23
uchtadan xalqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo’lib, faqat yuqorigi
uchta meva bargining ichki tomonida urug’ kurtaklari bor.
Bahorda gullari
changlangandan so’ng yuqorigi urug’ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib,
meva hosil qiladi. Qubbalar pishib yetilganidan so’ng qorayadi.
Meva ikkinchi yili
pishadi. Shuning uchun o’simlikda xom va pishgan qubbalar bo’lishi mumkin.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan yumaloq
qubbalardan iborat. qubba ichi g’ovak bo’lib yashil-qo’ng’ir rangli, yuqori qismida
uch nurli jo’yagi (3ta meva bargchasi birlashib qubba hosil qilgan joyi), pastki
qismida esa oyoqchasi bor. Qubba ichida qattiq po’stli 3 ta urug’ joylashgan.
Mahsulotning
mazasi yoqimli, shirin va o’ziga xos xushbo’y hidi bor.
Ba’zan boshqa turdagi archalarning qubbalari mahsulotga aralashib qolishi
mumkin, ayniqsa, Juniperus sabina L. – o’simligining zaharli qubbasi
aralashmasligi kerak. Qubbaning yuqori qismida uch nurli jo’yak bo’lmaydi,
ichida ikkita urug’i bo’ladi, usti xira.
Do'stlaringiz bilan baham: