Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Efir sonini aniqlash 
Efir soni deb 1 g efir moyi tarkibidagi murakkab efirlari sovush uchun ketgan 
ishqorning mg miqdoriga aytimladi.
Efir sonini aniqlash uchun kislota soni aniqlangan efir moyli kolbaga 20 ml 
0,5m kaliy ishqorining spirtli eritmasidan solib bir soat davomida suv xammomida 
havo sovutgichi yordamida qizdiriladi. So’ngra kolbaga 100 ml suv quyilib 
suyultiriladi va reaksiyaga kirishmasdan qolgan ishqorni 0,5m xlorid kislota 
yordamida fenolftalein indikatori yordamida titirlanadi.
Efir soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
m
V
S
E
)
20
.(
05
.
28
.
V- reaksiyaga kirishmasdan qolgan ishqorni titrlash uchun ketgan kislotaning 
ml miqdori. 


43 
m – taxlilga olingan efir moyining gramm miqdori. 
Efir soni efir moyining tozaligini, sifatini aniqlashda katta ahamiyatga ega. 
Arpabodiyon mevasi va moyi – Fructus et Oleum Anisi vulgaris 
 
O’simlikning nomi. Oddiy arpabodiyon – Pimpinella anisum L. (Anisum 
vulgare Gaertn.);
Oilasi. Selderdoshlar – Apiaceae. 
Arpabodiyon bir yillik, bo’yi 30-60 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik 
o’suvchi, tukli, ko’p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi va poyaning pastki 
qismidagi barglari uzun bandli, yumaloq, buyraksimon, tuxumsimon yoki bo’lakli, 
yirik tishsimon qirrali. Poyaning o’rta qismidagi barglari uzun bandli, uch bo’lakli 
(bo’laklari rombsimon), arrasimon qirrali, poyaning yuqori qismidagilari esa qinli
2-5 marta patsimon qirqilgan. Poya uchidagi barglar badsiz, uch bo’lakka qirqilgan 
yoki butun, chiziqsimon, yoki tor lantsetsimon. Barglar poyada bandi bilan yoki 
qini yordamida ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, ko’rimsiz, oq rangli, 
murakkab soyabonga to’plangan, selderdoshlar oilasiga xos tuzilgan. Kosacha 
barglarining tishi bilinar-bilinmas, gultojisi besh bargli, otaligi 5 ta, onalik tuguni 
ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi – qo’shaloq pista. 
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling