Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot turli shakldagi uzun,
yo’g’on ildiz, hamda qisqa ildizpoya bo’laklaridan iborat. Ildiz va ildizpoya usti
burishgan, kulrang- qo’ng’ir tusli po’stloq bilan qoplangan, ichi esa sarg’ish-oq
bo’lib, efir moyi saqlaydigan yaltiroq qo’ng’ir rangli joylari bor. Mahsulot mo’rt,
ko’ndalangiga tekis sinmaydi, o’ziga xos xushbo’y kuchli hid hamda achchiqroq
va o’tkir mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 1-3% efir moyi, 44% inulin va boshqa
moddalar bo’ladi.
Efir moyi tez qotuvchi kristall massa bo’lib, o’ziga xos hid va mazaga ega.
Efir moyining asosiy qismini tashkil etib, u seskviterpen laktonlarining
(alantolakton, izoalantolakton va digidroalantolakton) aralashmasidan iborat.
C
O
O
Alantolakton
Ishlatilishi. Qora andiz mahsulotidan tayyorlangan qaynatma balg’am
ko’chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi.
Efir moyi antiseptik, gijja haydash xususiyatiga va yallig’lanishga qarshi
ta’sirchan xossaga ega.
Dorivor preparati. Qaynatma. Mahsulot yo’talga qarshi hamda balg’am
ko’chirish uchun ishlatiladigan yig’ma-choylar tarkibiga kiradi
Bo’ymadaron yer ustki qismi – Herba Mellifolii
O’simlikning nomi. Oddiy bo’ymodaron – Achillea millefolium L.
Oilasi. Astradoshlar – Asteraceae.
Ko’p yillik bo’yi 20-50 (ba’zan 80) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi
shoxlangan bo’lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar
va poyalar o’sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi shoxlangan
bo’lib, ular qalqonsimon gul to’plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki
marta patsimon ajralgan bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari
savatchaga to’plangan. Savatchalar o’z navbatida qalqonsimon to’p gulni tashkil
etadi. Mevasi- yassi, tuxumsimon, kulrang pista.
Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab
yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |