Yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) - tanlov asosida tanlab olingan
qurilish industriyasi korxonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-texnika
resurslarini, shu jumladan, loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va etkazib
beruvchi jismoniy shaxs.
Qurilish iqtisodiyoti - bu kapital qurilish sohasida umumiqtisodiy
qonuniyatlarning shakllanishini o’rganuvchi tarmoq ilmi hisoblanib, qurilish
sohasida muhim o’rin tutuvchi ishlab chiqarish hajmining o’sishi, fond
qaytimining ko’payishi, asosiy fondlarni ishga tushirish va ishlab chiqarish
quvvatlarini o’zlashtirish, shuningdek, loyihaviy texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarning bajarilishiga erishish kabilarning ilmiy-texnik taraqqiyoti va
kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini o’rganadi.
Qurilish-investitsion faoliyat - bu qurilish tashkilotlarining investitsiyalarni
amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui.
Qurilishlarning aniq ro’yxati - obyektlar ro’yxatini, shuningdek ulardan
foydalanish yo’nalishlari bo’yicha ishlar va xarajatlar hajmini o’z ichiga oluvchi
har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan
moliyaviy hujjat.
Qurilish uy-joy omonat qo’yilmasi - bir yildan ortiq muddatli maqsadli
jamg’arma omonat qo’yilmasi, u uy-joy qurilishi bo’yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirish va boshlang’ich badalni to’lash uchun ochiladi, shuningdek ushbu
qo’yilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qo’yuvchi tomonidan kredit
summasining kamida 25 foizi jamg’arilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli
ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi.
Qurilishning titul ro’yxati - qurilishning butun davriga kapital qo’yilmalar
hajmini va uni sarflash yo’nalishlarini ko’rsatgan, uning texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo’yicha tuziladigan moliyaviy
hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |