Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet6/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72

karamlidir. Lekin, ko'p odamlar (bunga) shukr qilmaydilar.  

 

Izoh: O'limdan qo'rqib, deganda jangdagi yoki vabo kasalligidan o'lish xavfidan qochish deb tafsir qilinadi. Bu 



Allohning ibratomuz ishlaridandir. Ya'ni, qochish bilan o'limdan qutulishning iloji yo'qdir. Bu qadimgi 

ummatlar qilmishidan ibratlanish uchun aytilgan qissadir.  

 

244. Alloh yo'lida jang qilingiz va bilingizki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.  



 

245. Allohga chiroyli qarz beradigan (Uning yo'lida o'z boyligidan sarflaydigan) kishi bormiki, unga bir 

necha barobar ko'p qilib qaytarsa? Holbuki, (rizqni) tang va keng qiladigan Allohning o'zidir va Unga 

qaytarilajaksizlar.  

 

246. Musodan keyin Isroil avlodining zodagonlarini ko'rmadingizmi?! Ular o'zlarining payg'ambariga: 



"Bizga bir podshoh yuborgin, (biz u bilan) birga Alloh yo'lida jang qilaylik",- deyishdi. "Balkim sizlarga 

urush farz qilinsa, urushmassiz", - dedi (payg'ambar). Ular: "Yurtimizdan va farzandlarimizdan judo 

qilinib turibmiz-ku, nega Alloh yo'lida urushmas ekanmiz?" - dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozgina 

kishidan tashqarilari bosh tortdilar. Alloh zolimlarni yaxshi biluvchidir.  

 

Izoh: Payg'ambarlarining kimligi to'g'risida turlicha tafsir qilinadi. Ba'zi mufassirlar Sham'un desalar, 



boshqalari Ashmavil deydilar.  

 

247. Ularga payg'ambarlari: "Alloh sizlarga Tolutni podshoh etib yubordi", - desa, ular: "Unga 



ustimizdan qanday ham podshohlik bo'lsin, axir hukmronlikka biz undan haqliroqmiz-ku, (bundan 

tashqari) unga mol-mulk ham mo'l-ko'l berilmagan", - deyishdi. Payg'ambar aytdi: "Alloh uni sizlarga 

O'zi tanlab, uni ilmda va jismonan ziyoda etdi. Alloh mulkini O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

29

(karami) keng va bilimdondir".  



 

248. Payg'ambarlari ularga aytdi: "Uning podshohlik belgisi shuki, sizlarga bir sandiq keladi. Unda 

Rabbingizdan taskin va Muso hamda Horun oilalaridan qolgan qoldiqlar joylashgan bo'lib, uni 

(sandiqni) farishtalar ko'tarib turadilar. Agar (chin) mo’min bo'lsangizlar, shubhasiz, bunda sizlar 

uchun belgi bor".  

 

Izoh: Taskindan murod shuki, sandiq qayerda bo'lsa, o'sha yerdagi odamlar xotirjamlik va xavfsizlikda bo'lar 



edilar. Hatto, undan yov bilan to'qnashganda ham foydalanar edilar.  

 

249. Tolut askarlari bilan (shahardan) chiqqach, aytdi: "Alloh sizlarni daryo bilan sinab ko'ruvchidir. 



Bas, kim undan ichsa, u mendan (tobelarimdan) emas va kim undan ichmasa, albatta, u mendandir. 

Magar qo'li bilan bir hovuch olsa (joizdir). Bas, ozchilikdan tashqari hammalari undan ichdilar. U 

(Tolut) mo’minlar bilan daryodan o'tgach, (askarlar) aytdilar: "Bu kun bizda Jolut va uning lashkariga 

toqat yo'q". (Shunda) Allohga (qiyomat kuni) yuzma-yuz bo'lishlariga ishonadigan kishilar aytdilar: 

"Qanchadan-qancha kam sonli guruhlar Allohning izni bilan ko'p sonli guruhlar ustidan g'alaba 

qozongan. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir".  

 

250. Jolut va uning lashkarlari bilan to'qnashganlarida: "Ey, Rabbimiz! Bizga sabr (-toqat)ni yog'dir, 

qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g'alaba ato et!" dedilar.  

 

251. Shunday qilib, Allohning izni bilan ular ustidan g'alaba qozondilar. Dovud Jolutni o'ldirdi va Alloh 

unga (Dovudga) podshohlik va payg'ambarlik hamda O'zi xohlagan narsalarni o'rgatdi. Agar Alloh 

odamlarning birini ikkinchisi bilan daf' etib turmas ekan, shubhasiz, Yer fasodga (buzg'unchilik va 

xarobaga) aylangan bo'lur edi, lekin Alloh (barcha) olamlarga (nisbatan) fazl egasidir.  

 

252. Bular Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga (ey, Muhammad), haqqoniy ravishda tilovat qilmoqdamiz. 

Siz, albatta, payg'ambarlardandirsiz.  

 

 



UCHINCHI JUZ’ 

************************* 

 

253. O'sha payg'ambarlarning ayrimlaridan ayrimlarini afzal etdik. Ular ichida Alloh (bevosita) 



gaplashganlari va darajasini (Alloh) ko'targanlari bor. Iso ibn Maryamga mo''jizalar berdik va uni 

Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladik. Agar Alloh xohlaganda edi, (odamlar) payg'ambarlardan 

keyin, hujjatlar kelganidan so'ng urishishmagan bo'lur edilar. Ammo, ular ixtilof qildilar; ular orasida 

mo’minlari ham, kofirlari ham bor. Agar Alloh xohlaganda, urishmagan bo'lur edilar. Lekin, Alloh O'zi 

xohlagan ishini qilur.  

 

254. Ey, mo’minlar, na savdo-sotiq, na oshna-og'aynichilik va na shafoat bo'lmaydigan kun (qiyomat) 

kelishidan oldin (shu dunyoda) sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan ehson qilinglar! Kofirlar esa, 

ular zolimlardir.  

 

255. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va 

na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning 

ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo'lgan) va keyingi (bo'ladigan) narsani bilur. 

(Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o'zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan 

(ham) kenglik qilur. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.  

 

Izoh: Bu oyatdagi kursiy so'zining lug'aviy ma'nosi o'rindiq, taxt, tayanch, kursi va hokazo. oyatdagi 



"kursiy"dan murod nima ekani haqida turli tafsirlar bor: 1. Kursiy Arshning o'zi. 2. Arshdan kichikroq alohida 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

30

narsa. 3. Allohning ilmi. 4. Uning qudrati. 5. Hukmronligi va hokazo.  



 Mazkur oyat - "Oyatul-Kursiy" deb nomlanadi. Bu oyati karimaning fazlu xislatlari to'g'risida ko'pgina hadisi 

shariflar mavjud. Jumladan, "Kimki har bir farz namozidan keyin bu oyatni o'qib yursa, jannatga kirishi uchun 

faqat o'lim to'sqinlik qilib turgan bo'ladi. Tunda uxlashdan oldin o'qib yotsa, Alloh uning o'zini va qo'shnilarini 

balo-qazodan asraydi. Bu oyat o'qilgan uyga sehr-jodu ta'sir etmaydi".  

 

256. Dinda zo'rlash yo'q, zero, to'g'ri yo'l yanglish yo'ldan ajrim bo'ldi. Bas, kim shayton (yoxud 



butlar)ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Alloh eshituvchi va 

biluvchidir.  

 

257. Alloh imon keltirganlarning do'stidir. Ularni zulmatdan nur sari chiqaradi. Kofirlarning do'stlari 



esa shaytonlar (butlar)dir. Ularni (kofirlarni) nurdan zulmat sari chiqaradilar. Ana o'shalar do'zax 

ahlidirlar va ular unda mangu qoluvchilardir.  

 

258. Alloh saltanat berganidan (g'ururlanib,) Ibrohim bilan uning Rabbi xususida bahslashgan kimsani 

(Namrudni) ko'rmadingizmi?! Qaysiki, Ibrohim: "Mening Rabbim tiriltiradi ham, o'ldiradi ham", - 

deganida, u: "Men (ham) tiriltiraman va o'ldiraman", - dedi. Ibrohim aytdi: "Alloh quyoshni 

Mashriqdan chiqaradi, sen uni Mag'ribdan chiqarginchi?" Shunda (o'sha) kofir (gap topolmay) lol 

bo'lib qoldi. Alloh zolim kishilarni hidoyat sari yo'llamaydi.  

 

Izoh: Ibrohim (a. s.) bilan bahslashgan bu kofirning nomi Namrud ibn Kan'on. U o'z yurtining shohi edi. Shon-



shavkat g'ururidan o'zini xudo deb bilar edi. Ibrohim (a. s.)ga javoban: "Men ham tiriltiraman, ham 

o'ldiraman", - deb, so'zining isboti uchun zindonda yotgan asirlardan to'rt nafarini chiqarib, ikkitasini ozod 

qilib yuborib, "Bu tiriltirishim", - dedi. Qolgan ikkitasini qatl qildirib, "Bu o'ldirishim", - dedi. Lekin bu 

hiylasini Ibrohim (a. s.) qabul qilmadilar.  

 

259. Yoki boshqa bir kishi (Uzayr) kabiki, (u) tomlari yiqilib, vayronaga aylangan qishloqdan (Baytul-



Maqdisdan) o'tib borarkan: "Alloh bu xarobaga aylangan qishloq (ahli)ni qanday tiriltirar ekan-a?" - 

dedi. Shunda Alloh uni (Uzayrni) yuz yil (muddatga) o'ldirdi. So'ngra uni tiriltirib dedi: "Qancha 

muddat (o'lik holda) turding?" "Bir kun yoki yarim kun", - dedi u. Alloh: "Yo'q, yuz yil turding. 

Taoming va ichimligingga qara, buzilmagan. Endi, eshagingni (chirib ketganini) ko'r! (Bu mo''jizalarni) 

odamlarga seni ibrat qilishimiz uchun (keltirdik). Bu suyaklarni qanday tiklab, so'ng ularni go'sht bilan 

qoplashimizni ko'rgin". Qachonki, unga (bu ishlar) aniqlangach: "Men (endi) bilamanki, Alloh hamma 

narsaga qodir ekan",- dedi.  

 

260. Eslang (ey, Muhammad), Ibrohim: "Ey, Rabbim, menga o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat", - 



deganida, Alloh: "Ishonmadingmi?" - dedi. Ibrohim aytdi: "Yo'g'-ye, lekin dilim yanada taskin topsin". 

Alloh aytdi: "To'rtta qushni olib, huzuringga jamla (va ularni maydalab), so'ng (atrofingdagi) har bir 

tog'ning ustiga ularni bo'lak-bo'lak qilib qo'yginda, keyin ularni chaqirgin, (ular tirilib,) darhol 

huzuringa keladilar. Bilginki, albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

Izoh: To'rt qush - xo'roz, qarg'a, tovus va kaptar.  

 

261. Alloh yo'lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go'yo bir donga o'xshaydiki, u har bir 

boshog'ida yuztadan doni bo'lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga yanada 

ko'paytirib (savob) beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir.  

 

Alloh taolo bu tamsil bilan bitta xayrli ish uchun bitta emas, to 700 va undan ortiq savob ato etishi 



mumkinligini bildirmoqchi.  

 

262. Mollarini Alloh yo'lida sarflab, keyinchalik bergan narsalari ketidan minnat va ozor 



yetkazmaydigan kishilar uchun Parvardigorlaridan mukofot bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

31

tashvish ham chekmaslar.  



 

263. Yaxshi gap va kechirim (uzr so'rash) ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh behojat 

va halimdir.  

 

264. Ey, imon keltirganlar, molini odamlar ko'rsin uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga 

ishonmaydigan kimsaga o'xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo'qqa chiqarmang! U 

(riyokor), ustini tuproq qoplagan silliq qoyaga o'xshaydi; ustiga jala yoqqanda, (tuproq yuvilib,) sip-

silliq toshning o'zini qoldiradi. Ular topgan (va sarflagan) boyliklaridan hech narsaga ega bo'la 

olmaydilar. Alloh kofirlar qavmini hidoyat etmaydi.  

 

265. Mollarini Alloh rizoligi va dillarining sobitligi uchun sarf qiladigan kishilar adirdagi boqqa 



o'xshaydi: unga jala tekkach, hosilini ikki barobar yetishtirar. Agar unga jala yog'magan bo'lsa, 

tomchilab yoqqan yomg'ir ham (o'ziga yarasha undirar). Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib 

turuvchidir.  

 

266. Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo'l bo'lgan bog'i bor 

odam o'zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o'sha bog'ini olovli to'fon urib, yonib 

ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb, Alloh o'z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi.  

 

Izoh: Bu misol savobli ishlarni riyokorlik bilan amalga oshirgan kishiga nisbatan keltirilgan. Ne umidlar bilan 



parvarish qilingan bog'-rog'idan mahrum bo'lgan kishidek, riyokor odam oxiratda ajru savobdan mahrum 

bo'lishi to'g'risida ogohlantirilmoqda.  

 

267. Ey, imon keltirganlar, o'zingiz kasb etgan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalarning 



yaxshilaridan ehson qilingiz! O'zingiz faqat ko'zingizni chirt yumibgina oladigan darajadagi yomon 

narsalarni (ehson qilishga) tanlamangiz! Shuningdek, bilingizki, albatta, Alloh g'aniy va maqtovga 

loyiqdir.  

 

268. Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) faqir bo'lib qolishdan qo'rqitadi va fahsh ishlarga undaydi. 

Alloh (esa) sizlarga O'zidan mag'firat va fazl (boylik) va'da qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon 

zotdir.  

 

269. U O'zi xohlagan kishilarga hikmat (foydali ilm) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, demak, unga 

ko'p yaxshilik berilibdi. Bundan faqat oqil kishilargina eslatma olurlar.  

 

270. Ehson qilgan har bir nafaqangiz (sadaqangiz) yoki atagan nazringizni, albatta, Alloh biladi. (Xayr-



ehson qilmay o'ziga) zulm qiluvchilarga esa, yordam beruvchilar yo'qdir.  

 

271. Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordiyu kambag'allarga pinhona bersangiz - 

o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o'tar. Alloh qilayotgan (barcha) 

ishlaringizdan xabardordir.  

 

272. Ularning hidoyati Sizning zimmangizda emas (ey, Muhammad), balki Alloh xohlagan kishilarni 

hidoyat etur. Neki qilgan xayr-ehsonlaringiz bo'lsa, u o'zlaringiz uchundir. Faqat Allohning "yuzi" 

uchungina ehson qilgaysiz. Qilgan har bir xayr-ehsoningiz (savobi) sizlarga adolatsizlik qilinmagan 

holda mukammal qaytarilur.  

 

273. (Sadaqa va ehsonlar) Alloh yo'lida (jang bilan) band bo'lib, safarga chiqa olmaydigan, iffatlari 

(tortinchoqliklari) sababli bilmagan odam boy deb gumon qiladigan faqirlar uchundir. Ularning (faqir 

ekanliklarini) siymolaridan (tashqi ko'rinishdagi belgilaridan) bilib olasiz. (Ular) odamlardan tilanib 

turib olmaydilar. Qilgan xayr-ehsoningizni Alloh bilib turuvchidir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

32

 



274. Mol(-dunyo)larini kechayu kunduz, pinhonayu oshkora ehson qiladigan kishilarning 

Parvardigorlari huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham 

chekmaslar.  

 

275. Sudxo'rlar (qiyomat kuni qabrlaridan) jin chalib ketgan odam kabi (holatda) qo'padilar. Buning 



sababi - ularning: "Bay' (savdosotiq) ham sudxo'rlikning xuddi o'zi" degan gaplaridir. Holbuki, Alloh 

bay'ni halol, sudxo'rlikni (esa) harom qilgan. Bas, kim Rabbidan nasihat yetgach, (sudxo'rlikdan) 

to'xtasa, u holda avvalgi o'tgani o'ziga va uning ishi Allohga (havola). Kim yana (sudxo'rlikka) qaytsa, 

o'shalar do'zax ahlidirlar va ular unda abadiy qoluvchilardir.  

 

276. Alloh sudxo'rlikni (foydasini) yo'q qiladi va sadaqa (beruvchilarga boylik)larni ziyoda etadi. Alloh 

har qanday (sudxo'rlikni halol deb biluvchi) kofirni va (uni davom ettiruvchi) gunohkorni yoqtirmaydi.  

 

277. Albatta, imon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan, namozni mukammal ado etib, zakot berganlar 

uchun Parvardigorlarining huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular 

tashvish ham chekmaslar.  

 

278. Ey, imon keltirganlar, Allohdan qo'rqingiz va (chinakam) mo'min bo'lsangiz, sudxo'rlik sarqitidan 

voz kechingizlar! 

 

279. Mabodo (bu buyruqqa itoat) qilmasangiz, u holda Alloh va payg'ambari tomonidan (sizlarga qarshi 

bo'lajak) urushni (azobni) eshitingiz! Agar tavba qilsangiz, dastmoyalaringiz o'zingizga. Zulm ham 

qilmaysizlar, zulm qilinmaysizlar ham.  

 

280. Agar (qarzdor) qiynalsa, boyiguncha kutish lozim. Agar bilsangiz (bergan qarzingizni) sadaqa qilib 

yuborishingiz o'zingiz uchun yaxshiroqdir.  

 

281. (Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan (qiyomatdan) qo'rqingiz! So'ngra har bir jon (egasi)ga 

qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga zulm qilinmas.  

 

282. Ey, imon keltirganlar, bir-biringizdan biror muddatga qarz olib, qarz berishsangiz, uni yozib 



qo'yinglar! O'rtalaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgandek yozishdan 

bosh tortmasin, albatta, yozsin! Zimmasida qarzi bo'lgan kishi aytib tursin, Rabbi - Allohdan qo'rqsin va 

undan biror narsani kamaytirib yozmasin! Agar gardanida qarzi bo'lgan kishi aqlsiz yo ojiz (yosh yoki 

o'ta keksa) bo'lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi tufayli aytib) yozdirishga qodir bo'lmasa, uning 

homiy-vakili adolat bilan aytib tursin! Sizlar rozi bo'ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini 

guvoh qilinglar. Agar ikki erkak topilmasa, bir erkak bilan ikki ayoldir - biri (unutib) adashganda, 

ikkinchisi eslatadi. Guvohlar chaqirilganda, (kelib guvohlik berishdan) bosh tortmasinlar! Xoh katta, 

xoh kichik qarz bo'lsin, muddatigacha yozib qo'yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida 

adolatliroq, guvohlik uchun to'g'riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq (hukm)dir. Lekin, 

o'rtalaringizdagi aylanma naqd savdo bo'lsa, uni yozmasligingizda sizlarga gunoh yo'qdir. O'zaro savdo-

sotiq qilganda ham guvoh keltiring! Kotib ham, guvoh ham zararlanmasin. Agar shunday qilsangiz 

(zararlantirsangiz), bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qo'rqingiz! Alloh sizlarga (shunday) ta'lim 

beradi. Alloh hamma narsani biluvchidir.  

 

Izoh: Bu yerdagi buyruq qat'iy emas, balki mandub - ixtiyoriydir. Oldi-sottini guvohlar huzurida qilishlik har 



ehtimolga qarshi tavsiya etiladi.  

 

283. Agar safarda bo'lib, kotib topa olmasangiz, (qarz evaziga) naqd garov (berilsin!) Agar bir-



biringizga omonat qo'ysangiz, omonat qo'yilgan kishi omonatni qaytarsin va Rabbi - Allohdan qo'rqsin! 

Guvohlikni yashirmangiz! Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy (gunohkor)dir. Alloh qilayotgan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

33

ishlaringizni yaxshi bilib turuvchidir.  



 

284. Osmonlaru Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani oshkora qilsangiz yoki 

yashirsangiz ham, Alloh sizlarni u bilan hisob-kitob qilur. So'ng O'zi xohlagan kishini mag'firat qilib, 

O'zi xohlagan kishini azoblar. Alloh hamma narsaga qodirdir.  

 

285. Payg'ambar (Muhammad) o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi 

va mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga 

birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, 

mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish (bor)", - dedilar.  

 

286. Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) - 

o'ziga, va orttirgani (yomon amali) ham o'zigadir. (Yana dedilarki:) "Ey, Rabbimiz, agar unutsak yoki 

xato qilsak, bizni koyima! Ey, Rabbimiz, bizdan ilgari o'tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni 

bizning zimmamizga ortma! Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! 

Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi 

ustidan g'oliblik ato et!" 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

34

OLI IMRON SURASI 

 

Imron-Maryamning otasi. Oli Imron-Imron oilasi demakdir. Bu surada Badr va Uhud janglari, Iso (a. s.) 



qissalari, Allohga shirk keltirishning eng qattiq gunoh ekanligi, shariat ahkomlari va boshqa ko'p ma'lumotlar 

bayon qilingan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman): 

 

1. Alif, Lom, Mim.  



 

2. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. U tirik va abadiy turuvchidir.  

 

3. (U) Sizga (ey, Muhammad,) Kitob (Qur'on)ni haqiqatan o'zidan oldingi (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi 

holida nozil qildi. Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa,  

 

4. odamlarga hidoyat (manbai) bo'lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi 

(Qur'on)ni nozil qildi. Shubhasiz, Allohning oyatlarini inkor etuvchilarga shiddatli azob bordir. Alloh 

qudrat va intiqom sohibidir.  

 

5. Darhaqiqat, na Yerda va na osmonda biror narsa Allohga maxfiy (noma'lum) emasdir.  

 

6. U sizlarga bachadonlarda bo'lgan paytingizda xohlagan shaklni beradigan zotdir. Undan o'zga iloh 

yo'qdir. U qudratli va hikmatlidir.  

 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling