Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana07.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1174530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

4-bob 
MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT 
Kattagina xonaning oʻrtasida turardilar. Atrof yoyilib 
yotardi. Xonada bir-biriga birlashtirilgan uchta stol kattaligidagi 
ish stoli bo’lib, uning usti elektron sxemalar, kabellar va yana 
koʻpi inson uchun keraksiz deb hisoblanadigan mayda-chuyda 
narsalarga toʻla edi. Stolning bir burchagida esa ichiga kerosin 
to’ldirilgan kir tunuka idish, uning yonida kumush patnis ichida 
hafsala bilan tuzalgan, ammo qoʻl ham urilmagan dasturxon 
ko’zga tashlanadi. Shunday shohona dasturxon u yagʻir idish 
yoniga hech ham yarashmagan, uni kimdir "Och emasman" deya 
oʻsha yoqqa surib qoʻygani kundek ravshan edi. Stoldan uzoqroq 
bir burchakda odatiy 4-5 stul tartibsiz shaklda sochilib yotardi. 
Devorda keragidan ortiq kerosin lampasi bo’lib, ularning 
barchasi yoniq turar va insonda "dunyodagi eng yorugʻ makon 
shu yer boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotardi. 
Kendin atrofni tomosha qilarkan, Jin ham Kendinni kuzatib turdi. 
Atrofda hech kim ko’zga tashlanmaydi. Qayerdandir arra ovozi 
eshitiladi. Koʻzlari ovoz kelayotgan tomondagi eshikka tushdi. 
Eshikka yaqinlashganlari sari ovoz ham kuchayib bordi. 
Ichkariga kirdilar. Moviy koʻrpasiga oʻrangan bir odam hech 
gʻam-tashvishi yoʻqdek bamaylixotir xurrak otib uxlab yotardi. 
- Adashib boshqa yerga keldik shekilli!, - dedi Kendin. Yuz 
ifodasidan xuddi Jinning bir xatosini topgandek edi. Jin eslatdi: 
- Sabrli boʻlishing kerak edi. 
... Kutdilar. Biroz oʻtib u odam uygʻondi. Zudlik bilan toʻlashi 
kerak boʻlgan qarzi esiga tushgandek yotogʻidan sapchib turdi, 
qoʻshni xonadagi stol ustiga kelib tezlik bilan ishga kirishdi. Bir 
oz avval xurrak otib uxlab yotgan inson u emasdek edi goʻyo. 
Stolning ustidagi narsalarni bir-biriga ishqalab, nimadir qilishga 


25 
urinardi. Birini boshqasining uchiga ulab, soʻng uni yana boshqa 
narsaga mahkamlar, ba’zan toʻxtab, qimirlamasdan uni shunchaki 
kuzatardi. Bu kuzatish ham tanaffussiz davom etgan ishning bir 
qismi edi.
- Bu kim, Xudo haqqi, jinni-pinni emasmi?, - soʻradi Kendin. 
Jinning javobini kutmasdan uning oʻzi: 
- Bu bir inson, - dedi. Jin boshini qimirlatib tasdiq ishorasini 
berdi va yana bir qum soatini koʻrsatib turib: 
- Bu 6 soatlik, - dedi. Kendin va Jin oʻzaro suhbatlashib, u 
insonni kuzatishardi. Biroz oʻtib nima boʻldi-yu, u hamma ishini 
tashlab yana narigi xonaga kirib ketdi. Qum soatiga qaradilar. 
Uning ishlashni boshlaganiga 3 soat boʻlgandi. Xonaga kiriboq, 
takror moviy koʻrpasiga oʻranib, pishillab uxlab qoldi. Jin: 
- Koʻrdingmi? Yana uxladi, - dedi. Kutdilar, 15 daqiqa oʻtib yana 
uygʻondi, zudlik bilan toʻlashi kerak boʻlgan qarzi esiga tushib 
qolgandek yotogʻidan sapchib turdi, - bilaman, bu iborani bir oz 
avval ham qo’llagandim. Lekin u odam har safar shunday 
uygʻonsa, menda nima ayb? - va takror ish xonasidagi stol oldiga 
keldi.
Biroz oʻtib xonaga bir ayol kirdi va stol ustidagi patnisdan 15-20 
sm uzoqroqqa yangi patnis qoʻydi. Eskisini olib, kelgan eshigi 
tomon yurdi. Bir-ikki qadam yurib, u odamga "Oʻlib qolasan-ku 
axir, yetar endi!" demoqchi boʻlgandek bir alfozda qarab qoldi, 
ammo uni ranjitmaslik uchun bu so’zlarni tiliga olmadi, balki:
- Qani, biroz dam ol, nimadir yeb ol!, - dedi. Odam javob 
bermadi. Ayol hafsalasi pir bo’lib, xonadan chiqib ketdi. Ajabo, 
ayol ham koʻrinmasmikin, u inson hatto javob ham bermadi. 
Kendin xayolidan kechgan bu savolni Jinga berdi. 
- Yoʻq, - dedi Jin. 


26 
Ular gaplashib turganida, odam taomlar solingan kumush 
patnisni avvalgisining oʻrniga itarib qoʻydi.
- Ayol koʻrinadi, albatta. Lekin u oʻz ishiga shu qadar 
bogʻlanganki, koʻzi boshqa narsani koʻrmaydi, - soʻzida davom 
etdi Jin, uning aytadigan yana koʻp narsalari bor edi: 
- Bu inson hayotini har uch soatda bir marta 15 daqiqa uxlab 
oʻtkazdi. Yaʼni, kunda umumiy 2 soat uxlaydi. Oradan vaqtlar 
oʻtadi, biz bu inson Edison nomi bilan eslaymiz. Dunyoni 
yorugʻlikka toʻldirgan, uxlash va ovqat yeyishga ham aytarli vaqt 
topa olmagan buyuk dohiy.
Kendin sham va kerosin chiroqni tarix sahifalariga koʻmib, 
oqshomni nurga toʻldirgan insonni koʻrib turganidan 
hayajonlandi. Bu orada Edison yana hamma narsani tashlab
takror moviy sevgilisiga oʻranib, uyquga ketdi. 


27 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling