Tarjima haqida
Uni daf etuvchi (kuch) yo'qdir
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Uni daf etuvchi (kuch) yo'qdir. 9. U Kunda osmon aylanur. 10. Tog'lar ham (samoda to'zon kabi) sayr qilur. 11. Ana o'sha Kunda (payg'ambarlarni) inkor etuvchilar holiga voy! 12. Ular (zalolatga) cho'mib, beparvo o'ynab yuradigan kimsalardir. 13. U Kunda ular jahannam olovi sari haydalurlar. 14. Va ularga deyilur): "Sizlar yolg'on deb yurgan do'zax mana shudir.
16. Unda toblaningiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar- sizlarga barobardir! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan qilmishlaringiz jazosini olursizlar". 17. Taqvodor zotlar esa bog'lar va ne'matlar ichradirlar. 18. Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurramdirlar. Parvardigorlari ularni do'zax azobidan saqlagandir. 19. (Ularga aytilur): "Sizlar qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli bemalol yenglar va ichinglar! 20. Qator so'rilarda yastangan hollaringizda". Biz ularga keng, qora ko'zli hurlarni juft qilib berurmiz. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 362
21. O'zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o'sha) zurriyotlarini qo'shib, ularga qilgan amallaridan biror narsani ham kamaytirmaymiz. Har bir kimsa o'zi qilgan ishi bilan garovlangandir. 22. Yana Biz ularni ko'ngillari istaydigan meva va go'sht bilan quvvatlantirurmiz. 23. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib (qo'lma-qo'l) qilib ichurlarki, unda na behuda gap va na gunoh ish bo'lur. 24. Ularning ustida go'yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pok va xushsurat) g'ulomlar aylanib (xizmat qilib) yurar. 25. Ular bir-birlariga qarab, savol-javob qilishurlar. 26. Ayturlar: "Haqiqatan, bizlar ilgari (dunyoda) oilamiz orasida (Alloh azobidan) qo'rquvchi edik. 27. Mana, Alloh bizlarni mamnun etdi va bizlarni "samum" (do'zax shamoli)dan saqladi. 28. Darhaqiqat, bizlar ilgari (dunyoda) Unga duo qilar edik. Albatta, Uning O'zi marhamatli va rahmlidir". 29. Bas, (ey, Muhammad,) (insonlarga) eslatma beravering, chunki Siz Rabbingizning ne'mati sababli kohin (folbin) ham, majnun ham emasdirsiz. 30. Balki, ular (mushriklar): "(Muhammad) shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotlari (yetishi)ni kutarmiz", - derlar?! 31. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".
33. Balki, ular: "(Muhammad Qur'onni) o'zi ichidan to'qib olgan",- derlar?! Yo'q, ular imon keltirmaslar! 34. Bas, agar rostgo'y bo'lsalar, o'zlari ham o'sha (Qur'on)ga o'xshash biror so'z (kitob) eltirsinlarchi?! 35. Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari yaratuvchimilar?! 36. Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?! Yo'q, ular ishonmaslar! 37. Yoki ularning huzurlarida Rabbingizning xazinalari bormi?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turuvchimilar?! 38. Balki, ularda (chiqib, farishtalarning so'zlarini) eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi aniq hujjat keltirsin! 39. Yoxud qizlar (farishtalar) Unga-yu, o'g'illar sizlargami? 40. (Ey, Muhammad,) balki Siz ulardan (payg'ambarligingiz uchun) haq so'rayotgandursizki, ular (o'sha) to'lovdan qiynalgandirlar?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 363
41. Yoki ularning huzurlarida g'ayb (ilmi) bo'lib, ular (undan ko'chirib) yozib olayotirlarmi?! 42. Balki, ular (Sizni halok qilish uchun) biror hiyla qilmoqchidirlar?! U holda o'sha kofir bo'lgan kimsalarning o'zlari "hiyla"ga giriftor bo'lurlar. 43. Yoxud ular uchun Allohdan o'zga iloh bormi?! Alloh ularning shirklaridan pokdir! 44. Agar ular (ustilariga) osmonning bir parchasi tushayotganini ko'rsalar ham "Bu qalin bulutdir", - derlar. 45. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni, to o'zlari halok qilinadigan kunlariga ro'baro' bo'lgunlaricha, qo'yib bering! 46. U Kunda ularning hiylalari hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas. 47. Albatta, zolim (kofir) bo'lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar. 48. (Ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko'z o'ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting! 49. Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o'girgach (botgach), (saharda) ham Unga tasbeh ayting.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 364
NAJM SURASI
Surada kelgan eng ajib ma'lumotlardan biri - bu me'roj kechasining tasviridir. Ya'ni, Muhammad (a. s.) Makkadan to Masjidi Aqsogacha, so'ng u yerdan osmonlar uzra parvoz qilib, Alloh buyurgan joygacha samoviy sayr qilgan kechalari haq ekanligiga ushbu surada qat'iy dalillar mavjud.
2. sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q! 3. (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas. 4. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir. 5. Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir. 6. (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi. 7. O'zi oliy ufqda edi. 8. So'ngra yaqinlashib, pastladi. 9. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi. 10. Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi. 11. Ko'ngil ko'rgan narsasida yolg'onchi bo'lmadi. 12. Endi sizlar, (ey, mushriklar, Payg'ambar) ko'rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?! 13. Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi. 14. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida. 15. Ma'vo jannati ham o'sha (Nilufar)ning oldidadir. 16. O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi. 17. (Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q. 18. Darhaqiqat, u (o'sha soatda) Parvardigorining buyuk alomatlarini ko'rdi. 19. (Ey, mushriklar,) ko'rdingizmi (sanamlaringiz) - "Lot, "Uzzo"ni 20. va yana uchinchilari bo'lmish "Manot"ni? 21. Erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!
buzuq e'tiqodi bo'yicha mabodo Alloh farzand tutmoqchi bo'lganda edi, qizlarni emas o'g'il farzand tutgan Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 365
bo'lmasmidi?! Buni xayolga ham keltirib bo'lmaydi. Zero, Allohning xoh farzand, xoh boshqa narsaga ehtiyoji bor deb hisoblash shirkdir.
23. U (nom)lar faqat sizlar o'zlaringiz va ota-bobolaringiz qo'yib olgan nomlardir. Alloh ular (ma'budaligi) haqida biror hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga Parvardigorlari tomonidan hidoyat (Qur'on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar. 24. Yoki insonga orzu qilgan narsasi bo'laverdimi?! 25. Bas, oxirat ham, dunyo ham yolg'iz Allohnikidir. 26. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham - Alloh O'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga (shafoatga) izn bermagunicha - foyda bermas.
28. Holbuki, ular uchun bu haqda biror bilim (hujjat) yo'qdir. Ular faqat gumon (taxmin)ga ergashurlar, xolos. Gumon esa, aslo haqiqat o'rniga o'tmas. 29. Bas, (ey, Muhammad,) Bizning eslatmamizdan yuz o'girib ketgan va faqat dunyo hayotinigina istagan kimsalardan voz keching! 30. Ularning "ilm"dan yetgan joylari mana shudir. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topganni ham yaxshi biluvchidir. 31. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsalar faqat Allohnikidir! U yomonlik (gunoh) qilib o'tgan kimsalarni qilgan amallari bilan jazolagay va ezgu amal qilgan zotlarni go'zal (savob, jannat) bilan mukofotlagay. 32. Ular (jannat ahli) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq yuradigan zotlardir. Albatta, Rabbingiz mag'firati keng zotdir. U (Odamni) Yerdan (tuproqdan) paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringiz qornida homila bo'lgan paytingizdanoq sizlarni yaxshi biluvchidir. Bas, sizlar o'zlaringizni oqlamay qo'yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi biluvchidir. 33. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, kim yuz o'girib ketdi, 34. va ozgina mol berib, (keyin shart qilingan molni berishni) to'xtatdi?!
agar Islomga kirmasang oxiratdagi gunohlaringni o'z bo'ynimga olaman, lekin falon miqdorda menga haq to'laysan, deb shartlashgan. Valid rozi bo'lib, pulni bir qismini berib, qolgan qismini bermagan. Oyatda ana o'shalarning ahmoqona urinishlari tasvirlangan.
36. Yoki (u) Muso sahifalaridagi narsalardan bexabarmi?! 37. Yoki vafodor zot - Ibrohimning (sahifalaridan) hammi?! 38. (Ularda yozilgan ediki:) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jonning) yukini (gunohini) Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 366
ko'tarmas. 39. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur. 40. Uning qilgan sa'yi (harakati) yaqinda (Qiyomatda) ko'rinur. 41. So'ngra u to'la jazo (yoki mukofot) olur. 42. Albatta, oxirgi manzil yolg'iz Rabbingiz oldiga (bormoqlik)dir. 43. Albatta, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir. 44. Albatta, o'ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O'zidir.
46. shitob chiqadigan nutfa (maniy)dan. 47. Albatta, (o'lganidan so'ng) ikkinchi bor paydo qilish ham faqat Uning zimmasidadir. 48. Albatta, boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O'zidir. 49. Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O'zidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 367
QAMAR SURASI
Qamar - oy. Surada oyning ikkiga bo'linib, mo''jiza yuz bergani haqida oyatlar bo'lgani uchun nomi shunday ataladi.
dedilar. Rasululloh (s. a. v) Allohdan iltijo qilib so'raganlarida, shu mo''jiza yuz bergan. Lekin baribir ular buni ham sehrga yo'yganlar va kufru shirklarida davom etganlar.
4. Ularga (tarixiy) xabarlar kelgan va ularda (yovuzlikdan) taqiq bor edi. 5. (U) yetuk hikmat bo'lsa-da, ogohlantirishlar foyda bermadi. 6. (Ey, Muhammad,) endi Siz ulardan yuz o'giring! Chaqiruvchi (Isrofil) notanish bir narsaga (hisob- kitobga) chaqiradigan Kunda
chiqib kelurlar! 8. Chaqiruvchi tomoniga shoshganlaricha borar ekanlar, kofirlar: "Bu og'ir Kundir", - derlar. 9. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi ham (Uni) inkor etgan edi. Ular bandamiz (Nuh)ni yolg'onchiga chiqarishib: "(U) bir majnun", - dedilar va u (payg'ambarlik ijrosidan) to'sib qo'yildi. 10. Shunda u Parvardigoriga: "Men mag'lubdirman, yordam qilgin!" - deb duo qildi. 11. Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. 12. Yana yerdan buloqlar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo'yilgan bir ish uzra uchrashdilar. 13. Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar yasamasida (kemada) ko'tardik. 14. U (kema) Bizning "ko'zlarimiz" o'ngida (himoyamizda) suzar. (Bu) inkor qilingan kishi (Nuh) uchun mukofotdir. 15. Biz uni (To'fon asoratini) bir alomat qilib qoldirdik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! 16. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?! 17. Haqiqatan, Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! 18. Od (qabilasi ham payg'ambarni) inkor etdi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 368
bo'ldi?! 19. Biz ularning ustiga davomli nahs (shum) kunida bir dahshatli bo'ronni yubordik.
bo'lish (lozimligi) haqida ularga xabar bergin! 29. So'ngra ular (Samud qabilasi) o'zlarining bir sheriklarini (tuyani so'yishga) chorlagan edilar, u ishga kirishdi va (tuyani) so'yib yubordi. 30. Bas, (ularga) Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday bo'ldi?! 31. Biz ularning ustiga bir qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi qo'raning cho'plari kabi (yakson) bo'ldilar. 32. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi? 33. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni inkor etdi. 34. Darvoqe, Biz ularning ustiga (toshli) bo'ron yubordik. Illo, Lut oilasigagina (tong) saharda najot berdik. 35. (Bu) Bizning huzurimizdan bo'lmish ne'matdir. Shukr qilganlarni mana shunday mukofotlaymiz. 36. (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (o'z qavmini) ogohlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlarga shubha bilan qaradilar. 37. Ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo'ldan urmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularning ko'zlarini ko'r qilib qo'ydik. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib ko'ringlar. 38. Haqiqatan, erta tongda ularga ustivor azob keldi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 369
39. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib (inkor etib) ko'ringlar. 40. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! 41. Fir'avn zodagonlariga ham ogohlantirishlar keldi. 42. lar Bizning mo''jizalarimizni inkor etganlaridan so'ng, Biz ularni kuchli va qudratli zot ushlashi Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling