Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet23/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72

 

2. O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga 

Parvardigorlari huzurida sodiq qadamlik (to'g'ri yo'ldan yurishlik darajasi) borligi haqida xushxabar 

bering, deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli bo'ldimi?! Kofirlar esa: "Albatta, bu 

(Muhammad) aniq sehrgardir", - dedilar.  

 

3. Albatta, Rabbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan 

Allohdir. Ish tadbirini (puxta) ko'rar. Uning iznisiz biror shafoat qiluvchi bo'lmas. Ana o'sha Alloh 

Rabbingizdir, Unga ibodat qilingiz! (Bundan) eslatma olmaysizlarmi?! 

 

4. Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzuridir. Allohning va'dasi haqdir. U yaratishni boshlaydi, 

so'ngra imon keltirib, ezgu ish qilganlarni adolat bilan mukofatlash uchun uni (barcha yaratganlarini) 

yana (hayotga) qaytaradi. Kofir bo'lganlarga esa, qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir bo'lganlari 

sababli alamli azob bordir.  

 

5. U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt 

o'lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzil (burj)larga (bo'lib) o'lchab qo'ygan zotdir. 

Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur.  

 

6. Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qo'ygan 

narsalarda Allohdan qo'rqadigan qavm uchun alomatlar bor.  

 

7. Albatta, Biz bilan muloqotda bo'lishni kutmay, dunyo hayoti bilan qanoatlangan va u bilan (dili) 



taskin topganlar hamda oyatlarimizdan g'ofil bo'lganlar, 

 

8. ana o'shalarning joylari - qilmishlari tufayli - do'zaxdir.  

 

9. Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati 

mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.  

 

10. U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom-

alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori – Allohga hamd!" deyishlikdir.  

 

11. Mabodo Alloh odamlarga yomonlikni (ular) yaxshilikka shoshilganlari kabi tezlashtirganda edi, 

albatta, ularning ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Bizning muloqotimizni kutmaganlarni o'z tug'yon 

(tajovuzkorlik)larida gangib yurishlariga tashlab qo'yamiz.  

 

12. Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo o'tirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini 

ketkazganimizda esa, go'yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda 

isrofchi (tajovuzkor)larga o'z qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo'yildi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

129


13. Sizlardan oldingi avlodlarni (ham) zulm qilganlarida va payg'ambarlari (ilohiy) hujjatlarni 

keltirgach, inonmaganlarida, halok qilganmiz. Shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolagaymiz.  

 

14. So'ngra qanday ish qilishingizni ko'rishimiz uchun sizlarni ulardan keyin Yerga xalifa (o'rinbosar) 

qildik.  

 

15. Ularga Bizning aniq oyatlarimiz o'qilsa, muloqotimizni kutmaganlar: "Bundan boshqa qur'on keltir 



yoki uni (oyatlarini) o'zgartir!"- deydilar. Ayting: "Uni o'z tomonimdan o'zgartirish menga mumkin 

emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik 

qilsam, ulug' Kun (qiyomat) azobidan qo'rqaman".  

 

16. Ayting: "Agar Alloh xohlaganda edi, men uni (Qur'onni) o'qimas edim va sizlarga ham (Alloh) uni 

bildirmagan bo'lur edi. (Axir) undan oldin ham umr bo'yi sizlarning orangizda (yashab) turdim-ku! Bas, 

aql yurgizmaysizlarmi?!".  

 

17. Alloh nomidan yolg'on to'qigan yoki oyatlarini yolg'onga yo'ygan kimsadan ham zolimroq kishi 

bormi?! Zotan, jinoyatchilarga tole yor bo'lmas.  

 

18. Allohni qo'yib, ularga zarar ham, foyda ham keltira olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va "Ana 

shular Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimizdir", - deydilar. Ayting: "Allohga osmonlar va 

Yerdagi U bilmaydigan narsalarni bildirib qo'ymoqchimisizlar?! Alloh ularning shirklaridan pok va 

yuksakdir!" 

 

19. Odamlar yagona ummat (bir dinda) edilar*. So'ngra turli xil bo'lib ketdilar. Agar Rabbingizdan 

(qiyomatgacha qo'yib berish haqida) so'z kechmaganida, tortishayotgan narsalari haqida hukm qilingan 

bo'lur edi.  

 

Izoh: Ya'ni Odam Ato yoki Nuh (a. s.) davridagi to'fon voqeasidan keyingi vaqt.  

 

20. "Unga (Muhammadga) Parvardigoridan biror mo''jiza tushirilsa edi!" - deyishadi. Bas, ayting: 

"Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir. Kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman".  

 

21. Odamlarga yetishgan zarar (qahatchilik) ketidan rahmat (mo'lchilik)ni tottirsak, nogoh ularda 



oyatlarimizga nisbatan makr (inkor) namoyon bo'ladi. Ayting: "Alloh tezroq "makr" qiluvchidir. " 

Rasul (farishta)larimiz qilayotgan makringizni yozib qo'yurlar.  

 

22. U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildirur. Sizlar kemada bo'lgan paytingizda va u mayin shamol 

bilan ularni (sizlarni) olib ketayotganida va ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib 

hamda har tomondan to'lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: "Agar shundan bizni xalos 

qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lurmiz!" - deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar.  

 

Izoh: "sizlarni" so'zi o'rniga "ularni" deb ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga o'tish, balog'at ilmida "iltifot" 



deb ataladi. O'zbek tilida ham "men" o'rniga "biz", "siz" o'rniga "ular". so'zi qo'llaniladi. Haj safaridan kelgan 

kishiga: "haj qilibsizda" o'rniga "Haj qilibdilar-da!" - deyilishi kabi.  

 

23. Alloh ularni xalos etganda esa, bexos (yana) Yer yuzida nohaqdan tajovuzkorlik qilurlar. Ey, 



odamlar! Bu tajovuzingiz faqat o'zingizga zarardir. (Bu) dunyo hayotining matohi (ovunchog'i)dir. 

So'ngra qaytish joyingiz Bizning huzurimizdir. Bas, (o'shanda) qilgan ishlaringiz xabarini sizlarga 

berurmiz.  

 

24. Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan (yog'dirgan) suv bo'lib, odamzot 

va hayvonot yeydigan narsalardan iborat yer giyohlari u bilan aralashib, to yer yasanib va 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

130


ziynatlangach, yer egalari o'zlarini unga qodir deb bilgan bir paytda yerga tunda yoki kunduzi Bizning 

amrimiz kelib, uni kechagi kuni obod bo'lmagandek (yig'ib olingan) hosilga aylantirib qo'yganimizga 

o'xshaydi. Tafakkur qiluvchi qavm uchun (Biz) oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilurmiz.  

 

25. Alloh (odamlarni) salom diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat etadi.  

 

26. Ezgu ish qilganlarga chiroyli (savob-jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko'rishlik) bordir. 



Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamas. Aynan o'shalar jannat ahlidirlar, ular u yerda 

mangudirlar.  

 

Izoh: Ezgu ish - Allohni yakka bilib, solih amal qilishdir.  

 

27. Gunoh ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga o'shaning barobarida jazo (bordir) va ularni xorlik 

qoplar. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi yo'q. Ularning yuzlari go'yo zulmatli tunning bir bo'lagi 

bilan qoplangandekdir. Ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangudirlar.  

 

28. Hammalarini o'sha kun (qiyomat)da to'plab, so'ngra shirk keltirganlarga: "Sizlar va (Allohga) 

sherik qilib olgan (but)laringiz, joyingizda turingiz!" - deb ularning oralarini ajrim qilamiz. (Sig'inilgan) 

sheriklaringiz: "Bizga sig'ingan emassizlar.  

 

Izoh: Ya'ni soxta ma'budalar: "Biz sizlarning ibodatlaringizni sezmadik", - deb iqror bo'lurlar.  

 

29. Bas, Allohning o'zi biz bilan sizlarning o'rtamizda guvohlikka kifoyadirki, sizlarning (bizga qilgan) 

ibodatingizdan g'ofildirmiz", - derlar.  

 

30. Ana o'sha yerda har bir jon (egasi) qilib o'tgan ishini sinab ko'rar va (hammasi) haqqoniy egalari - 

Allohga qaytarilur. To'qib yurgan (but)lari ham ulardan g'oyib bo'lur.  

 

31. Ayting: "Sizlarga Osmon va Yerdan rizq berayotgan kim yoki quloq va ko'zlaringizga egalik 

qilayotgan kim?! O'likdan tirikni chiqaradigan va tirikdan o'likni chiqaradigan va ishning tadbirini 

ko'radigan kimdir?!" Ular, albatta: "Alloh", - deydilar. Shunda ayting: "Bas, qo'rqmaysizlarmi?!"  

 

32. Bas, ana shu Alloh haqqoniy Rabbingizdir. Haqiqatdan o'zgasi esa gumrohlikdir. Bas, qayoqqa og'ib 

ketayapsizlar?!  

 

33. Shunday qilib imon keltirmaganlari sababli fosiqlik qilganlar ustidan Rabbingizning (azoblayman 

degan) so'zi haq bo'lib chiqdi.  

 

34. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida oldin yaratib, (o'lgandan keyin) yana (hayotga) qaytara 



oladigani bormi?!" Ayting: "Alloh oldin yaratib, so'ngra qaytara oladi. Bas, qayoqqa og'ib 

ketmoqdasizlar?!"  

 

35. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida haq yo'lga soladigani bormi?!" Ayting: "Alloh haq 

yo'lga soladi. Haq yo'lga sola oladigan Zot ergashilishga haqliroqmi yoki yo'lga sola olmaydigan, balki 

o'zi yo'lga solinishga muhtoj narsami?! Bas, sizlarga ne bo'ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz (o'zi)?!" 

 

36. Aksariyati faqat gumon ortidan ergashadilar. Gumon esa, biror narsada haqiqat o'rniga o'tmaydi. 

Albatta, Alloh ularning ishlaridan ogohdir.  

 

37. Ushbu Qur'on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to'qilgan bo'lishi mumkin emas. Balki, u 

(butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o'zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni 

tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

131


 

38. Yoki: "Uni (Muhammad) to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "U holda, agar rostgo'y bo'lsangizlar, 

unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz boricha kishilarni (yordamga) chorlangiz!"  

 

39. Balki, (ular Qur'on) ilmini egallamay turib va uning ta'vili (tafsiri) kelmay turib, yolg'onga yo'ydilar. 

Ulardan oldingilar ham (payg'ambarlarini) xuddi shunday yolg'onchiga chiqargan edilar. Zolimlarning 

taqdiri qanday bo'lganiga boqing! 

 

40. Ular ichida (unga) imon keltirganlari bor va ular ichida unga imon keltirmaydiganlari ham bor. 

Rabbingiz esa buzg'unchilarni biluvchiroqdir.  

 

41. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga! 

Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman".  

 

42. Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan 

keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?!  

 

43. Ular ichida Sizga (shunchaki) nazar tashlab turadiganlari ham bor. O'zlari ko'rmasalar, ko'rlarni 



yo'lga sola olarmidingiz?!  

 

44. Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar.  

 

45. Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha 

turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon 

ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar.  

 

46. Agar Biz ularga va'da qilayotgan (azob)ning bir qismini Sizga ko'rsatsak yoki (oldinroq) Sizni vafot 

ettirsak ham, baribir ularning qaytib boradigan joyi Bizning huzurimizdir. So'ngra (qolganiga) Alloh 

ularning kirdikorlariga guvohdir.  

 

47. Har bir ummat uchun payg'ambar (bordir). Bas, payg'ambarlari kelganda, ularga zulm qilinmagan 

holda o'rtalarida odilona hukm qilinur.  

 

Izoh: Isro' surasining 14-oyatida ham shu mazmun talqin etiladi.  

 

48. "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, bu va'da (azob) qachon (bo'ladi)?" - deydilar.  

 

49. Ayting: "Alloh xohlamas ekan, men (hatto) o'zimga (ham) na zarar va na foyda yetkazishga aslo ega 

bo'lmasman. Har bir ummat uchun (muayyan) ajal (muddat) bordir. Ajallari yetganda, biror soat 

kechiktira olmaydilar ham, oldinga ham sura olmaydilar".  

 

50. Ayting: "Ko'rdingizmi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar u 

(azob)ning nimasini shoshiltiradilar?!"  

 

51. Qachon (o'sha azob) ro'y bergandan so'ng unga imon keltirasizlarmi?! Endimi?! Uni (qachon bo'ladi 

deb) qistagan edingiz-ku!  

 

52. So'ngra zulm qilganlarga: "Mangu azobni totingizlar! Qilgan qilmishlaringiz sababligina 

jazolanursizlar", - deyiladi.  

 

53. Sizdan: "U (azob) haqmi?" - deb so'raydilar. Ayting: "Rabbimga qasamki, ha, u albatta haqdir. 

Sizlar esa ojiz qoldiruvchi (undan qutuluvchi) emassizlar".  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

132


 

54. Zulm qilgan har bir jon (egasi)da Yerdagi bor narsa bo'lgan taqdirda (azobdan qutulish uchun), 

albatta, uni to'lagan bo'lur edi. Azobni ko'rishgach, armonlarini ichlarida saqlaydilar. O'rtalarida 

ularga zulm qilinmasdan odilona hukm qilinur.  

 

55. Ogoh bo'lingizki, osmonlar va Yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo'lingizki, albatta, 

Allohning va'dasi haqdir, lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

56. U tiriltirur va o'ldirur hamda Uning huzurigagina qaytarilursizlar.  

 

57. Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan va'z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va 

mo'minlarga hidoyat va rahmat keldi.  

 

58. Ayting: "Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli (mo'minlar) shodlansinlar! U 

to'plagan (boyliklari)dan yaxshiroqdir.  

 

Izoh: Bu oyatda Allohning ikki ulug' ne'mati zikr qilinayotir. Biri fazli. Ya'ni, Islom dini. Ikkinchisi rahmati. 



Ya'ni, Qur'oni karim. Hadisi sharifda aytiladiki, "kimgakim Alloh taolo Islom dini va Qur'on ilmini nasib etgan 

bo'lsayu, u kambag'alman deb koyinsa, Alloh to qiyomat kunigacha uning ikki ko'zi o'rtasiga (peshonasiga) 

faqirlik tamg'asini bosib qo'yar".  

 

59. Ayting: "Ko'rdingizmi, Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqdan (birini) harom, boshqasini halol qilib 



oldingiz". Ayting: "Ko'rdingizmi, sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga tuhmat qilyapsizlarmi?!" 

 

60. Alloh sha'niga yolg'on to'qiydiganlarning qiyomat kuni haqidagi gumonlari nimadan iborat ekan?! 

Albatta, Alloh odamlarga (nisbatan) fazl sohibidir, lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.  

 

61. Qaysi bir mashg'ulotda bo'lmang, undan (Qur'ondan) biror (oyat) tilovat qilmang, (umuman) 

qanday ish qilmang, illo o'shanga kirishganingizdayoq sizlarga shohid bo'lurmiz. Yerda, xoh osmonda 

biror zarra miqdorida yoxud unda kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq 

Kitob (Lavhul-Mahfuz)da bordir.  

 

62. Ogoh bo'lingizki, albatta, Allohning valiy (do'st)lariga (oxiratda) xavf yo'qdir va ular tashvish ham 



chekmaslar.  

 

63. Ular imon keltirgan va taqvoli bo'lganlardir.  

 

64. Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so'zlarida 

o'zgartirish yo'qdir. Ana shu buyuk yutuqdir.  

 

65. Ularning (kofirlarning) gapi Sizni xafa qilmasin! Kuch-qudratning hammasi Allohdadir. U eshituvchi 

va biluvchidir.  

 

66. Ogoh bo'lingizki, albatta, osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Allohnikidir. Allohni qo'yib, sherik 

(but-sanam)larga ergashib, iltijo qiladiganlar faqat gumon (narsa)ga ergashadilar va ular faqat taxmin 

qiladilar.  

 

67. U sizlarga orom olishlaringiz uchun kechani va (yashash uchun) yorug'lik beradigan qilib kunduzni 

yaratgan zotdir. Albatta, bunda eshituvchi qavm uchun alomatlar bordir.  

 

68. "Alloh farzand tutdi", - dedilar. U (bu tuhmatdan) mutlaqo pokdir. U boydir. Osmonlar va Yerdagi 

narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu to'g'rida (Allohning farzandli ekanini isbotlaydigan) hech 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

133


qanday hujjat yo'qdir. Alloh sha'niga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?! 

 

69. Ayting: "Albatta, Alloh nomidan yolg'on to'qiyotganlar najot topmaslar".  

 

70. (Ular uchun) bu dunyoda ozgina bahramandlik bor. So'ngra, qaytishlari Biz saridir. (Shundan) so'ng 

kofir bo'lganlari uchun ularga qattiq azobni tottirurmiz. .  

 

71. (Ey, Muhammad!) Ularga Nuh haqidagi xabarni o'qib bering! U (o'z) qavmiga aytgandi: "Ey, 



qavmim! Agar sizlarga (mening orangizda) turishim va Allohning oyatlarini (sizlarga) eslatishim og'irlik 

qilgan bo'lsa, bas, Allohga tavakkul qildim. Sherik (but va sanam)laringiz bilan bir bo'lib ishlaringizni 

qilaveringizlar! Keyin ishlaringiz sizlarga g'am-tashvish bo'lmasin, tag'in! So'ngra hukmingizni menga 

ijro etaveringizlar, meni kutib o'tirmangizlar!  

 

Izoh: "Ishlaringiz sizlarga g'amtashvish bo'lmasin" – jumlasidagi "g'am-tashvish" boshqa ma'noda ham tafsir 



qilingan. Masalan, "maxfiy bo'lmasin", - degan ma'noda. Bunga qaraganda, jumlaning ma'nosi Nuh (a. s.) o'z 

qavmiga: "Meni halok qilish niyatlaring maxfiy emas, oshkora bo'lsin", -degan bo'ladilar.  

 

72. Bas, agar yuz o'girsangizlar, sizlardan (men xizmatim uchun) haq so'raganim yo'q. Mening (tegishli) 



haqqim (savobim) Allohning zimmasidadir. (Men Allohga) taslim etuvchilardan bo'lishga 

buyurilganman".  

 

73. Bas, uni (Nuhni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz uni va u bilan kemada birga bo'lganlarni xalos 

etdik va ularni (Yerda) o'rinbosarlar qildik. Oyatlarimizni yolg'onga yo'yganlarni esa (to'fon suviga) 

g'arq qildik. Ogohlantirilganlarning oqibatiga (taqdiriga) boqing!  

 

74. So'ngra undan keyin (bir qator) payg'ambarlarni (o'z) qavmlariga yubordik. Bas, ularga hujjatlarni 

keltirdilar. Ular oldin yolg'onga yo'ygan narsalariga (endi ham) imon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning 

dillarini shu tarzda muhrlab qo'yamiz.  

 

75. So'ngra, ularning ortidan Muso bilan Horunni Fir'avn va (uning) zodagonlari huzuriga 

mo''jizalarimiz bilan birga yubordik. Bas, (ular) kibrlandilar va jinoyatchi qavm bo'ldilar.  

 

Izoh: Bu yerda zikr etilgan mo''jizalar adadi to'qqizta bo'lgan: Qo'llaridan taraluvchi nur, asolari, to'fon, 



chigirtka, bit-burga, qurbaqa, qon, qahatchilik. Tafsiloti tarix va siyratga doir manbalardan mutolaa qilinur.  

 

76. Bizning huzurimizdan ularga haqiqat kelganida esa, "bu aniq sehr", - dedilar.  



 

77. Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uni inkoriga) so'z qilasizlarmi?! Sehrmi shu?! 

Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!"  

 

78. Aytdilar: "Ota-bobolarimizning biz unda topgan narsa (dinlari)dan bizni burish va ikkovingizga 

Yerda kattalik (hukmronlik) bo'lishi uchun bizga keldingmi? Biz ikkingizga (ham) ishonuvchi 

emasmiz".  

 

79. Fir'avn: "Barcha bilimdon sehrgarlar ni menga keltiringiz!" - dedi.  



 

80. Bas, sehrgarlar kelgach, Muso ularga: "Tashlamoqchi bo'lgan narsangizni tashlangiz!" dedi.  

 

81. (Qo'llaridagi narsalarni) tashlaganlarida, Muso dedi: "Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling