Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet62/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72

3. Agar Alloh ularga surgunni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asrga 

olish bilan) azoblagan bo'lur edik. Ular uchun oxiratda do'zax azobi ham bordir.  

 

4. Bunga sabab, ularning Alloh va Uning payg'ambariga qarshi turganlaridir. Kimki Allhga qarshi 



tursa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir.  

 

5. (Ey, imon keltirganlar,) sizlar (Banu Nazir xurmozorlaridan) biror xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki 

uni o'z tanalarida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (qilingan ish) Allohning izni bilan va fosiq 

(itoatsiz) kimsalarni rasvo qilish uchundir.  

 

6. Alloh O'z Payg'ambariga ulardan o'lja qilib bergan narsalar ustiga sizlar ot va tuyalarni minib 

borganlaringiz yo'q (qiynalib qo'lga kiritganlaringiz yo'q), lekin Alloh O'z payg' ambarlarini O'zi 

xohlagan kimsalardan ustun qilib qo'yar. Alloh har narsaga qodirdir.  

 

7. Alloh qishloq (shahar)larning (kofir) aholisidan o'z payg'ambariga o'lja qilib bergan narsalar - toki 

sizlardan boy-badavlat kishilar o'rtasidagina qo'lma-qo'l bo'lib yuraveradigan narsa bo'lib qolmasligi 

uchun - Allohga, Payg'ambarga va (u zotning) qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarga 

tegishlidir. Payg'ambar sizlarga keltirgan narsani olinglar, u sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va 

Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh jazosi qattiq zotdir.  

 

8. (U o'ljalar yana) o'z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar - kambag'al 

muhojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaganlar hamda Alloh va Uning payqambariga 

yordam berganlar. Aynan o'shalar (imonlarida) sodiqdirlar.  

 

9. Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madinadek) diyorda yashagan va imonni saqlaganlar (ansorlar) esa 

o'zlari (yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga berilgan narsa (o'ljalar) 

sababli hasad sezmaslar hamda o'zlarida ehtiyoj bo'la turib, (ehson qilishda o'zgalarni) ixtiyor qilurlar. 

Kimki o'z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalar iqbollidirlar.  

 

Izoh: Bu oyati karimada madinalik musulmonlar qanchalik oliyjanob muruvvatli va saxiy ekanlari ta'rif etilgan. 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

386


O'zlari muhtoj bo'laturib, narsalarini o'zga muhtojlarga ehson qilish bu saxovat va karamning eng yuqori 

cho'qqisidir. Bu xislat arab tilida "iysor" deyiladi.  

 

10. Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: "Ey, Rab bimiz, O'zing bizlarni va bizlardan ilgari 



imon bilan o'tganlarni mag'firat qilgin va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo 

qilmagin! Ey, Rabbimiz, albatta, Sen mehribon va rahmlidirsan!" 

 

11. (Ey, Muhammad,) munofiq kimsalar o'zlarining ahli kitoblaridan (yahudiylardan) bo'lmish kofir 

birodarlariga: "Qasamki, agar sizlar (Madinadan) quvib chiqarilsangizlar, albatta, bizlar ham sizlar 

bilan birga chiqib keturmiz va sizlar(ga qarshi harakat)da hech qachon hech kimga itoat etmasmiz. Agar 

sizlarga qarshi jang qilinsa, albatta, bizlar sizlarga yordam berurmiz",- dyishlarini ko'rmaysizmi? Alloh 

guvohlik berurki, ular, albatta, yolg'onchidirlar.  

 

12. Qasamki, agar (yahudiylar o'z diyorlaridan) quvib chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqib 

ketmaslar. Qasamki, agar (yahudiylarga qarshi) jang qilinsa, (munofiqlar) ularga yordam ham 

bermaslar. Mabodo yordam bersalar ham, albatta, yahudiylar (mag'lub bo'lib) ortlariga qarab 

qochurlar va keyin ularga yordam berilmas.  

 

13. (Ey, mo'minlar,) sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko'ra qo'rqinchliroqdirsizlar. Bunga 

sabab, ular (Allohning qudratini) anglamaydigan qavm ekanliklaridir.  

 

14. Ular (munofiq va yahudiylar) hammasi sizlar bilan faqat qal'ali qishloqlar (ichida berkinib) yoki 

devorlar ortidagina jang qila olurlar. Ular o'z o'rtalarida "kuchli"dirlar. (So'zlaridan) ularni bir deb 

hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.  

 

15. (Ular) xuddi o'zlaridan ozgina oldin o'tgan, o'z qilmishlarining uvoliga qolgan kimsalarning (Badr 

jangida yengilgan mushriklarning) o'xshashidirlar. Ularga (oxiratda ham) alamli azob bordir.  

 

16. (Ular) xuddi shaytonning o'xshashidirlar. Qaysiki, u insonga: "Kofir bo'l", - deydi. Bas, qachonki

(inson) kofir bo'lgach, (shayton unga): "Men sendan bezorman. Zero, men (barcha) olamlar 

Parvardigori - Allohdan qo'rqarman", - deydi. 

 

17. Bas, ikkisining (shayton va kofirning) oqibati do'zaxga kirib, unda mangu qolishlari bo'ldi. Zolim 



kimsalarning jazosi shudir.  

 

18. Ey, imon keltirganlar, Allohdan qo'rqinglar va (har bir) jon (egasi) ertangi kun (Qiyomat) uchun 

nimani (qanday amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh qilayotgan 

amallaringizdan xabardordir.  

 

19. Sizlar Allohni unutib qo'yganlar, bas, (shundan keyin Alloh) ularga o'zlarini ham unutdirib qo'ygan 

kimsalar kabi bo'lmangiz! Ana o'shalar fosiq (itoatsiz) kimsalardir.  

 

20. Do'zax ahli bilan jannat ahli barobar bo'lmas. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.  

 

21. Agar Biz ushbu Qur'onni biror tog' uzra nozil qilganimizda edi, albatta, u (tog')ni Allohning 

qo'rquvidan bo'yin sungan va yorilib ketgan holida ko'rgan bo'lur edingiz. Biz bu misollarni odamlarga 

zora ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.  

 

22. U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. 

U mehribon va rahmlidir.  

 

23. U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) pok, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

387


(bandalariga) omonlik beruvchi, kuzatib turuvchi, qudrat sohibi, bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir. 

Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir.  

 

24. U - Alloh, yaratuvchi, (yo'qdan) bor qiluvchi, (barcha narsaga) surat (va shakl) beruvchidir. Uning 

go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat 

sohibidir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

388


MUMTAHANA SURASI 

 

Mumtahana - imtihon qilinuvchi ayol.  



 

Surada mushriklardan qochib Madinaga hijrat qilib keluvchi ba'zi ayollarni haqiqiy mo'mina ekanligini sinab 

ko'rish lozimligi, musulmonlarga qarshi urushmayotgan, quvg'in qilmayotgan g'ayri dinlar bilan yaxshi 

muomalada bo'lish joizligi kabi tavsiyalar mavjud.  

 

 Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  



 

1. Ey, imon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz bo'lmish mushriklarni do'st 

tutmangizlar! Sizlar ularga do'stlik (haqida xabar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din 

va Qur'on)ni inkor etgandirlar. (Ya'ni,) ular payg'ambarning va sizlarning Rabbingiz bo'lmish Allohga 

imon keltirganlaringiz sababli (o'z diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening 

yo'limda jihod qilish uchun va Mening roziligimni istab chiqqan bo'lsangizlar (ularni do'st 

tutmangizlar)! Sizlar ularga pinhona do'stlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar yashirgan va oshkor 

qilgan narsani yaxshi biluvchidirman. Sizlardan kimki shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u to'g'ri yo'ldan 

ozibdi. 

 

Izoh: Payg'ambar (a. s.)ga xiyonat qilib Makka zodagonlariga yashirincha xat yozgan Xotib ibn Baltaa uzr 



aytganda, uzrini qabul etganlar. Lekin bu ish boshqalarga ibrat bo'lishi uchun oyatda ogohlantirilmoqda.  

 

2. (Ey, mo'minlar,) agar ular (mushriklar) sizlardan ustun kelsalar, dushmanlaringiz bo'lurlar va 



sizlarga qo'l va tillarini yomonlik bilan cho'zurlar. Yana ular sizlarni kofir bo'lishlaringizni istarlar.  

 

3. (Qiyomat kunida) sizlarga qarindoshlaringiz ham, farzandlaringiz ham sira foyda bermas! Qiyomat 

kuni (Alloh) o'rtalaringizni ajratib qo'yar. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

4. Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo'lgan kishilarda go'zal namuna bordir. Qaysiki, ular o'z 

qavmlariga: "Bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. 

Bizlar sizlarni inkor etdik. Toki, sizlar yolg'iz Allohga imon keltirmagunlaringacha, sizlar bilan bizning 

o'rtamizda mangu adovat va nafrat paydo bo'ldi", - dedilar. Faqat Ibrohimning o'z otasiga: "Albatta, 

men (Allohdan) sen uchun mag'firat so'rayman, (lekin) senga Alloh tomonidan bo'ladigan biror narsani 

(azobni) qaytarishga molik emasman", - degan so'zi bundan mustasnodir. (Ibrohim va birga bo'lgan 

mo'minlar duosi bu edi): "Ey, Rabbimiz, Sengagina tavakkul qildik, O'zingga qaytdik va qaytishimiz 

ham faqat sening huzuringgadir.  

 

5. Ey, Rabbimiz, Bizni kofir bo'lgan kimsalarga aldanuvchi qilib qo'ymagin, bizni mag'firat etgin! Ey, 

Rabbimiz, albatta, Sen O'zing qudrat va hikmat sohibidirsan." 

 

6. Darhaqiqat, sizlar uchun - Alloh va oxirat Kunidan umidvor bo'lgan kishilar uchun - ularda 



(mazkurlarda) go'zal namuna bordir. Kimki yuz o'girib ketsa, bas, albatta, Alloh (har narsadan) behojat 

va hamdga loyiq zotdir.  

 

7. Ehtimol, Alloh sizlar bilan sizlar dushman tutib yurgan kimsalar o'rtasida - (ularni Islomga kiritib) 

do'stlik paydo qilib qo'yar. Alloh qodirdir. Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 

8. Dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o'z diyorlaringizdan (haydab) chiqarmagan 

kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo'lishlaringizdan Alloh sizlarni 

qaytarmas. Albatta, Alloh adolatlilarni sevar.  

 

9. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o'z diyorlaringizdan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

389


(haydab) chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalar bilan 

do'stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular bilan do'stlashsa, bas, ana o'shalar zolim kimsalarning 

o'zidir.  

 

10. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (Makka kofirlari tomonidan) mo'minalar hijrat qilib kelsalar, 

sizlar ularni imtihon qilib ko'ringlar! Alloh ularning (dillaridagi) imonlarini yaxshi biluvchidir. Bas, 

agar ularning (haqiqatan) mo'mina ekanliklarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! 

Bular (ular) uchun halol emas va ular bular uchun halol emasdir, ularga sarflagan mahrlarini erlariga 

(qaytarib) beringlar! Qachonki, ularga (erlariga) mahrlarini bersangizlar, ularni nikohlaringizga olishda 

sizlarga gunoh yo'qdir. (Shuningdek), sizlar ham kofiralarning qo'llarini tutmanglar!* O'zlaringiz 

sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini (mo'minlardan) talab qilsinlar! Bu 

Allohning hukmidir. U sizlarning o'rtangizda hukm qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir. 

 

Izoh: Ya'ni kofira xotinlaringiz kofirlar bilan qolishni istasalar, qarshilik qilmangizlar. Izoh(a): "Bu Allohning 



hukmidir" oyatigacha mahrni qaytarib olishga doir hukmlar mansux bo'lgan, ya'ni amaldan qoldirilgan. 

(Madorik tafsiri).  

 

11. Agar juftlaringizdan birortasi kofirlar tomoniga o'tib ketsa-yu, (mahrini uning eriga qaytarmasalar) 



so'ng sizlar jazolasangizlar (va o'lja olsangizlar,) u holda juftlari (kofirlar tomoniga o'tib) ketgan 

kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar va o'zlaringiz imon keltiruvchi bo'lgan Allohdan 

qo'rqinglar! 

 

12. Ey, Payg'ambar, qachonki, Sizning oldingizga mo'minalar kelishib, Sizga o'zlarining Allohga biror 



narsani sherik qilmasliklariga, o'g'irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o'z bolalarini 

o'ldirmasliklariga, qo'llari va oyoqlari orasida to'qib oladigan buhtonni keltirmasliklariga* hamda biror 

yaxshi ishda Sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, Siz ularning qasamyodlarini qabul 

qiling va ular uchun Allohdan mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. Izoh: Bu 

oyatdagi bo'hton to'qishdan murod boshqadan tuqilgan bolani o'z eriga sendan deb o'tkazishdir.  

 

13. Ey, imon keltirganlar, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan qavm bilan do'stlashmangizlar! Xuddi 

barcha kofirlar qabr egalari (qayta tirilishlari)dan noumid bo'lganlaridek, ular ham oxiratdan noumid 

bo'lgandirlar.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

390


SAF SURASI 

 

Saf - saf tortish, qator turish.  



 

Surada Muso va Iso (a. s.)larning o'z qavmlaridan ozorlanishlari, Alloh yo'lida jihod qilish va boshqa muhim 

ma'lumotlarni o'qiysiz.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.  

 

2. Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?! 

 

3. Sizlarning o'zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz, Alloh nazdida katta nafrat 

(boisi)dir.  

 

4.Albatta, Alloh O'zining yo'lida go'yo tutash binolardek saf tortib, jang qiladigan zotlarni sevar. Eslang, 

Muso o'z qavmiga: "Ey, qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambari 

ekanimni bila turib, ozor berursizlar?" - degan edi.  

 

5. Bas, qachonki, ular (Haq yo'lidan) og'ishgach, Alloh ularning dillarini (hidoyatdan) og'dirib qo'ydi. 

(Zotan), Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas.  

 

6. Eslang, Iso ibn Maryam: "Ey, Isroil avlodi, men Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambaridirman. 



(Men) o'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg'ambar 

haqida xushxabar beruvchiman", - degan edi. Bas, qachonki, (Iso) ularga (payg'ambar ekaniga) hujjat 

(mo''jiza)larni keltirgach, ular "bu aniq sehr", - dedilar.  

 

7. O'zi Islomga da'vat qilinayotganda (uni qabul qilish o'rniga) Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan 

kim ham zolimroqdir?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas.  

 

8. Ular Allohning nurini (Islomni) og'izlari (behuda gaplari) bilan o'chirmoqchi bo'lurlar. Alloh esa, 

garchi kofirlar ёqtirmasalarda, O'z nurini (dinini) kamolga yetkazuvchidir.  

 

9. U o'z payg'ambarini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar yoqtirmasalar-da - barcha dinlar 

uzra g'olib qilish uchun yuborgan zotdir.  

 

10. Ey, imon keltirganlar, sizlarni alamli azobdan qutqaradigan bir "tijorat"ga boshlayinmi? 

 

11. (O'sha "tijorat" shuki) - Alloh va Uning payg'ambariga imon keltirursizlar va Alloh yo'lida 

mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilursizlar. Mana shu, agar bilsangizlar, o'zlaringiz uchun yaxshi 

(ish)dir.  

 

12. (Agar shunday qilsangizlar, Alloh) sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilur hamda sizlarni ostidan 

anhorlar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur. Bu esa ulkan 

yutuqdir.  

 

13. (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne'matni ham berurki, u) Alloh tomonidan 

bo'lajak g'alaba va yaqin(da ro'y beruvchi) fathdir*. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga (mana shu) 

xushxabarni yetkazing! 

 

Izoh: U Makka fathidir. Bu voqea hijratning sakkizinchi yili ro'y berdi. Ya'ni, Makka ahli qurolli to'qnashuvsiz 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

391


o'z ixtiyorlari bilan Islomga kirdilar.  

 

14. Ey, imon keltirganlar, Allohning yordamchilari bo'lingiz! Xuddi Iso ibn Maryam havoriylarga: 



"Allohga (ya'ni, uning diniga da'vat qilishimda) kim mening yordamchilarim bo'lur?" - deganidek. 

Havoriylar aytdilar: "Biz Allohning (diniga) yordam beruvchilarmiz". Bas, Isroil avlodidan bir toifa 

(Isoga) imon keltirdi. Va bir toifa kofir bo'ldi. Bas, Biz imon keltirgan zotlarni dushmanlaridan kuchli 

qildik, bas, ular g'olib bo'ldilar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

392


JUM'A SURASI 

 

Surada bir necha muhim ma'lumotlar qatorida jum'a namozining ahamiyati, unga azon aytilganda, savdoni 



to'xtatib uning sari ravona bo'lish lozimligi, Tavrot va Injilga amal qilmagan ahli kitoblar tanqidi va boshqa 

eslatmalar aks ettirilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi 



bo'lmish Allohga tasbeh aytur.  

 

2. U (Alloh) omiylar (savodsiz kishilar) orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat 

qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni 

o'rgatadigan (bir) payg'ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, ular payg'ambar 

kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar.  

 

3. (Alloh uni) yana ulardan boshqalarga - ularga yetisha olmagan (dunyoga keyin keladigan insonlarga 

ham yubordi). U qudrat va hikmat sohibidir.  

 

4. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulug' fazl sohibidir.  

 

5. Tavrot yuklatilgan (berilgan), so'ngra uni ko'tara olmagan (unga amal qilmagan) kimsalarning misoli 

xuddi kitoblarni ko'tarib ketayotgan eshakka o'xshaydi. Allohning oyatlarini inkor etgan qavmning 

misoli naqadar yomondir. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas.  

 

6. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, yahudiy bo'lganlar, agar sizlar (boshqa) odamlarni emas, faqat 

o'zlaringizni Allohning do'stlari deb da'vo qilsangizlar - agar (shu da'volaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar 

- o'limni orzu qilinglar-chi?" 

 

7. Qo'llari (o'zlari) qilib qo'ygan ishlari (Tavrotga xilof qilmishlari) sababli hech qachon (o'limni) orzu 

qila olmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.  

 

8. Ayting: "Sizlar qochayotgan o'lim, albatta, sizlarga yo'liquvchidir! So'ngra sizlar yashirin va oshkora 

narsalarni biluvchi (Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini 

berur".  

 

9. Ey, imon keltirganlar, qachonki, jum'a kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri 



sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar! Agar biladigan bo'lsangizlar, mana shu 

(ish) o'zlaringiz uchun yaxshidir.  

 

10. Bas, qachonki, namoz ado qilingach, yerda tarqalib, Allohning fazli (rizqi)dan istayveringizlar! 

Allohni ko'p yod etingizlar, shoyad (shunda) najot topursizlar.  

 

11. Qachonki, ular biror tijoratni yoki o'yin-kulgini ko'rib qolsalar, o'shanga qarab tarqalib ketib, Sizni 

(minbarda) tik turgan holingizda tark eturlar. Ayting: "Alloh huzuridagi narsa (mukofotlar) o'yin-

kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog'idir". 

 

Izoh: Darhaqiqat, bu bo'lgan voqea ekanligi rivoyatlarda sobitdir. Qaysiki, Madinada jum'a namozi oldidan 



Rasululloh minbarda xutba aytib turganlarida tijoratchilar karvoni yuk bilan kelib qoladi. Buni sezgan 

namozxonlarning ko'pchiligi namozni tark etib, karvon sari ketib qoladilar. Mana shu nuqsonni Alloh Taolo 

tanbeh uchun eslatmoqda.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling