Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet24/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72

albatta, uni botil (barbod) qilur. Zero, Alloh buzg'unchilarning ishini tuzatmaydi.  

 

82. Garchi jinoyatchilar yoqtirmasalar-da, Alloh o'z so'zlari (amrlari) bilan haqiqatni ro'yobga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

134


chiqarur.  

 

83. Musoga qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir'avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan 

xavfsiragan holda imon keltirdilar. Zero, Fir'avn Yerda "oliy" va u isrofgar (tajovuzkor)lardandir.  

 

84. Muso dedi: "Ey, qavmim! Allohga imon keltirgan ekansizlar, bas, Unga tavakkul ham qilingizlar, 

agar musulmon bo'lsangizlar, albatta".  

 

85. Bas, ular dedilar: "Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Zolimlar qavmiga bizni fitna 

(aldanuvchi) qilib qo'ymagin! 

 

86. O'z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan xalos etgin!"  

 

87. Muso va uning birodariga vahiy orqali: Qavmlaringiz uchun Misrda uylar hozirlangiz va 

uylaringizni qibla (namozgoh) etib, namoz o'qingizlar va mo'minlarga esa (ey, Muso,) xushxabar 

bering!" - deb aytdik.  

 

Izoh: Bu yerdagi "xushxabar" Fir'avn ustidan qilinadigan g'alabadir.  

 

88. Muso dedi: "Ey, Rabbimiz! Sen Fir'avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va mol-mulk 

ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo'lingdan ozdirishlariga sabab bo'ldi. Ey, 

Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyoatda) alamli azobni 

ko'rmagunlaricha imon yeltirmasinlar".  

 

89. (Alloh) dedi: "Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to'g'ri bo'lingizlar! Bilmaydiganlarning 



yo'liga zinhor ergashmangizlar!" 

 

90. Isroil avlodini dengizdan o'tkazdik. Fir'avn va uning lashkarlari ular ortidan zo'ravonlik va zulm 

yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir'avnga) g'arq bo'lish (soati) yetishganda aytdi: "Imon keltirdimki, Isroil 

avlodi imon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qdir. Men ham musulmonlardanman".  

 

91. (Alloh dedi): "Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg'unchilardan eding-ku!  

 

92. Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo'lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, 

odamlarning aksariyati oyatlarimizdang'ofildirlar. "  

 

93. Albatta, Isroil avlodini qulay joyga (Misr va Shomga) joylashtirdik va ularga pok narsalardan rizq 

qilib berdik. Ularga, to ilm (Tavrot) kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni 

ixtilof qilgan narsalari haqida o'rtalarida hukm chiqaradi.  

 

94. (Ey, Muhammad!) Agar Sizga nozil etgan narsa (tarixiy voqealar) xususida shubha qilsangiz, Sizdan 

oldingi Kitobni o'qiydiganlardan so'rang! Rabbingizdan Sizga haqiqat (vahiy) kelgandan keyin (endi) 

sira shubhalanuvchilardan bo'lmang! 

 

95. Allohning oyatlarini yolg'onga yo'yadiganlardan ham bo'lmangki, (aks holda) ziyon ko'ruvchilardan 

bo'lib qolursiz! 

 

96. Albatta, (taqdirlarida) Allohning (kofir bo'lurlar degan) so'zi muqarrar bo'lganlar imon 

keltirmaydilar.  

 

97. Ularga barcha mo''jizalar kelsa ham, to (qiyomatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha 

(o'zgarmaydilar).  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

135


 

98. Koshki biror qishloq (ahli) imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan (va halok bo'lmagan) 

bo'lur edi. Illo, Yunus qavmi (shunday qildi). Imon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik 

azobini ketkazdik va ularni (ma'lum) vaqtgacha (hayot lazzatidan) bahramand qildik.  

 

99. Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo'lur edilar. 

Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?! 

 

100. Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas. Azobni esa (Alloh) aql yuritmaydiganlarga 

ravo ko'rar.  

 

101. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi narsalarga (ibrat nazari bilan) boqinglar! (Ammo) imon 

keltirmaydigan qavm uchun mo''jizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermagay".  

 

102. (Ular) o'zlaridan oldin (imon keltirmay) o'tganlarning kunlariga o'xshash (azob yog'ilgan) 

kunlarnigina kutmoqdalar. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman".  

 

103. So'ngra (qiyomatda) payg'ambarlarimiz va imon keltirganlarga najot berurmiz. Shunday qilib, 

mo'minlarga najot berish Bizga haq (muqarrar) bo'ldi.  

 

104. Ayting: "Ey, odamlar! Agar mening dinimdan shakda bo'lsangiz, bas, sizlarning Allohni qo'yib 

sig'inayotgan (but-sanam)laringga (men) sig'inmayman, balki sizlarni vafot ettiradigan zot - Allohga 

sig'inaman va (men) mo'minlardan bo'lishimga buyurilganman.  

 

105. Shuningdek, (menga buyurilganki) yuzingizni (o'zingizni) to'g'ri bo'lmish dinda muqim tuting, aslo 

mushriklardan bo'lmang!  

 

106. Allohni qo'yib, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga iltijo qilmang! Agar qilsangiz, 

unda, albatta, Siz zolimlardandirsiz.  

 

107. Agar Alloh Sizga biror zarar yetkazsa, bas, Uning O'zidan boshqa uni ketkazadigan (kuch) yo'qdir. 



Agar Sizga biror yaxshilik (yetkazish)ni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi (kuch) ham yo'qdir. 

Bandalaridan xohlaganiga uni (fazlini) yetkazur. U kechirimli va rahmlidir".  

 

108. Ayting: "Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan haqiqat (Qur'on yoki Payg'ambar) keldi. Bas, kimki 

hidoyat yo'liga kirsa, faqat o'zi uchun hidoyat yo'liga kirgan bo'ladi. Kimki yanglishsa, bas, o'zining 

zarariga yanglishgan bo'ladi. Men sizlarga vakil (muakkal) emasman".  

 

109. Sizga vahiy etilgan narsaga ergashing va to Alloh hukm qilgunicha sabr qiling! Albatta, U hukm 

qiluvchilarning yaxshisidir.  

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

136


HUD SURASI 

 

Hud - payg'ambar nomi.  



 

 Sura Od qabilasiga yuborilgan payg'ambar Hud (a. s.) nomi bilan atalgan. Unda tavhid, imon, islom, shariat 

ahkomlari, payg'ambarlar qissasi, Qur'oni karim vasfi va boshqa ma'lumotlar ilohiy oyatlar orqali bayon etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Alif, Lom, Ro. (Bu) oyatlari mustahkam (qat'iy) qilingan, so'ngra Hakimu Dono bo'lmish zot 

tomonidan batafsil bayon etilgan Kitobdir.  

 

2. (Qisqacha bayoni esa): "Allohdan o'zgaga aslo sig'inmangizlar!" (degan xitobdir). Albatta, men 

(Muhammad) Uning nomidan ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman.  

 

3. (Alloh buyuradiki), Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangizlar, so'ngra Unga tavba qilingizlar, 

shunda (U) sizlarni ma'lum muddat (ajallaringiz oxiri)gacha chiroyli bahra bilan bahramand qilur va 

har bir fazlli (karamli, saxiy) kishiga O'z fazlini ato etur. Agar yuz o'girsangizlar, bas, men sizlarga 

Ulug' kun (qiyomat) azobi (yetishi)dan qo'rqaman.  

 

4. Qaytish joyingiz Allohning huzuridir. U esa har narsaga qodirdir.  

 

5. Ogoh bo'lingizki, albatta, ular (kofirlar sirlarini) Undan maxfiy tutish uchun ko'kraklarini (boshqa 

tomonga) buradilar. Ogoh bo'lsinlarki, kiyimlariga o'ranib olganlarida ham (Alloh) yashirgan va oshkor 

qilgan narsalarini bilur. Albatta, U ko'krak (dil)lardagi sirlarni bilimdonidir.  

 

O’N IKKINCHI JUZ’ 



************************* 

 

6. Yerda o'rmalovchi biror narsa (jonzot) yo'qki, uning rizqi (ta'minoti) Allohning zimmasida bo'lmasa! 



(U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur. Hammasi aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da 

(yozilgan)dir.  

 

Izoh: Lavhul-Mahfuz - Alloh taolo barcha mavjudotni yaratmasdan oldin, to qiyomatgacha yaratiladigan 



ashyolarni, qiladigan ishlarini, insonlar taqdirini, ilohiy kitoblar matni va boshqa ma'lumotlar aslini yozib 

qo'ygan manbaning nomi.  

 

7. U (Alloh) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (yaxshiroq) ish qilishingizni sinash uchun osmonlar va 



Yerni olti kunda yaratgan zotdir. (U paytda) Arshi suv ustida edi. Agarda Siz: "Albatta, sizlar o'lgandan 

keyin tiriltirilursizlar", - desangiz, kufrga ketganlar: "Bu sehrdan o'zga narsa emas!" – deyishlari aniq.  

 

Izoh: Islom manbalarida yozilishicha, Alloh taolo Yeru osmonlarni yakshanba kunidan boshlab juma 



kunigacha, ya'ni, olti kunda yaratgan. Nima uchun aynan olti kunda yaratgani faqat O'zigagina ma'lum. 

G'ayridinlarning ba'zilari Alloh yettinchi kuni, ya'ni, shanba kuni dam olgan desalar, boshqalari dushanba 

kunidan boshlab shanba kuni tugatgan va yakshanba kuni dam olgan, deb da'vo qiladilar. Islom dini aqidasi 

bo'yicha bu xil da'volar mutlaqo noto'g'ridir. Zero, Alloh taolo hech qachon charchamaydi va U dam olishga, 

uxlashga, rohatga muhtoj emasdir. Olti kunda yaratgan narsalarini bir zumda yaratib qo'yishga ham qodir edi, 

lekin bandalariga namuna bo'lsin uchun, sabrtoqatga tashviq etish uchun va biz bilmagan yana boshqa 

hikmatlar bilan olti kunda yaratishni iroda qildi.  

 

8. Bordiyu ulardan azobni ma'lum muddatgacha kechiktirsak, ular: "Uni (azobni) nima ushlab 



turibdi?" - deydilar. Ogoh bo'lsinlarki, (azob) keladigan kunida (uni) ulardan qaytarib bo'lmas va 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

137


masxara qilib yurgan narsalari (azob) ularni qamrab olur.  

 

9. Agarda biz insonga O'z marhamatimizni tottirib, so'ngra (yana) uni tortib olsak, (qarabsizki) u 

noumid va noshukr (bo'lib qolur).  

 

10. Agarda unga biror zarar kelib ketgandan keyin ne'matlarni tottirib qo'ysak: "Yomonliklar mendan 

(o'zicha) ketdi", - deydi, albatta. Zero, u mag'rur va faxrlanuvchidir.  

 

11. Illo, sabrli bo'lgan va ezgu ishlarni qilganlarga, aynan o'shalarga mag'firat va katta mukofot bordir.  

 

12. Balkim, Siz "Unga biror xazina tushsa edi yoki u bilan birga (guvoh sifatida) biror farishta kelsa 

edi",- deganlari uchun Sizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ba'zilarini tark etmoqchidirsiz va shu 

sababli yuragingiz siqilayotgandir. Siz, axir, faqat ogohlantiruvchisiz, Alloh esa har narsaga vakil 

(guvoh)dir.  

 

13. Yoki: "Uni (vahiyni Muhammad) to'qib chiqaryapti", - deydilarmi? Ayting: "Agar gaplaringiz rost 



bo'lsa, shunga o'xshash o'nta to'qilgan sura keltirib, Allohdan o'zga imkoningiz yetganicha (yordamga 

yoki guvohlikka) kimni bo'lsa ham chaqiringizlar!"  

 

14. Bas, agar (ular) sizlarga javob qilmasalar, bilingizki, albatta, nozil qilingan narsa (Qur'on) Allohning 

ilmi bilan (vahiy qilingan) ekan va Undan o'zga iloh yo'q ekan. Bas, endi sizlar musulmonmisizlar?!  

 

Izoh: Javob qilmaydiganlar - kofirlar va ular sig'inadigan but-sanamlari.  

 

15. Kimki, dunyo hayoti va uning ziynatini istasa, u (kabi)larga amallari (savobi)ni shu (dunyo)da 

mukammal berurmiz va ular u yerda (dunyoda) ziyon qilmaydilar.  

 

Izoh: Ya'ni qilgan savoblari uchun ajrni ham shu dunyoda olib, oxiratdan benasib bo'lurlar.  

 

16. Ana o'shalarga oxiratda do'zaxdan boshqa (narsa) yo'qdir. Qilgan (savobli) ishlari habata (barbod) 

va qilib yurgan amallari botil (hech) bo'lur.  

 

17. Parvardigori tomonidan hujjatga ega bo'lgan, ketidan Undan guvoh (Qur'on) kelgan, undan oldin 

peshvo va rahmat sanalmish Muso kitobi (Tavrot) ham bo'lgan kishi (faqat dunyo ne'matlarini 

istovchilar bilan barobarmi?!) Aynan o'shalar unga (Qur'onga) imon keltiradilar. Guruhlardan kimki 

uni inkor etsa, bas, unga atalgan joy do'zaxdir. Bas, unda shak qilmang! Albatta, U Rabbingizdan 

(kelmish) haqiqatdir. Lekin odamlarning aksariyati (bunga) imon keltirmaydilar.  

 

18. Alloh nomidan yolg'on to'qigandan ham zolimroq kishi bormi?! Ana o'shalar (qiyomatda) 

Parvardigori bilan yuzma-yuz qilinurlar va guvohlar: "Ana shular Parvardigorlari nomidan yolg'on 

gapirganlar", - deydilar. Ogoh bo'lingizki, Allohning la'nati zolimlarga (bo'lur).  

 

19. (Ular) Allohning yo'lidan (odamlarni) to'sib, uni (yo'lni) chalkashtirmoqchi bo'ladilar va ular 

oxiratga munkirdirlar.  

 

20. Ana o'shalar Yer yuzida (hech kimni) ojiz qoldira olmagan va ular uchun Allohdan o'zga do'stlar 



ham bo'lmaganlardir. Ularga azob ziyodasi bilan berilur. (Ular haqni) eshita olmas va ko'rmas edilar.  

 

21. Ana o'shalar (qiyomatda) o'zlariga ziyon qilganlardir va ular (ko'zi)dan to'qib yurgan (but-

sanam)lari g'oyib bo'lur.  

 

22. Shubha yo'qki, ular oxiratda ko'proq ziyon ko'ruvchilardir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

138


 

23. Albatta, imon keltirib, ezgu ishlarni qilgan va Parvardigorlari (toati)ga bo'yin sunganlar - aynan 

o'shalar jannat ahlidirlar, ular u yerda mangudirlar.  

 

24. Ikkala guruh (kofir va mo'min)larning misoli xuddi ko'r bilan kar va ko'ruvchi bilan eshituvchilar 

kabidir. Ikkisi misolda barobar bo'ladimi?! Eslab ko'rmaysizlarmi?!  

 

25. Darhaqiqat, Nuhni o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik. (U dedi): "Men sizlarga aniq 

ogohlantiruvchiman.  

 

26. Allohdan o'zgaga sig'inmangizlar! Men sizlarga alamli azob (kelishi)dan qo'rqaman".  

 

27. Bas, qavmi orasidagi kufrga ketgan zodagonlari dedilar: "Seni (biz) xuddi o'zimizdek (oddiy) inson 

deb bilamiz va senga faqat bechorahol kishilargina (o'ylamay) bir ko'rishda ergashayotganini 

ko'rayapmiz. Sizlarning bizdan ortiq joyingizni ko'rmayapmiz. Balki sizlarni yolg'onchi deb gumon 

qilmoqdamiz".  

 

28. (Nuh) dedi: "Ey, qavmim! Qani aytingchi, agar Rabbimdan (yuborilgan) hujjatga ega bo'lsam va U 

menga o'z dargohidan rahmat (payg'ambarlik) ato etgan bo'lsa-yu, sizlarga (bu) mavhum qilib 

ko'rsatilgan bo'lsa, Sizlar uni yoqtirmagan hollaringda uni sizlarga majburlaymizmi?!  

 

29. Ey, qavmim! Sizlardan u (payg'ambarlik xizmati) uchun mol-dunyo so'ramayman. Mening 



mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men (sizlarning talabingiz bilan) imon keltirganlarni 

(huzurimdan) quvib chiqaruvchi emasman. Zero, ular Parvardigorlari bilan ro'baro' bo'luvchilardir. 

Lekin sizlarning johil qavm ekanligingizni ko'rib turibman.  

 

Izoh: Payg'ambar huzuridagi kamtar, kamsuqum mo'minlarni kofirlar yoqtirmasdan, ularni haydab yuborishni 



talab qilar edilar.  

 

30. Ey, qavmim! Agar ularni haydasam Allohning (azobi)dan menga kim yordam beradi? Bas, 



eslamaysizlarmi?!  

 

31. (Men) sizlarga, huzurimda "Allohning xazinalari bor" ham demayman. G'aybni ham bilmayman. 

"Men farishtaman" ham demayman. Ko'zlaring mensimayotgan (faqir) kishilar to'g'risida, Alloh ularga 

biror yaxshilik bermaydi ham demayman. Ularning ichlaridagi (imon va ixlos)ni Alloh yaxshiroq bilur. 

Men (bilaman desam), u holda zolimlardan bo'lib qolurman. "  

 

32. Ular (Nuh qavmi) dedilar: "Ey, Nuh! Biz bilan bahslashding, lekin bahsni ko'p qilib yubording. Bas, 

agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga o'sha cho'chitgan narsang (azob)ni keltir!"  

 

33. (Nuh) dedi: "Uni Alloh xohlasa, albatta, keltiradi. Sizlar esa, ojiz qoldiruvchi (yenguvchi) emassizlar.  

 

34. Agar Alloh sizlarni og'dirishni istab turgan bo'lsa, (men) sizlarga nasihat qilishni istaganim bilan 

sizlarga nasihatim foyda bermaydi. U Rabbingizdir va Uning huzuriga qaytarilajaksizlar".  

 

35. Yoki (kofirlar): "Uning (Nuhning) o'zi to'qiyapti" deyishyaptimi? Ayt: "Agar to'qigan bo'lsam, 

jinoyatim o'zimga-ku! Men sizlarning qilayotgan jinoyatingiz (kufringiz)dan pokdurman".  

 

Izoh: Ba'zi tafsirlarda bu oyatdagi so'zlar Muhammad (a. s.) so'zlari bo'lishi mumkinligi qayd etilgan.  

 

36. Nuhga vahiy qilindi: "Qavmingdan (hozirgacha) imon keltirganlaridan boshqa hech kim endi imon 

keltirmas. Bas, ularning qilayotgan ishlari sababli tashvish chekmagin!  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

139


 

37. Bizning himoyamiz va vahiymiz bilan kemani yasagin va zulm qilganlar haqida Menga (asragin deb) 

xitob qilmagin! Ular, albatta, g'arq qilinuvchilardir!"  

 

38. Kemani yasayboshladi. Qavmining zodagonlari har gal uning oldidan o'tganlarida uni masxara 



qilardilar. (Nuh) dedi: "Agar bizni masxara qilsangiz, sizlar masxara qilganlaringdek, biz ham (yaqinda) 

sizlarni masxara qilajakmiz.  

 

39. Bas, yaqinda kimga xorlovchi azob va unga mangu azob tushishini bilursiz".  

 

40. To Bizning buyrug'imiz (azobimiz-to'fon) kelib, ishlar keskinlashgach*, aytdik: "(Ey, Nuh!) Unga 

(kemaga) har bir (jonivor)dan bir juft - ikkitadan va ahling (oila a'zolaring)ni, illo (ahlingdan kimlarga 

g'arq bo'lishi haqida Bizdan) so'z kechgan bo'lsa, ular mustasno*, hamda imon keltirganlarni ort. " 

Vaholanki, u bilan birga imon keltirganlar ozchilikdir.  

 

Izoh: Ishning keskinlashuvi oyatda "tandir qizib ketgach" degan ma'noni anglatuvchi ibora bilan keltirilgan. 



Izoh(a): G'arq bo'lishi taqdirda belgilanganlar ichida Nuh (a. s.) ning bir Voila degan xotini va Kan'on degan 

o'g'li ham bor edi. Hammasi bo'lib kemada sog'-salomat qolganlar adadi to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. 

Masalan 78, 72, 10, 8 kishi edilar. Yarmi ayollar edi, degan naqllar bor.  

 

41. (Nuh) dedi: "Unga (kemaga) mininglar! Uning suzishi ham, to'xtashi ham Allohning ismi bilandir. 



Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir".  

 

Izoh: Bu oyat boshqacha tafsirni ham ko'taradi. Masalan, "Allohning ismi bilan" iborasi tepaga qo'shilsa, 



Allohning ismi bilan mininglar, degan ma'no chiqadi.  

 

42. U (kema) ularni tog'lardek to'lqinlar ichida olib borar ekan, Nuh chekkada turgan o'g'lini chaqirib 



dedi: "Ey, o'g'ilcham! Biz bilan birga (kemaga) mingin! Kofirlar bilan birga bo'lmagin!"  

 

43. U (o'g'li) dedi: "Meni suvdan saqlaydigan biror toqqa (chiqib) panoh toparman". (Nuh) dedi: 

"Bugun U rahm qilganlardan boshqasiga Allohning amridan saqlab qoluvchi (hech qanday kuch) 

yo'qdir". (Shu payt) ikkisining o'rtasini bir to'lqin to'sdi va (o'g'li) g'arq qilinganlardan bo'ldi.  

 

44. (So'ngra) aytildi: "Ey, Yer! Suvingni yutgin! Ey, osmon! O'zingni tutgin (yog'ishni bas qil!)" Suv 

quridi, buyruq ado etildi va (kema) Juvdiy (tog'i) uzra qo'ndi hamda "Zolimlar qavmiga - halokat!" - 

deyildi.  

 

Izoh: Juvdiy tog'i qayerda ekani to'g'risida ham turli naqllar bor. U Iroqning Musil shahrida, Hindistonda, 



Araratda degan rivoyatlar bunga misoldir.  

 

45. Nuh Rabbiga nido qilib dedi: "Rabbim! O'g'lim mening ahlimdan. Sening (oilamni saqlashga 



bergan) va'dang esa haq va Sen hukm qiluvchilarning eng donosi (va odili)san".  

 

46. (Alloh) dedi "Ey, Nuh! U sening ahlingdan emas! Albatta, u (uning qilgani) yaxshi ish emas. Bas, 



Mendan o'zing (yaxshi) bilmagan narsani so'ramagin! Men senga johillardan bo'lishingdan (qaytarib) 

nasihat qilaman".  

 

47. (Nuh) aytdi: "Rabbim! Men Sendan o'zim (yaxshi) bilmagan narsani so'rashimdan panoh tilayman. 

Agar meni kechirmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lurman".  

 

48. Aytildi: "Ey, Nuh! Bizdan (bo'lmish) salomatlik va senga va sen bilan birgalikdagi jamoalarga 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling