror azobidan qutqara olurmisizlar?" deganlarida, ular aytadilar: "Agar Alloh bizni (haq 

yo'lga) hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan bo'lur edik. (Endi esa) chidamsizlik qilamizmi, 

sabr qilamizmi, biz uchun barobardir. Biz uchun hech qanday panoh yo'qdir".  

 

22. Qachonki, ish bitgach (ya'ni, jannat ahli jannatga, do'zaxilar do'zaxga hukm qilingach), shayton 

deydi: "Alloh sizlarga haq va'da qilgan edi. Men ham va'da berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men 

uchun sizlarning ustingizdan hech qanday iqtidor yo'q edi, illo men sizlarni (kufr yo'liga) chaqirdim. 

Sizlar menga ijobat etdingiz. Endi meni emas, o'zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera 

olmayman, sizlar ham menga yordam beruvchi emassiz. Men sizlar ilgari meni (Allohga) sherik 

qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (kofirlar) uchun alamli azob bordir".  

 

23. Imon keltirgan va ezgu ishlar qilganlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritilib, 

Parvardigorlarining izni bilan u joyda mangu qoladilar. Ularning (jannatdagi) ko'rishishlari 

salomlashishdan iboratdir.  

 

24. (Ey, inson), Alloh pok so'zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko'rmadingmi?! (U 



so'z) xuddi bir yaxshi daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) o'rnashgan, shoxlari esa 

osmondadir.  

 

25. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana 

shunday misollarni keltirur.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

161


 

26. Yomon so'zning (ya'ni, kufr so'zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori 

yo'q nopok daraxtga o'xshar.  

 

27. Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So'z (imon kalimasi) bilan 

sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur.  

 

28. (Ey, inson), Allohning ne'mati (imon)ni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini halokat diyoriga 

qulatgan kimsalarni ko'rmadingmi?! 

 

29. (U diyor) ular toblanadigan jahannamdir. Naqadar yomon qarorgoh! 

 

30. Ular (odamlarni) Uning yo'lidan ozdirish uchun Allohga "teng"larni (o'ylab) topdilar. (Ey, 

Muhammad), ayting: "Foydalanib qolinglar! Bas, albatta, axiri boradigan joyingiz do'zaxdir".  

 

31. (Ey, Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda 

savdo-sotiq va oshna-og'aynigarchilik bo'lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib 

bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar! 

 

32. Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, u sababli sizlarga rizq 

bo'ladigan mevalarni chiqargan zotdir. U (O'z) amri bilan dengizda suzib yurishi uchun kemalarni 

sizlarga bo'yin sundirdi. Yana daryolarni ham sizlarga bo'yin sundirdi.  

 

33. (U) doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi quyosh va oyni ham sizlarga bo'yin sundirdi. Yana kecha va 

kunduzni sizlarga bo'yin sundirdi.  

 

34. Shuningdek, sizlarga barcha so'ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini 



sanasangizlar, sanog'iga yetaolmaysizlar. Haqiqatan, inson o'ta zolim va juda noshukrdir.  

 

35. (Ey, Muhammad,) eslang, Ibrohim aytgan edi: "Ey, Rabbim! Bu shaharni (ya'ni, Makkani) tinch 

qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig'inishdan yiroq qilgin! 

 

36. Ey, Rabbim, U (sanam)lar ko'p odamlarni yo'ldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana o'sha 

mendandir (mening dinimdadir). Kim menga itoatsizlik qilsa, yana O'zing kechirimli va mehribonsan.  

 

37. Ey, Rabbimiz! Men zurriyotimdan (bir qismini - o'g'lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening 

hurmatli Bayting huzuridagi ekin o'smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey, Rabbimiz! (Ular) namozni 

mukammal ado etsinlar deb (shunday qildim). Bas, Sen O'zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib 

qo'ygin va ularni (barcha) mevalardan oziqlantirgin, shoyad (shunda) shukr qilsalar.  

 

Izoh: Ibrohim (a. s.)ning katta xotinlari Sora tug'magandan keyin, Hojarga uylanadilar. U homilador bo'lgach, 



Sora rashk qiladi. Bir rivoyatda Hojar tug'ishidan oldin, boshqa rivoyatda Ismoilni tuqqanidan keyin Ibrohim 

(a. s.) uni Makka vodiysiga eltib qo'yadilar. Demak, Ismoil (a. s.) Quds yoki Makkada tug'ilgan bo'ladilar. Har 

ikki rivoyat ham oyatga to'g'ri kelaveradi. Hojar bilan yosh Ismoilga birinchi navbatda suv kerak edi. Haq 

taolo o'z qudrati bilan jazirama vodiydan Zamzam bulog'ini oqizib qo'ydi.  

 

38. Ey, Rabbimiz! Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan. Alloh uchun 



Yerda ham, osmonda ham biror narsa maxfiy emasdir.  

 

39. Menga keksalikda Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Rabbim duoni 

eshituvchidir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

162


40. Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi 

qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et! 

 

41. Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni 

mag'firat qilgin!" 

 

42. (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb 

hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga 

qoldirmoqda, xolos.  

 

Izoh: Ko'zlar qo'rqinchdan qotib qoladigan kun - qiyomat kunidir.  

 

43. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar). 

Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur.  

 

Izoh: Yuraklarida quvvat va shijoat qolmas.  

 

44. (Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm 

qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va 

payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda) 

zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?! 

 

45. Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni 

qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik. " 

 

46. Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning 

makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida 

(ma'lum)dir.  

 

47. (Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb 

hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir.  

 

48. Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) 

yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir.  

 

49. (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz.  

 

50. Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur.  

 

51. Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (-

kitob) qiluvchidir.  

 

52. Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari 

eslatma olishlari uchun bir bayonotdir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

163


HIJR SURASI 

 

Hijr - Madina bilan Shom o'rtasidagi vodiy.  



 

Surada payg'ambarlarga ishonmay, ularga muxoliflik qilgan ummatlarning halokati, Yeru osmon, quyosh, oy, 

shamol, suv kabi ne'matlarning hammasi inson xizmatida ekani, Odam (a. s.)ni loydan yasalganiga ta'na qilib, 

olovdan yaratilgan shaytonning unga sajda qilishdan bosh tortgani, Ibrohim, Lut, Shuayb, Solih (a. s.)larning 

qissalari va boshqa ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.  

 

1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.  



 

2. Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.  

 

3. (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. 

Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.  

 

4. Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.  

 

5. Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.  

 

6. Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, 

sen majnunsan.  

 

7. Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!".  

 

Izoh: Ya'ni farishtalar kelib, payg'ambarligingga guvohlik bersinlar yoki bizni jazolasinlar.  

 

8. Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib 

turilmas (halok qilinurlar).  

 

9. Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz! 

 

10. Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.  

 

11. Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar.  

 

12. Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz.  

 

13. (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi.  

 

14. Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham, 

 

15. "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan 

bo'lur edilar.  

 

16. (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik.  

 

Izoh: Osmonning o'n ikki burji - hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut 

bo'lib, quyosh ularni 360 daraja bilan bir yil mobaynida kesib o'tadi. Oyning ham shu kabi burjlari bor. Osmon 

burjlaridan murod ulardagi o'n ikki qasr bo'lib, u yerda qo'riqchi farishtalar turadi, degan tafsir ham mavjud.  

 

17. Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik.  



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

164


 

18. Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) 

yulduz quvib yetar (halok etar).  

 

19. Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli 

narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.  

 

20. Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham 

tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.  

 

Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham.  

 

21. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan 

(sizlarga) tushirurmiz.  

 

22. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) 

yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.  

 

23. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.  

 

24. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.  

 

25. Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.  

 

26. Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.  

 

27. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.  

 

28. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan 

loydan inson yaratuvchiman.  

 

29. Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan 

holingizda yiqilingiz!" - dedi.  

 

30. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.  

 

31. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi.  

 

32. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?" 



 

33. (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan 

basharga sajda qiluvchi emasman".  

 

34. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan.  

 

Izoh: Ehtimolki, osmondan yoki farishtalar ichidan chiq, degan bo'lsa.  

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling