Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti


Download 252.17 Kb.
bet5/5
Sana11.03.2023
Hajmi252.17 Kb.
#1261662
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5240023911172679501

Partonimiya - leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo’lak munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun) – kuzov (bo’lak) – motor (bo’lak) – g`ildirak (bo’lak) va b.lar. Yana: uy (butun) – xona (bo’lak) – ayvon (bo’lak) –koridor (bo’lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy (ikkinchi qatorda) leksemalar bosh so’zlardir. Ayni paytda kuzov (butun) – eshik (bo’lak) – yukdon (bo’lak) – oyna (bo’lak) – bamfer (bo’lak)qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) – oyna (bo’lak) – eshik (bo’lak) qatorida esa xona leksemasi bosh so’z sanaladi.
Ma’lumki, leksemaning ma’nosida borliqdagi voqea-hodisalarning inson ongidagi in’ikosi ifodalanadi, demak, ma’nolar tizimidagi butun-bo’lak munosabati negizida ham, aslida,borliqdagi butun-bo’lak munosabatlarini tilda ifodalash zarurati yotadi. Partonimiya hodisasini o’rganish lug`at boyligi tizimining «sir»larini ochish, so’z ma’nolarini aniq va to’g`ri izohlash nuqtai nazardan ahamiyatlidir. Bu hodisa Ne’matov H. Rasulov R. G’ilichev E. G’ilichev B. kabi tilshunoslarning ishlarida ma’lum darajada o’z talqinini topgan.
Graduonimiya termini dastlab graduonomiya deb atalgan. Bu termin fonologik “gradual oppozitsiya” atamasidagi “gradus” grekcha daraja va sinonomiya, omonomiya, antonomiya so’zlaridagi-nomiya tarkibiy qismi asosida hosil qilindi. Keyinchalik graduonimiya atamasi (darajalanish) M. Narziyeva, S.Saidov, G. Nematova, O.Bozorov ishlarida keng qo‘llanildi. H.Nematov, Rasulov, M.Narziyevalarning o‘quv qo‘llanmalarida darajalanish, darajalanish qatorlari (graduonimiya, gradual oppozitsiya) kabi tilshunoslik atamalarini ishlatish bilan bu tushuncha o‘zbek tilshunosligida mustahkam o‘rnashib oldi deyish mumkin.
12
Bugungi tilshunoslik fanimizda graduonimiya va uning o‘zbekcha ma‘nodoshi darajalanish atamalari so‘zlararo ma‘noviy munosabatlarning bir ko‘rinishini atovchi ilmiy tushuncha sifatida ommalashmoqda.Graduonimiya (gr. gradatio – “ko‘tarilish”, “o‘sish”, onymo – “nom”). Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi – o‘rta so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan:
katta – o‘rta – kichik
yosh – o‘rta – qari
uzoq – o‘rta – yaqin
baland – o‘rta – past
uzun – o‘rta – qisqa
Ma’lumki,o‘rta so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi.O‘rta leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa,katta – o‘rta- kichik darajalanishi kam seziladi.Lekin o‘rta leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi.
Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi.
Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini:
a) g‘ayrilisoniy asos;
b) sof lisoniy asosga tayanib ajratish mumkin.
G‘ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-xususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud.
13
Masalan, inson go‘daklik, yoshlik, navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik, quriganlik davrini boshidan kechiradi – o‘sadi.Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi bo‘lganligi bois u ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy farqlarni ham ifodalashi lozim. Bunday miqdoriy farq turli usul bilan,jumladan, alohida-alohida leksema bila ham ifodalanadi. Chunonchi, nihol – ko‘chat – daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak –bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir kabi.
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili
quyidagilar:
a) ma’noviy omil;
b) so‘zlararo paradigmatik munosabat.
Graduonimik qatorni ajratishdagi ma’noviy omilning mohiyati shundaki, bir qator leksemalar sememasida ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga, turli xil darajalariga ishora mavjud. Masalan, darcha – eshik – darvoza leksemasining “O‘zbek tili izohli lug‘ati”dagi izohini kuzataylik:
Darcha – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki
qo‘sh tavaqali, eshik yoki devorga o‘rnatilgan kichkina eshikcha.
14

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi


Toshkent shahri, 2019-yil 21-oktabr.
2.У.Турсунов ва бошкалар.Хозирги узбек адабий тили,Тошкент,1992,

141-143-б.


3.А.Маъруфов.Паронимлар лугати.(талаффузи якин сузлар),
Тошкент,1974,5-9 – б
4.Х.Жамолхонов Хозирги узбек адабий тили,Тошкент,2005,181-185-б
5.Ш.Шоабдурахмонов ва бошкалар. Хозирги узбек адабий тили,Тошкент,
1980,113-115-б
6.Sh.Rahmatullayev va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili ,Toshkent,2006,42-
44-b.
Download 252.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling