Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet25/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72

(atalgan) barakotlar bilan (kemadan yerga) tushgin! (Ummatingdan kelajakda shunday kofir) jamoalar 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

140


ham bo'ladiki, ularni ozgina bahramand qilurmiz, so'ngra ularni Bizdan (yuboriluvchi) alamli azob 

tutar".  

 

49. (Ey, Muhammad!) Bular Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va 

na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir.  

 

50. Od (qabilasi)ga birodarlari Hudni (payg'ambar etib yubordik). U aytdi: "Ey, Qavmim! Allohga 

sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir! Sizlar (soxta ilohlarni) faqat o'zlaringiz to'qib 

oluvchisizlar.  

 

51. Ey, qavmim! Cizlardan (elchilik xizmati uchun) haq so'ramayman. Mening ajrim (mukofotim) faqat 

meni yaratgan Zot zimmasidadir. Aqlni ishlatmaysizlarmi?!  

 

52. Ey, qavmim! Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz, shunda U 

osmondan (yomg'ir) yog'dirar va quvvatingizga quvvat qo'shar. Jinoyatchi bo'lib ketmangizlar!"  

 

Izoh: Istig'for aytib tavba qilish serobgarchilikka, serfarzandlikka sabab bo'lishi to'g'risida Nuh (a. s.) 



da'vatlarida ham qayd etilgan. (Nuh surasi 10,11,12-oyatlarga qarang).  

 

53. (Ular) dedilar: "Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening (quruq) gaping bilan 



ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz.  

 

54. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib ketgandir, demoqchimiz. " (Hud) dedi: "Men Allohni 



guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo'lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman.  

 

55. (Zero, u) Allohdan o'zgadir. Bas, endi hammangiz menga makr qilaveringiz, so'ngra menga (uni) 

kechiktirib o'tirmangizlar!  

 

56. Men Rabbim va Rabbingiz - Allohga tavakkul qildim. O'rmalovchi (jonivor) borki, uning inon-

ixtiyori (tasarrufi) Uning qo'lidadir. Albatta, Rabbim to'g'ri yo'ldadir.  

 

57. Agar sizlar (imon va tavbadan) bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani 

sizlarga yetkazib bo'ldim. Rabbim sizlardan boshqa qavmni o'rinlaringizga xalifa qilib keltirur. Sizlar 

esa Unga zarar yetkaza olmaysizlar. Albatta, Rabbim hamma narsani qo'riqlovchidir".  

 

58. Amrimiz (shamol azobi) kelgach, Hudni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan (bo'lmish) 

marhamat tufayli xalos etdik va ularga qattiq azobdan najot berdik.  

 

Izoh: "Madorik tafsiri"da, mo'minlar soni 400 kishi bo'lgan deyiladi.  

 

59. Ana shular Od (qabilasi)dir. (Ular) Parvardigorlarining oyatlarini inkor etdilar, payg'ambarlariga 

itoatsizlak qildilar va har qanday zolimu qaysarlarning buyruqlariga ergashdilar.  

 

Izoh: Allohning Od qabilasiga ishorat qilishiga qaraganda, g'azabga uchragan bu qavm asoratlari Rasululloh 



davrilarigacha ham Yaman tog'larida saqlanib qolgan.  

 

60. Ularga ushbu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat yetib turur. Ogoh bo'ling, albatta, Od 



(qabilasi) Parvardigorlarini inkor etgan edilar. Ogoh bo'ling, Hudning qavmi – Od qabilasi)ga halokat 

bo'lsin!  

 

61. Samud (qabilasiga) birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) aytdi: "Ey, qavmim! Allohga 

sig'iningizlar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'q. U sizlarni yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

141


etuvchi etdi. Bas, Undan kechirim so'rangizlar, so'ngra Unga tavba etingizlar! Albatta, Rabbim yaqin va 

(duolarni) ijobat etuvchidir".  

 

62. (Ular) dedilar: "Ey, Solih! Bundan oldin umid qilinadigan kishi eding. (Endi) bizni bobolarimiz 

sig'inadigan narsalarga sig'inishimizdan man etasanmi? Biz sen da'vat etayotgan narsangdan shak 

shubhadamiz".  

 

63. (Solih) aytdi: "Ey, qavmim! (O'ylab) Ko'rdingizmi, mabodo Rabbim tomonidan hujjatim bo'lib, O'zi 



tomonidan rahmat (payg'ambarlik) bergan bo'lsa-yu, (men) Unga itoatsizlik qilsam, Alloh (jazosi)dan 

meni kim yordam beradi (qutqaradi)? Menga ziyondanboshqa(narsa)orttirmayapsizlar.  

 

64. Ey, qavmim! Mana bu - Allohning mo''jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o'tlab yurishiga qo'yib 

beringlar va unga biror yomonlik yetkazmangizlar. Aks holda sizlarni yaqin azob tutar".  

 

65. Bas, uni (tuyani) so'ydilar. (Solih) dedi: "Uylaringizda uch kun (hayotdan) bahramand bo'lib 

turingiz! Bu yolg'ondan tashqari va'dadir".  

 

66. Buyrug'imiz (azobimiz) kelgach, Solihni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan bo'lmish rahmat 

bilan (azobdan) va o'sha kunning sharmandaligidan xalos etdik. Albatta, Rabbingiz kuchli va 

qudratlidir!  

 

67. Zulm qilganlarni qichqiriq* tutdi. Bas, (ular o'z) uylarida murdaga aylandilar.  

 

Izoh: Jabroil (a. s.) bir na'ra tortib qichqirgan edilar, ular qattiq ovoz ta'siridan halok bo'ldilar.  

 

68. Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogoh bo'lingizki, Samud (qabilasi) 

Parvardigorini inkor etgan edilar. Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat yetsin!  

 

69. Ibrohimga elchilarimiz (farzandli bo'lishi haqida) xushxabar keltirdilar va "Salom!" dedilar. U ham 

"Salom!" dedi-da, hech qancha vaqt o'tmay, bir buzoq (go'shtining tandir) kabobini keltirdi.  

 

Izoh: Elchilar - Jabroil, Mekoil va Isrofil yoki Jabroil bilan birgan ikki farishta.  

 

70. Unga (taomga) qo'l cho'zishmaganini ko'rgach, (Ibrohim) ularni yotsiradi va ulardan qattiq qo'rqib 

ketdi. (Ular) dedilar: "Qo'rqma! Biz Lut (qavmi)ga yuborilganmiz".  

 

Izoh: Ibrohim (a. s.) ning qo'rqib ketganlarining sababi ular ayrim gunohkor ummatlarini halok etgani 



kelishdimikan, deb o'ylagan edilar.  

 

71. Xotini (Sora) turgan edi, kulib yubordi. Unga Ishoq (nomli farzand) va Ishoqning orqasidan Ya'qub 



(ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik.  

 

72. (Sora) dedi: "Voy, o'lmasam! O'zim kampir va bu erim qariya bo'laturib, tug'amanmi?! Bu juda 



qiziq narsa-ku!" 

 

73. (Farishtalar) dedilar: "Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey, xonadon ahli, sizlarga Allohning 

rahmati va barakoti bo'lsin! Albatta, U hamd va ulug'lik egasidir".  

 

74. Ibrohimdan qo'rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi (halokati) to'g'risida 

bahslasha boshladi.  

 

75. Albatta, Ibrohim halim, serqayg'u va sertavbadir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

142


 

76. (Farishtalar): "Ey, Ibrohim! Bu (bahs)dan qayt! Zero, Rabbingning amri (Lut qavmiga atagan 

azobi) kelib bo'lgan. Ularga qaytarilmas azob kelgusidir!"  

 

77. Elchilarimiz Lutning huzuriga kelganlarida ular sababli (holi) yomonlashdi va ular tufayli tashvish 

chekdi* hamda "Bu – og'ir kun!" dedi.  

 

Izoh: Tashvishlari - qavmi bularni ham buzib qo'ymasmikan, deb o'ylashlari edi. Zero, ular xushro'y yosh 



yigitlar shaklida kelgan edilar.  

 

78. Uning (Lutning) oldiga qavmi yugurib keldilar. Oldindan (ular) yomon ishlar (bachchabozlik) qilar 



edilar. U (Lut) dedi: "Ey, qavmim! Ana ular qizlarim (Ularga uylaninglar). Ular sizlar uchun 

pokroqdir*. Bas, Allohdan qo'rqingizlar va mehmonim oldida meni sharmanda qilmangizlar! Sizlarda 

birorta to'g'ri odam yo'qmi?!" Izoh: Lut (a. s.) o'z qizlarini kofir qavmiga erga berishga rozi 

bo'lishlarining sababi qadim davrdan to Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ning ilk da'vat 

zamonalarigacha musulmon qizni kofirga nikohi joiz bo'lgan. Rasululloh qizlaridan birini Abu 

Lahabning o'g'liga nikohlab, keyinroq ajratib olganlari Islom tarixidan ma'lum.  

 

79. (Ular) dedilar: "Bizning qizlaringga hojatimiz yo'qligini bilasan va bizning maqsadimiz ham senga 

ma'lum".  

 

Izoh: Maqsadlari - erkak jinsi bilan bo'lishlik edi.  

 

80. (Lut) dedi: "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki bir kuchli suyanchiqqa suyana olsam?!"  

 

81. (Farishtalar) aytdilar: "Ey, Lut! Biz Rabbingning elchilarimiz. (Qavming) senga sira yeta olmaslar 

(tega olmaslar). Bas, tunning bir qismida oilangni olib ket! Sizlardan biror kishi ortiga boqmasin! 

Xotiningni esa qo'yaver! Zero, ularga yetgan narsa (azob) unga ham yetqusidir. Ularga va'da qilingan 

vaqt bomdod vaqtidir. Bomdod yaqin emasmi?!"  

 

82. Farmonimiz (azobimiz) kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubordik va u yerga qizitilgan g'ishtdan 



iborat toshlarni paydar-pay yog'dirdik.  

 

83. (U toshlar) Rabbingiz huzurida belgili qilib qo'yilgan edi. U (toshlar) zolimlarga uzoq emasdir 

 

zoh(a): Har bir toshga bir zolim ismi yozib qo'yilgan edi. Izoh(b): Ya'ni shunday azob Makka mushriklariga 



yoki har qanday zolimga ham yetishi mumkin.  

 

84. Madyan (qavmi)ga birodari Shuaybni (elchi - payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! 



Allohga sig'iningiz! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. O'lchov va vazndan urib qolmangiz. Men 

sizlarni (hozircha) yaxshilik (farovonlik)da ko'rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi 

kun (qiyomat)ning azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman.  

 

85. Ey, qavmim! O'lchov va vaznni adolat bilan to'la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz 

va Yerda fasod ishlarini qilib, buzg'unchilik qilmangiz!"  

 

86. Agar mo'min bo'lsangiz (bilib qo'yingizki), Allohning (halol kasbdan) qoldirgani sizlar uchun 

yaxshidir. Men esa, sizlarga qo'riqchi emasman".  

 

Izoh: Boylikni qo'riqchisi - bu halol kasb. Bu oyat bilan Alloh taolo halol mehnat, peshona teri bilan orttirilgan 



boylikning foydali ekani, haloldan topilgan boylikning barakali bo'lishi va uni qo'riqlashning ham hojati 

yo'qligiga ishorat qilmoqda.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

143


 

87. (Ular) dedilar: "Ey, Shuayb! Ota-bobolarimiz sig'inib kelayotgan narsa (ma'buda)larni tark 

etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) 

haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to'g'ri eding-ku?!"  

 

88. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim? (O'ylab) ko'rdingizmi, agar (men) Rabbim tomonidan hujjatga ega 

bo'lsam va (U) meni yaxshi rizq bilan ta'minlagan bo'lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan 

qaytarmayin?). Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o'zim qilishni istamayman. 

Islohdan o'zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. (Bunga) muvaffaq qilish esa Allohning 

ixtiyoridadir. Unga tavvakul etdim va Unga inobat qildim (ixtiyorimni topshirdim) 

 

89. Ey, qavmim? Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga 



yetganga o'xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag'in! Lut ham sizlardan uzoq emas.  

 

90. Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz! Albatta, Rabbim rahmli 

va do'stlashuvchi zotdir".  

 

91. Dedilar: "Ey, Shuayb! Sening aytayotganlaringdan ko'pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi 

bir ojiz (inson) ekanligingni ko'rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo'lmaganida, seni toshbo'ron qilgan 

bo'lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. " 

 

Izoh: Shuayb (a. s.)ning o'z qavmi ichida qarindoshlari ham bo'lgan. Ular payg'ambarni himoya qilishlari 



mumkin deb kofirlar hadiksirab turar edilar.  

 

92. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? (Shuning) 



uchun Uni ortingizga (e'tiborsiz) tashlab qo'ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringni qamrab 

oluvchidir.  

 

93. Ey, qavmim! Maqomingizda (e'tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. 

So'ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg'onchi ekanini bilursiz. (Kutib) kuzatib turingiz! 

Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman".  

 

94. Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan (bo'lmish) 

rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, (ular) uylarida murdaga 

aylandilar.  

 

Izoh: Jabroil (a. s.) qichqiriqlaridan halok bo'ldilar.  

 

95. Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat 

yetgani kabi Madyan (qavmi)ga ham halokat yetsin!  

 

96. Darvoqe, Musoni oyatlarimiz va aniq hujjat (mo''jizali aso) bilan elchi qilib,  

 

97. Fir'avn va uning zodagonlari huzuriga yubordik. Ular esa, Fir'avnning buyrug'iga ergashdilar. 

Vaholanki, Fir'avnning buyrug'i to'g'ri emas edi.  

 

98. U (Fir'avn) qiyomat kuni (o'z) qavmini ergashtirib, ularni do'zaxga tushirur. (Ular) tushadigan yer 



qanday ham yomon yer?!  

 

99. Ularga ushbu (dunyo)da ham, qiyomat kunida ham la'nat yetkazilur. Berilgan "yordam" qanday 

ham yomon yordam?!  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

144


100. Ana shu Biz Sizga (ey, Muhammad,) qissasini aytayotgan shaharlarning xabarlaridandir. Ulardan 

(hozirgacha) turgani va (yo'q bo'lib) bitgani bor.  

 

101. Ularga Biz zulm qilmadik, balki o'zlariga (o'zlari) zulm qildilar. Rabbingiz amri (azobi) kelganda 

esa, Allohni qo'yib sig'ingan (ma'buda)lari hech ham foyda bermadi va ularga ziyondan boshqa narsani 

orttirmadi.  

 

102. Aholisi zolim yurtlarni tutganda Rabbingizning tutishi shundaydir. Albatta, Uning tutishi alamli va 

shiddatlidir.  

 

103. Albatta, bunda oxirat azobidan ko'rqqanlar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar to'planadigan va 

hozir bo'linadigan kundir.  

 

104. U (kun)ni faqat sanoqli muddatgachagina kechiktiramiz.  

 

105. (U) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli 

(insonlar) ham bo'lur.  

 

106. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar 

 

Izoh: Ya'ni eshak ovoziga o'xshash baqiriq bilan ovoz qilurlar.  

 

107. Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz 

xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir!  

 

108. Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda 

mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir.  

 

109. Ana o'sha (mushrik)lar sig'inayotgan narsa tufayli shubhada qolmang? (Ular) oldin ota-bobolari 



sig'ingandek sig'inaveradilar. Biz ham ularning ulushlarini kamaytirmasdan to'la beruvchidirmiz.  

 

110. Musoga ham Kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Rabbingizdan (kechiktirish 

haqida) so'z kechmaganda edi, ularning o'rtalarida (shu dunyoda) hukm chiqarilgan bo'lur edi. Ular 

(mushriklar) u (Qur'on yoki azob) to'g'risida shak-shubhadadirlar.  

 

111. Barchaga, albatta, Rabbingiz amallari (mukofoti va jazosi)ni mukammal berur. Zero, U (ularning) 

qilayotgan ishlaridan xabardordir.  

 

112. Bas, buyurilganingizdek to'g'ri bo'ling! Siz bilan birga tavba qilganlar ham (to'g'ri) bo'lsinlar! 

Haddan oshib ketmangizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

Izoh: Shu oyat Rasul (a. s.)ga juda og'ir ta'sir qilib: "Meni Hud(surasi) qaritdi" - degan ekanlar.  

 

113. Zulm qilganlarga suyanmangiz, toki sizlarga (do'zaxdan) olov yetmasin! Sizlar uchun Allohdan 

o'zga do'st yo'qdir. So'ngra sizlarga (qiyomatda ham) yordam berilmas.  

 

114. Kunning har ikki tarafida (ya'ni, ertayu kech) va tunning bir bo'lagida namoz o'qing! Albatta, ezgu 

ishlar gunohlarni ketkazadi. Bu yod etuvchilar uchun yodnomadir.  

 

Izoh: Oyat mazmunidan besh vaqt namoz vaqtlarini chiqarganlar. Zero, kunning har ikki tarafini bomdod



peshin, asr namozlari vaqti, tunning bir bo'lagini esa shom va xuftan namozlari vaqti deb ta'vil qilish mumkin.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

145


115. Sabr qiling! Bas, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmas.  

 

116. (Qani endi) sizlardan oldingi asrlarda o'tgan fazilat egalari yer (yuzi)dagi fasod (ishlar)dan 

qaytarganlarida edi? Lekin ular ichida Biz najot berganlardan ozchiligi (bu) ishni qildilar. Zulm 

qilganlar o'z rohat-farog'atlari ketidan ketdilar va jinoyatchi bo'lib qoldilar.  

 

117. Rabbingiz aholisi islohotchi bo'lgan shaharlarni zulm bilan halok etuvchi emasdir! 

 

118. Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo'lur edi. (Ular) 



mudom turlicha (har xil e'tiqodda) bo'lib borurlar.  

 

119. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar. Ularni shuning uchun yaratgandir. 

Rabbingizning "Jahannamni barcha (kufrda o'tgan) jinlar va odamlar bilan to'ldirajakman", - degan 

so'zi haqdir.  

 

120. Sizga (ey, Muhammad!) Payg'ambarlarning xabarlaridan dilingizga sabot baxsh etadiganlarini 

aytib bermoqdamiz. Bu (qissalar)da haqiqat, mo'minlar uchun nasihat va eslatma keldi.  

 

121. Imon keltirmaydiganlarga ayting: "O'z hollaringcha ish qilaveringiz! Biz ham ish qiluvchilarmiz.  

 

122. Kutaveringiz ham. Biz ham kutuvchilarmiz".  

 

123. Osmonlar va Yerning g'aybiy siri Allohga xosdir. Barcha ish Ungagina qaytarilur. Bas, Unga ibodat 

qiling va Unga tavakkul eting! Qilayotgan ishlaringizdan (esa) Rabbingiz g'ofil emasdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

146


YUSUF SURASI 

 

Yusuf-payg'ambar nomi.  



 

 "Go'zal qissa" deb ta'riflanuvchi ushbu surada asosan Ya'qub (a. s.) ning 12-o'g'li Yusuf (a. s.) ning boshidan 

kechirgan voqealari aks ettiriladi. Surada otalik va birodarlik mehri, ishq-muhabbat, ayollar makri, tush ta'biri, 

saxiylik va kechirimli bo'lish kabi insoniy xususiyatlar ajib uslubda o'z ifodasini topgan. Bu suradan 

ilhomlangan shoir va yozuvchilar to hanuz Yusuf-Zulayho qissasi rukni bilan turli dostonlar ijod etganlar. Ular 

ichida Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Firdavsiy, Rabg'uziy, Durbek, Balxiy kabi shoirlarning asarlari diqqatga 

sazovordir.  

 

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.  

 

1. Alif, Lom, Ro. Ushbular aniq Kitobning oyatlaridir.  

 

2. Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik.  

 

3. Biz Sizga ushbu Qur'on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga go'zal qissani aytib berurmiz. Siz esa 

undan (vahiydan) oldin bexabarlardan (biri) edingiz.  

 

4. Eslang, Yusuf (o'z) otasi (Ya'qub)ga dedi: "Ey, otajon! Men (tushimda) o'n bitta yulduz, quyosh va 

oyning menga sajda qilgan hollarida ko'rdim".  

 

5. (Otasi) aytdi: "Ey, o'g'ilcham! Tushingni akalaringga* so'zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr 



qilishadi. Zero, shayton insonga aniq dushmandir*.  

 

Izoh: Akalarining ismlari - Rubil, Sham'un, Loviy, Yahudo, Zabulun, Yashjar bo'lib, bu oltovlon Ya'qub (a. 



s.)ning Layyo degan xotini (tog'asining qizi)dan tug'ilgan. Yana Zulfa va Balha degan cho'rilaridan to'rt o'g'il - 

Don, Naftoli, Jod, Oshar. Layyo vafot etgandan keyin uning singlisi Rohilga uylanadilar. Undan Yusuf va 

Binyomin tug'iladi. Hammasi bo'lib Yusufning 10 akasi va bir ukasi bo'lgan. Shu o'nikki birodarlarni "Asbot" 

deyiladi. Izoh (a): Ya'qub (a. s.) Yusufni aqlzakovati, husnu-siyrati, axloq-odobi yuqori darajada bo'lganidan 

juda sevar edi. Bu mehrni payqagan akalari Yusufga hasad qilishar edi. Shuning uchun ko'rgan tushini 

bilsalar, rashk va hasadlari yanada oshib ketmasin, deb, uni ogohlantirib qo'ydi.  

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling