Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy Absolyut narxlar


Download 26.8 Kb.
bet4/7
Sana21.11.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1791478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3

Kapital qurilish - bu amaldagi obyektlarni modernizatsiyalash, texnik qayta
qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish asosiy fondlarni barpo etish jarayoni.


  1. Kapital qo’yilma - bu yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab
    chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish
    bilan bog’lik bo'lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi.


  2. Loyihalovchi - loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov asosida
    tanlab olingan tashkilot;


  3. Mablag’ bilan ta’minlovchi organ - a) byudjetdan ajratmalar bo’yicha -
    O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya
    vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari; b)
    davlat byudjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari
    bo’yicha (byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan tashqari) -
    jamg’armachilarning tegishli tasarrufchilari; v) hukumat qarorlarida belgilangan
    boshqa manbalar bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan
    investitsiya kreditlari bundan mustasno - ushbu manbalarning tasarrufchilari.


  4. Mehnat unumdorligi - ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
    yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning /iste’mol
    qiymatining/ sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Mehnat
    unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga, ya’ni kishi kuni,
    kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.


  5. Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud
    bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Pudratchi - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha uyjoy qurilishini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti.


  6. Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat
    bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun
    kurash.

    Download 26.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling