Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Ishlatilishi. Skipidar turli surtmalar, balzam va boshqa aralashmalar tarkibida 
nevralgiya, revmatizm kasalliklarida surtish, nafas yo’llari shamollaganda, 
kasallanganda ingalyatsiya qilish, xonalar (ayniqsa, kasalxonalar) havosini tozalash 
(purkash) uchun ishlatiladi. 
Qoramoy dezinfeksiya qilish va insektitsid xossaga ega. Shuning uchun u 
yaralarni (Vishnevskiy suyuq surtmasi) hamda qo’tirni (Vilkinson surtmasi), 
ekzema, temiratki kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dorilar tarkibiga 
kiradi. 
Oddiy terpentin yaralarni davolashda va ba’zi malhamlarni tayyorlashda 
qo’llaniladi.
Kanifol turli malhamlar tarkibiga kiradi. 
Yuqori haroratda suv bug’i yordamida faollashtirilgan pista ko’mir suyuqlik 
rangini va gazlarni hamda ba’zi zaharli moddalarni yutish xossasiga ega, shuning 
uchun (karbolen tabletka holida) me’dada yig’ilib qolgan ortiqcha gazlarni 
yuttirish uchun ishlatiladi. 
Skipidar farmatsevtika sanoatida ba’zi dorivor moddalar (terpingidrat, 
kamfora) hamda parfyumeriyada ishlatiladigan yoqimli hidga ega bo’lgan terpineol 
va boshqa birikmalarni sintez qilishda qo’llaniladi. 
Sanoatda hamda texnikada oddiy terpentin, skipidar, kanifol, qoramoy va 
faollashtirilgan ko’mirdan keng foydalaniladi. 
Dorivor preparatlari. Oddiy terpenten, tozalangan skipidar (tozalangan 
terpentin moyi), skipidar surtmasi, qoramoy, karbolen, kanifol. Tarkibida qoramoy 
bo’lgan Vilkinson hamda Vishnevskiy surtmalari. 
Sobiq Ittifoq hududida qarag’ayning 12 turi o’sadi. Shulardan oddiy 
qarag’aydan tashqari yana quyidagi ikki turining smolasi ishlatiladi. 
Pallas qarag’ayi - Pinus pallasiana Lamb. qrim va Kavkazda o’sadi. Smolasi 
tarkibida 75 % atrofida kanifol va 25 % gacha skipidar bo’ladi. 
Sibir qarag’ayi - Pinus sibirica (Rupr.) Maur. Sibirda, Uralda, Belorus, Boltiq 
bo’yi davlatlar va Rossiyaning Ovro’po qismining shimolida o’sadi. Smolasi 
tarkibida 80 % gacha kanifol va 19-20 % skipidar bo’ladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling