Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy
Absolyut narxlar - bir mahsulot qiymatini absolyut pul miqdorida ko’rsatib
beradi, bu vaqtda nisbiy narxlar uning qiymati orqali boshqa mahsulotning
qiymatini ko’rsatib beradi.
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu
asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi.
Annuitet - kelgusida muayyan (ko’zlangan) summani olish uchun har yili
qo’yiladigan pul mablag’lari badallarini (qo’yilmalarni) nazarda tutuvchi
moliyaviy operatsiyani anglatadi.
Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar
davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga)
bo’lib-bo’lib o’tkazib boradi va ashyoviy - buyum shaklini o’zgartirmaydi.
Asosiy fondlar (vositalar) - ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib
ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida
mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to’liq iste’mol qilinadi,
o’zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to’liq o’tkazadi va ashyoviy -
buyum shaklini ham yo’qotadi.
Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan
ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv.
Bozor baholari - bu talab va taklif yoki davlat tomonidan aniqlanilishidan
qat’iy nazar bozorda yuzaga chiqqan narxlar, boshqacha so’z bilan aytganda, bu
shunday narxlarki, bunda korxona ishlatiladigan resurslarni sotib oladi va
mahsulotni sotadi.
Berkitiladigan ishlar - sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin
aniqlash mumkin bo’lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruktsiyalar
bilan berkitiladigan ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |