Tarmoq trafigi haqida xabar(tezligi)
Tarmoqni loyihalashtirishda trafikni tezligi omillardan biri hisoblanadi. YAngi tarmoqni loyihalashtirayotganda tarmoqda bo‘ladigan odamlar soniga va serverlar yoki xostlar turiga qarang. Masalan, serversiz uy tarmog‘ida tarmoq trafigi birmuncha sekin, trafikni katta qismi bo‘lishilgan fayllardan.
Tarmoqni yangilaganizda joriy tarmoqdan aniq bir qurilmalar, serverlar va bosh kompyuterlarni qancha trafik olayotganini test(benchmark) qilib ko‘ring. YUklash o‘zgarganda yoki boshqa sharoitda trafik bahosi test qilinadi. Quyida bir qancha test turlari keltirilgan:
Tarmoqning past, o‘rtacha va yuqori faoliyati tashkilotingizni ish namunalari munosabatiga bog‘liq;
Tarmoqning past, o‘rtacha va yuqori faoliyati tarmog‘ingizni turli nuqtalariga, jumladan, serverlar yoki kichik tarmoqlarga bog‘liq;
Oddiy tarmoq faoliyati ishonchli dasturiy ilovalarga, jumladan, ovozli va video ilovalar yoki mijoz/server dastur munosabatiga bog‘liq;
Tarmoq faoliyatini avtomatlashtirilgan ishchi stansiyasi ilova trafigini intensiv boshqaradi, ko‘p foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan ilovani faoliyatini taqqoslaydi;
Tarmoqni test qilish(afzalligini aniqlash)da yordam beruvchi uskunalarga misollar:
Windows Server 2008/Server 2008 R2dagi monitor proizvoditelьnosti (Performance Monitor);
Microsoft Network Monitor (Windows Server kompyuterlar uchun);
Windows 7, Windows Server 2008/Server 2008 R2, UNIX/Linux, va Mac OS Xdagi tarmoqning holati(netstat) haqida ma’lumot beruvchi utilita;
Windows 7, Windows Server 2008/Server 2008 R2, UNIX/Linux, va Mac OS Xdagi tracert/traceroute utilitalar;
Ortiqcha so‘rov(talab)lar
Tarmoqda ortiqcha omillarni topish kerak. Kompyuter va kompyuter tizimlari ortiqcha sim va sim va simsiz uskunalar bilan ta’minlansa, bir yoki bir necha tarmoq yoki hisoblash mashinalarning uzellari muvaffaqiyatsiz ishlaydi(1-rasm).
1-rasm. Loyihalashdagi ortiqchaliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |