Tarjima haqida
Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
12. Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. 13. Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir- birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir. 14. A'robiylar: "Imon keltirdik", - dedilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Sizlar imon keltirganlaringiz yo'q, lekin sizlar "Islomga kirdik" denglar! (Chunki hanuz) dillaringizga imon kirgan emasdir. Agar sizlar Allohga va Uning Payg'ambariga itoat etsangizlar, U sizlarga (qilgan yaxshi) amallaringizdan (savobidan) biror narsani kamaytirmas. Albatta, Alloh mag'firatli va rahmlidir".
qiladi. Imon - bu ilohiy ta'limotni tan olib tasdiq etish bo'lsa, islom ilohiy ko'rsatma va buyruqlarni amalda bajarishdir. Bu oyatda mo''minlik da'vo qilayotgan bir guruh a'robiylarga Alloh taolo raddiya berib, "Yo'q! Sizlarda imon yo'q, balki o'zlaringni mo'min-musulmon ko'rsatish uchun amal qilib turibsizlar", - degan mazmunda tanbeh beradi.
va jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilgan zotlardir. Aynan o'shalargina (imonlarida) sodiqdirlar.
o'rtasidagi farq bayon qilinmoqda. Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.
Alloh osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh barcha narsani biluvchidir". 17. Ular Sizga islomga kirganlarini minnat qilurlar. Ayting: "Sizlar menga islomingizni minnat qilmangiz. Balki agar (imoningizda) sodiq bo'lsangiz, bilingizki, Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur. 18. Albatta, Alloh osmonlar va Yerdagi g'ayb (sirlar)ni bilur. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 355
QOF SURASI
Qof - arab alifbosining 21-harfi. Bu kabi harflarning sura boshida kelganda qanday tushunish kerakligi haqida Baqara surasi avvalidagi izohda bayon qilindi. Qof bir yashil tog'ning nomi sifatida ham keladi. Surada imon- e'tiqod, kufru shirk, dunyo va oxirat kabi tushunchalar, xususan, o'lgandan keyin qiyomatda tirilib, Alloh huzurida hisobot berishlikning haqligi to'g'risida uqdiriladi.
sababi javob keyingi oyatlar mazmunidan ayon bo'lib turganidadir. Bu taqdirda qasam javobi - Siz, Ey Muhammad, qayta tirilish haq ekanligini har qancha isbotlamoqchi bo'lsangiz ham Makka ahli ishonmaydi, degan so'zdir.
ajablandilar. Shunda kofirlar aytdilar: "Bu juda qiziq narsa-ku! 3. Bizlar o'lib, tuproqqa aylanganimizda (yana tirilamizmi)?! Bu juda uzoq (aqlga sig'mas) qaytishdir!" 4. Biz ular(ning murdalari) ni yer kamaytirayotganini (chirib tuproqqa aylanayotganini) bilganmiz. Bizning huzurimizda esa, (qilmishlarini) saqlovchi Kitob (Lavhul-Mahfuz) bordir. 5. Yo'q, ularga Haq (Qur'on) kelganda, uni ham yolg'onga yo'ydilar. Bas, ular iztirobli ishga (holga) tushib qolganlar.
deyishlaridir.
uning teshik(yoriq)lari yo'q ekanini ko'rmadilarmi?! 7. Yerni esa yoyiq (keng) qildik va unga tog'larni o'rnatib qo'ydik hamda unda (o'simlik, mevalardan) har turli go'zal juftlarni undirdik. 8. (Parvardigorga) qaytuvchi har bir bandaga ko'rgazma va eslatma bo'lishi uchun (shunday qildik). 9. Biz osmondan barakotli suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan bog'larni va o'rib olinadigan donlarni undirdik. 10. Shuningdek, zich mevali, novdalari baland xurmolarni ham. 11. Bandalarga rizq bo'lsin uchun (shunday qildik). Yana u (suv) bilan "o'lik" shaharni (yerni) "tiriltirdik". (Qabrlardan tirilib) chiqish ham mana shunday bo'lur. 12. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, quduq egalari (Shuayb qavmi), Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar. 13. Shuningdek, Od(qabilasi), Fir'avn (qavmi), Lutning og'a-inilari, 14. daraxtzor egalari (ya'ni,Shuayb qavmi) va Tubba' qavmi ham. (Ularning) barchalari Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 356
payg'ambarlarni inkor etishgach, Mening va'dam (azobim ularga) muqarrar bo'ldi. 15. Axir, Biz avvalgi yaratishga (yo'qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo'q, ular esa yangi yaralishdan shubhadadirlar.
ham bilurmiz. Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz. 17. Zotan, o'ng va chap (tomon)da o'tirgan ikki (yozib turuvchi farishta) qabul qilib(yozib) tururlar. 18. U biror so'zni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir bo'lgan bir kuzatuvchi (so'zni yozib oluvchi farishta) bordir. 19. Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (yetib) keldi. (Ey, inson,) bu (o'lim) sen undan qochuvchi bo'lgan narsadir. 20. (Tasavvur qiling,) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va'da qilingan Kundir! 21. Har bir jon o'zi bilan birga (uni mahsharga) haydovchi (bir farishta) va (amallariga) guvohlik beruvchi (ikkinchi farishta) bilan birga kelur. 22. (Ey, inson,) sen bu (og'ir Kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun ko'zing o'tkirdir. 23. Uning (kofirning) yaqini (bo'lgan farishta) deydi: "Mana bu (nomai a'mol) mening huzurimda (doimo) hozir bo'lgan narsadir". 24. (Do'zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): "Har bir noshukr, qaysarni jahannamga tashlangiz! 25. Shuningdek, yaxshilikni man etuvchi, tajovuzkor va (Allohga) shak keltiruvchini hamki, 26. u Alloh bilan boshqa "iloh"ni sherik qigan edi, uni qattiq azobga tashlangiz!" 27. Uning yaqini (shayton): "Parvardigoro, uni men tug'yonga solganim yo'q, lekin uning o'zi (haq yo'ldan) yiroq zalolatda bo'ldi", - deydi. 28. (Alloh) aytadi: "Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga tahdid qilganman. 29. Mening dargohimda (qilingan) so'z o'zgartirilmas va Men bandalarga zulm qiluvchi ham emasdirman". 30. U Kunda Biz jahannamga "to'ldingmi?", - dermiz, u esa: "Yana qo'shimcha bormi?" - der. 31. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo'lmagan (bir makonga) keltirilur 32. (va ularga:) "Mana shu (ne'matlar) sizlarga - (Allohga) qaytuvchi, (ahdini) saqlovchiga (va'da qilinib yurgan narsadir). 33. Shuningdek, Rahmondan g'oyibona qo'rqqan va tavba etuvchi qalb bilan kelgan kishilarga ham. 34. Unga (jannatga) salomat kiringiz! Bu (kun) mangu (qoladigan) Kundir", ( - deyilur). Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 357
35. Ularga u joyda xohlagan narsalari bordir. Bizning dargohimizda yana qo'shimcha (in'omlar) ham bordir.
o'shalar najot bormikan, deb shaharlarni kezib yurdilar. 37. Albatta, bunda (o'yg'oq) qalb egasi bo'lgan yoki o'zi hozir bo'lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir. 38. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetgani yo'q. 39. Bas, (ey, Muhammad,) ular (kofirlar) aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o'qing)! 40. Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!
chiqishidan ilgari" jumlasi bomdod namozining vaqtiga, "Botishidan avval" jumlasi peshin bilan asr vaqtlari, 40-oyatdagi "Kechaning bir qismida" jumlasi shom bilan xuftan namozlarining vaqtlarini bildiradi. (Madorik tafsiri).
42. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u (dahshatli) qichqiriqni chinakamiga eshiturlar. Bu (qabrlardan) chiqish Kunidir. 43. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Qaytish esa Biz saridir. 44. U kunda ularning ustidagi yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (chiqib kelurlar). Bu faqat Bizgagina oson bo'lgan to'plashdir. 45. Biz ular (kofirlar) aytayotgan gaplarni yaxshi bilurmiz. (Ey, Muhammad,) Siz ularning ustida (imonga) zo'rlovchi emassiz. Bas, ushbu Qur'on bilan Mening tahdidimdan qo'rqadigan kishilarga nasihat qiling! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 358
VAZ-ZORIYOT SURASI
Zoriyot - haydovchilar demakdir. Ya'ni, bulutlarni haydab yuruvchi shamollar. Alloh shu so'z bilan qasamyod etgani sababli suraning o'zidan olib unga nom etib qo'yilgan. Surada oxiratda ro'y beradigan voqealardan Alloh taolo O'z bandalarini ogoh etib, bu dunyoda ezgu amallarni qilib borishlik bilan unga hozirlik ko'rish lozimligi ta'kidlanadi.
8. albatta, sizlar (ushbu Payg'ambar xususida) qarama-qarshi so'z uzradirsizlar! 9. Undan (Qur'ondan va Payg'ambardan) burilgan (baxtsiz) kimsa og'ib ketur. 10. (O'sha) yolg'onchilarga o'lim! 11. Ular (jaholat) girdobida adashib yuruvchi kimsalardir. 12. (Ular) jazo (qiyomat) kuni qachon bo'lishini so'rarlar. 13. (U Kun) ular do'zaxda sinaladigan Kundir. 14. (O'shanda ularga aytilur): "Sinovingizni totinglar! Sizlar (dunyodalik paytingizda) shoshtirgan narsa mana shudir!" 15. Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar uzra bo'lurlar. 16. Parvardigorlari ularga ato etgan narsalarni (mukofotlarni) olgan hollarida (bo'lurlar). Zero, ular bundan ilgari (dunyoda) ezgu ishlarni qiluvchi edilar. 17. (Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar. 18. Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar. 19. Ularning mol-mulklarida soil va mahrum (muhtoj) kishilar uchun (ajratilgan) haq (ulush) bo'lar edi. 20. (Ey, insonlar,) yerda ishonuvchilar uchun alomatlar bordir. 21. O'zlaringizda ham. Axir, ko'rmaysizlarmi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 359
22. Osmonda esa sizlarning rizqlaringiz (yomg'ir) va sizlarga va'da qilinayotgan narsa (jannat) bordir. 23. Bas, osmon va Yerning Parvardigoriga qasamki, albatta, u (va'da) xuddi sizlarning so'zlashingiz kabi (haq va rost)dir! 24. (Ey, Muhammad,) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi? 25. O'shanda ular (Ibrohim) huzuriga kirib: "Salom", - deyishganda, u ham: "Salom. (Bular) notanish qavm-ku", - dedi. . 26. So'ngra u asta oilasi oldiga chiqib, bir semiz buzoqni (so'yib, pishirib) keltirdi. 27. Uni ularga yaqin qilib, "(Taomdan) yemaysizlarmi?" - dedi. 28. (Lekin ovqatga qo'l cho'zishmagach,) ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: "Qo'rqmagin. (Biz farishtalar taom yemaymiz)", - dedilar va (Ibrohimga) bir dono o'g'il (tug'ilishi) xushxabarini berdilar. 29. Shunda (Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldida, (ajablanganidan) o'zining yuziga urib: "(Axir, men) tug'mas kampir(man)ku!" - dedi. 30. Ular aytdilar: "Parvardigoring mana shunday, dedi. Albatta, Uning O'zi hikmat va bilim sohibidir".
YIGIRMA YETTINCHI JUZ’ *************************
32. Aytdilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga) yuborildik. 33. Loy sopolidan qilingan toshni ular uzra yog'dirishimiz kerak. 34. Parvardigoring nazdida haddan oshuvchi kimsalar uchun (har bir toshga) belgi qo'yilgan (nomlari yozib qo'yilgan). " 35. Bas, Biz u joydagi mo''minlardan bo'lmish kishilarni chiqarib yubordik. 36. U joyda bir xonadondan (Lut xonadonidan) o'zga musulmonlarni topmadik. 37.Biz (kofirlarni halok qilganimizdan so'ng) alamli azobdan qo'rqadigan zotlar uchun u joyda alomat qoldirdik. 38. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni aniq hujjat bilan Fir'avn oldiga yuborgan edik. 39. U o'z arkoni (davlati)ga suyanib, imon keltirishdan yuz o'girdi va: "(Muso) sehrgar yoki majnun", - dedi. 40. Bas, Biz uni ham, qo'shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik (g'arq qilib yubordik). U malomatga loyiqdir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 360
41. Od (qabilasi qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, Biz ularning ustiga yaxlit (foydasiz) bo'ronni yuborgan edik. 42. U (bo'ron) nimaning ustidan o'tsa, albatta, uni (halok etib), xuddi chirigan suyaklardek qilib qo'yar edi. 43. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, ularga (man etilgan tuyani so'yib yuborganlarida) "bir vaqtgacha (ya'ni, uch kungacha tiriklik ne'matidan) bahramand bo'lingiz", - deyilgan edi. 44. Bas, ular Parvardigorning amri (itoati)dan kibr qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq urdi. 45. Bas, ular (qochish uchun o'rinlaridan) turishga ham qodir bo'lmadilar va (hech kim tomonidan) yordam beriluvchi ham bo'lmadilar. 46. (Mazkur qavmlardan) oldin Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki, ular fosiq (itoatsiz) qavm edilar. 47. Osmonni Biz "qo'llar" bilan barpo etdik. Darhaqiqat, Biz qudratlidirmiz. 48. Yerni esa (yoyib) to'shab qo'ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyuvchidirmiz! 49. Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik. 50. (Ey, Muhammad, ularga ayting): "Bas, Allohga (imon keltirish uchun) qochinglar! Albatta, men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan aniq ogohlantiruvchidirman. 51. Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, demanglar! Albatta, men sizlar uchun U(ning azobi)dan anig' ogohlantiruvchidirman".
ular ham, albatta, uni sehrgar yoki majnun, der edilar. 53. Ular o'sha (so'z)ni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yo'q! Ular tug'yonga ketgan qavmlardirlar! 54. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan yuz o'giring! Endi Siz malomat qilinuvchi emassiz. 55. Eslating! Zero, eslatma mo'minlarga manfaat etkazur. 56. Men jin va insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. 57. Men ulardan biror rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini ham istamasman. 58. Zero, Allohning O'zi (barcha xaloyiqqa) rizq beruvchi, quvvat sohibi va qudratlidir. 59. Bas, zolim (kofir)lar uchun, shubhasiz, xuddi (ilgari o'tgan kofir) do'stlarining nasibalari kabi (azobdan) nasiba bordir. Bas, ular Meni(ng azobimni) qistamay qo'ya qolsinlar! 60. Bas, kofir bo'lgan kimsalarga va'da quilinayotgan Kunlarida ularning hollariga voy! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 361
TUR SURASI
Tur - tog' nomi. Muso (a. s.) Alloh bilan shu tog'da so'zlashgan. U Misr arab respublikasining Sinay yarim orolida joylashgandir.
farishtalar unga kelib-ketib turadilar. Demak, farishtalar bilan obod uy degani bo'lur.
6. va to'lqinlangan dengiz bilan-ki, 7. Rabbingizning azobi, shubhasiz, voqe bo'luvchidir! Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling