Tarmoqlariga


Download 1.19 Mb.
bet10/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1367957
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari

2.1.1-jadval.
Ijtimoiy xizmatlarning asosiy tamoyillari10

Jahonning rivojlangan va ijtimoiy muammolari juda o’tkir bo’lgan mamlakatlarda yuqoridagi holatlar tahlili va ulardagi ijobiy tajribalar demografik, onalik va bolalik, kambag’allik masalalari pandemiya sababli murakkablashgani bizning mamlakatimiz uchun ham ahamiyatlidir. Mamlakatimizdagi xizmatlar sohasi va ijtimoiy xizmatlarning rivojlanish tendensiyaning ko’rsatkichlari tahlili bu yo’nalishdagi ishlarni jadallashtirtish zarurligini ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo’lgan xizmatlar sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalar ulushi yuqoriligi ular xizmatlarni yaxshi yo’lga qo’yishi orqali bandlikka, kambag’allikka oid bir qator ijtimoiy muammolarni nisbatan qisqa muddatda va kamxarajat bilan hal qilish mumkinligini ko’rsatmoqda. 2020 yil 1 yanvar holatiga respublikada 398,1 mingta faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar qayd etilgan. Shundan, xizmatlar sohasida 261 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xizmatlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan bunday korxona va tashkilotlarning ulushi 2020 yil 1 yanvar holatiga 65,8 % ni tashkil etishi ularning iqtisodiyotdagi o’rnini va ularda mehnat qilayotganlarning ham ulushi yuqoriligi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni o’z vaqtida hal qilish vositasi ekanligini ko’rsatdi (4-rasm).
2.1.2-rasm.
2020-yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibi, foizda (fermer va dehqon xo’jaliklaridan tashqari)11

Jumladan, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarni ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 foizga tengligi ko’rsatilgan . Shulardan, xizmatlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida tashish va saqlash faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,9 foizga etgan. Axborot faoliyati bilan shug’ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil qildi. Agarda xizmat ko’rsatish sohalarining faqat ijtimoiy tarmoqlariga taalluqli korxonalarning taxminiy ulushini ko’radigan bo’lsak, ular tarkibida savdo yashash va ovqatlanish kabilarning hissasi yuqoriligini kuzatamiz (5-rasm).

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling