Tarjima haqida
(Maryamga) chin odam bo'lib ko'rindi
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
(Maryamga) chin odam bo'lib ko'rindi. 18. (Maryam unga): "Men Rahmonga iltijo qilib, sendan panoh berishini so'rayman. Agar (Allohdan) qo'rquvchi bo'lsang (menga ziyon yetkazmagin)", - dedi. 19. (Jabroil) aytdi: "(Qo'rqmagin), men faqat senga bir pokiza o'g'il hadya qilish uchun (kelgan) Parvordigoring elchisidirman, xolos". 20. (Maryam) dedi: "Menga odamzot "tegmagan" bo'lsa, buzuq ayol ham bo'lmasam, menga qayoqdan farzand bo'lsin?!" 21. (Jabroil) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun mo''jiza va O'z tomonimizdan bo'lgan rahmat (manbai) qilurmiz. Bu bitgan ishdir". 22. Bas, (Maryam) unga homilador bo'lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. 23. Bas, to'lg'oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: "Qani edi, mana shu (kun)dan oldin o'lib, butunlay unutilib ketgan bo'lsam". 24. Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: "G'amgin bo'lma, Rabbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo'ydi. 25. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini to'kar.
u holda: "Men Rahmon (roziligi) uchun ro'za tutishni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biror insonga so'zlamayman", degin! 27. So'ng (Maryam bolasini) ko'targan holda qavmiga kelganida ular: "Ey, Maryam! Sen qiziq ish qilibsan-ku! 28. Ey, Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!" - dedilar. 29. Shunda (Maryam o'zi gapirmay, bolasiga) ishora qildi. Ular aytdilar: "Beshikdagi go'dak bilan qanday so'zlashurmiz?!" 30. (Shu payt chaqaloq tilga kirib) dedi: "Men Allohning bandasidirman. (U) menga Kitob (Injil) ato etdi va meni payg'ambar qildi. 31. Yana meni qayerda bo'lsam barakotli qildi va modomiki, hayot ekanman, menga namozni va zakotni (ado etishni) buyurdi. 32. Shuningdek, (meni) onamga mehribon (qildi) va meni takabburli, badbaxt qilmadi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 198
33. Menga tug'ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom (omonlik) bo'lur". 34. Ular (ya'ni, yahudiy va nasroniylar) shubha qilayotgan Iso ibn Maryam - Haq so'z mana shudir! 35. Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emas - U (bunday) nuqsondan pokdir. U biror ishni qilishni istasa, faqat unga "Bo'l!" der. Bas, (o'sha ish) bo'lur. 36. (Iso aytdi): "Albatta, Alloh Rabbim va Rabbingizdir. Bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu to'g'ri yo'ldir". 37. So'ngra firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, ulug' Kun (Qiyomat) manzarasidan kofir bo'lganlar holiga voy! 38. Ular Bizga keladigan kunda juda (aniq) ko'radigan va eshitadigan bo'lib qolurlar. Lekin (u) zolimlar bugun aniq zalolatdadirlar.
qo'rqiting! Ular (bugun) g'aflatdadirlar, (shu sababdan) ular imon keltirmaydilar. 40. Albatta, Biz O'zimiz bu Yerni va undagi bor jonzotni meros qilib olurmiz va faqat Bizgagina qaytarilurlar. 41. (Ey, Muhammad,) Kitobda Ibrohim (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u juda sadoqatli payg'ambar edi. 42. Qaysiki, u otasiga: "Ey, ota! Nega sen eshitmaydigan, ko'rmaydigan va senga biror foyda yetkaza olmaydigan narsaga ibodat qilursan? 43. Ey, ota! Darhaqiqat, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergashgin, seni to'g'ri yo'lga hidoyat qilurman. 44. Ey, ota! Shaytonga ibodat qilmagin! Chunki shayton Rahmonga itoatsiz bo'lgan. 45. Ey, ota! Haqiqatan, men senga Rahmon (tomoni)dan azob yetib, (do'zaxda) shaytonga yaqin bo'lib qolishingdan qo'rqaman", - dedi. 46. (Otasi) aytdi: "Sen mening ilohlarimdan yuz o'giruvchimisan, ey, Ibrohim?! Qasamki, agar sen (bu ishingdan) qaytmasang, albatta, seni toshbo'ron qilurman va (yoki) meni bir zamon tark et!" 47. (Ibrohim): "Omon bo'l! Endi Rabbimdan senga kechirim so'rayman. Zero, U menga mehribon zotdir. 48. Men sizlardan ham, Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringizdan ham chetlanurman va (yolg'iz) Rabbimga iltijo qilurman. Rabbimga iltijo qilish bilan baxtsiz bo'lib qolmasman, degan umiddaman". 49. Bas, (Ibrohim) ulardan va Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaridan chetlangach, (Biz) unga (farzand va nabira) Ishoq va Ya'qubni berdik va barchalarini payg'ambar qildik. 50. Shuningdek, ularga O'z rahmatimizdan in'om etdik va ular uchun oliy rostgo'ylikni yaratdik. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 199
51. (Ey, Muhammad,) (ushbu) Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi - payg'ambar edi.
etdik. 53. Biz unga O'z fazlimiz bilan birodari - Horunni payg'ambar qilib berdik. 54. (Ey, Muhammad,) Kitobda Ismoil (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u va'dasida sodiq turuvchi va elchi - payg'ambar edi. 55. U o'z ahli (va ummati)ni namoz va ro'zaga buyurar edi. U Parvadigori nazdida rozi bo'lingan kishi edi. 56. Yana (ushbu) Kitobda Idris (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u sadoqatli payg'ambar edi. 57.Biz uni yuksak maqomga ko'tardik.
to'rtinchi osmonga chiqib ketganliklari" desalar, boshqalari "jannatga ko'tarilib ketganlari" deydilar. Me'rojga taalluqli hadisda janob Rasululloh to'rtinchi osmonda Idris (a. s.)ni ko'rganliklari naql qilingan. Madorik tafsirida shunday deyiladi: Hasan Basriy ayturlarki, Idris (a. s.) ibodatga shunchalik berilib ketgan ekanlarki, barcha farishtalar uni yaxshi ko'rib qolgan ekanlar. O'lim farishtasi Allohdan izn so'rab uning ziyoratiga borgan ekan. Borib o'zini tanitgach, Idris (a. s.) unga: "Menga bir o'lim achchig'ini tottirgin" -debdilar. U rozi bo'libdi. Qayta tirilgach, endi bir do'zaxga ham solib-chiqar debdilar. Farishta bu iltimoslarini ham bajaribdi. "Endi, jannatga ham bir olib kir", - debdilar. Kirgach, qaytib chiqishdan bosh tortibdilar. Farishta qistab chiqarmoqchi bo'lganida, aytibdilar: "O'limni totdim, do'zaxga kirib chiqdim. Jannatga kirganlar esa qayta chiqarilmagaylar" - debdilar. Farishta Allohga arz qilgan ekan, U: "Bu ishlar hammasi Mening iznim bilan bo'ldi. Qo'y, qo'zg'ama uni, jannatda qolaversin", -degan ekan. Bu rivoyat qadimdan mashhur edi. Tafsirlarda ham bor.
balosidan najot bergan) kishilardan (ya'ni, ularning farzandlaridan), Ibrohim zurriyotidan (Ismoil, Ishoq, Ya'qub kabi), Isroil (Ya'qub zurriyotidan bo'lgan Muso, Horun, Zakariyo, Yahyo va Iso kabi) va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan bo'lmish Alloh in'om etgan payg'ambarlardir. Ularga qachon Rahmon oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig'lagan hollarida yiqilurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 200
64. (Jabroil dedi): "Biz yolg'iz Rabbingiz amri bilangina nozil bo'lurmiz. Oldimizdagi (oxirat) ham, ortimizdagi (dunyo) ham, (ikkisi) o'rtasidagi barcha ishlar ham faqat Uning izmidadir. Parvardigoringiz unutuvchi emasdir".
ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?! 66. (Kofir) inson: "O'lganimdan so'ng yana tirik holda (qabrimdan) chiqarilurmanmi?!" - der. 67. Axir, o'sha inson Biz uni ilgari o'zi hech narsa bo'lmagan paytida yaratganimizni eslamaydimi?! 68. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizga qasamki, albatta, Biz ularni shaytonlari bilan birga to'plarmiz, so'ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho'kkan hollarida hozir qilurmiz. 69. Keyin har bir guruhdan qaysinisi Rahmonga qattiqroq osiy bo'lsa, (o'shani) sug'urib olurmiz (va jahannamga oturmiz). 70. So'ngra, Biz o'zimiz unda (jahannamda) toblanishga loyiqroq kimsalarni yaxshiroq biluvchidirmiz. 71. Sizlardan har biringiz unga tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo'lgan hukmdir. 72. So'ngra taqvodor bo'lganlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz. 73. Qachonki ularga (insonlarga) aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlar imon keltirganlarga: "Qaysinisi yaxshiroq martaba va go'zalroq manzilda?" - deydilar. 74. Holbuki, Biz ulardan oldin qancha anjom va ko'rinishlari chiroyli bo'lgan avlodlarni halok qilganmiz! 75. (Ey, Muhammad,) ayting: "Kim zalolatda bo'lsa, bas, Rahmon uning muddatini uzaytirsin, toki o'zlariga va'da qilingan (dunyo) azobini yoki qiyomatni ko'rganlarida, albatta, kimning martabasi yomonroq va lashkari ojizroq ekanini bilurlar. 76. Alloh haq yo'ldagi kishilarga yanada hidoyatni ziyoda qilur. Rabbingiz nazdida boqiy ezgu (ish)lar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham ortiqroqdir".
mulk va farzand ato etilur", - degan kimsani ko'rdingizmi? 78. U g'oyibdan xabardor bo'libdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olibdimi?! 79. Yo'q! Albatta, (Biz) uning aytayotgan so'zini yozib qo'yurmiz hamda unga azobni ziyoda qilurmiz. 80. U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur. 81. Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar. 82.Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 201
83. (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni yuborganimizni ko'rmadingizmi?! 84. Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz. 85. Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, Izoh: Taqvodorlar tilla tuyalarga mindirilib, Allohning huzuriga olib borilishi to'g'risidagi oyat. 86. jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)! 87. (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar. 88. (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar. 89. (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki, 90. uning (og'irligidan) osmonlar yorilib, Yer bo'linib, tog'lar qulab parchalanib ketayozur. 91. Sabab - Rahmonga farzand da'vo qilishlaridir. 92. Rahmon uchun farzand tutish loyiq emasdir. 93. Osmonlar va Yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo'yin sungan holda kelur. 94. U ularni hisoblab, adadini sanab qo'ygandir. 95. Ularning barchasi qiyomat kuni yolg'iz holda Uning huzuriga keluvchidir.
97. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz (Qur'on) bilan taqvo egalariga xushxabar berishingiz uchun va sarkash qavmni ogohlantirishingiz uchun uni Sizning tilingizga oson qilib qo'ydik. 98. Biz ulardan (Makka mushriklaridan) oldin ham qanchalab (itoat etmagan) avlodlarni halok etgandirmiz. Siz ulardan birortasini sezyapsizmi yoki ovozlarini eshityapsizmi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 202
TOHA SURASI
To, ho - suraning boshida kelgan bu ikki ramziy arab harflaridan murod nima ekani Allohgagina ma'lum. Lekin ba'zi mufassirlar u Muhammad (a. s.)ning nomlaridan biri deb ham yozganlar. Surada ilohiy ko'rsatmalar bilan bir qatorda Muso bilan birodari Horun, Fir'avn bilan vaziri Homon haqidagi qissa batafsil bayon qilinadi. Muso (a. s.)ning asolaridan sodir bo'lgan mo''jizalar ayni ibrat manbaidir.
14. Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o'zga iloh yo'q! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni eslaganingda namozni ado qil! 15. Qiyomat albatta keluvchidir. (Lekin) har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun uni (qachon bo'lishini) yashirishni istayman. 16. Bas, unga (qiyomatga) ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar seni undan to'smasinlarki, u holda halok bo'lursan. 17.Ana u - qo'lingdagi nimadir, ey, Muso?!" 18. (Muso) dedi: "U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib berurman. Yana unda boshqa hojatlarim ham bor". Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 203
19. (Alloh) aytdi: "Uni (yerga) tashlagin, ey, Muso!" 20. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo'lib qoldi. 21. (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz. 22. Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa mo''jizadir. Izoh: Hech qanday yomonliksiz, ya'ni, qo'lingni nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emas, balki u sog'lom holda Mening qudratim bilan yog'du sochur. 23. Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik). 24. (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)". 25. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin, 26. ishimni oson qilgin, 27. tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, 28. (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar. 29. Menga o'z ahlimdan vazir qilgin. 30. Ya'ni, birodarim Horunni. 31. U bilan belimni baquvvat qilgin. 32. Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin. 33. Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik 34. va Seni ko'proq yod etaylik. 35. Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan". 36. (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso! 37. Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik.
39. - "Uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to'lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani (Fir'avn) ushlab olur". (Ey, Muso, barchaga suyukli bo'lishing) va Mening ko'z o'ngimda (himoyamda) o'sishing uchun senga o'z tomonimdan muhabbat (joziba) tashladim.
qiladigan bo'ldi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 204
40. O'shanda opang seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan yurib: "Sizlarni bu (bola)ga kafil (emizadigan ayol) oldiga boshlab boraymi", deganlarini (eslagin)! So'ng Biz seni ko'zlari quvonsin, g'amgin bo'lmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chog'ingda) bir jonni o'ldirib qo'yganingda, Biz seni bu g'amdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni ko'p sinovlar bilan sinab ko'rdik. Madyan ahli orasida ham (necha) yillar turding, so'ngra (payg'ambarlik uchun belgilab qo'yilgan) muddat Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling