Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet56/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72

www.ziyouz.com кутубхонаси 

342


Rabbingizga qaytarilursizlar.  

 

16. Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga Kitob (Tavrot), hikmat va payg'ambarlik ato etdik va ularni pokiza 

narsalardan rizqlantirdik hamda ularni (o'z zamonlaridagi) olamlardan afzal qildik.  

 

17. Yana ularga ish(din) hujjatlarini ato etdik. Bas, ular ilm (hujjat) kelganidan so'ngina o'zaro hasad-

adovat ila ixtilof qildilar. Albatta, Rabbingiz Qiyomat kuni o'rtalarida ixtilof qilgan narsalari haqida 

hukm qilur.  

 

18. So'ngra (ey, Muhammad,) Biz Sizni (diniy) ishdan iborat shariat uzra (barqaror) qildik. Bas, Siz 

o'shanga ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi (fikr)lariga ergashmang! 

 

19. Chunki, ular Sizdan Alloh (tomoni)dan bo'lmish (biror) narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta, 

zolimlar bir-birlariga do'stdirlar. Alloh esa taqvodorlarning do'stidir.  

 

20. Ushbu (oyatlar) odamlar uchun dil ko'zgularidir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va 

rahmatdir.  

 

21. Balki yomonlik (gunoh)larni kasb etganlar o'zlarini imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar 

kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo'lishini o'ylagandirlar?! Naqadar yomon 

(nohaq) hukm qilurlar?! 

 

22. Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratdi va barcha jon zulm qilinmagan hollarida o'zlari 

qilgan amallariga yarasha jazolanurlar. 

 

23. (Ey, Muhammad,) havoyi nafsini o'ziga "iloh" qilib olgan va Alloh uni bilgan holida adashtirib, 



quloq va ko'nglini muhrlab, ko'ziga parda tortib qo'ygan kimsani ko'rdingizmi? Bas, uni Alloh 

(adashtirgani)dan so'ng kim hidoyat qila olur?! Axir, eslatma olmaysizlarmi?! 

 

24. Ular (qiyomatni inkor etuvchilar: "Hayot) faqat shu dunyodagi hayotimizdir. (Birimiz) o'lib, 

(birimiz) yashab yuraveramiz. Bizlarni (Alloh emas, balki) faqat zamon (o'tishi)gina o'ldiradi", - dedilar. 

Holbuki, ularda bu To'g'rida biror bilim (hujjat) yo'qdir. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar, xolos.  

 

25. Qachon ularga (qayta tirilish To'g'risidagi) Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, 

ularning (Bizga qarshi) "hujjatlari" faqat: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, otabobolarimizni (tiriltirib) 

keltiringlarchi", - deyishlarigina bo'lur.  

 

26. Ayting: "Alloh sizlarga hayot berur, so'ngra (ajallaringiz yetgach) o'ldirur, so'ngra sizlarni hech 

shubhasiz (keladigan) Qiyomat kuniga to'plar. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaslar".  

 

27. Osmonlar va Yer hukmdorligi Allohnikidir. Qiyomat qoyim bo'ladigan Kuni - ana o'sha Kunda 

buzg'unchilar ziyon torturlar.  

 

28. (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobdan) tiz cho'kkan holda ko'rursiz. Har bir ummat o'z 

nomai a'moliga chaqirilur, (so'ng ularga deyilur): "Bugun qilib o'tgan amallaringiz bilan 

jazolanursizlar.  

 

29. Mana bu kitobimiz (nomai a'molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat, Biz sizlar qilib yurgan 

amallaringizni (ushbu nomai a'molga) ko'chirib yurar edik".  

 

30. Bas, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, ularni Parvardigor O'z. rahmati (jannati)ga 

doxil qilur. Bu aniq yutuqning o'zidir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

343


 

31. Endi, kofir bo'lgan kimsalarga kelsak, (ularga aytilur): "Axir, sizlarga Mening oyatlarim tilovat 

qilingan emasmidi?! Bas, sizlar kibrlandingizlar va jinoyatchi qavm bo'ldingizlar" 

 

32. Qachonki, (sizlarga:) "Darhaqiqat, Allohning va'dasi rostdir, Qiyomat shubhasiz (keluvchi)dir", - 

deyilsa, sizlar: "Biz Qiyomat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat 

bo'lishiga) aniq ishonuvchi emasmiz", - dedingizlar.  

 

 



YIGIRMA OLTINCHI JUZ’ 

************************* 

 

33. (Mana endi) ularga qilib o'tgan yomonliklari fosh bo'ldi va o'zlari masxara qilib yurgan (azob)lari 



ularni o'rab oldi.  

 

34. (Ularga) deyiladi: "Sizlar mana shu kuningizdagi uchrashuvni unutganingizdek, Biz ham bugun 

sizlarni "unuturmiz". Sizlarning joyingiz do'zaxdir va sizlar uchun (azobdan qutqaruvchi) yordamchilar 

ham yo'qdir.  

 

35. Bunga sabab - sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edingizlar va sizlarni dunyo hayoti 

aldab qo'ygan edi. " Bas, ular bugun undan (do'zaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (yaxshi amallarga) 

qaytishga ham imkoniyat berilmas.  

 

36. Bas, osmonlar Parvardigori, Yer Parvardigori, (butun) olamlar Parvardigori - Allohga hamd! 

 

37. Osmonlar va Yerdagi barcha buyuklik yolg'iz Unikidir! U qudratli va hikmatli zotdir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

344


AHQOF SURASI 

 

"Ahqof" so'zining ma'nosi qumtepalar demakdir. Surada payg'ambarlardan Hud (a. s.)ning Yaman 



qumtepaliklarida yashovchi Od qabilasi bilan o'rtalarida o'tgan mojarolar, ularning Alloh tomonidan 

jazolanishlari, Muhammad (a. s.)ning o'z ummatlarining baxt-saodati yo'lida chekkan jafolari va boshqa muhim 

ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ho, Mim.  

 

2. (Bu Qur'on) qudratli va hikmatli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.  

 

3. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) va (qiyomatgacha 

deb) belgilangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo'lgan kimsalar esa o'zlari ogohlantirilgan narsadan yuz 

o'giruvchidirlar.  

 

4. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (butlaringiz) 

haqida xabar beringiz - menga ko'rsatinglarchi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun 

osmonlar(ni yaratish)da sheriklik bormi?! Agar rostgo'y bo'lsangizlar, menga ushbu (Qur'on)dan ilgari 

(nozil bo'lgan) biror kitobni yoki biror ilmiy asarni (hujjatni) keltiringlar!" 

 

5. Allohni qo'yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan 

kimsadan kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o'sha (mushrik)larning duolaridan 

g'ofildirlar.  

 

6. (Qiyomat kuni) insonlar (hisobot uchun) jam qilinganda, o'sha (butlar) ularga (mushriklarga) 



dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor etuvchi bo'lurlar! 

 

7. Qachon ularga Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kofir bo'lgan kimsalar Haq 

(Qur'on) to'g'risida u o'zlariga kelgan vaqtidayoq: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.  

 

8. Yoki ular: ("Qur'onni Muhammadning) o'zi to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "Agar uni o'zim 

to'qigan bo'lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biror narsa(ni daf qilish)ga ega bo'la 

olmassizlar. U sizlar ko'pirtirayotgan narsani (uydirma gaplaringizni) juda yaxshi biluvchidir. Uning 

O'zi men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U mag'firatli va rahmli zotdir".  

 

9. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men payg'ambarlarning yangisi (birinchisi) emasman. Men (kelajakda) na 

o'zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman. Men faqat o'zimga vahiy qilinadigan narsaga 

ergashurman. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman".  

 

10. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur'on) Allohning huzuridan bo'lsa-yu, 

sizlar unga kofir bo'lsangizlar va Isroil avlodidan bo'lgan bir guvoh ham u (Qur'on)ning o'xshashiga 

guvohlik berib, imon keltirsa-yu, sizlar (imon keltirmay) kibr qilganlaringiz nimasi?! Albatta, Alloh 

zolimlar qavmini hidoyat qilmas".  

 

11. Kofir bo'lganlar imon keltirganlar haqida: "Agar (bu Qur'on) yaxshi bo'lganida (anavi 

yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo'lur edilar", - dedilar. Ular o'zlari u (Qur'on) bilan 

hidoyat topishmagach: "Bu eski uydirmadir", - derlar.  

 

12. U (Qur'on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo'lmish Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu. (Qur'on) 

arabiy lisondagi (oldingi ilohiy kitoblarni) tasdiqlovchi bir Kitobdir. U zolim (kofir) bo'lganlarni (oxirat 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

345


azobidan) ogohlantirish va ezgulik qiluvchilarga (jannat haqida) bashorat sifatida (nozil qilingandir).  

 

13. "Albatta, Rabbimiz - Alloh", - deb, so'ngra (To'g'ri yo'lda) ustivor bo'lgan zotlar uchun xavf yo'qdir 

va ular qayg'u ham chekmaslar.  

 

14. Aynan o'shalar jannat ahli bo'lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o'tgan amallarining 

mukofotidir.  

 

15. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi uni qiynalib ko'tarib yurgan va uni 



qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni (sutdan) ajratishi (muddati) o'ttiz oydir. Bas, qachonki, u 

voyaga yetib, qirq yoshga to'lganida: "Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om etgan ne'matingga shukr 

qilishga va O'zing rozi bo'ladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq etgin va men uchun zurriyotimni 

isloh et! Albatta, men Senga (gunohlarimdan) tavba qildim va albatta, men musulmonlardandirman", - 

deydi.  

 

Izoh: Oyatda 40 yoshning qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga ishora qilinmoqda. Rasulullohning 40 



yoshlarida payg'ambar bo'lishlari ham bejiz emas. Oyatda ota-onaga yaxshilik qilish, ularni rozi qilib 

duolarini olishga ham da'vat qilingan. Shu bilan birga ota-ona va farzandlar haqqiga ham duoi xayrlar qilib 

turish lozimligi aytilgan.  

 

16. Aynan o'shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan chiroyli amallarini qabul qilurmiz va jannat 



egalari qatorida ularning yomonliklaridan o'tib yuborurmiz. (Bu) ularga va'da qilib yurilgan haqqoniy 

va'dadir.  

 

17. Yana bir kimsa borki, ota-onasiga: "Uh, sizlarga! Sizlar menga (qayta tirilib, qabrdan) 

chiqarilishimni va'da qilyapsizlarmi?! Holbuki, mendan ilgari ham avlodlar o'tgan-ku (ular tirildimi)?!" 

- der. U ikkisi Allohdan madad tilagan hollarida (o'g'illariga qarab): "Halok bo'lgur, imon keltirgin! 

Allohning va'dasi haqdir" (desalar), u: "Bu faqat avvalgilarning afsonlaridir", - der.  

 

18. Ana o'shalar shunday kimsalardirki, ularga o'zlaridan ilgari o'tgan insu jindan iborat (kofir) 

ummatlar qatorida (kechgan) So'z (azob) haq bo'lgandir. Albatta, ular ziyon ko'ruvchilardir.  

 

19. Hamma uchun qilgan amallari sababli darajalar bordir. (Alloh) ularga qilgan amallari (mukofoti va 

jazolari)ni mukammal berur va ularga zulm qilinmas.  

 

20. Kofir bo'lgan kimsalar do'zaxga duchor qilinadigan Kunda (ularga deyilur): "Sizlar o'z huzur-

halovatlaringizni dunyodagi hayo-tingizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo'ldingiz. Endi, 

bugun u yerda nohaq kibr qilganlaringiz va fosiq bo'lganlaringiz sababli, xorlik azobi bilan 

jazolanursizlar".  

 

21. (Ey, Muhammad,) Od (qabilasi)ning birodarini (Hudni) eslang! O'shanda u o'zining qum-tepalardagi 



qavmini:"Sizlar Allohgagina ibodat qilinglar! Men, haqiqatan, sizlarga ulug' Kunning azobidan 

qo'rqarman", - deb ogohlantirgan edi. Vaholanki, undan oldin va keyin ham ogohlantiruvchilar 

(payg'ambarlar) o'tgandir.  

 

22. Ular: "Sen bizlarni xudolarimizdan burish uchun keldingmi?! U holda agar rostgo'y kishilardan 

bo'lsang, bizlarga va'da qilayotgan narsangni (azobni) keltirgin-chi?"-dedilar.  

 

23. U aytdi: "(azob haqidagi)bilim faqat Alloh huzuridadir. Men sizlarga o'zim elchi qilib yuborilgan 

(din)ni yetkazurman. Lekin men sizlarni johil qavm ekaningizni ko'rmoqdaman".  

 

24. Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora) bulut holida 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

346


ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", - dedilar. Yo'q, u o'zlaringiz qistagan narsa 

bo'rondir-ki, unda alamli azob bordir.  

 

25. U Parvardigorining amri bilan barcha narsani vayron qilur. Bas, (u bo'ron kelib), tong otganida 

faqat ularning (qoldiq) maskanlarigina ko'zga tashlanar edi. Biz jinoyatchi qavmni mana shunday 

jazolaymiz.  

 

26. Holbuki, (ey, Makka ahli,) Biz ularni (boylik va quvvatda) sizlarni qodir qilmagan narsalarga qodir 

qilgan edik va ularga quloq, ko'z va dillar (ato) qilgan edik. (Lekin) ular Allohning oyatlarini inkor 

etganlari uchun ularga quloq-ko'zlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni o'zlari masxara 

qilib yurgan narsalari o'rab oldi.  

 

27. (Ey, Makka ahli,) Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq (shahar)larni halok qildik. Biz ularga shoyad 

(yaxshi yo'lga) qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik.  

 

28. Axir, o'zlari Allohni qo'yib, (Allohga) yaqin qiladigan "xudo"lar, deb tutgan (sig'ingan) narsalari 

ularga yordam bersalar bo'lmasmidi?! Yo'q, ulardan g'oyib bo'lib qolishdi! Bu ularning uydirmalari va 

(Alloh sha'niga) to'qigan bo'htonlaridir.  

 

29. (Ey, Muhammad,) eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur'on tinglasinlar, deb yuborgan edik. 



Bas, qachonki, ular hozir bo'lishgach, (bir-birlariga): "Jim bo'linglar", - dedilar. Bas, qachonki, (tilovat) 

tugatilgach, ular o'z qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo'lgan hollarida qaytib ketdilar.  

 

30. Ular dedilar: "Ey, qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, o'zidan oldingi (ilohiy 

kitob)larni tasdiq qiluvchi Haq (din)ga va To'g'ri yo'lga hidoyat qiladigan bir Kitobni (Qur'onni) 

tingladik.  

 

31. Ey, qavmimiz, Allohning da'vatchisi (Muhammad)ni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar, 

(shunda Alloh) gunohlaringizni mag'firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur.  

 

32. Kim Allohning da'vatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutuluvchi emasdir va uning 

uchun (Allohdan) o'zga "do'stlar" ham yo'qdir. Ana o'shalar aniq zalolatdadirlar".  

 

33. Axir, ular (oxiratni inkor etuvchilar) osmonlar va Yerni yaratgan, ularni yaratishda charchamagan 

Alloh o'liklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini (o'ylab) ko'rmadilarmi?! Yo'q! Albatta, U barcha 

narsaga qodirdir.  

 

34. Kofir bo'lgan kimsalar do'zaxga duchor qilinadigan Kunda (ularga): "Ushbu (azob) haq emas 

ekanmi?!" (deyilganida), ular: "Yo'g'-ye, Rabbimizga qasamki, (haq ekan)", - derlar. (Shunda Alloh) 

aytur: "Bas, kofir bo'lganingiz sababli (mana shu) azobni totinglar!" 

 

35. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ham matonatli payg'ambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling va ularga 

(tushadigan azobni) qistamang! Ular o'zlariga va'da qilinayotgan azobni ko'radigan Kunda go'yo (bu 

dunyoda) faqat kunduzdan bir soatgina turgandek bo'lib qolurlar! (Bu Alloh tomonidan) bir bayonotdir. 

Bas, faqat fosiqlar qavmigina halok qilinur.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

347


MUHAMMAD SURASI 

 

 Surada janob Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.)ning ismi shariflari zikr etilgani uchun unga shu nom berilgan. 



Surada mo’minlar bilan kofirlar o'rtasida kechgan qurolli to'qnashuvlarda rioya etishlik lozim bo'lgan 

qonunqoidalar, Allohning dini yo'lida xolis xizmat qilish, munofiqlikning yomon oqibatlari, Allohga va 

Rasuliga itoat qilishning fazlu fazoillari va boshqa ilohiy tavsiyalar tasvirlangan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoye 

ketkazur.  

 

2. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan hamda Muhammadga nozil qilingan narsaga (Qur'onga) - 

holbuki, u Parvardigorlari tomonidan kelgan haqiqatdir - imon keltirgan zotlarning esa yomonlik 

(gunoh)larini o'chirur va ishlarini o'nglar.  

 

3. Bunga sabab - kofir bo'lganlarning nohaq (yo'l)ga ergashganlari, imon keltirganlarining esa 

Parvardigorlari (tomoni)dan bo'lmish haq (Qur'on yo'li)ga ergashganlaridir. Alloh insonlarga ularning 

misollarini mana shunday bayon qilur.  

 

4. Bas, (ey, mo’minlar,) qachonki, sizlar (jang maydonida) kofir bo'lganlar bilan to'qnashganlaringizda, 

bo'yinlariga uringiz (o'ldiringiz)! Bas, qachonki, ularni qirg'inga tutib asir olgach, arqonlar bilan 

bog'langiz! So'ng yo (ularni ozod qilib) marhamat ko'rsatursizlar, yo (qo'yib yuborib) fidya (tovon) 

olursizlar. Toki urush yuklarini qo'ygunicha (to'xtagunicha, sizlarga buyruq) mana shudir. Agar Alloh 

xohlasa, ular ustidan (jangsiz ham) g'alaba qilur edi, lekin U sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz 

bilan imtihon qilish uchun (sizlarni jangga buyurdi). Alloh yo'lida o'ldirilganlarning amallarini (U) sira 

zoye ketkizmas.  

 

Izoh: Hijratning uchinchi yilida Madina shahri hududidagi Uhud tog'i etagida musulmonlar bilan Makka 



mushriklari o'rtasida kechgan jangga oid oyatlar.  

 

5. Ularni (jannat yo'liga) hidoyat qilur va ishlarini isloh etur.  



 

6. Ularni (Alloh) O'zi ta'riflagan jannatga kiritur.  

 

7. Ey, imon keltirganlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (dinining rivoji uchun harakat 

qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur.  

 

8. Kofir bo'lgan kimsalar uchun esa halokat bo'lur va (Alloh) ularning amallarini zoye ketkazur.  

 

9. Bunga sabab ularning Alloh nozil qilgan narsalarni (Qur'on va undagi hukmlarni) yomon 

ko'rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning amallarini behuda ketkazur.  

 

10. Axir, ular yer yuzida sayr (sayohat) qilishib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari 

qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Alloh ularni yakson etdi-ku! Kofirlar uchun ham xuddi o'sha 

(oqibat)larning o'xshashi bo'lur.  

 

11. Bunga sabab imon keltirganlar Allohning do'sti (homiysi) ekani va kofirlarga esa hech qanday homiy 

yo'q ekanidir.  

 

12. Albatta, Alloh imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan 



jannatlarga kiritur. Kofir bo'lgan kimsalar esa (dunyo lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

348


yeganidek yeb-ichurlar va do'zax ularning joylaridir.  

 

13. (Ey, Muhammad,) Sizni haydab chiqargan shahar (Makka ahli)dan ko'ra (aholisi) quvvatliroq 

bo'lgan qanchadan-qancha shaharni halok qilganmiz. Bas, ularga biror yordamchi bo'lmagan.  

 

14. Axir, Parvardigori tomonidan (aniq) hujjatga (Qur'onga) ega bo'lgan kishi (Siz va mo’minlar) bilan 

qilgan yomon ishi o'ziga chiroyli ko'ringan va havoyi nafsiga ergashgan (kofir) barobar bo'lurmi?! 

 

15. Taqvoli zotlar uchun va'da qilingan jannatning misoli (sifati budir): Unda aynimas suvdan iborat 

daryolar ham, ta'mi o'zgarmas sutdan iborat daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (aqldan 

ozdirmaydigan) maydan bo'lmish daryolar ham va musaffo asaldan iborat daryolar ham bordir. Ular 

uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (u joyda) Parvardigorlari (tomoni)dan mag'firat bordir. 

(Ana shunday zotlar) do'zaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug'orilganda ichaklarini tilka-


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling