Tarmoq qurilmalari


- rasm. Token-Ring tarmog‘ining yulduzsimon aylana topologiyasi


Download 60.54 Kb.
bet2/6
Sana15.11.2023
Hajmi60.54 Kb.
#1774627
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza (1)

1- rasm. Token-Ring tarmog‘ining yulduzsimon aylana topologiyasi
Konsentrator (MAU) halqaga abonentlar ulanishini markazlashtirish, buzilgan kompyuterni o‘chirib qo‘yish, tarmoqni ishini nazorat qilish kabi ishlarni amalga oshirish imkonini beradi (4.10-rasm). Kabelni konsentratorga ulash uchun maxsus razyomlar ishlatiladi, ular abonent tarmoqdan uzilgan holatda ham doimiy ulangan halqa hosil qilish imkoniyatini beradi. Tarmoqda konsentrator bitta bo‘lishi mumkin, bu holda halqaga faqat konsentratorga ulangan abonentlargina ulanadi.
Adapterni konsentratorga ulaydigan har bir kabel (adapter cable, adapterniye kabeli) tarkibida ikkita turli tarafga yo‘naltirilgan aloqa yo‘li mavjud. Xuddi shunday ikki tarafga yo‘naltirilgan aloqa yo‘li magistral kabel tarkibiga kiruvchi (nath cable, magistralniy kabel) aloqa vositasi bilan konsentratorlar o‘zaro ulanib, halqa tashkil qiladi (4.11-rasm), vaholanki bitta bir tomonga yo‘naltirilgan kabel yordamida ham halqani tashkil qilish mumkin (4.12-rasm).



2 – rasm. Token-Ring tarmoq abonentlarini konsentrator (MAU) yordamida halqaga ulash.

Konsentrator tuzilish jihatidan alohida blok tariqasida jihozlangan bo‘lib, u sakkizta razyomlardan iborat, kompyuterlarni adapter kabeli yordamida ulash uchun va ikki chetida ikkita razyom orqali magistral kabellar yordamida boshqa konsentratorlar bilan ulanish uchun qulay qilib jihozlangan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. (16.5-rasm). Devorga o‘rnatiladigan va stol ustiga joylashtirishga mo‘ljallangan variantlari ham mavjud.


Bir necha konsentratorlarni konstruktiv jihatdan guruhga birlashtirish mumkin, klaster (cluster), uning ichida abonentlar ham bir xalqaga birlashadilar. Klasterlardan foydalanish bir markazga ulangan abonentlar sonini oshirish imkoniyatini yaratadi (masalan, klaster tarkibida ikkita konsentrator bo‘lgan holda, abonentlar sonini 16 tagacha yetkazish mumkin).


3 – rasm. Konsentratorlarni bir tomonlama aloqa yo‘li orqali birlashtirish.


Download 60.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling