30
Oilasi. Qarag’aydoshlar – Pinaceae.
Qarag’ay bo’yi 40m ga yetadigan doim yashil ninabargli daraxt. Poyadagi
shoxlari to’p–to’p bo’lib joylashgan, po’stlog’i qizg’ish-qo’ng’ir (yuqori
qismidagilari qo’ng’ir-sariq). Ninabarglari
yarim silindrsimon, qattiq, o’tkir uchli,
ko’k-yashil rangda, uzunligi 5-7 sm, ichki tomoni botiq, ustki tomoni do’ng,
poyada juft-juft bo’lib joylashgan. qarag’ay tanasidagi butoqlar asta-sekin quriy
boradi. Shuning uchun qarag’ay tanasining ko’proq qismi butoqsiz bo’ladi.
Bahorda yosh novdalarda kulrang-sariq otalik qubbalari vujudga keladi. Bu
qubbalarda tangachaga o’xshash, ikkita changdonli juda ko’p otaliklar joylashadi.
Onalik qubbalari novdalarning uchki qismida (1-3 tadan) bo’ladi.
Onalik qubba
spiralsimon o’rnashgan o’rama va urug’ beruvchi tangachalardan tashkil topgan.
Urug’ beruvchi tangachalarning oralarida ikkitadan urug’ kurtaklar bo’ladi. Onalik
qubbalari ikkinchi yili pishadi va yog’ochlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: