Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MIXCHI VA BOLG’ACHI


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana11.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1765607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
9-bob 
MIXCHI VA BOLG’ACHI 
Bir uyning yotoqxonasida edilar bu safar. Xonadagi yotoq 
gʻichirlar, oppoq koʻrpa qimirlardi. Koʻrpa tagidan kimningdir 
hurragi eshitilib turardi. Kendin jilmayib qoʻydi.
Yotoqda bir ayol uxlab yotar, uning yonida bir kishi ham bor edi. 
U uxlamayman deya xarxasha qilgan yosh boladek tinmay u 
yoqdan bu yoqqa agʻdarilardi. Kendin tahminida adashmagandi. 
Aniqki, bu odamning uyqusi qochgan, koʻrpaning qimirlashi 
sababi ham shu edi. Bu odamni uxlashdan toʻsgan nima edi 
ajabo? 
Kendin shularni oʻylab turganida u odam chiday olmay yotoqdan 
sapchib turdiyu, balkonga chiqdi. U yerda yuqori darajada 
jihozlangan bir nechta teleskop bor edi. Birining ortiga oʻtib, 
uzoq vaqt osmonni kuzatib turdi. Keyin yana jimgina yotoqqa 
qaytdi. Tungi soat 4 edi. Takror uxlashga urinib koʻrdi; ammo bu 
safar ham uddalay olmadi. Matrasning buzuq prujinasidek yana 
sakrab turdi yotogʻidan. Kichik bir qogʻozga "Kechir, azizim!" 
deb yozib, uni ayolining bosh tomoniga qoʻyib qoʻydi va yuzidan 
oʻpib, uydan chiqib ketdi. Kendin Jinga murojaat qildi: 
- Kim bu odam, qayerga ketyapti?... 
Jin shiftga ishora qilib soʻradi: 
- Bu yerda oyoq izi koʻrsang hayron qolarmiding?
- Albatta, hayron qolardim... Shiftda oyoq izi boʻlishi gʻalati-ku. 
"Bu yerga oʻrgimchak odam kiribdimi?" degan boʻlardim, - dedi 
Kendin. Kulishdilar. Soʻngra odamni taʼqib qilishga tushdilar.
U odam dunyodagi butun texnikalar shu yerda jam boʻlgandek 
tuyuladigan ulkan binoga keldi. Bino oldidagi haybatli 
qoʻriqchilarga "Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift 


45 
oldiga keldi. Liftni kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan 
yugurib yertoʻla qavatiga tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini 
yechib oldi. Xona eshigi oldiga yaqinlashgach, choʻntagidan bir 
karta olib, eshik oldidagi kameraga kirgizdi va eshikni ochdi. 
Kostuyumini bir chetga uloqtirib, kompyuterning yoqish 
tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishlashni boshladi.
- Telba boʻlib qolaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - 
dedi Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq 
qiziqtirib qoʻygandi... 
Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga 
mixlanib qolgandi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa 
ham hayron qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani 
uchun boshqa kelganlar yoʻq edi. 
Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi. 
Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi: 
- Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan 
mixni joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga 
oʻxshardi. Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi. Ikkisi 
ham farzandli boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek 
sabrsizlanishardi.
- Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani. 
- Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!" 
degandek edi bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita 
boshlar, boshqasi "Hoy" deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan 
soʻng qolganlar ham kelishdi. "Birozdan soʻng" deganim ertasi 
kuni ertalab. 
Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta 
velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek:
- Bularning hammasi aqldan ozgan!, - deb yubordi. 


46 
- Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi: 
- Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a? 
- Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin. 
- Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini 
bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin 
Kendinning fikrlarini battar qorishtirdi. 
- Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, - 
yolvordi Kendin. 
- Yaxshi, - dedi Jin. 
Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira 
koʻrmagan tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi, 
farqiga bormadi.
- Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin 
atrofda ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot asari ham 
koʻrinmasdi. Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha 
yerning qoq oʻrtasida qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. 
Shovqin ortidan, ustlariga toʻgʻri kelayotgan gʻalati jism paydo 
boʻldi. Bu hamma joyi yoritilgan, yaxlit va ulkan metall uyumi 
edi. Temir qush quloqni qomatga keltirib, chang-toʻzon ichida 
tekislikning qoq markaziga qoʻndi. Soʻngra chang boʻlinib, u 
ajoyib narsaning kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga 
qarab zinapoyalar paydo boʻldi. Oq, qalin kiyim kiygan odam 
zinadan pastga tushib kela boshladi. Ogʻir-ogʻir qadam bosib 
tushardi u. Oyogʻini yerga qoʻyib, yana bir odim tashlagandan 
soʻng ortiga oʻgirilib, shunday dedi: 
- Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun buyuk 
bir qadamdir. 
Bu oʻsha edi. Biroz avval uyqusi kelmay, dunyoning yoʻqolgan 
mixini topish maqsadida yarim kechasi hamma narsadan voz 


47 
kechib yoʻlga tushgan inson... Soʻngra zinada yana biri paydo 
boʻldi. Kendin uni ham tanidi. Mixga bolgʻa topish uchun harakat 
qilgan odam edi unisi. 
Soʻngra u yerning oʻrtasiga katta bir bayroq oʻrnatdilar. Erta 
ulgʻaygan ikki yosh bola singari koʻngilxushlik qildilar. Kendin 
shunday taʼsirlangan ediki, ular bilan barobar yugurdi, joʻshdi, 
oʻzidan kechdi goʻyo... Oʻyin-kulgi bitgach, Jin Kendinni yoniga 
chaqirib, yerdagi oyoq iziga ishora qilib soʻradi: 
- Shiftda oyoq izini koʻrsang, hayron qolarmiding? 
- Yoʻq, albatta, - dedi Kendin.
- Uyquni qochiradigan maqsad mana shunday boʻladi. Kechani 
kunduzga ulab, ishlaysan. Oyga kelib, oyoq izingni qoldirasan. 
Soʻng seni "Oyga chiqqan ilk inson" deb ataydilar. Neil 
Armstrong boʻlasan, Buzz Aldrin boʻlasan, Maykl Kollins 
boʻlasan... Ismingni "eng, eng, eng" lar qatoriga yozadilar. 
Hamma hayron qoladi. Buni qanday qilganingga qoyil qolishadi. 
Sen faqatgina jilmayib qoʻyasan. Nimaga buncha hayratda 
ekanlarini tushunmaysan. Hech kimsa sening eng buyuk siring 
ishlashdan boshqa narsa emasligini tahmin qilolmaydi.
Bu orada mixchi va bolgʻachi bir-birlariga qarab oʻzlarining eng 
buyuk sirlari haqida oʻylagancha jilmayishardi. 


48 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling