Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet13/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72

7. Allohning sizlarga bergan ne'matini va "Eshitdik va bo'yin sundik" deb bitishgan ahdingizni eslangiz! 

Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh ko'ngillar zoti (siri)ni biluvchidir.  

 

8. Ey, imon keltirganlar! Alloh uchun (to'g'rilikda) sobit turuvchi, odillik bilan guvohlik beruvchi 

bo'lingizlar: biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni adolatsizlik qilishga undamasin! Odil 

bo'lingiz! Zero, u (adolat) taqvoga yaqinroqdir. Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh ishlaringizdan 

xabardordir.  

 

9. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga Alloh kechirim va ulkan mukofot va'da qildi.  

 

10. Kufrga ketgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar esa, ana o'shalar jahim (duzax) ahlidirlar.  



 

11. Ey, imon keltirganlar! Allohning sizlarga (bergan) ne'matini eslangiz: bir qavm (kishilari) sizlarga 

qo'l ko'tarish (hujum qilish)ni niyat qilganida, qo'llarini sizlardan qaytargan edi. Allohdan qo'rqingiz! 

Mo'minlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar!  

 

Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishiga bir necha sabablar aytilgan. Ulardan biri Rasululloh, Abu Bakr, Umar, 



Usmon va Ali bilan Bani Qurayza qabilasiga ikki musulmon xunini undirish masalasi bilan keladilar. Ular 

hiyla ishlatib, mehmon qilish bahonasi bilan ularni bir yerga o'tqizib qo'ygach, Amr ibn Jahhosh ismli bir 

munofiq katta toshni olib, Rasulullohning boshlariga urmoqchi bo'lganda, Alloh taolo Jabroil (a. s.) orqali 

Rasulini ogoh etgan va najot bergan.  

 

12. Alloh Isroil avlodidan ahd oldi va Biz ulardan o'n ikki yo'lboshchini yubordik. (So'ngra) Alloh dedi: 



"Darhaqiqat, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozni mukammal ado etsangiz, zakot bersangiz, 

payg'ambarlarimga imon keltirsangiz va ularni sharaflab, madad bersangiz hamda (savobli ishlar qilib,) 

Allohga chiroyli "qarz" bersangiz, albatta, gunohlaringizni kechaman va ostidan anhorlar oqadigan 

bog'lar (jannat)ga kiriturman. Shundan keyin ham sizlardan kimki kufrga ketsa, to'g'ri yo'ldan beshak 

ozgan bo'lur. "  

 

13. O'z ahdlarini buzganliklari sababligina ularni la'natladik va qalblarini beshafqat (mehrsiz) qilib 

qo'ydik. So'zlarning o'rinlarini o'zgartiradilar, ularga eslatilgan narsadan bir (katta) qismini unutdilar. 

Mana, ulardan bir ozginasi mustasno bo'lib, (qolganlari) xiyonat qilayotganini mudom kuzatayapsiz. 

Ularni afv eting va kechiring! Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi.  

 

14. "Biz nasroniylarmiz" deganlardan (ham) ahdlarini oldik. Ularga eslatilgan narsadan (katta) bir 



qismini unutdilar. Shundan keyin ularning o'rtalarida qiyomat kunigacha adovat va nafrat qo'zg'atdik. 

Keyin Alloh ularni o'z qilmishlaridan xabardor qilajak.  

 

15. Ey, ahli kitoblar! Sizlarga rasulimiz (Muhammad) kelib, Kitobdagi ko'pgina siz yashirgan (oyatlar)ni 

sizlarga bayon qilmoqda va (xatolaringizning) ko'pini afv etmoqda. Allohdan sizlarga Nur va ravshan 

Kitob keldiki,  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

70

 



16. u bilan Alloh rizosini topishga intilganlarni (U) tinchlik va salomatlik yo'llariga yo'llab, O'z izni bilan 

ularni zulmatlardan nurga chiqarur va to'g'ri yo'lga hidoyat qilur.  

 

17. "Maryamning o'g'li Masih Allohdir" deganlar kufrga ketdilar. Ayting: "Agar Alloh Maryamning 

o'g'li Masihni, uning onasini va Yerdagi hamma (odamlar)ni halok etishni iroda qilsa, kim ham biror 

narsaga qodir bo'lar edi?!" Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan hukmronlik faqatgina 

Allohga tegishlidir. Xohlagan narsani yaratadi, Alloh har narsaga qodirdir.  

 

18. Yahudiylar va nasroniylar: "Biz Allohning o'g'illari va habiblarimiz", - deydilar. Ayting: "(Unday 



bo'lsa), nega gunohlaringiz tufayli sizlarni azoblaydi? Yo'q! Sizlar ham U yaratgan odamlardansiz. 

Xohlagan (bandasi)ni kechiradi, xohlaganini azoblaydi. Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan 

hukmronlik Allohgagina tegishlidir va Qaytish ham faqat Uning huzurigadir".  

 

19. Ey, ahli kitoblar! Sizlarning: "Bizlarga na bashoratchi va na ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelmadi" 

deganlaring uchun sizlarga Rasulimiz (oldingi) payg'ambarlardan bir muddat o'tgach, bayon etuvchi 

bo'lib keldi. Mana, sizlarga bashoratchi ham, ogohlantiruvchi ham keldi. Alloh har narsaga qodirdir.  

 

20. Muso o'z qavmiga aytganini eslang: "Ey, qavmim! Allohning sizlarga bergan ne'mati - ichingizdan 

payg'ambar chiqargani, sizlarni (ba'zilaringizni) podshoh qilgani va olamlardan hech bir (kimsa)ga 

bermaganini sizlarga ato etganini eslangiz! 

 

21. Ey, qavmim! Sizlar uchun Alloh bitib qo'ygan (bu) muqaddas yer (Baytul-Maqdis)ga kiringiz va 

ortingizga qaytib ketmangizki, ziyon ko'ruvchilarga aylanib qolasiz".  

 

22. Aytdilar: "Ey, Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u 

yerga sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz. "  

 

23. (O'n ikki yo'lboshchi ichidan Allohdan) qo'rqadigan va Allohning in'omiga sazovor bo'lganlaridan 

ikki kishi shunday dedi: "Ular ustiga (shaharga) darvozadan kiringiz. Unga kirib olishingiz bilan, sizlar 

g'olib bo'lasiz. Agar mo'min bo'lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!"  

 

24. Aytdilar: "Ey, Muso! Modomiki, (ular) u yerda ekanlar, biz sira u yerga kirmagaymiz. Sen (o'zing) 



va Rabbing borib, (ular bilan) jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o'tiruvchilarmiz".  

 

25. (Muso) aytdi: "Ey, Rabbim! Men faqat o'zim va birodarim (Horun)ga egalik qilurman. Bas, bizni u 

fosiqlar qavmidan (O'zing) ajrim qilgin!" 

 

26. (Alloh) dedi: "Albatta, u (Baytul-Maqdis) endi ular uchun qirq yilga (kirishi) taqiqlangandir. Yer 

(yuzi) bo'ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg'urma!"  

 

27. Ularga Odamning ikki o'g'li (Qobil va Hobil) haqidagi xabarni haqiqati bilan o'qib bering! Ikkisi 

qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. (Qurbonligi qabul 

bo'lmagan Qobil akasi Hobilga): "Seni, albatta, o'ldirajakman!" - dedi. (Hobil) esa: "(Qurbonlikni) 

Alloh aslida taqvoli kishilardan qabul qilur.  

 

28. Agar meni o'ldirish uchun qo'lingni men tomonga cho'zsang, men seni o'ldirish uchun Sen tomonga 

qo'limni cho'zuvchi emasman. Axir,men olamlar rabbi - Allohdan qo'rqaman.  

 

29. Men esa, mening gunohimni ham, o'z gunohingni ham (zimmangga) olib ketishingni va do'zax 

ahlidan bo'lishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shudir", - dedi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

71

30. Uning (havoyi) nafsi birodarini o'ldirishni xush ko'rsatdi va darhol, uni o'ldirdi. Shu bilan u ziyon 



ko'ruvchilardan bo'lib qoldi.  

 

31. Shundan so'ng, Alloh unga birodari avratini (murdasini) qanday ko'mishni ko'rsatish uchun yerni 

kovlovchi bir qarg'ani yubordi. "Holimga voy! Nahot shu qarg'achalik bo'lishdan ojiz bo'lsam? (Men 

ham) birodarim avratini (tuproqqa) ko'maqolay", - dedi. Shu tufayli pushaymon qiluvchilardan bo'lib 

qoldi.  

 

32. Ana o'sha (birinchi qotillik) tufayli Isroil avlodiga shunday hukmni bitib qo'ydik: "Biror jonni 



o'ldirmagan yoki Yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o'ldirgan 

odam xuddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o'limdan qutqarib qolgan) 

odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir*". Ularga rasullarimiz hujjatlarni keltirganlar. So'ngra 

ularning ko'pchiligi o'shandan keyin (ham) Yerda isrof qiluvchilardir.  

 

Izoh: Bu hukm aslida Isroil avlodiga qarata aytilgan bo'lsa-da, u barcha musulmonlar uchun ham tegishlidir.  

 

33. Darhaqiqat, Alloh va Uning payg'ambariga qarshi jang qiladigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib 

yuruvchilarning jazosi - o'ldirilish yo chormixlanish yoki oyoq-qo'llarining qarama-qarshi tomondan 

kesilishi yoxud yerdan (vatandan) quvg'in qilinish*. Ana shu (jazo) ular uchun bu dunyoda 

sharmandalik va oxiratda ular uchun ulkan azob (ham bor)dir.  

 

Izoh: Bu oyat nozil bo'lishining sababi Imom al-Buxoriy rivoyat qilgan hadisda aytilganidek, Ukl va Urayna 



qabilalaridan bir guruh odamlar kelib, Rasululloh huzurida imon keltiradilar. So'ngra sut so'raydilar. 

Sadaqaga kelgan tuyalar sutidan ichishga ruxsat berganlarida, ular borib tuyakash cho'ponni o'ldirishib, 

tuyalarni haydab olib ketadilar. Dindan qaytgan bu munofiqlar ortidan bir guruh musulmonlarni yuborib 

ularga jazo berish buyuriladi. Yetib borib, ularning qo'loyoqlarini kesishib, ko'zlarini ham o'yishadi. Bu 

xabarni Rasululloh eshitib, ko'z o'yish, quloq va burunni kesish kabi qiynoqlarni Islom dinida man etilishini 

e'lon qiladilar.  

 

34. Ammo, sizlar ular ustidan qodir bo'lishingiz (qo'lga tushirishlaringiz)dan oldin tavba qilganlar 



(bundan mustasno). Bilib qo'yingizki, Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 

35. Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va Unga (yaqinlashtiruvchi savobli ishlardan) vasila 

(vosita) izlangiz hamda Uning yo'li (toati)da jiddu jahd qilingiz, toki tole topursizlar.  

 

36. Darhaqiqat, kufrda bo'lganlar qiyomat kunining azobidan qutilish uchun (to'lashga) mabodo Yer 

(yuzi)dagi (hamma) narsa va (balki) yana o'shancha (narsa)ga ega bo'lganlarida ham, ulardan qabul 

qilinmagay. Ularga alamli azob (berilur).  

 

37. Do'zaxdan chiqishni istaydilar. Holbuki, ular undan chiquvchi emaslar. Ularga muqim (abadiy) azob 



(berilur).  

 

38. O'g'ri erkak va o'g'ri ayolning - qilmishlariga yarasha jazo va Allohdan azob sifatida - qo'llarini 

kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

39. Kimki, (bu) zulmidan keyin tavba qilsa va (o'zini) tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul etadi. 

Albatta, Alloh mag'firatli va marhamatlidir.  

 

40. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xos ekani, (binobarin) xohlagan kishini azoblab, xohlagan 

kishini kechirishini bilmadingizmi? Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.  

 

41. Ey, Rasul! Og'izlari bilan: "Imon keltirdik" deydigan, (lekin) dillari imon keltirmaganlar va 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

72

yahudiylardan kufr sari intilayotganlari Sizni xafa qilmasin! (Ular) yolg'on (to'qish) uchun (Sizning 



gaplaringizni) eshitib oluvchi va huzuringizga kelmagan, o'z o'rinlariga qo'yilgan so'zlarni keyin 

o'zgartiradigan boshqa qavm (yahudiylar) uchun (gaplaringizni) eshitib oluvchilardir. Aytadilar: "Agar 

shu (o'zgartirilgan hukm) sizlarga berilsa, (qabul qilib) olinglar. Bordiyu berilmasa, saqlaninglar!" 

Kimniki Alloh (fitnada) sinashni istasa, Siz uning uchun Allohdan hech narsaga ega bo'la olmaysiz. Ana 

o'shalarning qalblarini poklashni Alloh iroda qilmagan. Ular uchun bu dunyoda sharmsorlik va ular 

uchun oxiratda ulkan azob (muqarrardir).  

 

42. (Ular) yolg'on (to'qish uchun Siz)ga quloq soluvchilar va haromni (porani) yeydiganlardir. Agar 



Sizga (hukm so'rab) kelsalar, o'rtalarida hukm chiqaring yoki ulardan voz keching! Agar ulardan voz 

kechsangiz (ham), Sizga sira zarar yetkazmaydilar. Agar hukm qilsangiz, o'rtalarida adolat bilan hukm 

qiling! Albatta, Alloh odillarni sevadi.  

 

43. O'zlarida Tavrot va unda Allohning hukmi bo'la turib, nechuk Sizni hukm chiqarishga undaydilar 

va so'ngra yuz o'giradilar (hukmingizga amal qilmaydilar)?! Ana o'shalar aslo mo'min emaslar.  

 

44. Darvoqe, Biz Tavrotni nozil etdik. Undagi hidoyat va nur (ahkomlar izohi) bilan itoatkor nabiylar, 

zohidlar va ulamolar yahudiy bo'lganlarga Allohning Kitobidan yod oldirilgan (bilimlari)ga binoan 

hukm bayon eturlar. O'zlari bunga guvohdirlar. Bas, (ey, hukm chiqaruvchilar,) odamlardan 

qo'rqmangiz, Mendan qo'rqingiz va Mening oyatlarimni ozgina bahoga almashtirmangiz! Alloh nozil 

qilgan narsa (oyatlar) bilan hukm qilmaganlar, ana o'shalar kofirlardir.  

 

45. Biz unda (Tavrotda) ularga jonga jon, ko'zga ko'z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va 

jarohatlarga qasos (olinur) deb, bitib qo'ydik. Kimki u (qasos)ni sadaqa qilib (kechib) yuborsa, u 

(gunohlariga) kafforatdir. Alloh nozil etgan (oyatlar) bilan hukm qilmaydiganlar, ana o'shalar 

zolimlardir.  

 

Izoh: Kafforatning ma'nosi evaz, badal, afvdir. Demak, qasos olmay xunidan kechib yuborsa, qilgan 



gunohlariga afv ato etilar ekan.  

 

46. Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni o'zidan oldingi (tushirilgan) Tavrotni tasdiq etuvchi holda 



izdosh qilib yubordik va unga Injilni - ichida hidoyat va nuri bilan o'zidan oldingi (tushirilgan) Tavrotni 

tasdiq etuvchi holda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (manbai) qilib berdik.  

 

47. Injil egalari undagi Alloh nozil etgan narsa (oyatlar) bilan hukm qilsinlar. Alloh nozil etgan (oyatlar) 

bilan hukm qilmaydiganlar, ana o'shalar fosiqlardir.  

 

48. Sizga (esa, ey, Muhammad,) o'zidan oldingi Kitob(lar)ni tasdiq etuvchi va u (kitoblar)ni 

muvofiqlashtiruvchi sifatida Kitob (Qur'on)ni haqiqatan nozil qildik. Bas, ular o'rtasida Alloh nozil 

etgan (oyatlar) bilan hukm qiling. Sizga kelgan haqiqatdan (chetlab), ularning havoyi (fikrlari)ga 

ergasha ko'rmang! Har bir (ummat) uchun (alohida) shariat va yo'l (ta'yin) qilib qo'ydik. Agar Alloh 

xohlasa edi, sizlarni bir ummat (bir xil shariatda) qilib qo'ygan bo'lur edi. Lekin, O'zi bergan narsa 

(shariatlar)da sizlarni sinash uchun (shunday qilmadi). Bas, xayrli (savobli) ishlarda bir-biringizdan 

o'zishga oshiqingiz! Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzuridir. O'shanda (U) 

sizlarga kelisholmay yurgan narsalaringiz xabarini berajak.  

 

49. Ular o'rtasida Alloh nozil etgan narsa (oyatlar) bilan hukm qiling. Ularning havoyi (fikrlari)ga 

ergashmang va Alloh Sizga nozil etgan (hukmlari)ning ba'zilaridan Sizni chalg'itishlaridan ehtiyot 

bo'ling! Agar yuz o'girsalar, bilingki, Alloh ularga ba'zi gunohlari tufayli musibat yetkazishni 

istamoqda. Albatta, odamlarning ko'pchiligi fosiq (itoatsiz)dirlar.  

 

50. Johiliyat (davri) hukmini qo'msayaptilarmi?! Chin ishonchli kishilar uchun Allohdan ko'ra kimning 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

73

hukmi chiroyliroq ekan?! 

 

51. Ey, imon keltirganlar! Yahudiylar va nasroniylar bilan do'st tutinmangiz! (Ularning) ba'zilari 

ba'zilari bilan do'stdirlar. Sizlardan kimki ular bilan do'st tutinsa, u albatta ulardan (bo'lib qolur). 

Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmagay.  

 

Izoh: Hijratning uchinchi yilida kechgan Uhud jangiga oid bu oyatdagi taqiq musulmonlar uchun yahudiy va 



nasroniylarning dini yoki millati tufayli emas, balki ungacha musulmonlar bilan xolis aloqada bo'lib kelgan 

mazkur odamlarga jang asnosida tarafdor va ittifoqdosh bo'lishdan ogohlantirish edi.  

 

52. Dillarida "kasallik" bor kimsalar: "Bizga biror ofat yetib qolishidan qo'rqamiz", - deb, ular tomon 



intilayotganini ko'rasiz. Axir, Alloh (musulmonlarga) g'alaba ato etib yoki O'z huzuridan biror buyruq 

berib qolsa, ichlarida sir tutgan narsalariga pushaymon bo'luvchilarga aylanib qolishlari mumkin-ku!  

 

53. (Ana o'shanda) imon keltirganlar: "Zo'r berib, sizlar bilan birgamiz deb qasam ichganlar ana 

shularmi?" - degaylar. Ularning (savobli) ishlari yelga ketdi, natijada ziyon ko'ruvchilarga aylanib 

qoldilar.  

 

54. Ey, imon keltirganlar! Sizlardan kimki dinidan qaytsa, Alloh shunday bir qavmni keltirurki, ularni 

Alloh sevadigan va ular ham Uni sevadigan, mo'minlarga (nisbatan) kamtar, kofirlardan esa (o'zlarini) 

yuqori tutuvchi, Allohning (toati) yo'lida jiddu jahd qiluvchi, malomatchining malomatidan 

qo'rqmaydigan bo'lurlar. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan (bandalari)ga berur. Alloh (karami) 

keng, dono zotdir.  

 

55. Darvoqe, sizlarning do'stingiz faqat Alloh, Uning Rasuli va imon keltirganlar hamda namoz 

o'qiydigan va ruku' qilgan hollarida ham zakot beruvchilardir.  

 

Izoh: Bu oyat Hazrat Ali ibn Abi Tolib (r. a. ) xususida nozil qilingan. Ul zoti sharif namoz ichida ruku'da 



engashib turganlarida, bir gado kelib tilamchilik qiladi. Hazrat Ali barmoqlaridan uzuklarini chiqarib, gado 

tomonga otib yuboradilar. U kishining bu muruvvatlari Allohga maqbul bo'ladi.  

 

56. Kimki Allohni, Rasulni va imon keltirganlarni do'st tutsa, albatta, Allohning (bu) hizbi chinakam 



g'oliblardir.  

 

Izoh: Hizb so'zining lug'aviy ma'nosi guruh, partiya, tobe kishilar demakdir. Allohning hizbi deganda 



Payg'ambari va imon keltirgan zotlarni, musulmonlarni tushunish lozim bo'ladi.  

 

57. Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldin Kitob berilganlardan diningizni mazax va o'yin qilib olganlar 



hamda kofirlar bilan do'st tutinmangizlar. Mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar!  

 

58. (Ular) namozga azon aytsangizlar, uni (namozni) mazax va o'yin qilib oladilar. Bu ularning 



anglamaydigan qavm ekanidan (dalolat)dir.  

 

59. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Allohga, bizga nozil qilingan (Qur'on)ga va oldin nozil qilingan 

(Kitoblar)ga imon keltirganimiz, sizlarning aksariyatingiz esa fosiq (itoatsiz) bo'lganingiz tufayli bizdan 

o'ch olyapsizlarmi?"  

 

60. Ayting: "Alloh nazdida bundan ham yomonroq "savob" (jazo) to'g'risida sizlarni xabardor qilaymi? 

Alloh la'natlagan, g'azab qilgan, ulardan (ba'zilarini) maymun va cho'chqalarga aylantirgan hamda 

shaytonga ibodat qilganlar (uchun beriladigan jazodir). Ana o'shalarning makoni yomon va to'g'ri 

yo'ldan ko'proq adashgan kimsalardir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

74

Izoh: Ushbu oyat dalolat qiladiki, odam maymundan emas, balki tarixda ba'zi osiy kishilardan maymun va 



cho'chqalar paydo bo'lgan. Tafsirlarda aytilishiga qaraganda, shanba kuni baliq ovidan qaytarilgan bir qabila 

yahudiylari Allohga hiyla ishlatib nofarmonlik qilganlari uchun Alloh ularni maymun shakliga kiritish bilan 

jazolagan. Iso (a. s.)ga nozil bo'lgan dasturxon ne'matlariga noshukurchilik qilgan kofirlarni esa Alloh taolo 

jazolab, cho'chqa shakliga kiritib qo'ygan degan rivoyat bor.  

 

61. Sizlarga kelib: "Imon keltirdik", - deyishadi. Vaholanki, kufr bilan kirib, kufr bilan chiqib ketadilar. 



Alloh ular yashirib yurgan narsa (ikkiyuzlamachiliklari)ni yaxshi biluvchidir.  

 

62. Ularning aksariyati gunoh, adovat va haromxo'rlik sari shosha-pisha intilayotganliklarini ko'rasiz. 

Qilayotgan ishlari o'ta yomon ishdir.  

 

63. Ruhoniy va olimlari ularni gunoh gaplari va haromxo'rliklaridan qaytarsalar bo'lmaydimi? 

Qilayotgan sir-sinoatlari juda yomondir!  

 

64. Yahudiylar: "Allohning "qo'li" bog'liq (baxil)", - dedilar. O'zlarining qo'llari bog'lanur va (bu) 

gaplari sababli la'natlanurlar. Aslida (Uning) "ikki qo'li" ochiq. Qanday xohlasa, (shunday) ehson 

qilaveradi. Sizga Rabbingizdan nozil etilgan (Qur'on) ulardan ko'plarining adashuvi va kufrini orttirdi, 

xolos. Ularning oralariga, to qiyomat kunigacha (davom etadigan) adovat va nafrat solib qo'ydik. Urush 

olovini yoqishlari bilan, uni darhol Alloh o'chirib turadi. Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga 

harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg'unchilarni yaxshi ko'rmaydi.  

 

65. Agar ahli kitoblar imon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularning gunohlarini 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling