Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet7/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72

7. U Sizga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zotdir. Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish (ma'nosi) aniq 

oyatlar va (shu bilan birga) boshqa mutashobih (ma'nosi O'zidan o'zgaga noma'lum) oyatlar ham bor. 

Ammo, dillarida og'ish bor kimsalar odamlarni fitnaga solish va o'z talqiniga muvofiq ma'nolar berish 

uchun uning (Qur'onning) mutashobih oyatlariga ergashadilar. Holbuki, unday oyatlar ta'vili (asl 

ma'nosi)ni faqat Allohning O'zigina bilur. Ilmda mustahkam (haqqoniy olim)lar esa deydilar: "Unga 

imon keltirdik. Hamma (oyatlari) Rabbimiz huzuridandir". (Bundan) faqat aql egalarigina eslatma 

olurlar.  

 

Izoh:Darhaqiqat, Qur'oni karimda ma'nosi aniq va ravshan oyatlar bilan bir qatorda ba'zan "mutashobih" - 



ishtibohli oyatlar, ya'ni, zohiriy va lug'aviy ma'nosini aytish mumkin bo'lmaydigan murakkab oyatlar ham 

mavjud. Masalan, Toho surasining 5-oyatida: "Rahmon bo'lmish zot Arsh uzra mustaviy bo'ldi", -deyiladi. Bu 

yerdagi "mustaviy bo'ldi" iborasini tik bo'ldi, to'g'ri bo'ldi, o'rnashdi, egalladi kabi mazmunda tarjima qilish 

mumkin bo'lsa-da, bulardan qaysi biri to'g'ri ekani yoki boshqa ma'nosi borligini faqat Allohning o'zi biladi. Bu 

kabi oyatlarni faqat ularga imon keltirib, Allohdan ekanligini tasdiqlab qo'yish uchun nozil qilgan. Ularni tub 

mohiyatiga yetib borib, hayotga tatbiq etishga buyurilmaydi.  

 

8. "Ey, Rabbimiz, bizni hidoyat yo'liga solganingdan keyin dillarimizni (to'g'ri yo'ldan) og'dirma va 



bizga huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen (barcha ne'matlarni) ato etuvchidirsan.  

 

9. Ey, Rabbimiz, albatta, Sen odamlarni beshak (keladigan) Kun (qiyomat)ga yig'uvchidirsan. Albatta, 

Alloh va'daga xilof qilmagay".  

 

10. Kofir bo'lganlarning mol-mulklari ham, farzandlari ham ularni aslo Alloh (azobi)dan qutqara 



olmaslar. Do'zaxning yonilg'isi o'shalardir.  

 

11. (Ularning holi) xuddi Fir'avn zodagonlari va ulardan oldin o'tgan (kofir)lar holi kabidir: ular 

oyatlarimizni yolg'onga chiqarishgach, Alloh ularni gunohlari (kufrlari) tufayli jazolagan edi. Alloh 

jazosi shiddatli zotdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

35

 



12. Kofir bo'lganlarga ayting: "Sizlar (bu dunyoda) mag'lub bo'lursizlar va (oxiratda) jahannamga jam 

qilinursizlar. Naqadar yomon joy u!"  

 

13. Sizlar uchun (ey, Makka mushriklari,) ikki to'qnashgan guruh (voqeasi)da ibrat bor. Qaysiki, 

ulardan biri Alloh yo'lida jang qiluvchi, ikkinchisi esa kofir edi. Ular (mushriklar) ko'ziga ular 

(musulmonlar) ikki barobar ko'p bo'lib ko'rindi. Alloh xohlagan kishilarni O'z yordami bilan qo'llab-

quvvatlaydi. Albatta, bunda ko'z egalari uchun ibrat bordir.  

 

Izoh:So'z Badr jangi to'g'risida ketmoqda. Bu jangda musulmonlar soni Makka mushriklaridan kam bo'lishiga 



qaramasdan g'alaba qozonganlar.  

 

14. Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum oltin-kumushlar, saman otlar, chorva va ekinlarga 



nisbatan mehr qo'yish ziynatli qilib qo'yildi. Bular (aslida) dunyo hayotining (o'tkinchi) matohidir. 

Allohning huzurida esa (bundan) chiroyli joy (jannat) bordir.  

 

15. Ayting (ey, Muhammad): "Sizlarga bulardan ham yaxshiroq narsa haqida xabar beraymi? Taqvodor 



kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy yashaladigan bog'lar, 

pok xotinlar va Allohning rizosi bor. Alloh bandalarni ko'rib (kuzatib) turuvchidir".  

 

16. (Ular): "Ey, Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz. Bas, bizning gunohlarimizni kechir va bizni 

do'zax azobidan asra!" - deydilar.  

 

17. (Ular) sabrli, sadoqatli, itoatli, saxovatli va sahar chog'larida Allohdan mag'firat so'raydiganlardir.  

 

18. Adolatda (barqaror) turib, Alloh guvohlik beradi: "Allohdan o'zga iloh yo'qdir". Farishtalar va ilm 

egalari ham (buni ta'kidladilar). (Albatta,) qudratli va hikmatli Allohdan o'zga iloh yo'qdir.  

 

19. Albatta, Alloh nazdida (maqbul) din Islom (dini)dir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)ga 

ma'lumot (tavhid va Muhammad to'g'risidagi vahiy) kelgandan keyin hasad yuzasidan o'zaro ixtilof 

(inkor) qilishga o'tdilar. Kim Allohning oyatlarini inkor etsa, (bilib qo'ysinki,) Alloh tez hisob-kitob 

qiluvchi zotdir.  

 

20. Agar Siz bilan (din haqida) bahslashsalar, "(Men) va menga ergashganlar o'zimizni Allohga bo'yin 

sundirdik", - deb ayting! So'ng, ahli kitoblar va (kitob berilmagan) savodsiz (mushrik arablar)dan: 

"Islomga kirdingizmi?" - deb so'rang. Agar Islomga kirsalar, demak, to'g'ri yo'lni topibdilar. Agar bosh 

tortsalar, bas, Sizning burchingiz, faqat (ularga haqiqatni) yetkazib qo'yishdir. Alloh bandalarni ko'rib 

(kuzatib) turuvchidir.  

 

21. Allohning oyatlarini inkor etadigan, payg'ambarlarni nohaq qatl qiladigan va adolatga chaqiruvchi 

kishilarni o'ldiradigan kimsalarga alamli azob haqida "bashorat" bering!  

 

22. Qilgan amallari bu dunyo va oxiratda behuda ketadigan va ularga yordamchilar ham bo'lmaydigan 

kimsalar ana o'shalardir.  

 

23. Ko'rmadingizmi (ey, Muhammad,) Kitob (Tavrot ilmi)dan nasiba berilgan kimsalar o'z oralarida 



hakamlik qilish uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlaridan keyin ularning bir guruhi yuz o'girib 

ketdilar?! 

 

24. Bu (yuz o'girishlari)ning sababi - "Bizga do'zax o'ti faqat sanoqli kunlardagina tegadi", - degan 

gaplaridir. O'zlari to'qigan uydirma gaplari ularni dinda aldab qo'ydi.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

36

Izoh:Ularning buzuq e'tiqodlariga binoan, ular do'zaxda 40 kun yoki 7 kun jazolanar emishlar.  

 

25. Ularni shubhasiz (keladigan) Kun (qiyomat)ga to'plaganimizda va har bir jonga zulm qilinmagan 

holda o'z amallariga yarasha to'la jazo va mukofot berilganda, (hollari) ne kechar?!  

 

26. Ayting: "Ey, hukmronlik egasi - Alloh, Sen xohlagan kishiga hukmronlik ato etursan va xohlagan 

kishingdan hukmronlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan va xohlagan kishingni xor 

etursan. Yaxshilik Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen hamma narsaga qodirsan.  

 

27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan. O'likdan tirikni chiqarursan va 

tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan".  

 

Izoh:O'likdan tirikni chiqarish deganda bir tomchi jonsiz shahvat suvidan jonzotni yaratishi, tuxumdan jo'ja 



chiqarishi yoki kofirdan mo'min farzandni paydo qilishi, shuningdek, tirikdan o'likni chiqarish deganda 

mazkurlarning aksini tushunish kerak bo'ladi.  

 

28. Mo'minlar turganida mo'minlar kofirlarni do'st tutmasinlar! Kim shunday qilsa, Allohga hech 



qanday daxli qolmas. Magar, ulardan ehtiyot bo'lish uchun (yuzaki muomala qilsangiz) mumkindir. 

Alloh sizlarni "O'zidan" ogohlantiradi. Alloh (huzuri)ga, albatta, qaytish bordir.  

 

29. Ayting: "Ko'ksingizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh uni bilur. Osmonlaru 

Yerdagi narsalarni (ham U) bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir.  

 

30. Har bir jon o'zi qilgan yaxshi va yomon amallari (ko'z o'ngida) hozir qilingan Kun (qiyomat)da ular 



(yomon amallari) bilan uning o'rtasi uzoq masofa bo'lishini orzu qiladi. Alloh sizlarni "O'zidan" 

ogohlantiradi. Alloh bandalarga mehribondir.  

 

31. Ayting (ey, Muhammad): "Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi 

va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir".  

 

32. Ayting: "Alloh va payg'ambarga itoat etingiz!" Agar yuz o'girsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni 

sevmas.  

 

33. Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg'ambarlik 

uchun) tanladi 

 

34. (ularni) bir-birlaridan zurriyot etib. Alloh eshituvchi va bilimdon zotdir.  

 

Izoh: Ya'ni ularning ota-bobolari bir nasldan tarqalgan suloladir. Masalan, Muso bilan Horun Imrondan, 



Imron Yashardan, Yashar Qohasdan, Qohas Lovaydan, Lovay Ya'qubdan, Ya'qub Ishoqdan. Shuningdek, Iso 

Maryamdan, Maryam Imrondan, Imron Mosondan, Moson Yahudoga borib yetadi, Yahudo esa Ya'qub 

o'g'illaridandir. Ularning hammasi Ibrohim Xalilullohga zurriyotdir. Shuningdek, Muhammad (a. s.) ham 

Ibrohim (a. s.)ning Ismoil nomli o'g'illariga zurriyotdirlar. Ikkinchi tafsiri shuki, ular bir-birlariga din 

yuzasidan zurriyot sanaladilar. Zero, hammasining dini ham tavhidga asoslangan ilohiy dindir.  

 

35. Eslang (ey, Muhammad,) Imronning xotini: "Ey, Rabbim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo 



ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. (Uni) mendan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi va bilimdon 

zotdirsan", - deb duo qildi.  

 

36. Ko'zi yorigach, dedi: "Ey, Rabbim, men qiz tug'dim", - vaholanki, Alloh uning nima tuqqanini 

yaxshiroq bilardi. Axir, (u kutgan) o'g'il bu qizdek (xislatli) bo'lmasdi. - "Men unga Maryam deb ism 

qo'ydim va unga hamda zurriyotiga quvg'in etilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

37

Sendan so'rayman".  



 

37. Bas, Parvardigori uni (Maryamni nazrlikka) husni qabul etib, yaxshi parvarish qildi va Zakariyo 

qaramog'iga topshirdi. Har gal Zakariyo (Maryamning) oldiga - mehrobga kirganida, oldida rizq 

(muhayyo) turganini ko'rar edi. U: "Ey, Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?" - deb so'rasa, 

(Maryam): "Bular Alloh huzuridan. Albatta, Alloh O'zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur", - deb 

javob berar edi.  

 

38. O'sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qildi: "Rabbim, menga (ham) o'z huzuringdan pok zurriyot ato 



et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan".  

 

39. So'ngra, mehrobda turib namoz o'qiyotganida, farishtalar unga nido qildilar: "Alloh senga Yahyo 

(ismli farzand) xushxabarini berur va u Allohning so'zini tasdiq etadigan, (o'z qavmiga) peshvo bo'lib, 

(shahvatlardan) o'zini tiyadigan solih payg'ambarlardan (bo'lur)".  

 

40. (U dedi): "Rabbim, o'zim keksaygan, xotinim esa tug'mas bo'lsa, menga o'g'il qayoqdan bo'lsin?" 

(Alloh) dedi: "Shunday, (lekin) Alloh xohlagan ishini qilur".  

 

41. (U) dedi: "Rabbim, menga (homiladan darak beruvchi) biror belgi bergin". (Alloh) aytdi: "Senga 

belgi shuki, uch kun imo-ishoradan tashqari odamlarga gapira olmaysan. Rabbing zikrini ko'p qil va 

ertayu kech tasbeh ayt!"  

 

Izoh:Uning tili Allohga zikr va tasbeh aytishga bemalol kelar, odamlar bilan gaplashishga esa soqov bo'lib 



qolar edi.  

 

42. Farishtalar: "Ey, Maryam, Alloh seni (fazli uchun) tanlab oldi va (yomon ishlardan) pokladi hamda 



seni butun olam ayollaridan mumtoz etdi.  

 

43. Ey, Maryam, Rabbingga itoat et, sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan birga ruku' qil!" - deganlarini 

eslang! 

 

44. (Ey, Muhammad,) g'ayb xabarlaridan bo'lmish bu (qissa)ni Sizga vahiy qilmoqdamiz. Zero, 

Maryamga qaysilari kafil bo'lsin (aniqlash) uchun qalamlarini (qur'a niyatida) tashlaganlarida ular 

huzurida bo'lmagansiz, (shu xususda) nizolashganda ham ular huzurida bo'lmagansiz.  

 

45. Eslang, farishtalar: "Ey, Maryam, Alloh senga O'zining "kalimasi" xushxabarini beradikim, uning 



ismi Iso Masih ibn Maryam bo'lib, dunyoyu oxiratda obro'li va (Allohga) yaqinlardandir.  

 

46. Odamlarga go'daklik chog'ida ham, voyaga yetganda ham gapiradigan, solih bandalardan bo'lur", - 

dedilar.  

 

Izoh:Iso Masihning qiyomatga yaqin osmondan Yerga tushib odamlar bilan gaplashishiga shu oyatni dalil 



sifatida keltiradilar.  

 

47. (Maryam) dedi: "Rabbim, menga inson (qo'li) tegmagan bo'lsa, qayoqdan menga farzand bo'lsin?" 



Alloh aytdi: "Shunday, (lekin) Alloh O'zi xohlagan narsasini (xohlagan tarzda) yarataveradi. Qachon 

biror ishni iroda qilsa, faqatgina unga "Bo'l!" desa, bas, u bo'laveradi".  

 

Izoh:Iso (a. s.)ning bir nomi "Allohning kalimasi"dir. Zero, ul zot Allohning bir kalimasi, ya'ni "Bo'l!" - degan 



so'zi bilan paydo bo'lganlar.  

 

48. Unga (Isoga Alloh) yozishni, (ilmu) hikmatni, Tavrot va Injilni ta'lim beradi.  



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

38

 



49. Shuningdek, uni Isroil avlodiga payg'ambar (qilib yuboradi va u aytadi): "Men sizlarga Rabbingiz 

huzuridan (payg'ambarligimga dalolat qiluvchi) mo''jiza bilan keldim; men sizlarga loydan qush 

shaklini yasab, unga dam ursam, u Allohning izni bilan (rostakam) qush bo'ladi. Ko'r va pesni 

tuzataman. Allohning izni bilan o'liklarni tiriltiraman hamda sizlarning yeyayotgan va zaxirada 

saqlayotgan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo'min bo'lsangizlar, albatta, bu ishlarda sizlar uchun 

alomat bordir.  

 

50. (Men) o'zimdan oldingi (nozil etilgan) Tavrotni tasdiqlash va sizlar uchun harom qilingan ayrim 

narsalarni halol qilib berish uchun keldim. Yana, sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. Shunday ekan, 

Allohdan qo'rqingiz va menga itoat qilingiz!  

 

51. Darhaqiqat, Alloh mening Rabbim va sizning ham Rabbingizdir. Unga ibodat qilingiz! To'g'ri yo'l 

shudir. "  

 

52. Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: "Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?" Havoriylar 



aytdilar: "Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo'yin sunuvchi) 

musulmon ekanimizga guvoh bo'lgin (ey, Iso!)  

 

53. Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, 

bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga (qo'shib) yozgin!"  

 

54. Ular (yahudiy kofirlari Isoning qatli borasida) makr qildilar. Alloh ham "makr" qildi. Alloh 

makkorlarning yaxshisidir.  

 

Izoh:Allohning "makri" bu yerda ularning makri muqobiliga beradigan jazosidir. Zero, Allohni makkor deb 



sifatlash joiz bo'lmagan bo'lur edi.  

 

55. Alloh aytdi: "Ey, Iso! Men seni vafot ettiruvchi*, huzurimga ko'taruvchi, inkor etganlardan seni 



poklovchi (xalos etuvchi) hamda senga ergashganlarni qiyomat kunigacha kofirlardan yuqori 

qo'yuvchidirman. * So'ngra, Menga qaytursizlar. O'shanda sizlar ixtilof qilgan (kelisha olmagan) 

narsalar borasida o'rtangizda hakamlik qilurman.  

 

Izoh:Bu oyatdagi "vafot ettiruvchi" iborasini turli xil tafsir qilganlar. Binobarin, Iso (a. s.)ni Alloh o'z huzuriga 



tirigicha ko'targanmi yoki haqiqatan ham vafot ettirib, so'ng ko'targanmi degan savolga tadqiqotchi 

ulamolarning ba'zilari: "Bu yerdagi vafot so'zi uyqu ma'nosidadir. Uni oldin uxlatib qo'yib, so'ng ko'targan 

yoki vafot ettirishi osmonga chiqqanlaridan keyindir" - desalar, boshqa tafsir sohiblari jonsiz holda 

ko'tarilganlar deb ta'kidlaydilar. Biz - hanafiylarning aqidamiz bo'yicha, Iso (a. s.) tirik holda ko'tarilganlar, 

deymiz. Oyatni esa: "Ey, Iso! Men seni o'z ajaling bilan vafot ettiruvchiman, ularning qatli bilan emas", - deb 

ta'vil qilamiz. Izoh(a): Ushbu oyatda nasroniy dini ham qiyomat kunigacha boqiy qolishiga ishorat bordir.  

 

56. Bas, kofir bo'lganlarni dunyo va oxiratda shiddatli azob bilan azoblayman. Ular uchun yordamchilar 



bo'lmas.  

 

57. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotni mukammal berur. Alloh zolimlarni 

yoqtirmas".  

 

58. Bu Sizga tilovat qilayotganimiz oyatlar va hikmatli zikrlardandir.  

 

59. Albatta, Isoning (otasiz tug'ilish) misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam (Ato) kabidirki, uni 

tuproqdan yaratib, so'ngra unga "Bo'l!" dedi, bas, (u) bo'ldi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

39

60. (Bu) Haq (So'z) Rabbingizdandir. Bas, shubha qiluvchilardan bo'lmang!  



 

61. Sizga kelgan shu (haqqoniy) bilimdan keyin (nasroniylardan) kim Siz bilan (Iso) to'g'risida 

bahslashmoqchi bo'lsa, (unday kimsalarga) ayting: "Kelinglar, o'g'illarimiz bilan o'g'illaringizni, 

xotinlarimiz bilan xotinlaringizni, o'zimiz bilan o'zlaringizni chorlab, so'ng (birgalikda) iltijo qilamiz, 

bas, yolg'onchilarga Alloh la'natini tilaymiz".  

 

Izoh:"Madorik" tafsirida aytilishicha, Nijron qabilasining yepiskopi Oqib boshchiligida nasroniylar uchrashuv 



belgilangan joyga yaqinlashganlarida payg'ambarimiz nabiralari - Hasan, Husan va Fotima qizlari bilan 

kelayotganini ko'rishadi. Shunda Oqib o'z izdoshlariga: "Ey, nasroniylar jamoasi! Ortingizga qaytaveringiz! 

Men biz bilan bahslashish uchun kelayotgan shunday zotlarni ko'rayapmanki, ular agar Allohdan tog'ni 

ko'chirishni so'rasalar ham ijobat bo'lur", - deb qaytib ketishgan ekan.  

 

62. Albatta, bu rost qissadir. Allohdan o'zga iloh yo'q. Allohning O'zigina qudrat va hikmat egasidir.  



 

63. (Shunda ham) agar yuz o'girsalar, albatta, Alloh buzg'unchilarni (yaxshi) biluvchidir.  

 

64. Ayting (ey, Muhammad): "Ey, kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar), biz bilan sizning o'rtamizda 

(ahamiyati) barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani 

sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birlarimizni iloh qilib olmaylik!" Agar (bu taklifdan) yuz 

o'girsalar, (sizlar ularga): "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", - deb aytingiz!  

 

65. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Ibrohim haqida (u bizning dinimizda bo'lgan deb) bahslashasizlar? 

Axir, Tavrot bilan Injil undan keyin nozil bo'lgan-ku! Aqlni ishlatmaysizmi?!  

 

66. Ey, siz (ahli kitoblar) - o'zingiz biladigan narsalar (Muso va Iso) haqida (bilib-bilmay) 

bahslashdingiz. Nega endi bilmagan narsangiz (Ibrohim dini) haqida bahslashasiz? Alloh bilur, sizlar esa 

bilmaysizlar.  

 

67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki to'g'ri yo'ldan toymagan (hanif) musulmon 

bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan.  

 

68. Odamlar ichida Ibrohimga yaqinrog'i - unga ergashganlar, ushbu payg'ambar (Muhammad) va 

mo'minlardir. Alloh (esa) mo'minlarning do'stidir.  

 

69. Ahli kitoblardan bir toifasi sizlarni (to'g'ri yo'ldan) yanglishtirishni istaydilar. Lekin, o'zlari 

sezmagan holda faqat o'zlarinigina yanglishtiradilar.  

 

70. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Allohning (Tavrotdagi Muhammad haqida kelgan) oyatlarini inkor 

etasiz, vaholanki, o'zlaringiz unga guvohsizlar?!  

 

71. Ey, ahli kitoblar, nima uchun o'zingiz bila turib haqni nohaqlikka aralashtirasiz va haqiqatni 



yashirasiz?! 

 

72. Ahli kitoblardan bir toifasi (bir-birlariga shunday) deyishdi: "Mo'minlarga nozil qilingan narsa 

(Qur'on)ga kunning boshida imon keltirib, oxirida uni inkor etinglar, shoyad (shunda) ular (ham 

imonlaridan) qaytsalar.  

 

Izoh:Ya'ni sizlarga taqlid qilib ular ham o'z dinlaridan qaytsalar ajab emas, degan ma'noda bir-birlariga 



tavsiya etdilar. Bu qiblaning Ka'ba tomonga o'zgarishi xususida edi. Ahli kitoblar shu uslub bilan 

musulmonlarni chalg'itmoqchi bo'lganlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

40

73. Diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmangizlar". Ayting (ey, Muhammad): "To'g'ri yo'l - 



bu Allohning yo'li". (Ahli kitoblar davom etib dedilar): "Toki biror kishiga sizlarga berilgan ma'lumot 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling