Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Oddiy tog’jambul yer ustki qismi va efir moyi – Herba et Oleum Thymi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

 
Oddiy tog’jambul yer ustki qismi va efir moyi – Herba et Oleum Thymi 
 
O’simlikning nomi. Oddiy tog’jambul - Thymus vuIgaris L.;
Oilasi. Yasnotkadoshlar – Lamiaceae. 
Ko’p yillik, bo’yi 50 sm ga yetadigan yarim buta. Poyasi tik o’suvchi, pastki 
qismi yog’ochlangan, shoxlari sertuk va to’rt qirrali. Bargi mayda bo’lib, qisqa 
bandi bilan poyada qarama–qarshi o’rnashgan. Barglari lantsetsimon yoki 
ellipssimon, tekis qirrali; gullari ikki labli, mayda, binafsha-qizil rangda, ular 
shoxchalar uchidagi barg qo’ltig’idan o’sib chiqib, shingilsimon to’p gulni tashkil 
etadi. Mevasi - kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong’oqcha. 
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust – sentyabrda yetiladi. 
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot barg, gul hamda ingichka 
poya aralashmalaridan iborat. Barg mayda, qisqa bandli, tekis qirrali, qirrasi ichga 
qayrilgan bo’lib, naycha shaklini hosil qiladi, shuning uchun ham u chiziqsimon 
ko’rinishda bo’ladi. Bargning har ikkala tarafida nuqtasimon bezlari bor, ustki 
tomoni to’q yashil va qo’ng’ir yashil, pastki tomoni esa kulrang-yashil bo’lib, 
mayda ikki labli, besh tishli. Gultojisi och binafsha, binafsha-qizil. Mahsulotning 
o’ziga xos kuchli hidi, o’tkir mazasi bor. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,8-1,2% efir moyi, ursol, oleanol 
kislotalari, flavonoid va boshqa moddalar bo’ladi. 
Efir moyining tarkibida 40% gacha timol, karvakrol, simol, pinen, linalol va 
boshqa birikmalar bo’ladi. 
OH
Timol 


46 
Ishlatilishi. Efir moyi va moydan olingan peraparatlar tibbiyotda 
dezinfeksiyalovchi va antiseptik modda sifatida og’iz va tomoq shilliq pardalarini 
dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Timol yana tish og’rig’ini qolidirish uchun va teri 
zamburug’ kasalliklarida ishlatiladi. Preparatlari bronxit va ko’kyo’tal 
kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling