Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy Absolyut narxlar


Yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi)


Download 26.8 Kb.
bet6/7
Sana21.11.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1791478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3

Yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) - tanlov asosida tanlab olingan
qurilish industriyasi korxonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-texnika
resurslarini, shu jumladan, loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va etkazib
beruvchi jismoniy shaxs.


  • Qurilish iqtisodiyoti - bu kapital qurilish sohasida umumiqtisodiy
    qonuniyatlarning shakllanishini o’rganuvchi tarmoq ilmi hisoblanib, qurilish
    sohasida muhim o’rin tutuvchi ishlab chiqarish hajmining o’sishi, fond
    qaytimining ko’payishi, asosiy fondlarni ishga tushirish va ishlab chiqarish
    quvvatlarini o’zlashtirish, shuningdek, loyihaviy texnik-iqtisodiy
    ko’rsatkichlarning bajarilishiga erishish kabilarning ilmiy-texnik taraqqiyoti va
    kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini o’rganadi.


  • Qurilish-investitsion faoliyat - bu qurilish tashkilotlarining investitsiyalarni
    amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui.


  • Qurilishlarning aniq ro’yxati - obyektlar ro’yxatini, shuningdek ulardan
    foydalanish yo’nalishlari bo’yicha ishlar va xarajatlar hajmini o’z ichiga oluvchi
    har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan
    moliyaviy hujjat.


  • Qurilish uy-joy omonat qo’yilmasi - bir yildan ortiq muddatli maqsadli
    jamg’arma omonat qo’yilmasi, u uy-joy qurilishi bo’yicha hisob-kitoblarni amalga
    oshirish va boshlang’ich badalni to’lash uchun ochiladi, shuningdek ushbu
    qo’yilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qo’yuvchi tomonidan kredit
    summasining kamida 25 foizi jamg’arilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli
    ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi.


  • Qurilishning titul ro’yxati - qurilishning butun davriga kapital qo’yilmalar
    hajmini va uni sarflash yo’nalishlarini ko’rsatgan, uning texnik-iqtisodiy
    ko’rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo’yicha tuziladigan moliyaviy
    hujjat.



  • Download 26.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling