Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
-bob OQ OTLI VA UNING QILICHI
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
10-bob
OQ OTLI VA UNING QILICHI Keng bir maydonda Jin va Kendindan tashqari hamma dod- faryod solar, insonlar qiyomat qoyim boʻlgandek yugurishardi. Havoda oʻqlar uchar, yosh tanalarni quvib yetib, ilma-teshik qilardi. Sovuq, muzdek oʻqlar... Toʻpponchadan, miltiqdan chang-toʻzon ichida otilgan har bir oʻq bir insonning hayotiga nuqta qoʻygan ayanchli qirgʻin edi bu. Urush edi, qon edi, dod-faryod edi. Kim biladi bu qancha davom etadi: kunlab, oylab, balki-da yillab davom etar?... Balki aslo tugamas u boʻron-la musobaqalashgan oʻq yomgʻiri. Qanchalik koʻrinmas boʻlmasin, Kendin ham inson edi. Holsiz Jinga suyanib qoldi. Jin ham sarosimaga tushgandi. Maydonda shunday bir dahshat bor ediki, quyosh nurini, osmondagi bulutlarni, yerdagi tuproqni toʻsib qoʻyardi. Bu kun ilk bora chumolilar ham uyalaridan chiqishmagandi. Azroil oppoq otning ustiga mingan holda, qilichining uchida ajal tarqatib yurardi goʻyo. Jin Kendinning qoʻlidan ushlab, yuqoriga chiqardi. Oʻqlar, qilichlar boʻlmagan joyga... Urushni kuzatdilar. Kendin daryo- daryo oqqan qonni koʻrib, qizil rangga nisbatan ich-ichidan nafrat his qildi. - Ketaylik bu yerdan!, - dedi Jinga. - Sabrli boʻl, doʻstim, uzoq qolmaymiz. Koʻp oʻtmay ketamiz; ammo ketayotib qoʻlimiz boʻsh boʻlmasligi kerak. Kuzat bu odamlarni, inson istasa nimalar qilolmaydi, qara! Kendin jimgina qarab turdi. Qoʻllar, oyoqlar, ruhlar, hayotlar, insonga doir nima boʻlsa, hammasi havoda uchardi. Ozgina ortga chekinib, bu manzaraga takror qarasang, bu safar qoʻl yoki oyoq emas, balki buyuk bir rassomning ishonch mavzusida faqatgina qizil rangdan foydalanib chizgan ulkan suratini koʻrarding. U 49 ikkovlon esa goʻyo surat boshida turib, fikr bildirayotgan intellektual insonlarga oʻxshardilar. Jin soʻrab qoldi: - Ayt-chi, sen bundan-da yomonroq vaziyatni xayolingga keltira olasanmi? - Yoʻq, - dedi Kendin oʻylab oʻtirmay. - Men ham, - dedi Jin va davom etdi: - Insonlar kunlab yemay, ichmay, bir zum tin olmay urushadilar. Nafas olishning oʻzi ham tavakkal bu yerda. Ular suratga boqib gaplashib turganlarida baʼzi askarlar vaqti- vaqti bilan ortga chekinib, yarim soat, koʻpi bilan bir soat uxlab olar, soʻngra uygʻonib yana jang qilishda davom etardi. Fursat topishsa, boshqalari bilan oʻrin almashishardi. Atrofda uxlash uchun na yotoq, na boshqa narsa bor edi. Munosib bir chuqur topsalar, miltiqlarini quchoqlab, tepkisini barmoqlariga bogʻlagan holda uyquga ketishardi. Kendin yotogʻi qonli havza, koʻrpasi oʻq yomgʻiri boʻlgan bu jangchilarning uxlashini tomosha qildi. Uxlab yotardilar. Qattiq charchoqdan soʻng uxlaganlariga qaramay hurrak otganlar yoʻq edi. Kendin Jinga qarab: - Urushga chaqirilgan askarlarni hurrak otmaydiganlardan tanlaydilarmi?, - deb soʻrab qoldi. Jin koʻrinib turgan manzaraga hech yarashmagan bir vaziyatda qahqaha otib kuldi. Soʻngra birdan toʻxtadi. - Yoʻq, albatta. Urushda qoʻllaniladigan oʻqlar quloqlari eng yaxshi eshitadiganlardan tanlanadi... Davom etarkan, Jin maʼyus jilmayib qoʻydi: - Bu insonlarning har biri boshqa hududdan, turli oʻlkalardan kelishgan bu yerga. Hech kim oʻrganib ketish uchun muddatga 50 ehtiyoj sezmaydi. Kelish vaqtlari bilan yeyishdan, ichishdan, uxlashdan uzilgan onlari bir boʻladi. Soʻngra tun qorongʻusida yerga qarab ochiladigan qandaydir eshikdan ichkariga tushdilar. Ichkarida 4 odam bor boʻlib, siniq bir stol atrofida gaplashishar, koʻzlarida oʻt yonib turardi. Ovoz chiqarmay, pichirlab maxfiy soʻzlashardilar. "Chanoqqalʼani berib qoʻymaymiz!" dedi oralaridan biri. Uning gapi tugamay ayni shu jumla bir oʻq ila miltiq uchidan dushman tomon uchdi. Jin shunday dedi: - Oʻlim yoqasida turarkan, inson uxlash u yoqda tursin, hatto nafas ham ololmaydi. Baʼzida urushlar yillab davom etadi, muddatning ahamiyati yoʻq. Bu insonlar 1000 yil nafas olmay yashashga ham tayyor. Koʻp holatlarda uyidagi rohat-u, issiq yotogʻiga ham ragʻbat qilmagan bu insonlarning ayni damda aqliga uxlash kelarmidi? Kendin tushundi... Endilikda u ushbu fidokorlik moʻjizasini juda yaxshi anglay boshlagandi. Bu orada uning koʻzi oq otiga minib, askarlar ortidan ergashib yoʻlga tushgan qilichli odamga tushdi. Uning qilichi uchida 300 ming ajal bor edi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling