Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet15/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72

o'sha mazax qilgan narsalari (ya'ni, haqiqat) qamrab oldi (halok etdi).  

 

11. Ayting: "Yerni sayr qilib (aylanib) chiqinglar. So'ngra (payg'ambarni) yolg'onchiga 

chiqarganlarning (oxir-)oqibati ne bo'lganini ko'ringlar!" 

 

12. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi bor narsa kimniki?" Ayting: "Allohniki". (U) O'ziga rahmatni (bor 

mavjudotga rahm-shafqat qilishni) yozdi (va'da qildi). Sizlarni, albatta, Qiyomat kuniga jam qilajak. 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

81

Bunda shak yo'qdir. O'zlariga (nisbatan) ziyonkor bo'lganlar (bunga) imon keltirmaydilar.  



 

13. Kecha va kunduzda sokin turuvchi narsalar (ham) Unikidir. U eshituvchi va biluvchidir.  

 

14. Ayting: "Osmonlaru Yerni ixtiro etgan, (o'zgalarga) yedirib, O'zi yemaydigan - Allohdan o'zgani 

do'st tutayinmi?!" Ayting: "Darhaqiqat, men musulmonlarning birinchisi bo'lishga buyurildim. Aslo 

mushriklardan bo'lmangiz! (deb ham)" 

 

15. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga nofarmonlik qilsam, ulug' Kunning azobidan qo'rqaman".  

 

16. O'sha kuni kimdan u (azob) chetlatilsa, demak, (Alloh) unga rahm qilibdi. Bu aniq yutuqdir.  

 

17. Agar Alloh Sizga biror zarar (musibat) yetkazsa, Undan o'zga uni bartaraf etuvchi yo'qdir. Agar 

Sizga biror xayrlik yetkazsa, (bilingki,) U hamma narsaga qodirdir.  

 

18. Bandalari ustidan U g'olibdir. U hikmatli va xabardordir.  

 

19. Ayting: "Guvohlik bo'yicha qaysi narsa kattaroq?" (Yana o'zingiz) ayting: "Alloh. (U) men bilan 



sizlarning o'rtamizda guvohdir. Sizlarni va (da'vatim) yetib borganlarni ogohlantirish uchun menga 

ushbu Qur'on vahiy qilindi. Sizlar haqiqatan ham, Alloh bilan birga boshqa ilohlar (ham) bor, deb 

guvohlik berasizmi?" Ayting: "(Men) guvohlik bermayman". Ayting: "Darhaqiqat, U yagona ilohdir. 

Men esa, sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman".  

 

20. Biz Kitob bergan (yahudiy va nasroniy)lar uni (Muhammadni) o'z o'g'illarini tanigandek taniydilar. 

O'zlariga ziyon qilganlargina (unga) imon keltirmaydilar.  

 

21. Alloh (sha'ni)ga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga yo'yuvchi kimsadan kim ham 

zolimroq ekan? Albatta, zolimlar tole topmaslar.  

 

22. Ularning hammasini yig'ib, keyin shirk keltirganlarga Biz: "(Alloh deb) hisoblab yurgan sheriklaring 

qani?" - deydigan Kunni (eslang!)  

 

23. So'ngra ularning fitnasi ("uzri") faqat: "Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!" 

- deyishlari bo'lur.  

 

24. O'zlari nomidan yolg'on gapirishlarini va to'qib yurgan (soxta ma'bud)larning ulardan yo'qolib 

ketganini ko'ring! 

 

25. Ular ichida (Qur'on o'qiganingizda) Sizga quloq soladiganlari ham bor. Uni fahmlamasliklari uchun 

qalblariga parda, quloqlariga og'irlik (paydo) qildik. Har (turli) mo''jizani ko'rsalar (ham) unga 

ishonmaydilar. Hattoki, Siz bilan bahslashgani huzuringizga kelganlarida, kufrga ketganlar: "Bu 

avvalgilardan qolgan afsonalardan boshqa narsa emas", - deydilar.  

 

26. Ular undan (Islomdan) qaytaradilar va undan (o'zlari ham) uzoqlashadilar. Sezmagan hollarida 

faqat o'zlarinigina halok qiladilar.  

 

27. Do'zax uzra to'xtatib qo'yilganda, "Oh, koshki edi (dunyoga) qaytarilsak, Rabbimiz oyatlarini 

yolg'onga chiqarmay, mo'minlardan bo'lsak", - deganlarini ko'rganingizda edi!  

 

28. Yo'q! Ularga oldindan yashirib yurgan (sir)lari fosh bo'lib qoldi. Bordiyu (dunyoga) qaytarilsalar 



ham, (yana o'sha) taqiqlangan narsalarga qaytgan bo'lur edilar. Ular, haqiqatan, yolg'onchilardir! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

82

29. Yana: "Shu dunyo hayotidan boshqa hech narsa yo'q. Biz (qayta) tiriltiriluvchi emasmiz", - degan 



bo'lur edilar.  

 

30. Parvardigorlari huzuriga turg'izib qo'yilganlarida (Alloh): "Shu (qayta tirilish) haq emas ekanmi?" - 

deganida, (ular): "Rabbimiz haqqi, yo'q! (haq ekan!)" - deganlarini, (Alloh): "Kufrda bo'lganingiz 

sababli shu azobni totingizlar!" - deyishini ko'rsangiz edi!  

 

31. Daf'atan qiyomat kelib qolganda, gunohlarini orqalariga ortgan hollarida: "YO hasrato, unda 

(yorug' dunyoda) qosirlik qilgan ekanmiz", - deb aytadigan paytlariga qadar Allohga yo'liqishni 

yolg'onga chiqarganlar ziyon ko'radilar. Qarang, qanday yomon narsani orqalaydilar! 

 

32. Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql 

yuritmaysizlarmi?!  

 

33. Aytgan gaplari Sizni ma'yus (xafa) qilayotganini yaxshi bilurmiz. Ular, aslida, Sizni yolg'onchiga 

chiqarmayaptilar, balki (bu) zolimlar Allohning oyatlarini inkor etayotirlar.  

 

34. Sizdan oldingi payg'ambarlar ham yolg'onchiga chiqarilganlar. To ularga Bizning yordamimiz 

kelgunga qadar yolg'onchiga chiqarilganlariga va berilgan aziyatlarga sabr qildilar. Allohning so'zlari 

(va'dalari)ni o'zgartiruvchi (kuch) yo'qdir. Sizga payg'ambarlar xabaridan (qisman) keldi.  

 

35. Agar ularning e'tirozlari Sizga og'ir botayotgan bo'lsa, Yerga teshik yoki osmonga narvon izlab 

(bo'lsa ham) ularga biror mo''jiza keltira olsangiz (edi). Agar Alloh istaganda edi, ularni hidoyat uzra 

jam qilgan bo'lur edi. Bas, (buning hikmatini bilmaydigan) johillardan bo'lmang!  

 

Izoh: Ularning imondan yuz o'gi rishlari Payg'ambar (a. s.)ga og'ir botganda, nima qilishlarini bilmay qolar 



edilar. Oyatdagi ibora o'zbekchadagi "yer qattiq, osmon uzoq" iborasiga o'xshab ketadi. Ikkinchi ma'nosi - 

mo''jiza sifatida yerni teshish yoki osmonga ko'tarilish bilan ularni lol qoldirib, hidoyat yo'liga kiritmoqchi 

bo'lishlaridir.  

 

36. Albatta, eshitadiganlar (da'vatingizni) qabul qilurlar. O'liklarni esa, Alloh tiriltirur. So'ngra Uning 



huzuriga qaytarilurlar.  

 

Izoh: O'liklar - kofirlar. Ya'ni ular bu dunyoda eshitmaslar. Ularni Alloh taolo tiriltirgan kuni (oxiratda) 



eshitishga majbur bo'lurlar.  

 

37. Aytdilar: "Unga Rabbidan biror mo''jiza tushirilsa edi". Ayting: "Albatta, Alloh mo''jiza tushirishga 



qodirdir. Lekin, ularning aksariyati (buning oqibatini) bilmaydilar".  

 

38. Yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yo'qki, (ular ham) sizlar kabi 

ummatlar bo'lmasalar. Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz. 

So'ngra (hamma ummatlar) Parvardigorlari (huzuri)ga jamlanurlar.  

 

39. Bizning oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar zulmatlar ichidagi kar va soqovdirlar. Alloh xohlagan 

kishini adashtirur va xohlagan kishini to'g'ri yo'l uzra (sobit) qilur.  

 

40. Ayting: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, o'yladingizmi, agar sizlarga Allohning azobi kelsa yoki sizlarga 

qiyomat kelsa, Allohdan o'zgaga iltijo qilgan bo'larmidingiz?" 

 

41. Yo'q! Uning o'zigagina iltijo qilgan bo'lardingiz. U esa, xohlasa, so'ragan narsangiz (balo)ni daf etar 

edi. (Bunday holatda) keltirib yurgan shirklaringni unutasizlar.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

83

42. Sizdan oldingi ummatlarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz. Keyin zora (tavba-tazarru) qilsalar 



deb, ularni balo va ofatlarga duchor qilganmiz.  

 

Izoh: Ya'ni ularni qahatchilik, ochlik, kasallik, o'lim, faqirlik kabi musibatlar bilan sinaganmiz.  

 

43. Ularga Bizning balomiz kelganda, (tavba-)tazarru qilsalar bo'lmasmidi?! Lekin, dillari qotdi va 

shayton ularga qilib yurgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatdi.  

 

44. (Ular) eslatilgan narsa (sinovlar)ni unutganlarida ularga har narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. 

Toki ularga berilgan narsa (nozu ne'mat)lar bilan shodu xurram bo'lib turganlarida, ularni birdan zabt 

etdik. Bas, ular (endi) noumiddirlar.  

 

45. Zulm qilganlar qavmining dumi qirqildi, alhamdu lillohi Rabbil-olamin! 



 

46. Ayting: "(O'ylab) ko'rdingizmi, bordiyu Alloh quloq va ko'zlaringizni olib qo'ysa va dillaringizni 

muhrlab qo'ysa, Allohdan boshqa uni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?" Oyatlarni qanday 

tasarruf qilayotganimizga, so'ngra ularning yuz o'girib ketishlariga (bir) boqing! 

 

47. Ayting: "O'zlaringni (bir o'ylab) ko'rdilaringmi - agar Allohning azobi birdaniga yoki oshkora kelsa, 

zolimlar qavmidan boshqasi halok qilinarmidi?!" 

 

48. Biz elchi (payg'ambar)larni faqat (odamlarga) xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchilar sifatida 

yuborurmiz. Kimki imon keltirib, (xatolarini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf ham yo'q va ular tashvish ham 

chekmaydilar.  

 

49. Oyatlarimizni yolg'onga chiqaruvchilarga esa, buzg'unchilik qilganlari sababli azob yetar.  

 

50. Ayting: "Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor ham demayman va g'aybni ham bilmayman. 

Shuningdek, sizlarga: "Men farishtaman" ham demayman. Men faqat, menga vahiy qilingan 

narsalargagina ergashaman". Ayting: "Ko'r bilan ko'ruvchi teng bo'ladimi? Fikr yuritmaysizlarmi?" 

 

51. Ular uchun Allohdan boshqa do'st ham, oqlovchi ham bo'lmagan holda Parvardigorlari huzuriga 

jam bo'lishlaridan qo'rqadiganlarni u (vahiy) bilan ogohlantiring, zora taqvoli bo'lsalar! 

 

52. Ertayu kech (doimo) Parvardigorlarining "yuzi"ni istab, Unga duo (ibodat) qilayotganlarni 

(huzuringizdan) haydamang! Siz ularning (ishlari) hisobotidan biror narsaga (mas'ul) emassiz. Ular 

(ham) Sizning (ishlaringiz) hisobotidan biror narsaga (mas'ul) emaslar. Ularni haydab, zolimlardan 

bo'lib qolmang!  

 

Izoh: Ulardan murod bu yerda Bilol, Suhayb, Ammor, Xabbob kabi holati nochor, zaif musulmonlardir. Makka 



zodagonlari Muhammad (a. s.)dan ularni huzuringdan haydab yuborsang, biz sen bilan gaplashamiz, yoningda 

past martabali qullar o'tirishidan biz or qilamiz der edilar.  

 

53. "Bizlarning ichimizdan (kelib-kelib) Alloh o'shalarga ne'mat ato etibdimi?!" - deyishlari uchun 



ularning ba'zilarini ba'zilari bilan ana shunday imtihon qildik. Shukr qiluvchilar (kim ekani)ni Alloh 

biluvchiroq emasmi?! 

 

54. Huzuringizga oyatlarimizga imon keltirayotganlar kelganlarida, ayting: "Sizlarga salom 

(salomatlik)! Rabbingiz rahmat (qilish)ni O'ziga yozdi: sizlardan kimki johillikda yomonlik (gunoh ish) 

qilgan bo'lib, so'ngra o'sha (gunohi)dan keyin tavba qilib, (o'zini) isloh etsa, bas, albatta, U kechirimli va 

rahmlidir".  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

84

55. Ana shunday (uslubda) oyatlarimizni batafsil (bayon) qilurmiz va gunohkorlar yo'li oydinlashishi 



uchun ham (bayon qilurmiz).  

 

56. Ayting: "Men Allohni qo'yib, sizlar sig'inayotgan (ma'buda)larga ibodat qilishligimdan 

qaytarilganman". Ayting: "Sizlarning xohishlaringizga ergashmayman. Zero, unda men adashgan 

bo'lib, hidoyat topganlardan bo'lmay qolurman".  

 

57. Ayting: "Men Rabbimdan (kelmish) hujjat uzradirman. Sizlar (esa) uni yolg'onga chiqardingiz. 

Sizlar qistayotgan (azob) mening huzurim (ixtiyorim)da emas*. Hukm Allohdan o'zganiki emas. (U) haq 

(narsa)ni bayon qilur. U ajrim etuvchilarning yaxshisidir".  

 

Izoh: Ular qistab so'rayotgan narsalari: "Agar haq payg'ambar bo'lsang, Rabbingdan so'ra ustimizga 



osmondan tosh yog'dirsin!" - degan talablaridir.  

 

58. Ayting: "Agar sizlar qistayotgan narsa mening huzurimda bo'lganda edi, men bilan sizlar 



o'rtamizdagi ish (allaqachon) hal bo'lgan bo'lur edi. Alloh zolimlarni yaxshi biluvchidir".  

 

59. G'ayb (yashirin ishlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o'zga bilmas. Yana, quruqlik va 

dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari 

(qa'ri)dagi urug' bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da 

(yozilgan)dir.  

 

60. U tunda sizlarni "vafot ettiradigan" (uxlatib ruhingiz ixtiyorini oladigan), kunduzi qilgan 



ishlaringizni biladigan zotdir. So'ngra belgilangan muhlat ado etilishi uchun unda (kunduzi) sizlarni 

(yana) "tiriltirur" (o'yg'otur). Keyin Unga qaytishlik (bor). So'ngra sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini 

berur.  

 

61. U bandalari ustidan (barcha ishda) g'olibdir. Ustingizga (savob va gunohlaringizni bitib) saqlovchi 

(farishtalar)ni yuboradi*. Birortalaringizga o'lim kelgan paytda, uni elchi (farishta)larimiz erinmay (o'z 

vaqtida) vafot ettirurlar*.  

 

Izoh: Saqlovchi farishtalar "kiroman kotibin" deb atalmish maloikalardir. Izoh(a): Elchi farishtalar esa, jon 



oluvchi maloikalardir. Ularni "malakul-mavt" deyiladi. Jon oluvchi farishtalar haqida yana "Noziot" surasidan 

o'qing.  

 

62. So'ngra (ular) haqiqiy egalari - Alloh (huzuri)ga qaytarilurlar. Hukm esa Unikidir. U 



hisoblovchilarning tezkoridir.  

 

63. Ayting: "Quruqlik va dengiz zulmat (dahshat va falokat)laridan - Unga oshkora yolvorib va xufyona: 

"Agar bizga shu (xatar)dan najot bersa, qasamki, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lar edik", - deb duo 

qilganlaringda, kim sizlarni qutqaradi?" 

 

64. Ayting: "Sizlarni ulardan Alloh qutqaradi. So'ngra sizlar (esa yana) shirk keltiraverasizlar".  

 

65. Ayting: "U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni (turli) 

firqalarga aylantirib, ba'zingizga ba'zilar zararini totdirishga (ham) qudrati yetadigan zotdir". Ko'ring, 

anglab yetsinlar deb oyatlarni qanday (atroflicha) bayon qilamiz.  

 

66. Qavmingiz uni (Qur'onni yoki azobni) yolg'onga chiqardi. Holbuki, u haq edi. Ayting: "Men sizlarga 

muakkal (soqchi) emasman.  

 

67. Har bir xabarning qaror topadigan o'rni (va vaqti) bor. Tez fursatda bilursizlar".  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

85

 



68. Oyatlarimizga (nisbatan mensimaslikka) kirishayotganlarni ko'rsangiz, to boshqa gapga 

ko'chmagunlarigacha, ulardan yuz o'giring! Agarda shayton yodingizdan chiqarsa, (bu) eslatmadan 

keyin zolimlar qavmi bilan o'tirmangiz! 

 

69. Taqvo qiluvchilar zimmasida u (zolimlar qavmi nomi)dan hech qanday hisobot (berish) yo'q. Lekin 



(shu kabilardan) saqlanishlari uchun (bu) eslatmadir.  

 

70. Dinlarini o'yin va behuda narsa qilib olgan va bu dunyo hayoti aldab qo'yganlarni (parvo qilmay) 

qo'yavering! Har bir jon (o'z) qilmishi sababli halok bo'lishi, Allohdan boshqa hech bir do'st va oqlovchi 

bo'lmasligi, bor badalni bersa ham undan olinmasligini u (Qur'on) orqali eslating! (O'z) qilmishlari 

sababli azoblanadiganlar ana o'shalardir. Ular uchun kufrda bo'lganlari tufayli qaynoq suvdan iborat 

ichimlik va alamli azob (bordir).  

 

71. Ayting: "Allohni qo'yib, bizga foyda ham, zarar ham yetkazmaydigan narsaga iltijo qilamizmi va 

Alloh bizni hidoyat yo'liga solgandan keyin (yana) ortimizga qaytarilamizmi?! (Unda) xuddi jinlar 

og'dirib ketgach, yerda hayronlikda yurganda o'rtoqlari: "Bizga kel!" - deb chaqirgan kimsaga o'xshab 

qolamiz-ku! Ayting: "Allohning hidoyatigina (haqiqiy) hidoyatdir. (Biz esa) butun olamlarning Rabbiga 

bo'yin sunishga buyurilganmiz".  

 

72. (Bizga yana): "Namozni mukammal ado etingiz va Undan qo'rqingiz! U esa, huzuriga sizlar jam 

bo'ladigan zotdir" (deb buyurilgan).  

 

73. U osmonlar va Yerni hikmat bilan yaratgan zotdir. "Bo'l!" - degan kuni (istagani) bo'ladi. Uning 

so'zi haqdir. Sur chalinadigan kuni (ham) hukmronlik faqat Unikidir. Yashirin va oshkora (narsalarni) 

biluvchidir. U hakim va xabardor zotdir.  

 

Izoh: Sur - o'zbekchada surnay. Isrofil (a. s.)ga qiyomat kuni uni ikki bor chalishga amr bo'ladi. Birinchisida 



Yer yuzasidagi barcha tirik jon o'ladi. Ikkinchisida avvalinu oxirin hamma o'tganlar tiriladi.  

 

74. Ibrohim otasi Ozarga: "Sanamlarni iloh qilib olasizmi? Men Sizni va qavmingizni zalolatda 



ko'rayapman", - deganini eslang! 

 

75. Shu tarzda Ibrohimga osmonlar va Yerning mulku saltanati (ajoyibotlari)ni ko'rsaturmiz. Chinakam 

ishonuvchilardan bo'lishi uchun (shunday qildik).  

 

76. Tun zulmati uni qoplaganda yulduzni ko'rib: "Mana shu - rabbim", - dedi. (U) botib ketganda esa: 

"Botib ketuvchilarni yoqtirmayman", - dedi.  

 

77. Chiqayotgan oyni ko'rib: "Mana shu - rabbim", - dedi. Botib ketganda esa: "Agarda Rabbim meni 

hidoyatga solmasa, albatta, adashganlar qavmidan bo'lib qolurman", - dedi.  

 

78. Chiqayotgan quyoshni ko'rib: "Mana shu - rabbim. Shu kattaroq-ku!" - dedi. Botib ketganda esa: 

"Ey, qavmim, albatta, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezordirman.  

 

Izoh: Ibrohim (a. s.) ulug' payg'ambarlardan bo'lib turib nechun quyosh, oy, yulduzlarni rabbim dedi, degan 



savol tug'ilishi tabiiy. Javobiga mufassirlar aytmishlarki, Xalilulloh bu so'zlarni chin dillari bilan e'tiqodan 

aytganlari yo'q, balki ularga sig'inadigan mushriklarni masxara qilib, "shu ham parvardigor bo'ldimi, botib 

ketishini qaranglar"- demoqchi bo'lganlar.  

 

79. Men to'g'ri yo'lni tanlagan holimda yuzimni osmonlar va Yerni ixtiro etgan Zotga qaratdim. Men 



mushriklardan emasman", - dedi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

86

 



80. Qavmi u bilan bahslashdi. (Shunda) u dedi: "Men bilan Alloh haqida bahslashasizlarmi? Axir, (U) 

meni hidoyatga yo'llagan bo'lsa?! Men sizlar keltirgan shirkdan qo'rqmayman. Illo, Rabbim biror 

narsani xohlasa (o'sha bo'lur). Rabbim ilm jihatidan har narsani qamrab olgan. (Buni) eslab 

ko'rmaysizlarmi? 

 

81. Sizlar keltirgan shirkdan qanday ham qo'rqayinki, sizlarga biror hujjat qilib tushirmagan narsani 

Allohga shirk keltirishdan qo'rqmayotgan bo'lsalaring?!" (Bu) ikki guruhning qaysinisi (qo'rqmay) 

xotirjam bo'lishlikka haqliroqdir? Biladigan bo'lsangiz (ayting!) 

 

82. Imon keltirgan va imonlarini zulm (shirk) bilan qorishtirmaganlar - aynan o'shalarga xavfsizlik 



(bordir) va ular to'g'ri yo'l topganlardir.  

 

83. Ibrohimga qavmi ustidan bergan hujjatimiz ana shudir. Xohlagan kishimizni darajalarga 

ko'tarurmiz. Albatta, Rabbingiz hikmat va ilm sohibidir.  

 

84. Unga (Ibrohimga) Ishoq va Ya'qubni ato etdik. Hammasini hidoyatga yo'lladik. Oldin Nuhni ham 

hidoyatga yo'llagan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni (ham 

yo'lladik). Chiroyli ish qiluvchilarni mana shunday taqdirlaymiz.  

 

85. Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyatga yo'lladik). Hammasi solihlardandir.  

 

86. Ismoil, al-Yasa', Yunus va Lutni ham (hidoyatga yo'lladik). Hammalarini olamlar uzra afzal qildik.  

 

87. Shuningdek, ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan (ba'zilarini ham afzal 

qildik). Ularni tanlab olib, To'g'ri yo'lga ravona qildik.  

 

88. Allohning hidoyati shudir. U bilan xohlagan bandalarini yo'lga soladi. Agar mushrik bo'lganlarida 

qilgan (savobli) amallari yo'qqa chiqqan bo'lur edi.  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling