Tarkibi noma’lum moddalarni tahlili


Download 168.67 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi168.67 Kb.
#1540869
1   2   3   4   5
Bog'liq
Miqdoriy tahlil. Tarkibi noma’lum moddaning tahlili 01

Eslatma. Cho`ktirish pH=2-3 bo`lgan kislotali eritmadan, 75-90 0C da boshlanib, neytral yoki kuchsiz asosli muhitda (pH=7-9) tugatiladi. Eritmada bo`lgan temir (II) ioni oksidlanib, temir (III) ga aylantirilishi, kolloidlar hosil bo`lishining oldini olish uchun va koagulyatsiyani tezlatish uchun eritmaga ammoniy nitrat qo`shilgan bo`lishi kerak. Analizga berilliy, alyuminiy, xrom, sirkoniy, titan, niobiy, tantal, vismut, talliy, indiy va boshqa ammiak bilan cho`kadigan ionlar halaqit berganligi uchun ular temir (III) gidroksidni cho`ktirishdan oldinajratilishi kerak. Cho`ktirishga shuningdik, silikat, fosfat, borat,arsenat singari anionlar ham halaqit beradi. Shu bois bu anionlar ham temir (III) gidroksidni cho`ktirishdan oldin ajratilishi kerak. Analizga ammiak ta`siridan cho`kmaydigan, lekin temir (III) gidroksid bilan birgalashib cho`kadigan mis, kalsiy, rux, nikel, kobalt singari ionlar hamxalaqit beradi. Cho`ktiriladigan eritmada temir (III) ni kompleksga bog`laydigan ftorid, fosfat, oksalat va organik oksibirikmalar bo`lmasligi kerak. Fe(OH)3 ni kuydirish vaqtida FeCl3 ning uchuvchanligi tufayli temirning bir qismi yo`qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun Fe(OH)3 cho`kmasi oldin ammoniy nitrat va ammiak aralashmasi, keyin issiq distillangan suv bilan yuvilishi kerak.
Download 168.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling