Tarmoqlariga
Download 1.19 Mb.
|
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.4-rasm. 2019-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xizmatlar sohasida asosiy kapitalgakiritilgan investitsiyalarning o’zlashtirilishi, foizda 13
2.1.3-rasm.
2018-2020 yillarda xizmatlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha tarkibi, foizda (fermer va dehqon xo’jaliklaridan tashqari)12 Milliy iqtisodiyotning ustuvor sohasi bo’lgan xizmatlar tarkibini ularga qo’yilgan investitsiyalar bilan bog’liqlikda o’rganish ijtimoiy xizmatlar o’rni va ahamiyatini, istiqbolini yanada aniqroq yoritib beradi. Chunki investitsiya faoliyati – mamlakatning iqtisodiy o’sishining muhim elementi hisoblanadi. 2019 yilda xizmatlar sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalar umumiy investitsiyalarning 27,2 foizni tashkil etgan va 51736,6 mlrd. so’mga teng bo’lgan edi . Xizmatlar sohasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmida tashish va saqlash (21,9 foiz), savdo (11,4 foiz), sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (9,7 foiz), ta’lim (9,4 foiz), yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar (8,5 foiz), shuningdek, axborot va aloqa (6,3 foiz) ustunlik qildi. (6-rasm). 2.1.4-rasm. 2019-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xizmatlar sohasida asosiy kapitalgakiritilgan investitsiyalarning o’zlashtirilishi, foizda13 Xizmatlar sohasining tarmoqlar tarkibi va texnologiyalari tobora takomillashishi, yuqori texnologiyali xizmatlarning jadal rivojlanishi korxona va tashkilotlar, uy xo’jaliklari samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirish bilan birga jamiyatda pandemiya kabi ofatlar sababli yuzaga kelgan o’tkir ijtimoiy muammolar oqibatlarini qisqa davrda hal qilishni samarali vositasi hisoblanadi. 2.2. Pandemiya davrida ijtimoiylashuv masalalari, ularning rivojlanish bosqichlari hamda aholini ijtimoiy himoya qilish choralari Koronovirusning dunyo bo‘ylab tobora keng yoyilishi mamlakatlar aholisi o‘rtasida hukumatlarga bo‘lgan ishonchsizlikning ortib borishiga va bu esa keyinchalik mamlakat ichida turli xil siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin edi. Yuqorida tilga olib o‘tilgan jihatlarning barchasi 2020 yilda butun jahon iqtisodiyoti uchun iqtisodiy pasayish xavf solayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil va bashoratlash borasida yetarlicha nufuzga ega bo‘lgan Oxford Economics’ning tahlillariga ko‘ra, 2020-yilda dunyo iqtisodiyotining o‘sishi 1,3 % gacha sekinlashgan va yo‘qotishlar hajmi 1,1 trillion dollardan oshiqroqni tashkil etgan. Ommaviy axborot vositalarining birinchi sahifasidan tushmayotgan, tahlilchilar bu borada turli bashoratlarni ilgari surayotgan koronovirus epidemiyasining tarqalishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanday xavf va imkoniyatlarni taqdim etgan. Shu o‘rinda “Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish kutilayotgan bir paytda, imkoniyatlar haqida qanday so‘z bo‘lishi mumkin?” – degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy deb hisobladilar. Iqtisod fanlari doktori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi eksperti Sergey Voronin koronavirus tarqalishining dunyo va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri yuzasidan Kun.uz saytida e’lon qilgan maqolasida bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mazkur maqolada O‘zbekistonning eksport va import hajmining pasayganligi , mamlakatimizga kirib kelayotgan sayyohlar oqimining kamayganligi , uzoq muddatli davrda Xitoyga gaz yetkazib berish hajmining kamayishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun katta xavf tug‘dirganligi , jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining o‘tgan yillarga nisbatan past darajada bo‘lganligi haqida atroflicha so‘z yuritilgan. Lekin shu o‘rinda e’tiborga olishimiz lozim bo‘lgan yana bir jihat bor. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 2,5 million nafardan ziyod O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mehnat qiladi va ular har yili o‘rta hisobda mamlakatga 7 milliard dollardan oshiqroq pul mablag‘lari jo‘natadi. Pandemiya sharoitida , dunyo neft bozorida neft narxining keskin pasayganligi (Brent markali neftning 1 barreli narxi 31,27 dollargacha tushdi, AQShda WTI markali (G‘arbiy Texas) neft narxi esa 27,34 dollargacha tushgan) natijasida rubl kursining dollarga nisbatan keskin pasayishi kuzatilgan (12 mart holatiga 1AQSh dollari 75,155 rublni tashkil etmoqda). Tahlilchilarning fikricha, bu vaziyat yaqin oylar ichida ijobiy tomonga o‘zgarishi amri mahol ekanligi va vaziyatning bunday tus olishi mehnat muhojirlarining mamlakatga jo‘natayotgan pul o‘tkazmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmasligi aytilgan edi . Ma’lumki, mehnat muhojirlari hisobiga mamlakatimiz mehnat bozoridagi vaziyat bir oz bo‘lsada, muvozanatlashgandir. Uzoq muddatli istiqbolda vaziyat o‘nglanmasa, mehnat muhojirlarining yoppasiga vatanga qaytishi mehnat bozorida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi aytildi lekin tez fursatda bu jarayonlarni oldi olindi. Mana shunday vaziyatda biz yo‘l quyidagi jarayonlarni amalga oshirdik. Bizningcha, koronovirus tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarni imkon darajasida kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalgaoshirganligimizni ko’rishimiz mumkin: 1. Mao Szedunning “O‘zgarishlar shamolini his qilgan odam, shamoldan o‘zini panalashi emas, aksincha, shamol tegirmonini qurishi lozim”, degan mashhur iborasiga amal qilgan holda, iqtisodiyotdagi soha va tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish dasturlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqdik. Bunda mahalliy tadbirkorlarimiz mazkur vaziyatni o‘ziga xos imkoniyat sifatida qabul qilishlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi bozorlar izlab topishga katta e’tibor qaratishlari lozim bo’ldi. 2. Shu davrda dunyoda yuz berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlarini tabiiy jarayon sifatida qabul qilish asnosida, mamlakatimizning yaqin qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashimiz talab etildi. 3. Pandemiya davrida tarkib topgan vaziyat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mamlakat aholisining birlamchi ehtiyojlarini qondirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. 4. Aholi, ayniqsa yoshlarimizning iqtisodiy tafakkurini o‘zgartirish, tibbiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy hamjihatlikni yaxshilash orqali iqtisodiy faollikni kuchaytirish. 2017-yildan buyon O‘zbekiston o‘z iqtisodiyoti va jamiyatini o‘zgartirishda salmoqli o’sishga erishdi. Hukumat hozirda ishlab chiqarish faktorlari bozorlarining yo’qligi va iqtisodiyotda davlatning iqtisodiy ustunligi kabi tarkibiy cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi bosqichiga o’tmoqda. COVID-19 pandemiyasining taʼsiriga qaramay, jumladan narxlarni liberallashtirish hamda ichki va tashqi savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha olib borilgan islohotlar tufayli mamlakat iqtisodiyoti Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 2020-yilda salbiy oʻsishning oldini olgan kam sonli davlatlardan biri boʻldi. Hukumat 2026 yilga borib kambag’allikni qisqartirish va 2030 yilga borib daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan mamlakatlar qatoriga kirish niyatini eʼlon qildi. Ushbu ambitsiyali maqsadlar Oʻzbekistonning barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirish boʻyicha yanada katta saʼy-harakatlarni talab qildi. O‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishga erishish va kambag’allikni qisqartirish sur’atlarini tezlashtirish bilan bir qatorda, hukumat ijtimoiy himoya tizimlari samaradorligini oshirish, mehnat bozoridagi sharoitlarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirishga investitsiya qilishi kerak bo‘ladi. Hukumat pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun zarur choralarni ko‘rgani sababli, 2021-yilda mamlakatning YaIM o‘sishi 6,2 foizgacha tezlashishiga olib keldi. Bunda muvaffaqiyatlar global iqtisodiyotning yaxshilanishiga hamda xususiy sektorning o‘sishini oshirilishiga, hukumatning iqtisodiyotdagi ustunligini pasaytirilishiga va fuqarolarning iqtisodiy munosabatlardagi faolligini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning borishiga bog‘liq bo‘ldi. Jahon bankining O‘zbekiston hukumatiga amaldagi MHD doirasidagi yordami quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan: bozor iqtisodiyotiga barqaror o‘tish; davlat muassasalarini isloh qilish va qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolarning faolroq ishtirok etishi; sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarini rivojlantirishni o'z ichiga olgan inson kapitaliga investitsiyalar. 2020-yilda amaldagi MHD hukumatga COVID-19 pandemiyasining fuqarolar salomatligi va farovonligiga, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishda yordam berish uchun hukumat ehtiyojlariga moslashtirdi. KDT - Jahon banki mijoz-davlatlar uchun o'rtacha har besh yilda bir marta tayyorlaydigan tahliliy hujjatidir. Unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy muammolari va imkoniyatlari belgilab berilgan. O'zbekiston iqtisodiyoti uchun KDT mamlakatni rivojlantirishning to'rtta asosiy imkoniyatlariga e'tibor qaratdi: 1) dinamik va inklyuziv xususiy sektorni rivojlantirish; 2) samarali va hisob beruvchi davlat muassasalarini yaratish; 3) odamlarga va inson kapitaliga investitsiya qilish; 4) yanada barqaror va ekologik toza iqtisodiy o'sish modeliga o'tish. KDT mamlakat bilan hamkorlikning yangi dasturi doirasida Jahon banki va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilandi. Yangi MHDda 2022–2026- moliyaviy yillarda Bank hukumatga ko‘rsatadigan moliyaviy va tahliliy yordam miqdorlari ko‘rsatilgan. Hokimiyat undan barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida kompleks iqtisodiy islohotlarning navbatdagi murakkab bosqichini amalga oshirishda foydalanishi aytilgan. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlarida Jahon banki O‘zbekistonga moliyaviy, texnik va tahliliy yordamini anchagina oshirdi. U hukumatning keng qamrovli bozor islohoti dasturini amalga oshirishga qaratilgan sa'y harakatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistondagi mamlakat dasturi hajmi bo’yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, u umumiy qiymati qariyb 4.8 milliard AQSh dollarilik 26 ta loyihadan iborat. Ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 1,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi kreditlari va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 3.1 milliard AQSh dollariga yaqin miqdoridagi imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi (XTTB va XTA Jahon Banki Guruhiga kiradilar). Ushbu loyihalar davlatning muhim sohalardagi harakatlarini qo’llashga qaratilgan, jumladan, makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, suv resurslari, irrigatsiya va drenaj tizimlarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qilish, shahar va qishloq infratuzilmalari, innovatsiyalarning milliy tizimlari, soliq ma'muriyati tizimlari va pandemiyaning fuqarolar salomatligi va mamlakat iqtisodiyotiga ko’rsatgan ta'sirini yumshatish kabi sohalardagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi. O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2020-yilda 1,7 foizgacha sekinlashganidan so‘ng, 2021-yilning birinchi yarmida u 6,2 foizgacha oshgan. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi kuchli o‘sish qishloq xo‘jaligidagi zaif o‘sishni kompensatsiya qildi. Uy xo'jaligi daromadlarining oshishi, ichki investitsiyalar hajmining oshishi, inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish uchun byudjet mablag‘lari sarflanishining davom ettirilishi, shuningdek, soliq imtiyozlari 2021-yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qildi. Inflyatsiya 2020-yil iyundagi 14,7 foizdan 2021-yil iyun oyida 11 foizgacha pasaygan. Iqtisodiyotning tiklanish jarayonida ishsizlik darajasi 2020-yilning birinchi yarmidagi 13,2 foiz va 2020-yil oxiridagi 10,5 foizdan 2021-yilning birinchi yarmida 10,2 foizga tushganligini ko’rishimiz mumkin. Eksportning umumiy hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga oshdi. Import 2021- yilning birinchi yarmida xususiy iste’mol va investitsiyalar o‘sishi hisobiga 14,3 foizga o‘sgan. Pul o‘tkazmalarining kuchli oqimi (2021-yilning birinchi yarmida YaIMning 8,7 foizini tashkil qilgan) salbiy savdo balansini qisman kompensatsiya qilishga yordam berdi. Shu sababli joriy hisob taqchilligi 2020-yilning birinchi yarmidagi YaIMning 7,3 foizidan 2021-yilning birinchi yarmida YaIMning 10 foizigacha oshgan. 2021-yilning birinchi yarmida byudjet taqchilligi YaIMning 5,4 foizini tashkil etdi. Maqsadli davlat kreditlari hajmining kamayishi va tiklanayotgan iqtisodiyotdan soliq tushumlarining ko‘payishi aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga byudjetdan sarflangan mablag‘larning o‘sishini kompensatsiya qildi. Nominal YaIMning o‘sishi 2021-yilning birinchi yarmida davlat qarzining YaIMga nisbatan 38,5 foizigacha pasayishiga xizmat qildi. Biroq, pandemiya yangi to'lqinlarining global va milliy iqtisodiyotga ta'siri davom etayotganligi sababli bu prognoz noaniqligicha qoldi. Ichki investitsiyalar, xalqaro savdo va xorijdan pul o‘tkazmalarining tiklanishi 2021-yilda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirdi, ishsizlik va kambag’allikni qisqartirga yordam berdi. Aholini emlash sur’atini tezlashishi, global iqtisodiyotdagi buzilishlarning kamayishi barobarida 2022-yilda mamlakat YaIMning o‘sish sur’atlari kuchli bo‘lishda davom etdi va 5,6 foizga yetishi aytildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning davom etishi, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga davlat investitsiyalarining kiritilishi, shuningdek, emlash kampaniyasi xarajatlari 2021-yil oxirigacha davlat xarajatlarini qo’shimcha oshirdi. Bu byudjetga soliq tushumlarining ko‘payishi, qazilma boyliklardan keladigan daromadlar va davlat korxonalarini xususiylashtirishdan olingan daromadlar hisobiga qisman kompensatsiya qilindi. Defitsit davlat qarzining o‘sishi hisobiga moliyalashtirildi, bu qarz 2021-yil oxirigacha YaIMga nisbatan 40,6 foizga yetdi. COVID-19 pandemiyasi bo'yicha noaniqlik va 2023-yilga e'lon qilingan QQS stavkasining pasayishi o'rta muddatli istiqbolda byudjet taqchilligini oshishiga yordam berdi. Iqtisodiyotning barqaror tiklanishi, inqirozga qarshi choralarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va soliq ma’muriyatchiligida soliqqa tortish bazasini kengaytirishga qaratilgan islohotlar qilish byudjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzini 2023-yil oxiriga qadar YaIMga nisbatan qariyb 42 foiz darajasida barqarorlashtirishga yordam beradi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, dunyo bo'ylab siyosatchilar farovonlikning ob'ektiv va sub'ektiv ko'rsatkichlarining ko'p o'lchovli tuzilmasini yoki boshqaruv panelini tobora ko'proq qabul qilmoqdalar va iqtisodiy o'sish sifatining asosiy jihatlarini kengroq tushunishga imkon beradigan birlashgan chora-tadbirlar va hisoblar tizimiga tobora ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Yalpi ichki mahsulot iqtisodiy farovonlik va ish faoliyatini baholash uchun eng ko'p qo'llaniladigan o'lchov bo'lsa-da, u farovonlikning har xil tomonlarini qamrab ololmaydi. U ma'lum bir vaqt ichida mamlakatda ishlab chiqarilgan rasmiy ro'yxatga olingan yakuniy tovarlar va xizmatlarning pul qiymatini o'lchaydi, lekin asosan norasmiy faoliyat va ishlab chiqarishning zararli ta'sirini (masalan, atrof -muhitning buzilishi) istisno qiladi. Tarqatish ta'sirini ham hisobga olmaydi va xulq-atvor iqtisodiyoti "nisbiy" farovonlik hech bo'lmaganda "mutlaq" farovonlik kabi muhimligini ta'kidlaydi. Siyosat ishlab chiqish mezoni sifatida faqat bitta metrikaga tayanish jamiyatga zararli yoki hatto zararli bo'lishi mumkin. Jahon bankining xalqaro migratsiya va uy xo‘jaliklari farovonligi masalalariga bog‘liq izlanishlari natijasiga ko‘ra, pul o‘tkazmalari to‘xtasa, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 16,8 foizga oshishi taxmin qilingangan edi. Pul o‘tkazmalarining to‘xtashi iste'molga ham salbiy ta'sir qildi, chunki uy xo‘jaliklari ularning katta qismini iste'molga va uy sharoitlarini yaxshilashga sarflamoqda. Jahon banki ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya sharoitida pul o‘tkazmalari 50 foizdan ham ortiq miqdorda pasaygan. Qayd etish joizki, karantin cheklovlari O‘zbekistonning ko‘plab sohalariga salbiy ta'sir o‘tkazdi. Umumiy ovqatlanish, turizm va mehmonxona, xizmatlar sohasi jiddiy talafot ko‘rdi. Cheklovlar tufayli zarar ko‘rmagan soha deyarli qolmadi. Ayniqsa kichik biznesga juda og‘ir bo‘ldi, chunki bunday sharoitda uning tezda tiklanib olishi osonmas. Masalan, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni-saqlash, ijtimoiy soha uchun yo‘naltirilgan xarajatlar, shuningdek, bojxona bojlari va aksizlarni pasayganligi, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish bilan bog‘liq mablag‘lar tushumining kamayishi natijasida budjetning moliyaviy ahvoli og‘irlashdi. Yana bir muammo O‘zbekiston iqtisodiyotining «norasmiy sektori»da mehnat resurslari ulushi yuqoriligida. Bu mehnatga layoqatli bo‘lgan 13 million kishidan taxminan 7-8 millionini tashkil qildi. Karantin bilan bog‘liq cheklovlar natijasida «norasmiy sektor»da ishlayotgan mehnat resurslari ishidan va ish haqidan ajraldi. Iqtisodiy pasayish davrida korxonalar xodimlarni qisqartirishga harakat qilishdi, bu esa o‘z navbatida ishsizlikning o‘sishiga olib keldi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, qurilish sohasiga investitsiyalarning kiritilishi istiqboldagi iqtisodiy o‘sish sababchisi bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi fikrlarimizdan ko’rinadiki, sog'lom va yaxshi ishlaydigan iqtisodiyot-bu hozirda ham, kelajakda ham uning barcha aholisi uchun munosib turmush darajasini ta'minlay oladigan iqtisodiyot. Yalpi ichki mahsulotning asosiy ko'rsatkichlari bo'lgan o'sish sifatini batafsil ko'rib chiqish, daromadlar aholi o'rtasida taqsimlanishini, ishlab chiqarish va iste'molning iqtisodiy faoliyatni tabiiy resurslar va atrof -muhitga ta'sirini tushunish uchun zarur aholi zavqlanadigan hayot (ta'lim, sog'lik, shaxsiy xavfsizlik va bo'sh vaqt kabi ko'rsatkichlarga asoslangan). Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling