Ishlatilishi. Skipidar turli surtmalar, balzam va boshqa aralashmalar tarkibida
nevralgiya, revmatizm kasalliklarida surtish, nafas yo’llari shamollaganda,
kasallanganda ingalyatsiya qilish, xonalar (ayniqsa, kasalxonalar) havosini tozalash
(purkash) uchun ishlatiladi.
Qoramoy dezinfeksiya qilish va insektitsid xossaga ega. Shuning uchun u
yaralarni (Vishnevskiy suyuq surtmasi) hamda qo’tirni (Vilkinson surtmasi),
ekzema, temiratki kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dorilar tarkibiga
kiradi.
Oddiy terpentin yaralarni davolashda va ba’zi malhamlarni tayyorlashda
qo’llaniladi.
Kanifol turli malhamlar tarkibiga kiradi.
Yuqori haroratda suv bug’i yordamida faollashtirilgan pista ko’mir suyuqlik
rangini va gazlarni hamda ba’zi zaharli moddalarni yutish xossasiga ega, shuning
uchun (karbolen tabletka holida) me’dada yig’ilib qolgan ortiqcha gazlarni
yuttirish uchun ishlatiladi.
Skipidar farmatsevtika sanoatida ba’zi dorivor moddalar (terpingidrat,
kamfora) hamda parfyumeriyada ishlatiladigan yoqimli hidga ega bo’lgan terpineol
va boshqa birikmalarni sintez qilishda qo’llaniladi.
Sanoatda hamda texnikada oddiy terpentin, skipidar, kanifol, qoramoy va
faollashtirilgan ko’mirdan keng foydalaniladi.
Dorivor preparatlari. Oddiy terpenten, tozalangan skipidar (tozalangan
terpentin moyi), skipidar surtmasi, qoramoy, karbolen, kanifol. Tarkibida qoramoy
bo’lgan Vilkinson hamda Vishnevskiy surtmalari.
Sobiq Ittifoq hududida qarag’ayning 12 turi o’sadi. Shulardan oddiy
qarag’aydan tashqari yana quyidagi ikki turining smolasi ishlatiladi.
Pallas qarag’ayi - Pinus pallasiana Lamb. qrim va Kavkazda o’sadi. Smolasi
tarkibida 75 % atrofida kanifol va 25 % gacha skipidar bo’ladi.
Sibir qarag’ayi - Pinus sibirica (Rupr.) Maur. Sibirda, Uralda, Belorus, Boltiq
bo’yi davlatlar va Rossiyaning Ovro’po qismining shimolida o’sadi. Smolasi
tarkibida 80 % gacha kanifol va 19-20 % skipidar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |