Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
II-bob. O`zbek tilida olmoshlar haqida umumiy ma`lumot
Download 75.03 Kb.
|
Jumayeva S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmoshning grammatik xususiyatlari
- Olmoshlarning ma’no turlari
II-bob. O`zbek tilida olmoshlar haqida umumiy ma`lumot
2.1. O`zbek tilida olmoshning ma`no turlari . Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so‘z birikmasi va gap o‘rnida qo‘llana oladigan, aniq lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z turkumi olmosh deb ataladi: Ot o‘rnida: Karim juda quvondi, chunki u o‘z orzusiga erishgan edi. 1. sifat o‘rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman. 2. son o‘rnida: Menda ikkita qalam bor, senda nechta bor? 4. Ravish o‘rnida: Men bugun ketaman, sen qachon ketasan? 5. So‘z birikmasi o‘rnida: Yomon so‘z bosh qozig‘idir, shunday so‘zni gapirmagan ma’qul. 6. Gap o‘rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan, bu esa insondagieng yomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo‘lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering. Olmoshning grammatik xususiyatlari : 1. so‘z yasalish xususiyati yo‘q (lekin olmoshlar asosida ot, fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: o‘zlik, sensirama, o‘zicha, menbop); 2. juftlanib, boshqa so‘z turkumi vazifasida keladi: o‘sha-o‘sha, shu-shu (ravish); 3. olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi; 4. olmosh hech vaqt o‘zidan oldin aniqlovchi olmaydi. 5. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lsa bo‘ladi: ot toifasidagi olmoshlar 1. sifat toifasidagi olmoshlar. 2. son toifasidagi olmoshlar. Olmoshlarning ma’no turlari: Olmoshlar ma’no jihatdan quyidagi turga bo‘linadi: 1.Kishilik (shaxs) olmoshlari 2.O‘zlik olmoshlari 3.Ko‘rsatish olmoshlari 4. So‘roq olmoshlari 5.Belgilash olmoshlari 6. Bo‘lishsizlik olmoshlari 7. Gumon olmoshla Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo‘shimchasi –niki qo‘shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki.. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim), to‘ldiruvchi (Senga aytaman), qaratqich aniqlovchi (Uning ukasi kelibdi), ot- kesim (Mening do‘stim sensan) vazifalarini bajaradi. O‘zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan o‘z so‘zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o‘z uyi, o‘z ukasi. O‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: o‘zim - men, o‘zing - sen, o‘zi - u. Ko‘rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko‘rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o‘sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu. Kishilik olmoshi u bilan ko‘rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so‘rog‘iga (U keldi), ko‘rsatish olmoshi u esa qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (U kishi keldi). U, bu, shu, o‘sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda, qo‘shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o‘shanday, uncha, shunaqa, o‘shandek. Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi. Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi. So‘roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki miqdor haqidagi so‘roqni bildirgan olmoshlardir. So‘roq olmoshlarining nimaga nisbatan so‘roq bildirishini quyidagi jadvaldan bilsa bo‘ladi: Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig‘indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko‘rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo‘lish mumkin: 1) jamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi so‘zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so‘zining o‘zi (Har qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so‘zlar kiradi va bu olmoshlar to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradi. Har so‘zi ayrim yoziladi. Bo‘lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so‘zining o‘zi va shu so‘zning ba’zi so‘roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so‘zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: U hech kimni ko‘rmadi. Hech kimim yo‘q. Hech so‘zi yakka holda qo‘llanganda, ko‘pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o‘tmaydi): U hech qiynalmadi. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida yoki -dir qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanima, allanarsa (narsadir emas), allaqaysi, allaqaer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, allanechanchi, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qaerdadir, qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga bir, ham so‘zlarini qo‘shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo‘ldi. Download 75.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling