Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 87.13 Kb.
bet1/7
Sana13.03.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1265987
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Badiiy tarjimada tabiat mavzusining qayta yaratilishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI

KURS ISHI



MAVZU: Badiiy tarjimada tabiat mavzusining qayta yaratilishi

Bajardi: Qobilova Shahnoza Baxodir qizi


Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Ilhom Abdixalilovich

Toshkent-2023


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….………….3
I BOB. TARJIMA SAN’ATI XUSUSAN BADIIY TARJIMA HAQIDAGI
BILIMLARNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Tarjima sana’ati va uning adabiy tilshunoslikda tutgan o’rni………..………..5
1.2. Ingliz va o’zbek tillaridagi badiiy tasvir va ifoda vositalarining turlari……….8
II.BOB. QARDOSH BO’LMAGAN TILLARDA BADIIY TARJIMADA
TABIAT MAVZUSINING QAYTA YARATILISHI
2.1. Badiiy tarjimaning bevosita va bilvosita ifodalanishi......................................17
2.2 Maykl Morpurgo ijodida tabiat mavzusi……………………………………...20
XULOSA.................................................................................................................25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................................................27

KIRISH
Eng oliy mavjudot sanaladigan inson ham tabiat mahsuli va uning bir bo‘lagi sanaladi. Shuning uchun badiiy asarda inson haqida gap ketayotganda uni qurshab turgan tabiat – olam haqida ham gap borishi tabiiy bir holdir.
Inson faoliyati nafaqat ijtimoiy muhitda, shu bilan birgalikda ma’lum bir manzilda, makonda yuz beradi. Insoniyat jamiyati rivojlanib, taraqqiy etib borgani sari, uning tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib boradi. Uning resurslaridan mumkin qadar samarali foydalanishga, manfaatdor bo‘lishga intiladi. Bu intilishlar ba’zan ijobiy natija berishi, ba’zan esa buning aksi bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Qancha to‘g‘ri va oqilona munosabatda bo‘lishga harakat qilinmasin, ba’zan insoniyat tabiatga zarar keltiradi, uning yashash tarzidagi muvozanatni buzib qo‘yadi. Bunga javoban tabiat ham insondan o‘z yo‘li bilan o‘ch olishi mumkin.
Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning oydinlashuvida ilm-fan asosiy rol o‘ynaydi. Ilm-fan yutuqlari bergan natijalar bizning olam haqidagi tasavvurlarimizning kengayib borishiga imkon yaratadi.
Badiiy adabiyot esa tabiatni idrok etishning, uning sirlarini anglashga bo‘lgan intilishning o‘ziga xos yo‘lidir. Shu boisdan, tabiat hodisalari aks etmagan yoki unga murojaat qilinmagan badiiy asarning o‘zi yo‘q. Badiiy matnlarda tabiat tasviri muhim ahamiyat kasb etgani bois adabiyotshunoslikda tabiat lirikasi, tabiat manzarasi singari tushunchalar mavjud. Badiiy asarda tasvirlangan tabiat manzarasi peyzaj deyiladi. Yozuvchi o‘z asarida tabiat lavhalarini chizish bilan o‘zining tabiatga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi: tabiat go‘zalligi, boyligi va qudratini ta’rif etadi. Ayni zamonda, peyzaj asarning g‘oyaviy mazmunini va xarakterini ochishda qo‘shimcha badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.1
Tomas Foster adabiy geografiya atamasini qo‘llagan va u insonning o‘z olamida yashashini hamda bu olamning insonga qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rganishini aytgan.2 Shu fikrga asoslanadigan bo‘lsak, geografiyaning adabiy sujet tizimida muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin bo‘lmaydi.

Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling