Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Mahsulotning tashqi ko’rinishi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot kalta, vertikal, 
konussimon, ichi g’ovak ildizpoya va mayda, yumaloq ildizlardan iborat. 
Valeriana ildizpoyasining uzunligi 2-4 sm, diametri 1-4 sm, ildizining uzunligi 6-
15 sm, diametri 1-3 mm bo’ladi. Mahsulot och yoki to’q qo’ng’ir rangli bo’lib, 
o’ziga xos o’tkir hidi va yoqimli achchiqroq mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo’l bilan yumshatilgan ildizni 
probka orasida ko’ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. So’ngra uni xloralgidrat 
eritmasi yordamida mikroskopning katta ob’yektivida ko’riladi. 
Ildiz birlamchi tuzilishda bo’lib, tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. 
Epidermis hujayralari ko’pincha cho’ziqroq bo’ladi. Epidermis to’qimasi tagida bir 
qator efir moyi saqlaydigan yirik hujayrali gipoderma joylashgan. Ba’zan 
po’stloqning parenxima hujayralarida ham efir moyi tomchilari bo’lishi mumkin. 
Po’stloqning parenxima hujayralarida oddiy yoki ikki-besh tagacha birlashgan 
murakkab, kattaligi 3-20µ keladigan kraxmal donalari bo’ladi. Bir qavatli 
endoderma hujayralari yog’och qismini o’rab turadi. 
 
Valeriana ildizining ko’ndalang kesimi. 
1 – epidermis; 2 – gipoderma; (efir moylari bilan); 3 – kraxmalli xujayralar;
4 – endoderma; 5 – perisikl; 6 – floema; 7 – ksilema.


25 
Kimyoviy tarkibi. Valeriana ildizining ildiz va ildizpoyasi tarkibida 0,5-2 % 
efir moyi va sof holda izovalerian kislotasi bor. Efir moyining asosiy qismini 
bornilizovalerianat tashkil qiladi. Undan tashqari borenolning sirka, chumoli 
kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efiri, sof holdagi borneol, izovalerian 
kislota, pinen, kamfen va boshqa birikmalar bo’ladi.
Bornilizovalerianat 
Mahsulot tarkibida efir moyidan tashqari alkaloidlar, uchuvchan asoslar, 
oshlovchi moddalar, saponinlar hamda valepotriatlar (iridoidlar) uchraydi. 
Ishlatilishi. 
Valeriana 
preparatlari 
nerv 
sistemasini 
tinchlantiruvchi 
(uyqusizlikda) vosita sifatida ishlatiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling