Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi
16 2-bob DUNYONING RANGINI O’ZGARTIRGAN INSON Titrayotgan Kendin oʻzini kenggina bir xonada koʻrdi. Xona shunchalik ajoyib ediki, inson beixtiyor uni tomosha qilishni boshlardi. Avvallari bunday xonani koʻrmagan, eshitmagan edi. Katta devorlarda shunday surat bor ediki, uning surat ekaniga ishonish imkonsiz edi. Goʻyo butun devor ko’zgu bilan qoplangan-u, siz koʻrgan va rasm deb oʻylayotgan narsalaringiz qarshisida turib ularni oʻzida aks ettirardi. Devorning tugash burchagida qalinroq bir arqon boʻlib, uning bir uchi shiftdagi yogʻochlardan biriga bogʻlab qoʻyilgandi. Kendin xonada aylanib yurarkan, oyogʻi bir narsaga tegdi. Bu haligi arqonning yerga uzangan qismi boʻlib, u xonani diagonaliga qoq oʻrtasidan boʻlib turardi. Arqonning boshqa uchi esa narigi tomondagi shiftning yog’ochlaridan biriga bogʻlangandi. Arqon bilan xonani teng ikkiga boʻlib qoʻyishning hikmatini Kendin anglamadi. Xona uni shu qadar oʻziga sehrlab qoʻygandiki, Kendin bir soniyaga oʻzining koʻrinmasligini unutdi. Sekingina Jinning qulogʻiga egilib, arqonning hikmatini soʻradi. Kendinning xuddi kimdir eshitib qolishidan qoʻrqib pichirlashini koʻrgan Jin qahqaha otib kulib yubordi. - Unutib qoʻyding, shekilli, hech kimsa bizni koʻrmaydi va eshitmaydi, - deb Kendinni tinchlantirdi. Jin bu yerdagi narsalar hikmatini Kendinning anglashga harakat qilayotganini toʻgʻri deb hisobladi. Kendin Jinning aytganini qilib, xonadagi buyumlarni birma-bir tadqiq qilishni boshlab yubordi. Yerda "gilamlarning eng qadimgisi shunday boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotadigan, ammo "koshki, barcha gilamlar ham shunga oʻxshasaydi" deyiladigan muhtasham bir gilam bor edi. Unda odatdagi klassik bezaklar yoʻq edi. Gilamning arqon ajratib turgan yeridan rasmli devorga qadar boʻlgan qismi moyli 17 boʻyoqlarda qilingan rasmni eslatsa, narigi tarafi geometrik shakllar va matematik belgilardan iborat edi. Kendin koʻzlarini devordan uza olmasdi. Yengilgina harakat bilan ortga qadam tashlagan edi, nimanidir turtib yubordi. Soʻnggi lahzada uni tezlik bilan ushlab qoldi. Bu goʻyo hech kimsaning koʻzi tushmasligi uchun yuzasi qizil ipak mato bilan berkitib qoʻyilgan bir surat edi. Xonada jami 8 ta rasm boʻlib, ulardan 5 tasi ayni shu shaklda qizil ipak matolar bilan yopib qoʻyilgan, 3 tasi ochiq edi. Yopiq suratlardan birining yuzasidan matoni koʻtardi-yu, koʻzlariga ishonmadi. Pastki oʻng burchakda qoldirilgan dastxatni aytmasa, rasm boʻm-boʻsh edi. Soʻng qiziqish bilan barcha suratlarni birma-bir ocha boshladi. Hammasi bir xil, barchasining pastki oʻng burchagida ayni imzo qoʻyilgandi. Bu xonaning sohibi qanday boʻlmagʻur inson boʻldi, rasmni chizmay turib imzosini qoʻysa. Yuzasi ochiq boʻlgan suratlardan birining oldida oʻtirish uchun hozirlab qo’yilgan to’nka turardi. Uning ustida esa yosh bola rasm chizgandek fikr uygʻotadigan, aralashib, bir-biriga qorishib ketgan boʻyoqli palitra bilan ikki dona mo’yqalam bor edi. Xonaning bu qismini tomosha qilib ulgurmagan Kendin narigi tarafga hanuz oʻtmagandi. Shu qadar sehrlanib qolgandiki, birgina shu tomonda bir necha soat aylanib qoldi. Chap tomondagi devorning boʻsh ekanligi birdan eʼtiborini tortdi. Bu yerning ham rasm chizish uchun tayyorlab qoʻyilgani xayoliga keldi. U adashmagandi. Sababi, biroz avvalgi yuzasi qizil ipak matolar bilan toʻsilgan boʻsh suratlarning pastki oʻng burchagidagi imzoning yana biri devorda ham koʻzga tashlanardi. Katta hayajon va zavq bilan ortiga qaytdi. Orqa devorda narigiga mutlaqo oʻxshamagan, xonaning bu qismidagi gilamning bezaklariga oʻxshash geometrik shakllar, matematik ifodalar bor 18 edi. Goʻyo kimdir matematikaga maʼlum yoki aksincha, maʼlum boʻlmagan jamiyki masalalarni shu devorda yechgandi. Devorning shundoq oldida eman daraxtidan yasalgan kattagina stol bor edi. Hali eman isi ketib ulgurmagan stolga uch kishi bemalol oʻtira oladigan, dunyoning eng hashamatli kursisi mana shu deya bemalol koʻrsatish mumkin boʻlgan muazzam bir stul suyab qoʻyilgandi. Xonaning eshigi yoʻq edi. Aniqrogʻi, eshik oʻrnatilishi kerak boʻlgan joyda tor va peshtoqli oʻyiq boʻlib, bu yerga kirish uchun xizmat qilardi. Soʻngra xonaga uzun soch-soqolli, keng yelkali, gʻijim va kir kiyim kiygan, burnining uchiga ozgina jigarrang boʻyoq tekkan bir odam kirib keldi. Yoʻgʻoch kundaning ustida turgan boyagi palitrani ingichka uchli mo’yqalami bilan qoʻliga oldi. Oʻng oyogʻini goʻyo tuflisini ipini bogʻlamoqchi boʻlgandek kunda ustiga qoʻydi. Mo’yqalamni chaqqonlik bilan boʻyoqqa botirdi, bir necha daqiqa oʻzi istagan rangini chiqarishga urindi. Mo’yqalamni sindirib yuboradigan darajada palitraga qattiq urardi. Chiqargan rangini ingichka uchli mo’yqalam bilan dunyodagi eng nozik shishadan yaratilgan qizning yuzida ohistalik bilan yurgizardi. Soʻng qalin uchli mo’yqalamini olib, bir necha daqiqa uni palitraga urib turdi. Keyin uni suratga xuddi dushmaniga zarba berayotgandek urdi. Kendin shunchalik berilib ketgan ediki, "Unday qilmaaaa!" deyishdan oʻzini toʻxtatib qololmadi. Jin esa xotirjam ohangda: - Haqsan, ammo qoʻrqma! U nima qilayotganini biladi, sen faqat kuzat, - dedi. Kendin rassomni kuzatib turib, armon boʻlib qolgan orzusini Jinga aytdi: - Qobiliyatim boʻlsa edi, men ham rassom boʻlishni xohlardim. Ishon, buni judayam istardim, lekin afsus bu iqtidor masalasi... 19 Jin Kendinning yuziga tikilib qoldi. Qarashlari maʼnosiz edi. Kendin jim boʻlishi kerakligini tushunib, sukut saqladi va rassomni kuzatishda davom etdi. U odam soatlab boʻyadi. Goʻyo butun dunyoning rangini oʻzgartirardi. Birgina xato qilsa qiyomat qoim boʻladigandek. Bu orada kun ham oʻz oʻrnini tunga boʻshatib berishga hozirlanardi. Rassom kerosin chiroqni yoqdi. Yana ozroq ishlagach, tashqariga chiqdi. Koʻp oʻtmay ortiga qaytganda burniga tekkan jigarrang boʻyoq ketkazilgan edi. U bu safar arqonning narigi tomoniga oʻtdi. Stol ustidagi qalamlardan birini olib devorga yoza boshladi. Butun devor toʻla edi. Qayerda bir boʻsh joy qolib ketibdiki, bu odam yana yozsa? Odam ingichka ingichka yozardi. Soʻngra viqor bilan dunyoning eng hashamatli kursisiga oʻtirdi. Muqovasi oʻyma yogʻochdan qilingan qalin daftarni ochib, devorga qarab- qarab, bir narsalarni yozdi. Bir necha soatdan soʻng qalamini qoʻyib, oʻrnidan turdi va kerosin chiroqni oʻchirib, tashqariga chiqdi. - Qayerga ketyapti?, - dedi rassomning ortidan qarab qolgan Kendin. - Uxlashga..., - dedi Jin va davom etdi: - Bu inson har toʻrt soatda bir marta yarim soat uxlaydi. Vaqti boʻldi deguncha hech kimning uygʻotishini kutmasdan turib, yana ishiga qaytadi. Bizni bu yerga kelganimizga taxminan toʻrt soat boʻldi. Kendin hayratlandi. - Ishonish qiyin! - Uning kim ekanini aytsam, ishonishing aniq, - dedi Jin. Kendinning qiziqishi o’zining soʻnggi nuqtasiga yetdi. 20 - Bu inson da Vinchi. Leonardo da Vinchi. Rassom, matematik, fizik, faylasuf va yana bir qancha sohalarda afsona boʻlgan inson. Endi ishondingmi? - Taxmin qilishim kerak edi; lekin ishon agar men ham shunday ishlasam, da Vinchi boʻlardim, - deb yubordi Kendin, Jinning nima deb javob berishini hech oʻylamagan holda. - Ishla u holda, - soddagina javob qaytardi Jin. Kendin Jinga ilk bora 3957 xil maʼno va tuygʻu mujassam nigohini qaratdi. Ha, yoʻq, qanday, nega boʻlmasin, haqsan, ajabo, goʻyo, balki, qoʻlimdan keladimi, shubhasiz qilaman, albatta, hech qachon, tabiiy va yana bu yerda sanalmagan yuzlab boshqa maʼnolar bor edi bu nigohda. Bu kishi Leonardo da Vinchi edi, da Vinchi boʻlish ayni shunday boʻladi. Sen faqatgina ishlaysan va ichingdagi da Vinchi ko’rinib, afsonaga aylanasan. Yoki ishlamasdan, da Vinchini ko’masan-u, yoʻq boʻlib ketasan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling