Tarjima haqida


Bas, agar o'sha (vafot etgan zot Allohga) yaqinlardan bo'lsa


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72

 

88. Bas, agar o'sha (vafot etgan zot Allohga) yaqinlardan bo'lsa,  

 

89. (uning uchun) rohat, rayhon (bo'yi) va ne'matlar jannati bordir.  

 

90. Endi, agar u o'ng tomon egalaridan bo'lsa,  

 

91. bas, (ey, saodatli banda,) senga o'ng tomon egalaridan salom!  

 

92. Bordi-yu, u (dinni) inkor etuvchi gumrohlardan (chap tomon egalaridan) bo'lsa,  

 

93. bas, qaynoq suvdan iborat "ziyofat"  

 

94. va do'zaxning toblashi bordir.  

 

95. Albatta, bu (zikr qilingan narsalar) ayni haqiqatning o'zidir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

378


96. Bas, Ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

379


HADID SURASI 

 

Hadid - temir. Suraning 25-oyatida temirning xislatlari ko'p ekani haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, surada 



ilohiy ko'rsatmalar va aqidaviy ta'limotga doir oyatlar bayon etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.  

 

2. Osmonlar va Yer hukmronligi Unikidir. U tiriltiradi ham, o'ldiradi ham. U har narsaga qodirdir.  

 

3. U Avval, Oxir, Zohir va Botindir. U barcha narsani biluvchidir.  

 

Izoh: Allohning sifatlaridan ba'zilari keltirilmoqda. Avval, ya'ni, boshlanishi yo'q. Oxir, ya'ni, tugashi yo'q. U 



azaliy va abadiydir. Zohir, ya'ni, Uning borligi hamma narsadan bilinib turadi. Botin, ya'ni, Uni bu dunyoda 

beshta ma'lum sezgi a'zolari bilan ko'rib bo'lmas.  

 

4. U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh o'zra mustaviy bo'lgan zotdir. U yerga 



kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, 

unga (osmonga) ko'tariladigan (yaxshi amal va duolar kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qayerda 

bo'lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

5. Osmonlar va Yer hukmronligi Unikidir. Ishlar faqat Allohga qaytarilur!  

 

6. U kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. U dillardagi sirlarni biluvchidir.  

 

7. (Ey, insonlar,) Allohga va uning payg'ambari (Muhammad)ga imon keltiringlar hamda U sizlarni 

xalifa qilib qo'ygan narsalardan (boyliklaringizdan) ehson qilinglar! Bas, sizlardan imon keltirgan va 

ehson qilgan zotlar uchun katta mukofot bordir.  

 

8.Agar sizlar imon keltiruvchi bo'lsangizlar - payg'ambar sizlarni Rabbingizga imon keltirishga da'vat 

qilar ekan, ahdu paymoningizni olgach, nega sizlar Allohga imon keltirmayapsizlar?! 

 

Izoh: Bu "Almiysoq" voqeasidir. Ya'ni, Alloh taolo dunyoga keluvchi barcha insonlarning ruhlarini ilk bor 



yaratib, ulardan: "Men Rabbingiz emasmanmi?!" - deb so'ragan. Shunda bo'lajak mo'minlarning ruhlari 

"Rabbimizsan" deb javob berishgan. Miysoq-ahd. Shu ahdga vafo qilish haqida so'z borayotir. 

 

9. U O'z bandasi (Muhammad)ga sizlarni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqishi uchun aniq 



oyatlarni nozil qiladigan zotdir. Albatta, Alloh, sizlarga mehribon va rahmlidir.  

 

10. Nega sizlar Alloh yo'lida ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, osmonlar va Yer merosi yolg'iz Allohniki-

ku! Sizlardan (Makka) fath bo'lishidan ilgari ehson qilgan va (kofirlarga qarshi) urushgan kishilar 

(fathdan keyin ehson qilgan va urushganlar bilan) barobar bo'lmas. Ular keyin ehson qilgan va 

urushgan kishilardan Ulug'roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh go'zal (mukofot jannat) va'da 

qilgandir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.  

 

11. Allohga "qarzi hasana" (Uning yo'lida ehson) qiladigan kishi bormiki, (U) o'sha (kishi)ga bir necha 

hissa ziyodasi bilan qaytarsa! Uning uchun yana sharafli mukofot ham bordir.  

 

12. Mo'min va mo'minalarning oldilarida va o'ng tomonlarida (amal) nurlari yurganini ko'radigan 



Kunni (eslang)! (O'sha Kunda ulargadeyilur:) "Sizlar uchun bugungi xushxabar - ostidan anhorlar oqib 

turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Bu ulkan yutuqning o'zidir! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

380


 

13. U Kunda munofiq va munofiqalar imon keltirgan zotlarga: "Bizga qaranglar, biz ham sizlarning 

nuringizdan ozgina olib foydalanaylik", - desalar, (ularga:) "Ortingizga qaytib nur istanglar", - deyilur. 

So'ng ular (bilan mo'minlar) o'rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat (jannat), 

tashqarisida esa azob (do'zax) bo'lur.  

 

14. Ular (mo'minlarga) "Biz (dunyoda) sizlar bilan birga emasmidik", - deb nido qilganlarida

(mo'minlar) derlar: "Ha, lekin sizlar o'zlaringizni fitnaga soldinglar va (bizlarga musibat yetishiga) ko'z 

tutdinglar hamda (dinimiz to'g'risida) shubhalandinglar va to Allohning amri (o'lim) kelgunicha xom 

xayollar sizlarni aldadi. Sizlarni Alloh haqida aldovchi (shayton) ham aldab qo'ydi".  

 

15. Mana bugun sizlardan ham, (ey, munofiqlar,) kofir bo'lganlardan ham (azobdan qutulishlaringiz 

uchun) to'lov olinmas. Joylaringiz do'zaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! Naqadar yomon oqibat 

bu! 

 

16. Imon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo'lgan haq (Qur'on)ga moyil bo'lish 

(vaqti) kelmadimi?! (Yana ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, so'ng (payg'ambarlaridan keyingi) 

muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya'ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo'lib qolmaslik 

(vaqti kelmadimi)?! Ulardan ko'plari fosiq (itoatsiz)dirlar!.  

 

17. (Ey, mo'minlar,) bilinglarki, albatta, Alloh "o'lgan" yerni tiriltirur. Mana Biz aql yurgizishingiz 

uchun sizlarga (qudratimizga dalolat qiladigan) oyatlarni batafsil bayon qildik.  

 

18. Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga "qarzi hasana" 

berganlar uchun (sadaqalari) bir necha hissa ziyodasi bilan qaytarilur va ular uchun yana sharafli 

mukofot bordir.  

 

19. Allohga va Uning payg'ambarlariga imon keltirgan zotlar - aynan o'shalar Parvardigorlari huzurida 



siddiqlar va shahidlarning o'zidirlar. Ular uchun (oxiratda) mukofotlari va (yo'llarini yorituvchi) nurlari 

bo'lur. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ular do'zax egalaridir.  

 

Izoh: Siddiqlar imonida sadoqatli kishilardir. Tasavvufda Siddiq payg'ambarlikdan keyingi yuqori maqom, 



valiylik. Bu maqomga birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq erishganlar. Siddiq - so'zida, niyatida, amalida va 

va'dasida sadoqatli kishidir.  

 

20. Bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat o'yin, behudalik, ziynat, o'zaro faxrlanish va mol-dunyo hamda 



farzandlarni ko'paytirishdan iboratdir. (U) bamisoli bir yomg'irki, uning (sababidan unib chiqqan) 

giyoh kofirlarni taajjubga solur. So'ngra u qurigach, uni sarqaygan holda ko'rursiz. So'ngra u o'tin 

bo'lib qolur. Oxiratda esa (qay birlaringiz uchun) qattiq azob (qay birlaringiz uchun) Alloh tomonidan 

mag'firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.  

 

21. (Ey, insonlar,) Rabbingiz tomonidan bo'ladigan mag'firatga hamda Alloh va Uning 

payg'ambarlariga imon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo'yilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi 

kabi bo'lgan jannatga shoshilingiz! Bu Allohning fazli bo'lib, uni O'zi xohlagan kishilarga ato etur. Alloh 

Ulug' fazl sohibidir.  

 

22. Xoh yerga va xoh o'zlaringizga biror musibat yetsa, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda 

(Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo'lur. Albatta, bu Allohga osondir.  

 

23. Toki, sizlar qo'llaringizdan ketgan narsaga qayqurmagaysizlar va (Alloh) ato etgan narsa bilan 

shodlanib (havolanib) ketmagay sizlar. Alloh har qanday kibrli va maqtanchoq kimsalarni suymas.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

381


24. Ular baxillik qiladigan va odamlarni ham baxillikka buyuradigan kimsalardir. Kim (baxillik qilib 

ehson qilishdan) yuz o'girsa, bas, albatta, Allohning O'zi behojat va hamdga loyiq zotdir.  

 

25. Biz O'z payg'ambarlarimizni hujjat (mo''jiza)lar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda 



odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon (tarozi) tushirdik. Yana, Biz temirni tushirdik. Unda 

quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh O'ziga va ayg'ambarlariga (Alloh yo'lida jihod qilish 

bilan) qoyibona yordam beradigan kishilarni bilish uchun ham (temirni yaratdi). Albatta, Alloh kuchli 

va qudratlidir.  

 

26. Biz Nuh va Ibrohimni payg'ambar qilib yubordik hamda payg'ambarlik va Kitobni (Tavrot, Injil, 

Zabur, va Qur'onni) ham ikkovining zurriyotlariga (ato) qildik. Bas, ularning orasida hidoyat topuvchi 

(kishilar) ham bor, (ammo) ularning orasida aksariyati fosiq (itoatsiz)dirlar.  

 

27. So'ngra ularning izlaridan ketma-ket payg'ambarlarimizni yubordik va Iso ibn Maryamni ham 

(ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida 

mehribonlik va shafqat (paydo) qildik. Rohiblikni esa ular o'zlari chiqarib oldilar. Biz ularga uni 

(rohiblikni) yozganimiz yo'q, lekin ular o'zlari Allohning rizoligini istab (rohiblik) qildilar-u, so'ng unga 

to'la rioya qila olmadilar. Bas, ulardan imon keltirgan zotlarga mukofotlarni ato etdik. (Ammo) ularning 

orasida aksariyati fosiq (itoatsiz)dirlar.  

 

28. Ey, (Isoga) imon keltirgan zotlar, Allohdan qo'rqinglar va Uning payg'ambari (Muhammad)ga ham 

imon keltiringlar, (shunda) U zot sizlarga O'z rahmatidan ikki barobar ato etur va sizlarga (Qiyomatda 

yorituvchi) nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag'firat qilur. Alloh mag'firatli va rahmlidir.  

 

29. Ahli kitoblar o'zlari Allohning fazlidan biror narsaga (etishga) qodir bo'la olmasliklarini va fazl 

Allohning "qo'li"da bo'lib, uni faqat O'zi xohlagan kishilarga ato etishini bilishlari uchun (Alloh 

shunday qildi). Alloh ulug fazl sohibidir.  

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

382


YIGIRMA SAKKIZINCHI JUZ’ 

************************* 

 

MUJODALA SURASI 

 

Mujodala - bahslashish, janjallashish.  



 

Eri bilan janjallashib kelgan Havla ismli ayolning Rasulullohga shikoyat qilib kelishi tasvirlangan bu surada 

imon, e'tiqod va ezgu ishlarga da'vat, kufr, shirk, zulm kabi razil sifatlardan nafrat qilishga chaqiriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) Alloh Siz bilan o'z eri haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan 

(ayol)ning so'zini eshitdi. Alloh sizlarning so'zlashuvlaringizni eshitur. Albatta, Alloh eshituvchi va 

ko'ruvchidir.  

 

Izoh: Sahobiy Avs ibn Somitning xotini Havla bint Sa'laba Payg'ambar (a. s.)ga kelib, eri "zihor" qilganini 



aytadi. Zihor o'z xotiniga: "Sen menga onamning qorni yoki badani kabisan" deyishidir. Bu bilan taloq tushgan 

hisoblanar edi. Lekin bu to'g'rida shar'iy hukm hali nozil bo'lmagan edi. Payg'ambar (a. s.) taloq tushganligini 

aytganlarida, ayolga bu ma'qul bo'lmaydi. Shu asnoda yangi oyat nozil bo'lib taloq tushmasligi, lekin 

jarimasiga bir qul ozod qilish vojibligi bildiriladi. 

  

2. Oralaringizdagi o'z xotinlarini "zihor" qiladigan kimsalar uchun ular (xotinlari) onalari emasdirlar. 



Ularning (chin) onalari ularni tuqqan (ayol)lardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg'on so'z ayturlar. 

(Lekin) Alloh afv etuvchi va mag'firat qiluvchidir.  

 

3. O'z xotinlarini "zihor" qilib, so'ngra aytgan so'zlaridan qaytadigan kimsalar (zimmasida) 

qo'shilishlaridan ilgari bir qul ozod qilish bordir. Bu sizlarga qilinadigan nasihatdir. Alloh qilayotgan 

amallaringizdan xabardordir.  

 

4. Bas, kimki (qul) topa olmasa, qo'shilishlaridan ilgari (zimmasida) paydar-pay ikki oy ro'za tutish 

bordir. Bas, kim (ro'za tutishga) qodir bo'lmasa, (uning zimmasida) oltmishta miskinga taom berish 

bordir. Bu (hukmlar) sizlar Alloh va uning payg'ambariga imon keltirishlaringiz uchundir. Bular 

Allohning (belgilab qo'ygan) chegaralaridir. (Bu qonunlarni inkor etuvchi) kofirlar uchun esa alamli 

azob bordir.  

 

5. Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qiluvchi kimsalar xuddi o'zlaridan avvalgilar halok 

qilingani kabi halok qilinurlar. Darvoqe, Biz aniq oyatlarni nozil qildik. (Ularni inkor etuvchi) kofirlarga 

xor qiluvchi azob bordir.  

 

6. (O'sha) Kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, (dunyoda) qilgan amallarining xabarini 

berur. U (amallar)ni Alloh hisoblab qo'ygan. Ular esa unutib yuborganlar. Alloh barcha narsaga 

guvohdir.  

 

7. Alloh osmonlardagi va Yerdagi bor narsani bilishini ko'rmadingizmi?! Uch kishining o'zaro 



shivirlashlari bo'lsa, albatta, ularning to'rtinchisi Udir, besh kishining ham, albatta, oltinchisi Udir. 

Bundan oz bo'ladimi yo ko'p bo'ladimi, qayerda bo'lsalar ham, albatta, U ular bilan birgadir. So'ngra 

qiyomat kuni ularga qilgan amallarining xabarini berur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir.  

 

8. (Ey, Muhammad,) o'zaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan so'ng yana taqiqlangan narsaga 

qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg'ambarga itoatsizlik qilish to'g'risida o'zaro shivirlashadigan 

kimsalarni ko'rmadingizmi?! Qachonki, ular Sizning oldingizga kelsalar, Alloh Sizga o'sha (so'z) bilan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

383


salom bermagan ibora bilan Sizga salom berurlar. Yana o'zlaricha: "Aytayotgan so'zimiz sababli Alloh 

bizlarni azoblamasa edi?!" - derlar. Ularga o'zlari toblanadigan jahannam bas kelur. Naqadar yomon 

taqdir bu!  

 

Izoh: Munofiqlar Rasulullohga duch kelib qolsalar, "Assomu alaykum", ya'ni, "Sizga o'lim bo'lsin", - der 



edilar. Vaholanki, ularning qora niyati Allohga va Rasuliga ma'lum edi.  

 

9. Ey, mo'minlar, sizlar o'zaro shivirlashib gaplashganlaringizda gunoh, adovat va payg'ambarga 



itoatsizlik qilish to'g'risida shivirlashmanglar, (balki) yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda 

sizlar huzuriga to'planadigan zot - Allohdan qo'rqinglar! 

 

10. O'zaro shivirlashish faqat shayton tomonidan bo'lib, imon keltirgan zotlarni g'amgin qilish uchundir. 

(Lekin) u Allohning iznisiz ularga zarar yetkaza oluvchi emasdir. Bas, mo'minlar Allohgagina tavakkul 

qilsinlar! 

 

11. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (suh batlarda): "joy beringiz", - deyilsa, darhol joy beringiz, Alloh 

sizlarga ham (xohlagan yeringizdan) joy berur. Yana, qachonki, "turingiz" deyilsa, darhol turinglar, 

Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur. Alloh 

qilayotgan amallaringizdan xabardordir. 

 

12. Ey, imon keltirganlar, qachonki, sizlar Payg'ambar bilan suhbatlashishni istasangizlar, 



suhbatlaringiz oldidan (kambag'al va miskinlarga) sadaqa taqdim etinglar. Bu o'zlaringiz uchun 

yaxshiroq va (xatolaringizni) poklovchiroqdir. Bas, agar (sadaqaga narsa) topa olmasangizlar, u holda, 

albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.  

 

13. Suhbatlaringiz oldidan sadaqalar taqdim etishdan (kambag'al bo'lib qolamiz deb) qo'rqdingizlarmi? 

Bas, sizlar (sadaqa) qilmasalaringiz ham Alloh tavbalaringizni qabul qilgan ekan, endi namozni 

mukammal ado etingizlar va zakot beringizlar hamda Alloh va uning Payg'ambariga itoat etingizlar! 

Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.  

 

14. (Ey, Muhammad,) Allohning g'azabiga uchragan qavmni (yahudiylarni) do'st tutgan (munofiq)larni 

ko'rmaysizmi?! U (munofiq)lar sizlardan (musulmonlardan) ham, ulardan (yahudiylardan) ham 

emasdirlar. Yana ular bilib turib, ("Biz musulmonmiz" deb) qasam ham ichurlar.  

 

15. Alloh ular uchun ashaddiy azobni tayyorlab qo'ygandir. Darhaqiqat, ularning qilgan ishlari naqadar 

yomondir! 

 

16. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olishib, (odamlarni) Allohning yo'lidan to'sdilar. 

Bas, ular uchun xor qiluvchi azob bordir.  

 

17. Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh tomonidan (bo'ladigan) narsani (azobni) ulardan daf qila 

olmas. Ular do'zax ahlidirlar. Ular o'sha joyda mangu qoluvchidirlar.  

 

18. U Kunda (Qiyomatda) Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirganda, ular xuddi sizlarga qasam 

ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o'zlariga (qasamlari sababli) biror narsa (foyda) 

bo'ladi deb hisoblaydilar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, ular ayni yolg'onchilardir! 

 

19. Ularni shayton egallab olib, ularga Alloh zikrini unuttirdi. Ana o'shalar shayton hizbi (guruhi)dirlar. 

Ogoh bo'lingizkim, albatta, shayton hizbi ziyon ko'ruvchilardir! 

 

20. Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qilganlar, aynan, o'shalar eng xor kimsalar ichida 

bo'lurlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

384


 

21. Alloh (Lavhul-Mahfuzda): "Albatta, Men O'z payg'ambarlarim bilan birga g'olib bo'lurman", - deb 

yozib qo'ygandir. Albatta, Alloh kuchli va qudratlidir. 

 

22. Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik 



qiluvchilar bilan - garchi ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari, yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari 

bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib 

qo'ygandir va ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar 

oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo'lur va ular ham 

(Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning 

hizbigina najot topuvchilardir!  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

385


HASHR SURASI 

 

Hashr - to'plab surgun qilish.  



 

Surada Madinadagi Banu Nazir ismli yahudiylar qabilasining yovuz kirdikorlari tufayli yurtlaridan surgun 

qilinishlari to'g'risida ma'lumotlar bor. Shuningdek, unda mo'minlar va munofiqlar, yaxshilar va yomonlarning 

ta'rif va tavsiflari ifoda etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.  



 

2. U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi "to'plash"dayoq o'z diyorlaridan 

haydab chiqargan zotdir. (Ey, mo'minlar,) sizlar ularni chiqib ketishlarini o'ylagan ham emas edingiz, 

ular ham o'zlarining qal'alarini Alloh (azobi)dan to'suvchi deb o'ylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi) 

ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qo'rqinch soldi. Ular uylarini o'z qo'llari va mo'min-

larning qo'llari bilan buzar edilar. Bas, ey, aql egalari, (ulardan) ibrat olingiz!  

 

Izoh: Qamalda qolgan Banu Nazir qabilasi kishilari ikkinchi bor sulh tuzishni taklif qiladilar, lekin Rasululloh 



bir marta sulhga xiyonat qilgan bu qabila bilan sulh tuzishdan bosh tortadilar va narsalarini olib yurtdan 

chiqib ketishlarini talab qiladilar. Talab amalga oshadi.  

 


Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling