Tarjima haqida
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com кутубхонаси 393
MUNOFIQUN SURASI
Suraning nomi uning mazmuniga dalolat qilib turibdi. Unda munofiqlar tanqididan boshqa ilohiy eslatma va nasihatlar ham mavjud.
albatta, ular boshlarini burib keturlar va ularni kibrlangan hollarida yuz o'girishlarini ko'rarsiz.
so'ngra qilmishidan tongan. Rasululloh huzuriga borib uzr so'rashdan bosh tortgan. Kibru havosi va g'ururi bunga yo'l qo'ymagan.
barobardir - Alloh ularni sira mag'firat qilmas. Albatta, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas. 7. Ular (o'zlarining tobelariga): "Allohning payg'ambari huzuridagi kishilarga ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar", -deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari faqat Allohnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) anglamaslar. 8. Ular: "Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni undan (haydab) chiqarur", - derlar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg'ambariniki va mo'minlarnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) bilmaslar. 9. Ey, mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Allohning zikridan (Unga ibodat qilishdan) chalg'itib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi kimsalardir. 10. Sizlarning (har) biringizga o'lim kelganda: "Ey, Rabbim, meni ozgina (hayotda) qoldirsang, men sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo'lsam", - deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilingiz! 11. Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 394
TAG'OBUN SURASI
Tag'obun - bir-birini muomalada aldashdir. Surada qiyomat kuni va qayta tirilishning haqligi, bu dunyoning bevafo va muvaqqatligi, Payg'ambarga itoat qilishga da'vat va boshqa ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.
mangu qoluvchidirlar. Naqadar yomon oqibat bu! 11. (Insonga) biror musibat yetgan bo'lsa, albatta, Allohning izni (irodasi) bilangina (yetur). Kimki imon keltirsa, U uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir. 12. Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Bas, agar (itoatdan) bosh tortsangiz, u holda (bilingizki), Bizning payg'ambar zimmasida faqat (vahiylarimizni sizlarga) aniq yetkazish bor, xolos. 13. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, mo'minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar! 14. Ey, mo'minlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlar uchun dushman (chiqadiganlari) ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo'linglar! Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasangizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mag'firatli va rahmlidir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 395
15. Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Ulug' mukofot esa Allohning huzuridadir. 16. Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar. 17. Agar sizlar Allohga "qarzi hasana" bersangizlar (muhtojlarga ehson qilsangizlar), U sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va (gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh minnatdor va halimdir. 18. (U) yashirin va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 396
TALOQ SURASI
Eridan ajralgan, ya'ni, taloq qilingan ayol qancha idda o'tirishi, uni to iddasi chiqqunga qadar joy va nafaqa bilan ta'minlab turish erning burchi ekanligi, Payg'ambarimizning o'z ummatlariga nisbatan jaholat zulmatidan imon nuri sari yetaklab chiquvchi xaloskor ekanliklari va boshqa ilohiy nasihatlar bu suradan joy olgan.
(poklik paytlarida) taloq qilinglar va iddani sananglar! Rabbingiz - Allohdan qo'rqinglar! (Idda tugaguncha) ularni (yashab turgan) uylaridan (haydab) chiqarmangizlar va ular ham o'zlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh (buzuqlik yoki idda o'tmay chiqib ketish kabi) ishni qilsalargina (uylaridan chiqarilurlar). Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, demak, u o'ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol, Alloh bu (taloq)dan keyin biror ishni paydo qilar. 2. Bas, qachonki, (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan (haqqi-mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashayotgan yoki ajralishayotganda) o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikki adolatli guvohni hozir qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado etinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga imon keltiruvchi kishi pand olur. Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur. 3. Yana, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh O'zi (xohlagan) ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor (o'lchov) qilib qo'ygandir. 4. Xotinlaringiz orasidagi (keksayib) hayz ko'rishdan umid uzganlari, agar sizlar (iddalari xususida) shubhalansangizlar, bas, (bilingizki,) ularning iddalari uch oydir, yana (haligacha hayz ko'rmaganlarning (iddalari) ham. Homiladorlarning (idda) muddatlari homilalarini qo'yishlari (ko'z yorishlari)dir. Kimki Allohga taqvo qilsa, (Alloh) uning ishini oson qilur. 5. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan amridir. Kimki Allohga taqvo qilsa, uning yomonlik (gunoh)larini o'chirur va uning mukofotini buyuk qilur.
qarab joy beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish maqsadida ularga zarar yetkazmanglar! Agar ular homilador bo'lsalar, u holda, to homilalarini qo'ygunlaricha, ularga nafaqa berib turinglar! Bas, agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar, u holda ularning haqlarini beringlar! (Emizish xususida) yaxshilik bilan o'zaro kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, bas, u (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur. 7. Boy kishi o'z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag'al) bo'lsa, u holda, Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O'zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas. Alloh tanglik (kambag'allik)dan keyin yengillik (boylik)ni ham paydo qilur. 8. Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz. 9. Bas, u (qishloq-shaharlarning ahli) o'z qilmishlarining uvolini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon ko'rish bo'ldi. 10. Alloh ularga (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo'ygandir. Bas, ey, imon keltirgan aql egalari, Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 397
Allohdan qo'rqinglar! Darvoqe, U zot, sizlarga Zikrni (Qur'on)ni nozil qildi. 11. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon etuvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg'ambarni (Muhammadni yubordi). Kimki Allohga imon keltirsa va solih amal qilsa, (Alloh) uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Haqiqatan, Alloh uning uchun go'zal rizq (jannat rizqini ato) etgan bo'lur. 12. Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o'shancha miqdorni (yetti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o'rtasida nozil bo'lib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 398
TAHRIM SURASI
Tahrim - harom qilish, taqiqlash. Surada Payg'ambar (a. s.) bilan mankuhalar o'rtalarida o'tgan ba'zi mojarolar, oila va farzand tarbiyasi, tavbaga targ'ib va nihoyat, Nuh va Lut (a. s.)lardek payg'ambarlarning ayollari kofir bo'lganlari, Fir'avndek kofirning ayoli Osiya va Bibi Maryam bint Imronlar esa mo'mina bo'lganlari bayon etilgan.
qilib olursiz! Alloh mag'firatli va rahmlidir.
ketadilar. Buni payqagan boshqa xotinlari - Oysha bilan Hafsa onalarimizning rashklari kelib, o'zaro kelishib oladilar va On hazrat chiqishlari bilan: "Og'zingizdan badbo'y hid kelmoqda, nima yedingiz?" deydilar. Badbo'y hidni yoqtirmaydigan Payg'ambar (a. s.) biroz qizishib: "Asal yegandim" - deb, bundan keyin asal yemaslikka qasamyod qiladilar. (Imom al-Buxoriy rivoyati).
olishni farz qilgan. Alloh xojalaringizdir. U biluvchi va hikmat sohibidir. 3. Payg'ambar xotinlaridan biriga (Hafsaga) bir gapni (cho'risi Moriya talog'i va xalifalikni) xufyona aytganini eslang! Bas, qachonki, (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach, Alloh uni bundan voqif qildi va u (Hafsaga o'zi bilgan narsaning) ba'zisini bildirdi va ba'zisidan yuz o'girdi (bildirmadi). Bas, qachonki, (Payg'ambar Hafsaga) xabarni aytgach, u: "Kim Sizga bu xabarni berdi?" - dedi, (payg'ambar): "Menga biluvchi va xabardor zot (Alloh) xabar berdi", - dedi. 4. (Ey, Hafsa va Oisha,) agar sizlar Allohga tavba qilsangizlar (o'zlaringizga yaxshi). Chunki dillaringiz (haq yo'ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar uning (Payg'ambarning) zarariga hamkorlik qilsangizlar, u holda, shubhasiz, Allohning O'zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo'minlar ham uning himoyachisidirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg'ambarga) yordamchidir. 5. (Uning) Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni - muslima, mo'mina (Alloh va Uning payg'ambariga) itoat etuvchi, tavba-tazarru qiluvchi, obida, (mudom Allohning yo'lida) yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berishi mumkin. 6. Ey, imon keltirganlar, o'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish do'zaxdan saqlangizki, unda daqal va qattiqqo'l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (tururlar). 7. Ey, kufrda bo'lganlar, bugun uzr aytmay qo'ya qolinglar! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.
(gunoh)laringizni o'chirib, ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U Kunda Alloh payg'ambarni va u bilan birga imon keltirganlarni sharmsor qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o'ng tomonlarida yurar. Ular: "Ey, Rabbimiz, O'zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag'firat etgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan", - derlar. 9. Ey, Payg'ambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqo'l bo'ling! Ularning joylari jahannamdir! Naqadar mudhish qismat bu! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 399
Izoh: Kufr va nifoq ahliga nisbatan munosabatning bu qadar salbiylashuviga ularning o'zlari sabab bo'lgani haqida Tavba surasi, 73-oyat izohida aytib o'tildi.
Bizning bandalarimizdan ikki solih banda (qo'l) ostida edilar. Bas, u (ayol)lar ularga xiyonat qildilar. (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biror narsani u ikkisidan daf qila olmadilar. (Ularga): "Kiruvchilar bilan birga do'zaxga kiringlar!" - deyildi.
ularning xotinlari yovuzliklaricha qoldilar va Allohning qahriga duchor bo'ldilar.
O'zing men uchun huzuringda (jannatda) bir uy bino qilgin, menga Fir'avn va uning qilmishidan najot bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos etgin!" - dedi. 12. Yana o'z nomusini saqlagan ayol - Maryam bint Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz O'z ruhimizdan unga pufladik (va u Isoga homilador bo'ldi). U Parvordigorining so'zlarini va kitoblarini tasdiq etdi hamda (Allohning amriga) itoat etuvchilardan bo'ldi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 400
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************
Mulk - podshohlik, hukmronlik. O'zbek tilida mulk so'zi bu ma'noda kam ishlatiladi. Ko'proq u boylik, ashyo, xususiy yoki davlat mulki kabi mazmunlarda ishlatiladi.
Surada Yeru osmon va boshqa mavjudotlarni yaratishdagi Allohning hikmat va qudratlari, bu dunyodan imonsiz o'tganlarning oxiratdagi nadomatlari, rizq-ro'ziy talab qilish, tabiiy ofatlar xavfi, hidoyat va zalolat kabi mavzular aks ettirilgan. Hadisi sharifda: "Qur'oni karimda 30 oyatli bir sura borki, u uni o'qiganni shafoat qiluvchidir, hatto qiyomat kuni do'zaxdan xalos etib jannatga kirishga sabab bo'lur. U "Taborak" surasidir" deb bashorat berilgan (I. Termiziy rivoyati).
2. (U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir 3. (U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdirki, siz Rahmonning yaratishida biror tafovut (nuqson)ni ko'rmaysiz. Bas, ko'zingizni yana (samoga) qaytaringchi, (unda) biror yoriqni ko'rarmikansiz? 4. So'ngra ko'zingizni qayta-qayta (samoga) qarating, ko'zingiz sizga xor va toliqqan holda qaytur. 5. Haqiqatan, Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo'ydik. Yana ular (shaytonlar) uchun (oxiratda) do'zax azobini ham tayyorlab qo'ygandirmiz. 6. Parvardigorlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu! 7. Qachonki, ular (jahannamga) tashlanganlarida, qaynab turgan (jahannamning) o'kirik (faryodi)ni eshiturlar. 8. U g’azabdan parchalanib ketgudek bo'lur. Har gal unga bir to'da (kofir) tashlanganida, uning qo'riqchilari ulardan: "Sizlarga (dunyoda biror) ogohlantiruvchi (payg’ambar) kelmaganmidi?" - deb so'raydilar. 9. (Ular) derlar: "Ha, haqiqatan, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg'onchiga Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling