Tarmoqlarda tibbiy ma’lumotlar almashish
Download 399.83 Kb. Pdf ko'rish
|
8-амалий машғулот Таълимда ахборот технологиялари
- Bu sahifa navigatsiya:
- HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnni hoshiyalash tili
ko`rish darchasi) deb ataluvchi klient dasturiy ta'minotidan foydalanadi. Eng
ko`p ishlatiladigan veb brauzerlar bu Internet Explorer va Opera deb nomlanadi. Veb brauzer ma'lumot yoki boshqa resurs so`rab tarmoqdagi serverga ulanadi. Server so`ralgan ma'lumotni qidirib topadi va veb brauzerga jo`natadi. Veb brauzer qabo’l qilib olingan ma'lumotlarni kompyuter ekranida tasvirlaydi. Veb brauzer serverga ulanganda, HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataluvchi tilda yaratilgan sahifalarni jo`natishni so`raydi. Veb brauzer veb sahifadagi hoshiyalash tili farmoyishlaridan foydalanib, veb sahifani ekranda aks ettiradi. Veb brauzerlar dasturlash tillari, masalan, Java, ActiveX, skript (script – stsenariy) tillari yoki AJAX texnologiyasi asosida yaratilgan ilovalar, xujjatlar, animatsiyalar va shunga o`xshash ob'ektlarni aks ettira oladi. Ba'zi ma'lumotlar, masalan ovoz yoki animatsiyani veb brauzerlar tasvirlay olmaydilar. Bunday hollarda veb brauzerlar yordamchi (helper) yoki qo`shimcha (plug in, plagin deb o`qiladi) ilovalardan foydalanishga majbur bo`ladi. Buning uchun bunday ob'ektlar va ularni aks ettiradigan ilovalar veb brauzerlarning konfiguratsiyasida sanab o`tilishi kerak bo`ladi. Yillar o`tishi bilan veb brauzerlarning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda veb brauzerlar HTML cahifalarni yaratish va ularni Internetda chop etishdan tortib, videokonferentsiyalar o`tkazishgacha bo`lgan imkoniyatlarga ega. Veb brauzerlar shaxsiy kompyuter va internet orasidagi devorni olib tashlayapti. Hozir internetni foydalanuvchi kompyuteri imkoniyatlarining davomi deb qarash mumkin. Veb brauzer yagona ilova bo`lmay, bir qator dasturiy vositalar yig`indisidir. Veb brauzerlar veb sahifalarni yuklash va aks ettirish bilan birga, internetdan kompyuterga zarar etkazishi mumkin bo`lgan troyan dasturlar, elektron pochta spami, xaking (hucking – xakerlar hujumi) va fishing (fishing – baliq ovlash yoki beruxsat ma'lumot qidirish) kabi amallardan himoya qilish imkoniyatlariga ham ega. Brauzerlardan foydalanishda dilni xira qiladigan narsa, ularning serverlarga murojaat qilganlarida paydo bo`ladigan muammolardir. Bu muammolar texnik, dasturiy yoki tashkiliy ishlardagi kamchiliklar asosida yuzaga kelishi mumkin. Brauzerlarning xato haqidagi xabarlari bu muammolarning tabiatini ochib berishi va foydalanuvchiga nima qilish kerakligini o`rgatishi mumkin. Download 399.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling