Tarkibi noma’lum moddalarni tahlili
Analizni bajarish tartibi
Download 168.67 Kb.
|
Miqdoriy tahlil. Tarkibi noma’lum moddaning tahlili 01
Analizni bajarish tartibi. Temir (III) gidroksid amorf tuzilishli cho`kma bo`lganligi uchun hosil qilinadigan gravimetric shaklning massasi - 0,1 g bo`lishi kerak. Tekshiriladigan namuna tortimi shu asosda olinadi. Agar modda qattiq boqlsa, u cho`ktirishni boshlashdan oldin eritiladi.
Hajmi 200-250 ml bo`lgan stakandagi tekshiriladigan eritmaga kislotali (pH=2-3) muhit hosil qilish uchun 2 N HNO3 eritmasidan 3-5 ml qo`shib, gorelkaning past alangasida sekin 75-90 0C gacha qizdiriladi. Qaynoq eritmani to`xtovsiz aralashtirib turgan holda undan ammiak hidi keldunga qadar 10 % li NH3 eritmasidan tomchilatib qo`shiladi. Bunda eritmadagi temir (III) ioni to`liq cho`kmaga o`tgan bo`ladi. Eritma tindirilgandan so`ng to`la cho`kish tekshirilib ko`riladi. Buning uchun tiniq eritmaga ammiak tomchilatiladi. Ammiak tomchisi tushgan joy loyqalanmasa, to`la ch`kishga erishilgan bo`ladi. Aks holda ammiak qo`shish davom ettiriladi. Cho`ktirish tugatilgandan keyin cho`kmali eritmaga adsorbilanishini kamaytirish uchun 100 ml qaynoq distillangan suv qo`shiladi. So`ngra darhol cho`kmani filtrlashga kirishiladi. Cho`kma filtrlash uchun “qizil tasmali” kulsiz filtrdan foydalaniladi. Filtrdagi cho`kma ammoniy nitratning 2 % li eritmasi bilan yuviladi. Yuvadigan suyuqlikka ammiak hidi chiqqunga qadar biroz ammiak qo`shiladi. Cho`kmani yuvish xlirid ioni qolmagunga qadar davom ettiriladi. Cho`kmani yuvish tugagandan so`ng u voronka bilan quritish shkafiga qo`yiladi. Chala qurigan cho`kma oldindan tayyorlab qo`yilgan, aniq massali tegelga joylashtirilib, past alangada biroz qizdirib, filtr kuchsizlantiriladi. Bunda filtrning alangalanib yonib ketmasligiga a`lohida e`tabor beriladi. Filtr kulsizlantirilgandan keyin cho`kma 1000-1100 0C da kuydiriladi. Kuydirish tugagandan so`ng tortiladigan shakl bo`lgan tigel eksikatorga joylashtirilib, tarozixona haroratigacha sovitiladi. Sovigan tigel tortiladigan modda bilan birga analitik tarozida tortiladi. Hisoblash. Namuna tarkibidagi temirning massasini aniqlash uchun formuladan foydalaniladi. Bu erda, mFe2O3 – tortiladigan shaklning massasi. Temirning massa ulushi yuqoridagi kabi hisoblanadi. Download 168.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling