Vaqtinchalik inshootlar - pudratchi tomonidan qurilish maydonida
o’rnatiladigan ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan har qanday tipdagi
vaqtinchalik binolar va inshootlar.
Diskontlash jarayoni - pulning joriy va kelgusi qiymatini hisoblashga
asoslanadi.
Doimiy aylanma kapital - bu talabni minimal (eng past) darajada qondirish
uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni yaratishdagi talab etiladigan mablag’lar
summasi.
Diskontlashning qoplash usuli - investitsiyalarning joriy qiymat ko’rinishida
qoplanish muddatini aniqlashga mo’ljallangan. Bu usul diskontlangan yillik pul
tushumlarini diskontlangan investitsiyalarga bo’lish orqali diskontlangan qoplash
muddatini aniqlash imkonini beradi.
Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni
bildiradi.
Joriy va doimiy narxlar - inflyatsiya natijasida vaqt mobaynida o’zgaradi, bu
esa iqtisodiyotdagi narx darajasining umumiy o’sishi deb ham tushuniladi
Ish hujjatlari - alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish
chizmalari majmui.
Investitsion loyiha - bu ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga
yo’naltirilgan, texnik - iqtisodiy, biznes - boshqaruv, marketing va ishlab
chiqarish rejalari kabi aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag’lari
ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar yig’indisi.
Investitsiya faoliyati - bu investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmui.
Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati obyektlariga
investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |