Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet16/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72

 

89. Ana o'shalar Biz Kitob, hukm (Hikmat) va payg'ambarlik bergan zotlardir. Agar ularni ana ular 

(Makka mushriklari) inkor etsalar, ularni inkor etmaydigan qavmni ularga vakil qilib qo'yganmiz.  

 

Izoh: Ya'ni payg'ambarni vakil qilib qo'yishimiz mumkin. Ikkinchi tafsiri - barcha mo'min-musulmonlarga, 



uchinchi tafsiri - arab bo'lmagan xalqlarga, to'rtinchi tafsiri - farishtalarga vakolat berurmiz, so'ngra ular o'z 

ishlarini qilurlar.  

 

90. Aynan o'shalar Alloh hidoyatiga musharraf bo'lgan zotlardir. Bas, (Siz ham) ularning yo'liga iqtido 



qiling! Ayting: "Sizlardan uning (payg'ambarlik xizmati) uchun haq so'ramayman. U faqat olamlar 

uchun eslatmadir".  

 

91. Allohni qadriga loyiq qadrlamadilar, dedilarki: "Alloh bashar (zoti)ga hech narsa nozil qilgan 



emas"*. Ayting: "Odamlar uchun nur va hidoyat sifatida Muso keltirgan, sizlar uni sahifa-sahifa qilib 

olib (bir qismini) oshkora, ko'pini esa maxfiy tutgan va (unda) o'zlaringiz va ota-bobolaringiz bilmagan 

(ilm)larni bildirilgan Kitob (Tavrot)ni kim nozil qilgan edi?" (Yana o'zingiz:) "Alloh (nozil qilgan edi)", 

- deb ayting! So'ngra ularni o'z ravishlariga qo'yib bering - o'ynab (adashib) yuraversinlar.  

 

Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishi sabablaridan biri, tafsirlarda aytilishicha, Muhammad (a. s.)ning huzuriga 



Molik ibn as-Sayf degan bir yahudiy dinining peshvosi kelib, ahmoqona bahs boshlaydi. Rasul (a. s.): 

"Tavrotda Alloh taolo semiz ulamoni yoqtirmaydi, deyilmaganmi?" - deb so'raydilar. U: "(Ha, shunday) 

deyilgan", - deb javob beradi. Rasul (a. s.): "Unda sen nechun buncha semizsan?" - deganlarida, u darg'azab 

bo'lib: "Alloh hech bir insonga (shu jumladan Musoga ham) ilohiy kitob (Tavrot) tushirgan emas", - deb hatto 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

87

o'z diniga ham shakkoklik qilgan ekan.  

 

92. Bu (Qur'on) bir muborak, o'zidan oldingi (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi, Ummulquro* (deb atalmish 

Makka ahli)ni va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun Biz nozil qilgan Kitobdir. 

Oxiratga imon keltiradiganlar unga (ham) imon keltiradilar va ular namozlarini muhofaza qiladilar 

(davomatli o'qiydilar).  

 

Izoh: "Ummulquro" - shaharlar onasi.  

 

93. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan, hech narsa vahiy qilinmagan bo'lsa-da, "Menga vahiy qilindi", - 

degan, shuningdek, "Alloh nozil etgan kabi (men ham oyatlarni) nozil qilaman", - degan kimsalardan 

kim ham zolimroqdir? Bu zolimlarni o'lim iskanjasida (qolganlarida) farishtalar qo'llarini (ularga) 

cho'zib: "Jonlaringni chiqaringlar! Bugun Alloh sha'niga nohaq (noloyiq sifatlar)ni gapirganingiz va 

Uning oyatlariga (amal qilishdan) kibrlanganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanasizlar", - deb 

turgan holatlarini (bir) ko'rsangiz edi! 

 

94. Alloh qiyomat kuni aytur: "Huzurimizga sizlarni birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, shunday 

yolg'iz-yolg'iz keldingiz. Sizlarga (mulk qilib) bergan (boylik)larni ortingizda qoldirdingiz. 

Oralaringizda (Allohga) sherik deb gumon qilib yurgan shafoatchi (oqlovchi)laringizni sizlar bilan birga 

ko'rmayapmiz. Orangiz uzilib qolibdi. (Oqlaydi deb) o'ylab yurgan (but)laringiz (esa) sizlardan g'oyib 

bo'libdi".  

 

95. Alloh don va urug'larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O'likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan 



o'likni chiqaruvchidir. Ana o'sha Allohdir. Bas, qayoqqa og'ib ketayapsizlar?  

 

96. (U) tong ottiruvchidir. Tunni oromgoh, quyosh va oyni esa hisob belgilari qilib qo'ydi. Bu qudratli va 

dono zotning o'lchovidir.  

 

97. U sizlar uchun quruqlik va dengiz qorong'uliklarida yo'l topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan 

zotdir. Biladigan kishilar uchun oyatlarni keng bayon qildik.  

 

98. U sizlarni bir jon (Odam Ato)dan paydo qilgan zotdir. Demak, (inson uchun ona qorni) qarorgoh va 

(ota pushti) omonatgoh (ekan). Fahmlaydigan qavm uchun oyatlar tafsilotini berdik.  

 

99. U osmondan suv (yomg'ir) tushirgan zotdir. U bilan har narsani (yerdan) undirib chiqardik. Undan 

yashil giyoh (poliz ekinlari)ni chiqardik. Undan (boshoq kabi) zich tarkibli donlarni chiqaramiz. 

Xurmodan esa, uning shoxidagi (meva) boshlari (yerga) yaqini (va yaqin bo'lmaganlari) bor. 

Shuningdek, uzumzor bog'lar, bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan zaytun va anorlarni (chiqardik). 

Ularning mevalagandagi (g'o'r) mevasiga va pishganiga (ibrat ko'zi bilan) boqing! Shu 

(bilgan)laringizda, albatta, imonli qavmlar uchun alomatlar bordir.  

 

100. Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, ularni (O'zi) yaratgan. Bilmagan holda Unga o'g'il va 

qizlarni to'qib chiqardilar. U (Alloh) bular tavsif etayotgan (sifat)lardan pok va a'lodir.  

 

101. (U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir. Uning yori (jufti) bo'lmagan bo'lsa, qayoqdan unga farzand 

bo'lsin?! Hamma narsani yaratdi. U hamma narsaning bilimdonidir.  

 

102. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, 



Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir.  

 

103. Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar. U daqiq narsalarni biluvchi va (hamma ishdan) 

xabardordir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

88

 



104. Rabbingizdan sizlarga dilkash dalillar keldi. Kimki (qalb ko'zi bilan) ko'ra olsa, o'ziga (yaxshi). 

Kimki ko'rlik qilsa, o'ziga (yomon)dir. Men ustilaringizda qo'riqchi emasman.  

 

105. Sizga (oldingi ilohiy kitoblardan) dars olib o'rgangandirsan, deyishlari uchun va biluvchi qavmga 

bayon qilib berishimiz uchun (bu) oyatlarni mana shunday tasarruf qilmoqdamiz.  

 

106. Rabbingizdan Sizga vahiy etilgan narsa (oyat)larga ergashing. Undan o'zga iloh yo'q. 

Mushriklardan (esa) chetlaning! 

 

107. Agar Alloh istasa, (ular) shirk keltirmagan bo'lur edilar. Sizni esa ular ustidan qo'riqchi qilib 

qo'yganimiz yo'q. Siz ularga muakkal (biriktirilgan) ham emassiz.  

 

108. Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan 

Allohni so'kib yuboradilar. Shunga o'xshab har bir ummat ishini o'ziga chiroyli ko'rsatib qo'ydik. 

So'ngra qaytar joylari Parvardigorlari huzurigadir. Ana o'shanda ularga qilgan ishlarining xabarini 

berur.  

 

109. Agar ularga oyat kelsa, albatta, imon keltirishlari haqida jiddu jahd bilan Allohga qasam ichadilar. 

"Oyatlar Allohning huzuridadir", - deb ayting! Qaydan ham bilursizlar, (oyatlar) kelganda ham, balki 

imon keltirmaslar.  

 

110. Birinchi marta unga imon keltirmaganlaridek, dillari va ko'zlarini teskari qilib qo'yamiz va o'z 

tug'yonlarida gangib yurgan hollarida ularni tark eturmiz.  

 

 



SAKKIZINCHI JUZ’ 

************************* 

 

111. Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma 



narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari 

imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.  

 

112. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash 

maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) 

qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.  

 

113. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash 

maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) 

qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.  

 

114. (Ularga ayting): "Allohdan boshqa hakam izlayinmi, holbuki, U sizlarga Kitob (Qur'on)ni batafsil 

nozil qilgan zotdir". Biz Kitob bergan (Ahli Kitob)lar u (Qur'on)ning haqiqatan Rabbingizdan nozil 

qilinganligini biladilar. Bas, aslo shak qiluvchilardan bo'lmang! 

 

115. Rabbingiz so'zi rostlik va adolatda kamoliga yetdi. Uning so'zlarini o'zgartiruvchi (kuch) yo'q. U 

eshituvchi va biluvchidir.  

 

116. Yer (yuzi)dagi ko'p kishilar (so'zi)ga itoat qiladigan bo'lsangiz, Sizni Alloh yo'lidan 

yanglishtiradilar. (Ular) faqat gumonga beriladilar va faqat yolg'onchilik qiladilar.  

 

117. Albatta, Rabbingiz (Uning) yo'lidan yanglishgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

89

topganlarni ham yaxshi biluvchidir.  



 

118. Bas, agar Uning oyatlariga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, (so'yishda) Allohning nomi aytilgan narsa 

(ma'lum hayvonlar go'shti)dan yeyaveringizlar.  

 

119. Sizlarga ne bo'ldiki, Allohning nomi aytilgan narsa (hayvon go'shtlari)dan yemaysizlar?! Vaholanki, 



(U) sizlarga harom qilgan narsalarni, zarurat holatingiz mustasnoligini batafsil bayon qilgan edi. 

Albatta, ko'pchilik o'z havoyu xohishlari tufayli bilmasdan (o'zlarini) yanglishtiradilar. Albatta, 

Rabbingiz tajovuzkorlarni biluvchiroqdir.  

 

120. Gunohning oshkorasini ham, maxfiysini ham tark etingizlar! Albatta, gunoh qilganlar qilmishlari 

tufayli jazolanurlar.  

 

121. Allohning nomi aytilmagan narsalardan yemangizlar! Zero, u fosiqlikdir. Shaytonlar esa, o'z 

do'stlari (mushriklar)ni sizlar bilan bahslashish uchun vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangizlar

albatta, sizlar (ham) mushrikdirsizlar.  

 

122. O'lik (kofir) bo'lgan odamni (imon bilan) tiriltirib, unga odamlar ichida u sababli yuradigan nur 

(imon)ni berganimizdan keyin zulmatlar ichida (qolib,) u (yer)dan chiqmaydigan kimsaga o'xshaydimi?! 

Shunga o'xshash, kofirlarga o'z ishlari ziynatli (ko'rinadigan) qilib qo'yildi.  

 

123. Shuningdek, har bir qishloqda, uning yirik jinoyatchilarini u yerda makr qiladigan etib qo'ydik. 

(O'zlari) sezmagan holda (ular) faqat o'zlarigagina makr qiladilar.  

 

124. Ularga biror oyat (yoki mo''jiza) kelsa, aytadilar: "Bizga Allohning (boshqa) payg'ambarlariga 

berilgani kabi oyat (yoki mo''jiza)lar berilmaguncha, sira imon keltirmaymiz". Alloh payg'ambarlikni 

qayerga qo'yish (ravo ko'rish)ni yaxshi biluvchidir. Jinoyat qilganlarga makr qilganlari sababli Alloh 

huzurida xorlik va shiddatli azob muhayyodir.  

 

125. Alloh kimni hidoyatga yo'llashni iroda etsa, uning ko'ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo'yadi. 



Kimni adashtirishni iroda etsa, ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib 

qo'yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko'rar.  

 

Izoh: Bu oyati karimadagi "ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek tor va siqiq qilib qo'yadi" - degan 



jumla Qur'oni karimning eng yuksak ilohiy mo'jiza ekanligiga dalolat qiladi. Zero, ko'kka ko'tarilgan sayin 

havoning siyraklashuvi nazariyasi fizika va astronomiya fanida hali u davrda kashf qilinmagan edi.  

 

126. Rabbingizning to'g'ri yo'li shudir. Eslatma oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon etdik.  



 

127. Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir. Qilgan (solih) amallari sababli, 

U ularning do'stidir.  

 

128. Ularning hammasini jam etadigan Kunda (aytamiz): "Ey, jinlar to'dasi! Insonlardan (siz 

chalg'itganlar sonini) ko'paytirdingiz-ku?" (Shunda) ularning insonlardan bo'lgan do'stlari: "Ey, 

Rabbimiz! (Biz shunchaki) bir-birimizdan foydalandik va biz uchun O'zing belgilagan ajalimizga yetib 

keldik", - deganlarida, (Alloh) aytadi: "Joyingiz - do'zax, u yerda mangu qolursizlar, illo Alloh xohlagan 

(vaqtlar) bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz hikmat va ilm sohibidir. "  

 

129. Shunday qilib, zolimlarning qilmishlari sababli birini biriga yaqin (ro'baro') qilib qo'yamiz.  

 

130. Ey, jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga O'zlaring (o'z jinslaringiz)dan payg'ambarlar kelib, sizlarga 

oyatlarimni aytib, ushbu Kuningizga yo'liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar? Ular (javob berib): 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

90

"O'zimizga qarshi guvohlik beramiz", - deydilar. Ularni (shu) dunyo hayoti aldab qo'ygan. (Natijada) 



o'zlarining zarariga, kofir bo'lganlari bo'yicha guvohlik berdilar.  

 

131. Bu (ishimizning boisi) Rabbingizning aholisi g'ofil (ogohlantirilmagan) qishloqlarni zulman halok 

qiluvchi emasligidir.  

 

132. Har (kim) uchun qilgan amallaridan (kelib chiqib belgilangan) daraja (maqom)lar bor. Rabbingiz 



(ularning qilayotgan amal (ish)laridan g'ofil emasdir.  

 

133. Rabbingiz boy va marhamatlidir. Agar xohlasa, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), sizlardan keyin 

(o'rningizga) sizlarni boshqa qavm zurriyotidan paydo qilgani kabi O'zi xohlagan (avlod)ni keltiradi.  

 

134. Albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (oxiratdagi ishlar) keluvchidir. Sizlar (o'lib ketish bilan 

bizni) ojiz qoldiruvchi emassizlar.  

 

135. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, qavmim! Makoningizda (o'z aqidangizda) turib, amal qilavering. 

Men (ham), albatta, amal qiluvchiman. Diyor (oxirat)ning oqibati kimga bo'lishini bilajaksizlar. Albatta, 

zolimlar tole topmagaylar".  

 

136. (Mushriklar U) yaratgan ekin va chorvalardan Allohga ulush ajratib(o'z aqidalari bo'yicha): "Bu 

Alloh uchun, bunisi sherik (but)larimiz uchun", - deydilar. Bas, butlari uchun bo'lgani Allohga yetib 

bormaydi. Alloh uchun bo'lgani sherik (but)lariga "yetib" boradi. Qilgan hukmlari naqadar yomon! 

 

137. Shunday qilib, ko'p mushriklarga o'z sherik (but)lari ularni halokatga uchratish va dinlarini 

chalkashtirib yuborish uchun o'z bolalarini o'ldirish (kabi noxush ishlar)ni chiroyli (ma'qul) ko'rsatib 

qo'ydilar. Agar Alloh xohlaganida, buni qilmagan bo'lur edilar. Ularni o'z bo'htonlari bilan (o'z 

hollariga) qo'yavering.  

 

138. Ular o'z (aqida)laricha: "Bu chorva va ekinlar harom. Ularni faqat biz ravo ko'rganlargina 



yeydilar. Bu hayvonlarni esa minish harom qilingan. (So'yishda) Allohning nomi aytilmaydigan 

hayvonlar ham bor", - deb, U (Alloh)ning sha'niga bo'hton to'qiydilar. To'qigan bo'htonlari sababli (U) 

ularni jazolagay.  

 

139. Yana aytadilarki: "Bu hayvonlarning qorinlaridagi narsalar faqat erkaklarimiz uchundir. 

Xotinlarimizga esa harom qilingandir". Agar (qorindagi narsa) o'lik bo'lsa, hammalari (eru xotinlar) 

sherik emish. Bu vasflariga (yarasha Alloh ularni) jazolagay. Albatta, U hikmat va ilm sohibidir.  

 

140. O'z bolalarini ilmsizlik qilib johilona o'ldirgan va Allohga tuhmat qilib, ular uchun Alloh rizq qilib 

bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o'zlariga) ziyon qildilar. (Ular) haqiqatan 

adashdilar va to'g'ri yo'lga yuruvchi bo'lmadilar.  

 

141. U (Alloh) shunday zotki, (so'ritoklarga) ko'tarib qo'yiladigan va ko'tarib qo'yilmaydigan (uzumzor) 

bog'larni, ta'mi turlicha (bo'lgan) xurmo va mevali daraxtlarni, (rang va ta'mda) o'xshash va o'xshamas 

zaytun va anorlarni paydo qildi. Meva hosil qilganda, mevasidan yengizlar. Hosil yig'ish kunida 

(muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringlar* va isrof qilmangizlar. Albatta, U isrof qiluvchilarni 

sevmaydi.  

 

Izoh: "Ushr" va "Xiroj" haqida shar'iy hukmlarda ko'p zikr etiladi. Ushr - bu olinadigan hosilning o'ndan birini 



Alloh yo'liga sadaqa sifatida berish. Xiroj esa, ushrdan ko'proq, hatto hosilning yarmigacha berish. Fiqh 

kitoblarga murojaat qilinsin.  

 

142. Hayvonlardan esa, yuk ko'taradigan va (so'yish uchun) yotqiziladiganlarini (paydo qildi). Alloh 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

91

sizlarga rizq qilib berganlaridan yenglar. Shayton izlaridan ergashmangizlar. Albatta, u sizlarga aniq 



dushmandir.  

 

143. Sakkiz juft (hayvonlar) - qo'ydan ikki (jins) va echkidan (ikki jins)ni (yaratdi). Ayting: "Shu ikki 



erkagini harom qilganmi yoki ikki urg'ochisinimi yoxud ikkala urg'ochi bachadonlaridagi (homila)nimi? 

Agar rostgo'y bo'lsangiz, ilm (hujjat) bilan menga xabar beringiz!" 

 

144. Shuningdek, tuyadan ikki (jins), qora moldan ikki (jinsni) yaratdi. Ayting: "Shu ikki erkagini 

harom qilganmi yoki ikki urg'ochisinimi yoxud ikkala urg'ochi bachadonlaridagi (homila)nimi? Yoki 

Alloh shu (hukm)ni buyurayotganiga guvohmisizlar? Odamlarni adashtirish uchun ilmsizlik bilan Alloh 

sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat 

etmagay.  

 

145. Ayting: "Menga vahiy qilingan narsa (Qur'on)da yeydigan kishiga o'limtik, to'kilgan qon, cho'chqa 

go'shti - u, albatta, palid - va (so'yishda) Allohdan o'zganing nomi atalgan "fisq" (hayvon)dan boshqa 

yeyish harom qilingan narsani topmayapman". Bas, kimki zaruratda qolib, (boshqaga) zulm qilmagan 

va (zarurat) haddidan oshmagan holda (ularni yesa), albatta, Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.  

 

146. Yahudiy bo'lmish kimsalarga barcha tuyoqli (hayvon)larni harom qildik. Sigir va qo'ylardan 

yog'larini ularga harom qildik. Illo, biqinlaridagi yo ichlaridagi yoki suyakka qotishgan narsa (yog'lar)ni 

(harom qilmadik). Bu ularning tajovuzkorliklari sababli jazolaganimizdir. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.  

 

147. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Rabbingiz rahmati kengdir. Uning azobi (esa) 



jinoyatchilar qavmidan qaytarilmaydi".  

 

148. Mushrik bo'lmish kimsalar: "Alloh xohlaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham mushrik bo'lmagan 

va biror (halol) narsani harom qilmagan bo'lur edik", - deyishadi. Ulardan oldingilar ham, to azobimizni 

totmagunlaricha, (payg'ambarlarni) xuddi shunday yolg'onchiga chiqarganlar. Ayting: "Sizlarda bizga 

chiqaradigan (ko'rsatadigan) ilm (hujjat) bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat 

yolg'on so'zlamoqdasiz".  

 

149. Ayting: "Yetuk hujjat faqat Allohnikidir. Agar xohlaganda edi, hammalaringizni (hidoyatga) 

yo'llagan bo'lur edi".  

 

150. Ayting: "Mana shu (narsalar)ni Alloh harom qilganligiga guvohlik beruvchi guvohlaringizni 

keltiringiz!" Agar guvohlik bersalar, (Siz) ular bilan birga guvohlik bermang. Bizning oyatlarimizni 

yolg'onga chiqarganlarning havoyi (nafs)lariga ergashmang! Ular Parvardigorlariga (o'zgalarni) 

tenglashtirayotirlar.  

 

151. Ayting: "Kelinglar, Rabbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni o'qib beray: - U zotga biror narsani 

sherik qilmangiz, ota-onaga yaxshilik qilingiz, bolalaringizni qashshoqlikdan (qo'rqib) o'ldirmangiz - Biz 

sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz - fahsh ishlarning oshkorasiga ham, pinhonasiga ham 

yaqinlashmangiz, Alloh taqiqlagan (jon)ni nohaq qatl qilmangiz! Aql yurgizishlaringiz uchun (Alloh) 

hukm qilgani shu(lar)dir.  

 

152. To voyaga yetgunicha yetimning moliga yaqinlashmangiz, magar chiroyli yo'l bilan (bo'lsa durust). 



O'lchov va tarozini adolat bilan to'la ado etingiz! Hech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) 

qilmaymiz. Gapirganingizda (guvoh sifatida) garchi qarindoshingiz bo'lsa ham, adolatli bo'ling! 

Allohning (olgan) ahdiga esa vafo qiling. Eslatma olishlaringiz uchun (Alloh) qilgan hukm(lar)i mana 

shu(lar)dir.  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling