Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy Absolyut narxlar


Download 26.8 Kb.
bet3/7
Sana21.11.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1791478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3

Investitsiya resurslari - bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok
etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lar.


  • Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli - ularning nominal
    miqdorda qoplanish davrini aniqlashga asoslanib, qoplash muddati loyihani amalga
    oshirishdan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrni
    ifodalaydi.


  • Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligi usuli - buxgalteriya hisoboti
    ma’lumotlari asosida o’rtacha daromadning investitsiyalarning o’rtacha yillik
    hajmiga nisbatini aniqlashga asoslanadi.


  • Ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha
    yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida
    beriladigan uzoq muddatli kredit.


  • Imtiyozli davr - kredit bo’yicha asosiy qarzni bo’lib-bo’lib to’lash uchun
    berilgan davr (imtiyozli davrda faqat kreditning foizlari to’lanadi).


  • Investitsiyalarning rentabelligi usuli - firma boyligining qanday hollarda
    o’sishini aniqlash imkonini beradi va u diskontlangan daromadlarning
    diskontlangan investitsiyalarga nisbati.


  • Yirik investitsiya loyihasi - bu umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi.


  • Yig’ma smeta hisob - korxona, bino va inshootlar qiymatini belgilab
    beruvchi asosiy hujjat.


  • Ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas’ul
    bo’lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o’zgarishlarning ushbu ishchi
    chizmalarga muvofiqligi to’g’risidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga
    ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o’rnatilgan asbobuskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo’llanilgan materiallar,
    konstruktsiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar,
    berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, ayrim
    mas’uliyatli konstruktsiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to’g’risidagi
    dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi
    to’g’risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari
    va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

    Download 26.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling