Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3-joriy nazorat uchun glosarriy Absolyut narxlar


Download 26.8 Kb.
bet7/7
Sana21.11.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1791478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan 3

Qurilish maydoni - mazkur shartnoma doirasida barcha ishlarni bajarish
davrida dalolatnoma bo’yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan er
uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo’yiladi yoki bosh
rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo’yiladi.
Shartnoma narxini bo’lib chiqish - ishlarning har bir bosqichi va turlari
qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo’yicha obyektning umumiy qiymatini
bosqichlarga taqsimlash.


  • Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu
    fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat
    qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati
    asosida ko’payadi va rivoj topadi


  • Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.


  • Xususiylashtirish - davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -
    fuqarolarga berish.


  • Yalpi aylanma kapital - bu xom ashyo zaxiralari, tugallanmagan ishlab
    chiqarish, tayyor mahsulotlar, qadoqlangan materiallar, ehtiyot qismlar, debitorlik
    qarzlari, pul mablag’lari va kelgusi davr xarajatlari yig’indisi.


  • Foydaning ichki me’yori usuli (IRR) - bu daromadlarning diskontlangan
    qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga teng bo’lgandagi daromadlilik
    darajasi, ya’ni sof joriy qiymat nolga teng bo’lgandagi me’yor. Foydaning ichki
    me’yori loyihadan kutilayotgan daromadlarning sof joriy qiymati uni amalga
    oshirish uchun zarur bo’lgan investitsiyalarning joriy qiymatiga teng bo’lgandagi
    diskont stavkasi.


  • Yakka tartibdagi uy-joy - bitta yoki bitta er uchastkasida joylashgan, ularga
    tegishli yordamchi-xo’jalik imoratlari va hovli inshootlariga ega bo’lgan doimiy
    yashash, dam olish va xo’jalik yuritishga mo’ljallangan bir nechta uy-joy
    imoratlari.

    Download 26.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling