Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet26/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72

6. Shu (tushingda ko'rganing) kabi Rabbing seni tanlab oladi, senga gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) 

mazmunini o'rgatadi va ikki bobolaring - Ibrohim va Ishoqqa to'la bergani kabi, senga va Ya'qub 

nasliga (O'zining) ne'matini to'la baxsh etadi. Albatta, Rabbing bilim va hikmat egasidir".  

 

7. Haqiqatan, Yusuf va (uning) akalari (qissasi)da so'rovchilar uchun alomatlar bordir.  

 

8. O'shanda (akalari) aytdilar: "Yusuf va uning ukasi (Binyamin) otamizga bizdan ko'ra suyukliroqdir. 

Vaholanki, biz bir to'p (ko'pchilik)miz. Haqiqatan, otamiz aniq gumrohlik uzradir. " 

 

9. (Bir-birlariga): "Yusufni o'ldiringiz yoki uni biror yerga chiqarib tashlangiz, shunda otangiz o'zi 

sizlarga ortar (faqat sizlarga mehr qo'yar). Undan keyin (yana) solih (kishi)lar qavmi bo'lursizlar".  

 

Izoh: Bu maslahatni Sham'un ismli akasi yoki shayton bergan degan rivoyatlar bor.  

 

10. Ulardan bir so'zlovchi dedi: "Yusufni o'ldirmangiz, balki agar qilmoqchi bo'lsangiz, uni quduq 

qa'riga tashlangiz, (shunda) uni ba'zi yo'lovchilar olib ketar!"  

 

11. Dedilar: "Ey, otamiz! Nechun Siz Yusufni bizga ishonmaysiz? Axir, biz unga juda xayrixohmiz-ku!  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

147


 

12. Ertaga uni biz bilan birga jo'nating, yayrab o'ynasin! Biz uning uchun qo'riqlovchilarmiz".  

 

13. (Ya'qub) dedi: "Uni olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan g'aflatda bo'lgan 

chog'laringda uni bo'ri yeb qo'yishidan qo'rqaman".  

 

14. Aytdilar: "Agarda biz bir to'da bo'la turib, uni bo'ri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon ko'ruvchilar 

bo'lib qolamiz-ku?!" 

 

15. Bas, uni olib ketishgach va uni quduqning qa'riga tashlashga kelishib olishgach (uni amalga 



oshirdilar), (Biz) unga: "Akalaringga bu ishlari to'g'risida (kezi kelganda), albatta, xabar berursan, 

lekin ular (haqiqatni) sezmaydilar", - deb vahiy qildik.  

 

16. Otalari huzuriga oqshom paytida yig'lab kelishdi.  

 

17. Aytdilar: "Ey, otamiz! Biz Yusufni matohlarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb 

ketibdi. Rost gapirsak ham, (baribir) siz bizga ishonuvchi emassiz".  

 

18. Uning ko'ylagi uzra soxta qon bilan keldilar. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarni (o'z) nafsingiz (bunday 

mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan 

Alloh (menga) madadkordir".  

 

Izoh: Soxta qondan murod kiyimlarini bir qo'zichoq qoniga bo'yab kelganlaridir.  

 

19. (Yusuf uch kun yotgach) bir karvon keldi. Suv keltiruvchini yuborgan edilar, u chelagini (quduqqa) 

tushirgach: "Xushxabar! Bu bola-ku!" -dedi. Uni matoh sifatida maxfiy tutdilar. Alloh esa qilayotgan 

ishlarini biluvchidir.  

 

Izoh: Matoh sifatida bozorga olib borib sotib yuborish niyatida yashirib qo'ydilar.  

 

20. Uni (Misrda) arzon - sanoqli dirhamlarga sotdilar va (bu ishda go'yo) tarki dunyochilardan bo'ldilar.  

 

21. Misrda uni sotib olgan kishi (shahar hokimi Qitfir) xotini (Zulayxo)ga: "Unga yaxshi joy ber, zora 

bizga foydasi tegsa yoki o'g'il qilib olsak", - dedi. Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va 

gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) ta'vili (mazmuni)ni bildirishimiz uchun (shunday qildik). Alloh (O'z) 

ishida g'olibdir, lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

22. Voyaga yetgach, unga hukm (hakamlik) va ilm ato etdik. Chiroyli ish qiluvchilarni shu tarzda 

mukofotlaymiz.  

 

23. U (Yusuf) uyida bo'lgan ayol (Zulayxo) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni 



qulflab: "Qani kel!" -dedi. (Yusuf) dedi: "Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy 

bergan bo'lsa?! Zolimlar, zotan, iqbolsiz bo'lurlar!" 

 

Izoh: Oyatdagi "zolimlar"dan murod xoinlar yoki zinokorlardir.  

 

24. (Zulayxo) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo'lgandi*. Agar Rabbining hujjatini* 

ko'rmaganda (bo'lar ish bo'lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u 

(dili) xolis bandalarimizdandir.  

 

Izoh: Yusufdagi moyillik dilda hosil bo'ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo'lmagan moyillik edi. Zulayhodagi 



moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi. Izoh (a): Rabbining hujjati - otasining siymosi, ya'ni mazkur 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

148


moyillik paydo bo'lgan zahoti bexos ko'zlariga otasi Ya'qub (a. s.) ning yuzlari ko'rinib, go'yo "bu ishdan qayt!" 

- degandek tuyuldi.  

 

25. (Ikkisi) eshik tomon quvlashib ketdi (Yusuf qochdi, u quvdi) va (Zulayxo) uning ko'ylagini orqa 



tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida xojasi (eri)ga yo'liqdilar. (Zulayxo) dedi: "Oilangga yomonlikni 

ravo ko'rgan kishining jazosi faqat hibsga olinish yoki alamli azobdir".  

 

26. (Yusuf) dedi: "Uning o'zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi". Uning 

(Zulayxoning) qarindoshlaridan biri* guvohlik berib: "Agar uning ko'ylagi old (tomon)dan yirtilgan 

bo'lsa, u (Zulayxo) rost so'zlagan, u (Yusuf) esa yolg'onchilardandir.  

 

Izoh: Guvohlik bergan qarindoshi o'z amakisining norasida o'g'li edi.  

 

27. Bordiyu ko'ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) yolg'on so'zlagan, u esa 

rostgo'ylardandir".  

 

28. (Zulayxonining eri uning) ko'ylagi orqa tomonidan yirtilganini ko'rgach: "Albatta, bu siz 

(ayollar)ning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz ulkandir.  

 

29. Yusuf! Bu (ish)ni qo'ygin, sen esa (ey, Zulayxo) gunohing uchun kechirim so'ra. Zero, sen 

yanglishganlardan bo'lding", - dedi.  

 

30. Shahardagi ayollar: "Hokimning xotini o'z xizmatkori bilan o'ynashmoqchi bo'libdi. Yuragidan urib 

qo'yibdi. Albatta, biz uni aniq adashganlikda deb bilurmiz", - dedilar.  

 

31. Bas, (Zulayxo) ularning makrlarini eshitgach, ular huzuriga (odam) yubordi va ularga suyanib 



o'tiradigan joy hozirladi hamda ulardan har biriga bittadan pichoq berib (Yusufga): "Ular huzuriga 

chiqqin!" - dedi. Bas, uni ko'rishgach, unga mahliyo bo'ldilar va qo'llarini kesib oldilar hamda : "YO, 

Alloh! Bu bashar emas! Bu (azizu) mukarram farishtaning o'zginasi-ku!" - dedilar.  

 

32. (Zulayxo) dedi: "Meni u to'g'rida malomat qilganlaring shu (yigit)dir. Haqiqatan, undan nafsi (jinsiy 

yaqinligi)ni talab qilganimda, u saqlandi. Qasamki, agar (u) mening buyrug'imni bajarmas ekan, 

albatta, u zindonband qilinib, haqirlardan bo'lib qolur".  

 

33. (Yusuf) dedi: "Ey, Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko'ra zindon ma'qulroqdir. Agar 

ularning makrlarini mendan darig' tutmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolurman".  

 

34. Bas, Rabbi (duosini) ijobat qildi va u (ayol)larning makrlarini undan bartaraf etdi. Albatta, U 

eshituvchi va biluvchidir.  

 

35. So'ngra ularga (Misr hokimi va uning a'yonlariga) alomatlarni ko'rganlaridan so'ng uni (ma'lum) 

bir vaqtgacha zindonband qilib turish (fikri) paydo bo'ldi.  

 

36. Zindonga u bilan birga yana ikki yigit (tuhmat bilan) tushdi. Ulardan biri (soqiy bo'lgani): "Men 

tushimda may tayyorlayotgan emishman", - dedi. Unisi (shohning nonvoyi) esa: "Men boshimda non 

ko'tarib turgan emishman. Qushlar undan yeyayotgan emish. Sen bizga shuning ta'birini aytib ber! 

Zero, biz seni ezgu ish qiluvchilardan ekaningni ko'rib turibmiz", - dedi.  

 

37. (Yusuf) aytdi: "Men sizlarga ozuqa bo'ladigan taom oldingizga kelishidan burun uning (qandayligi) 

ta'vilini aytib berurman. Bu Rabbimning menga bildirgan narsalaridandir. Men Allohga imon 

keltirmaydigan va oxiratni inkor etuvchi qavm dinini tark etdim.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

149


38. Shuningdek, ajdodlarim Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarning diniga ergashdim. Biz uchun Allohga 

biror narsani sherik qilish mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va odamlarga (nisbatan) fazlidir, 

lekin aksariyat odamlar shukr qilmaydilar.  

 

39. Ey, ikki hamzindonlarim! Turli-tuman "ilohlar" yaxshimi yoki yagona va g'olib Allohmi?  

 

40. Sizlar Uni qo'yib, o'zlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar (but-sanamlar)gagina 

sig'inyapsizlar. Ularga Alloh biror hujjat tushirmagan bo'lsa?! (Ibodat va din to'g'risidagi) hukm faqat 

Alloh ixtiyoridadir. (U) O'zidan boshqaga sig'inmaslikka buyurgan. To'g'ri din - mana shu! Lekin 

odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

Izoh: Demak, inson bilim olish imkoniyatiga ega bo'laturib, bilishga harakat qilmasa va bilmaganidan gunoh 



ish qilib qo'ysa ham gunoh yoziladi. Bilmasligi uzr bo'lmaydi.  

 

41. Ey, ikki hamzindonlarim! Endi, sizlarning biringiz (ko'rgan tush)ga kelsak, (u ozod etilib, yana) 



xojasiga soqiylik qilur. Unisi bo'lsa, (dorga) osiladi va uning boshidan qushlar (cho'qib) yerlar. Sizlar 

javobini so'ragan ish bitdi".  

 

42. Ikkovidan xalos topuvchi deb hisoblagan (soqiyga Yusuf): "Xojang huzurida meni yod et!" - dedi. 

Lekin, shayton xojasiga aytishni unuttirdi. Natijada (Yusuf) bir necha yil zindonda qoldi.  

 

Izoh: yetti yil.  

 

43. Shoh dedi: "Men tushimda yettita ozg'in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil 

boshoq bilan birga boshqa (yettita) qurigan boshoqlarni ko'rdim. Ey, a'yonlar! Agar tush ta'birini 

aytuvchi bo'lsangiz, tushim to'g'risida fatvo (javob) beringiz-chi!" 

 

Izoh: Shohning nomi Rayyon ibn Valid edi.  

 

44. (A'yonlar) aytdilar: "(Bu) alag'da tushlar. Biz (bunday) tushlar ta'biriga olim emasmiz".  

 

45. Ikki (mahbuslar)dan ozod bo'lgani allaqancha muddat o'tgach, (Yusuf) yodiga tushib dedi: "Uning 

ta'birini men aytib berurman. Meni (Yusuf huzuriga) yuboringiz!"  

 

46. (U borib dedi): "Yusuf! Ey, rostgo'y odam! Bizga yettita ozg'in sigir yettita semiz sigirni yegani 

hamda yettita yashil boshoq bilan birga turgan boshqa (yetti) quruqlari to'g'risidagi (tush) fatvosi 

(ta'biri)ni aytib bergin. Shoyad odamlar oldiga borsam va zora, ular ham (buni) bilib olishsa".  

 

47. (Yusuf) aytdi: "Odatlaring bo'yicha yetti yil ziroat qilaveringiz. Olgan hosilingizni (omborda) 

boshog'i bilan qoldiringiz. Faqat ozgina o'zlaring yeydiganini (yanchib olingiz).  

 

48. So'ngra, undan keyin qattiq yetti (yil) keladi va shu (qahatchilik yil)lar uchun g'amlab qo'ygan 

zaxirangizni yeb ketadi. Faqat ozgina asrab qo'yganingizdan (qolur).  

 

49. So'ngra, undan keyin bir yil kelib, odamlar unda yomg'irga serob bo'lurlar va unda (mevalardan) 

sharbat olurlar".  

 

50. Shoh, (bularni eshitib): "Uni huzurimga olib kelingiz!" - dedi. Chopar kelgach, u (Yusuf) dedi: 

"Xojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib olgan ayollar nima bo'lganini so'ra! Albatta, 

Rabbim ularning makrlarini biluvchidir".  

 

51. (Shoh ayollarni topib) dedi: "Yusufdan shahvoniy mayllik talab qilganingizda ne bo'lgan edi?" 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

150


Aytdilar: "Alloh saqlasin! Uning biror yomonligini bilmadik". Hokimning xotini (Zulayxo) dedi: "Mana 

endi, haqiqat ro'yobga chiqdi. Undan men (jinsiy) mayllik talab qilgan edim. U, haqiqatan, (so'zida) 

sodiqlardandir".  

 

52. (Shundan keyingina Yusuf dedi): "Buni men (shahar hokimi) g'oyibligida unga xiyonat 

qilmaganimni va Alloh xiyonatchilar makrini ravo qilmasligini (shoh ham) bilishi uchun (qildim).  

 

O'N UCHINCHI JUZ' 



************************* 

 

53. Nafsimni oqlamayman. Zero, nafs -agar Rabbim rahm aylamasa - faqat yomonlikka qistovchidir. 



Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir".  

 

54. Shoh: "Keltiringlar uni huzurimga, uni o'zimga xos kishilardan qilib olay!" - dedi. U bilan 

so'zlashgach (shoh): "Sen bugun(dan boshlab) bizning huzurimizda martabali va ishonchli 

(shaxs)dirsan", - dedi.  

 

55. Yusuf) dedi: "Meni shu yerning xazinaboni qilib qo'y! Zero men saqlovchi va (tasarrufni) 

biluvchidirman".  

 

Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) shu oyatni o'qib aytgan ekanlar: "Alloh birodarim Yusufni rahmat 



qilsin, agar xazinabonlik lavozimini shoshilib o'zi so'ramaganda, bir yil kechiktirmasdan shu lavozim berilar 

edi".  

 

56. Shunday qilib, Yusufni (o'sha) yerning o'zi xohlagan joyida istiqomat qiladigan qilib quydik. 



Rahmatimizni O'zimiz xohlagan kishilarga yetkazurmiz va ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye 

qilmaydurmiz.  

 

57. Oxirat mukofoti esa, imon keltirgan va taqvoli bo'lganlar uchun yaxshidir.  

 

58. Yusufning birodarlari (Misrga) kelishib, uning huzuriga kirganlarida, ularni tanidi. Ular esa, uni 

tanimas edilar.  

 

59. Ularni sarmoyalari bilan jihozlagach, (Yusuf) dedi: "O'sha, ota bir inilaringizni mening huzurimga 

keltiringiz. Axir, men sizlarga yaxshi mezbonlik qilib, (donlarni) to'la holda o'lchab berayotganimni 

ko'rayapsizlarmi? 

 

60. Bas, agar uni mening huzurimga olib kelmasangizlar, u holda mening dargohimda -sizlar uchun 

o'lchanadigan narsa yo'qdir – menga yaqin kelmay qo'ya qolinglar" 

 

61. Ular: "Otasidan uni (bizga qo'shib yuborishni) so'raymiz. Albatta, bizlar (shunday) qiluvchimiz", - 

dedilar.  

 

62. (Yusuf o'zining tarozibon) yigitlariga: "Ularning, (donga almashtirish uchun) keltirgan narsalarini 

yuklarining ichiga (qaytarib) solib qo'yinglar. Shoyad uylariga qaytgan vaqtlarida, ularni tanib, yana 

qaytib kelsalar",-dedi.  

 

63. Otalarining oldiga qaytib kelishgach, dedilar: "Ey, ota, (bundan keyin) bizlarga o'lchov (oziq-ovqat) 

berilmaydigan bo'ldi. Biz bilan birga inimizni yuborgin, shunda o'lchab ola bilamiz. Bizlar, albatta, uni 

muhofaza qiluvchimiz".  

 

64. (Ya'qub) dedi: "Men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonayinmi?! (Lekin) Zotan, 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

151


Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog'idir".  

 

65. (Olib kelgan) yuklarini ochib ko'rishgach, (almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini 

o'zlariga qaytarilganini ko'rib, dedilar: "Ey, ota, mana narsalarimiz o'zimizga qaytarilibdi. (Yana) bizga 

nima kerak?! (Inimizni qo'shib yuborsang), yana oilamizga oziqovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza 

qilurmiz va (uning uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik xazinachi uchun) ozgina 

o'lchovdir".  

 

66. Ya'qub aytdi: "Uni (Binyaminni) mening oldimga keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa 

keltirmaguningizga qadar (ya'ni, Alloh nomiga qasam ichmaguningizcha,) qurshovda qolishingiz 

bundan mustasno, uni sira sizlar bilan birga yubormasman". Unga vasiqalarini keltirishgach, (Ya'qub): 

"Bu aytayotgan gaplarimizga Alloh guvohdir", - dedi.  

 

67. (So'ng ularni safarga kuzatar ekan), aytdi: "Ey, o'g'illarim, (Misrga) bir darvozadan kirmanglar

balki turli xil darvozalardan kiringlar! Men sizlardan Allohning biror hukmini qaytara olmayman. 

Hukm faqat Allohning izmidadir. Ungagina tavakkul qildim. Barcha tavakkul qiluvchilar (ham) Uning 

O'zigagina tavakkul qilsinlar!" 

 

68. Ularning otalari buyurgan taraflardan (Misrga) kirishlari ulardan Allohning biror hukmini 

qaytaruvchi emasdir. (Bu) faqat Ya'qubning dilidagi (farzandlariga nisbatan mehridan paydo bo'lgan) 

bir ehtiyoj bo'lib, u o'shani qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz (vahiy orqali) bergan ta'limimiz sababli 

(chuqur) bilim egasidir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

69. Yusufning huzuriga kirganlarida, u inisini o'ziga tortib: "Men sening akangman. Endi ular (ya'ni, 

akalarimiz) qilayotgan narsa (hasad-adovatlari)dan g'amgin bo'lmagin", - dedi.  

 

70. Bas, ularning hojatlarini ravo qilgach, inisining yuki orasiga (bildirmay) bir qadahni solib qo'ydi. 



So'ngra jarchi: "Ey karvon (egalari), sizlar o'g'ridirsizlar", - deb jar soldi 

 

71. Ular kelishgach: "Nima yo'qotdingizlar?", - dedilar.  

 

72. (Jarchilardan biri) aytdi: "Podshohning qadahini yo'qotdik. Uni topib keltirgan kishiga bir tuya yuk 

(mukofotdir). Men shunga kafilman".  

 

73. Ular dedilar: "Allohga qasamki, bizlar bu yerga buzg'unchilik qilish uchun kelmaganimizni 

bilasizlar-ku! (Bizlar) o'g'ri emasmiz".  

 

74. "Agar yolg'onchi bo'lsangizlar, (o'g'rining) jazosi nima bo'lur?"- so'rashdi (jarchilar).  

 

75. Ular dedilar: "Uning jazosi, kimning yuki orasidan topilsa, o'sha kimsa jazolanur. Bizlar zulm 

(o'g'rilik) qiluvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz".  

 

76. Bas, (Yusufning xizmatkori axtarishni) uning birodari (Binyamin)ning idishidan oldin ularning 

(ya'ni, akalarining) idishlaridan boshladi. So'ngra uni ukasi idishidan "topib" chiqardi. Biz Yusufga 

mana shunday hiyla (tadbir)ni qildik (bildirdik). (Chunki) podshohning dinida o'z birodarini - Alloh 

xohlamasa - (boshqa yo'l bilan) olib qola olmas edi. Biz (o'zimiz) xohlagan kishilarning darajalarini 

ko'tarurmiz. Har bir ilm egasining ustida (undan) bilimdonroq (olim) bordir.  

 

77. Ular: "Agar bu (Binyamin) o'g'rilik qilgan bo'lsa (qilgandir, chunki) ilgari uning akasi ham o'g'rilik 

qilgan edi", - dedilar. Bas, Yusuf bu gapni ichiga solib, ularga bildirmadi va "Sizlar yomon (tuban) 

martabadadirsizlar. Alloh sizlarning "vasflaringizni" yaxshi biluvchidir", - dedi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

152


78. Ular dedilar: "Ey, aziz, uning bir keksa otasi bor. Sen uning (Binyaminning) o'rniga bizlardan 

birimizni olib qolgin. Bizlar sening ezgu ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningni ko'rmoqdamiz".  

 

79. (Yusuf) aytdi: "Narsamizni idishidan topib olgan kimsadan o'zgani olib qolishdan Alloh saqlasin! 



Aks holda biz zolim kimsalardan bo'lib qolurmiz".  

 

80. Undan umidlari uzilgach, (og'a-inilar) bir chetga chiqib shivirlashdilar. Ularning kattalari aytdi: 

"Otalaringiz sizlarning zimmangizga Allohdan vasiqa olib qolganini bilmay qoldingizmi?! Ilgari Yusuf 

to'g'risida ham shunday sustkashlik qilgan edinglar. Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh 

men uchun (biror) hukm qilmagunicha mana shu yerdan sira jilmayman. U (Alloh) hukm 

qiluvchilarning yaxshirog'idir.  

 

81. Sizlar otalaringiz oldiga qaytib, aytinglar: "Ey, ota, o'g'ling o'g'rilik qildi. Bizlar faqat bilgan 

narsamizga guvohlik bermoqdamiz. (Oldin va'da qilganimizda) g'aybni (ya'ni, kelajakda nima 

bo'lishini) esa, biluvchi emasmiz.  

 

82. Biz bo'lib qaytgan shahar (ahli)dan va birga ketgan karvondan so'ragin. Albatta, bizlar rost 

so'zlovchilarmiz".  

 

83. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarga havoyinafsingiz (yomon) ishni chiroyli qilib ko'rsatgan. Endi (mening 

ishim) chiroyli sabrdir. Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyamin va katta o'g'limning) barchalarini 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling