Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti


Xulosa.................................................................................. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 252.17 Kb.
bet2/5
Sana11.03.2023
Hajmi252.17 Kb.
#1261662
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5240023911172679501

Xulosa..................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar................................................

05

So`zboshi


Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqining milliy tilidir.O’zbek tili shu tilda so’zlashuvchilarning hammasi uchun barobar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umum-xalq tilidir.Bu til asrlar davomida qo’llanib kelgan yagona o’zbek tili taraqqiyotining yuqori formasi, milliy tilning ishlangan shaklidir.O’zbek tili davlat va ijtimoiy tashkilot, fan va maktab, matbuot va badiiy adabiyot, xullas o’zbek millatining ilmiy va madaniy tilidir. O’zbek xalqining millat bo’lib shakllanishi va rivojlanishi milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishidir.
Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqining yagona umummillat tilidir.O’zbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir. So’nggi qariyb bir asr mobaynida o’zbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama o’sdi va yuksaldi, uning fonetik tizimiga ma’lum darajada o’zgarishlar kiritildi.
Til madaniyati umummadaniyatning ajralmas qismi bo’lib,uning yuksalishida kuchli quroldir. Til ijtimoiy hayotda muhim rol o’ynaydi.Shuning uchun ham har bir kishidan tilning taraqqiyot qonunlarini mukammal bilish,unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi.

06
Nazariy ma`lumot


Paronimlar (para... va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronimiya deyiladi. Paronimiya muammosi nutqda paronimni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. Paronimning qoʻllanishi bilan bog`liq, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. "Paronim" terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan.
Rus tilshunosligida koʻpincha paronimlar deganda bir soʻz turkumiga mansub, bir xil oʻzakli soʻzlar tushuniladi [mas, adresat — adresant (oluvchi — yuboruvchi), predstavitsya — prestavitsya (oʻzini tanitmoq — oʻlmoq)]. O`zbek tilshunosligida esa nafaqat bir xil oʻzakli soʻzlar, balki eshitilishi bir-biriga oʻxshash har xil oʻzakli soʻzlar ham paronimlar deb tushuniladi (mas, sharaf — sharob, afzal — abzal, tarif— taʼrif, enlik — ellik, sogʻliq — sovliq).
Paronimlarni qoʻllashda farqlamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir. Paronimlarni xato qoʻllash, odatda, notanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan oʻsishi natijasida muayyan tilga (masalan, o`zbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud.

07


Download 252.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling