Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy Absolyut narxlar


Download 26.8 Kb.
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1791478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3

Rentabellik ko’rsatkichlari - korxonaning muayyan davr mobaynida uning
foydaliligini tavsiflab beradi. U olingan foydani qilingan xarajatlarga bo’lish orqali
aniqlanadi.


  • Reinvestitsiyalar - investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan
    foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta
    kiritish.


  • Real investitsiya - asosiy fondlar va aylanma mablag’larga investorlar
    tomonidan qo’yiladigan barcha turdagi boyliklar.


  • Sof aylanma kapital - bu joriy aktivlardan joriy majburiyatlarni, ya’ni qisqa
    muddatli qarzdorlik, qisqa muddatli qarzlar va ayrim hollarda mijozlarning
    depozitlari (joriy faoliyat uchun muhim hisoblanmagan qisqa muddatli
    qo’yilmalar) dan tashkil topgan qisqa muddatli majburiyatlarning ayirmasidan
    hosil qilingan natija.


  • Sinditsiyalashtirilgan kredit - bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya
    loyihalarini birgalikda kreditlash.


  • Sof joriy qiymat usuli (NPV) - muayyan vaqt oralig’idagi xarajatlar va
    daromadlar farqini aniqlash uchun xizmat qiladi va sof joriy qiymat investitsiya
    xarajatlari va olingan daromadlarning alohida davr bo’yicha kirim va
    chiqimlarining diskontlanishi orqali hosil qilingan natijalar farqini ifodalovchi
    qiymat.


  • Smeta foydasi - qurilish tashkilotining alohida (umumiy) xarajatlarini
    qoplash uchun zarur bo’lgan va ishlar tannarxiga qo’shiladigan mablag’lar
    summasi.


  • Tender hujjatlari - tender e’loning matni; tenderga taklifnomalar; qurilish
    shartnomasining shartlari; savdoda qatnashish uchun ariza formasi; savdoda
    qatnashish instruktsiyasi; pudratchi to’g’risidagi ma’lumotlarga talablar; takliflarni
    texnik, moliyaviy baholash va g'olibni aniqlash me’yorlari; qurilish shartnomasi
    loyihasi; tenderning texnik hujjatlari.



  • Download 26.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling